M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Okeanik  viloyat.  Bu  viloyat  florasi  yer  sharidagi  dengiz  va  okeanlarda 
yashovchi suvo’tlari va 30 ga yaqin gulli o‘simliklardan tuzilgan. 
Bu viloyat shimoliy, tropik va janubiy kichik viloyatlarga ajratiladi. Janubiy 
kichik  viloyat  uchun  makrotsistis  (dengiz  iloni),  durvilsa  kabi  qo‘ng‘ir 
suvo‘tlar,  tropik  kichik  viloyatda  qizil  suvo‘tlar,  sarchassum  deb  ataluvchi 
qo‘ng‘ir suvo‘tlar va shimoliy viloyat uchun fikus, laminariya,  lessoniya kabi 
qo‘ng‘ir suvo‘tlar xosdir. 
Xulosa qilib aytganda yer shari florasi quruqlikda 6 ta katta va suvdagisi 1 ta 
katta okeanik viloyatiga taqsimlanadi. 
 
Ekologik omillar 
Ekologiya  so‘zi  grekcha  «oykos»  —  uy,  «logos»  —  bilim  degan  ma’noni 
bildirib,  1866  yili  E.  Gekkel  tomonidan  tavsiya  qilingan.  Hozirgi  vaqtda 
ekologiya  deganda  tirik  tabiatga,  o‘zi  yashab  turgan  tashqi  muxitining 
ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rgatadigan fan tushuniladi. 
Tashqi  muhit  deganda  tirik  tanani  qurshab  olgan  barcha  abiotik  va  biotik 
omillar (faktorlar) tushuniladi.Yer sharida xayot bundan 1 milliard 700 million 
yil ilgari paydo bo‘lgan. Unda xujayragacha bo‘lgan sodda tuzilgan avtotrof va 


342 
 
geterotrof  holdagi  organizmlarning  tashqi  muxit  ta’sirida  rivojlanishidan  eng 
yuksak  bosqichda  turgan  gulli  o‘simliklar  paydo  bo‘lgan.  Tarixiy  evolutsion 
taraqqiyotda  tashqi  muxit  o‘zgarishiga  moslasha  olgan  o‘simlik  individlari 
saqlanib qolgan va tarqala borgan. 
Xulosa qilib  aytganda  tirik  organizmning xayotini  tashqi  muxitsiz tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. Keyingi bir necha yillar ichida insonning tirik tabiat va tashqi 
muxitga  qilgan  ta’siri  natijasida  ona  vatanimiz,  zilol  suvlarimiz,  musaffo 
havomiz zaxarlandi. Tabiiy o‘simliklar o‘sadigan joylar rejasiz bir tomonlama 
o‘zlashtirilib  genafondimiz  juda  qisqarib  ketdi.  Tabiiy  o‘simliklar,  jumladan 
dorivor o‘simliklar, xar xil tabiblar, pulga o‘ch insonlar, xatto ayrim geologlar 
tomonidan  yo‘qotilyapti.  Buning  oldi  olinmasa  kelajak  avlod  kechira 
olmaydigan  voqealar  sodir  bo‘ladi.  Shularni  hisobga  olgan  holda  o‘simliklar 
ekologiyasiga  insonlar  katta  e’tibor  bilan  qarashlari,  tabiatni  muxofaza 
qilishlari lozim. Tashqi muhit ekologik omil (faktor) deb yuritiladi. 
O‘simlikka  ta’sir  qiladigan  har  bir  ekologik  omil  bo‘la  oladi.  Ekologik 
omillarning biri ikkinchisi o‘rnini bosa olmaydi. Ekologik omilni 3 ta guruhga 
bo‘lib o‘rganish mumkin. 
1. 
Abiotik omillar. Bunga iqlim (issiqlik, yorug‘lik, xavo oqimi, shamol, suv) 
tuproq va relef kabi omillar kiradi. 
2. 
Biotik  omillar.  Bunga  o‘simliklarga  xayvonlarning  va  hayvonlarga 
o‘simliklarning ta’siri, xatto o‘simliklarni o‘zaro ta’siri ham kiradi. 
3. 
Antropogen  omillar.  Bunga  o‘simliklarga  insonlarning  ko‘rsatadigan 
ta’siri kiradi. 
Ayrim tarixiy omillar ham alohida omil sifatida o‘rganiladi. 
Jamiki  ekologik  omillar  asosan  o‘simliklarga  birgalikda  ta’sir  ko‘rsatadi. 
Masalan, tuproqning tarkibi, suv, xavo, issiqlik kabilar o‘simliklarga bevosita 
ta’sir  ko‘rsatsa,  umumiy  ta’sir  etuvchi  omillarga  relef,  tog‘  jinslari,  tuproq 
tarkibining o‘zgarishi, muayyan xudud iqlimining o‘zgarishi kiradi. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish