Kap viloyati. Kap floristik viloyatiga Afrikaning quruq subtropik qismi
bo‘lgan janubiy hududidagi Kap o‘lkasi kiradi. Bu viloyat kichik bo‘lishiga
qaramay o‘simlik dunyosi xilma-xil bo‘lib, 12 ming turni tashqil etadi.
Florasining tarkibida daraxtsimon o‘simliklarga nisbatan o‘t o‘simligi
xukmrondir. Bu viloyatda: proteydoshlar, vereskdoshlar, restionadoshlar,
amarillisdoshlar, sapsardoshlarning turlari nihoyatda ko‘p uchraydi. Bulardan
tashqari
orxiddoshlar,
terebinitdoshlar,
rutadoshlar,
boshokdoshlar,
qiyoqdoshlar va murakkabguldoshlarning vakillari ham keng tarqalgan.
Kap viloyatini shimolida sukkulent holdagi bir qancha o‘simliklar va 300
turga ega bo‘lgan mezembrianiymum turkumi xarakterlidir. Ularning ayrim
turlari toshga o‘xshash ko‘rinishida o‘sadi.
341
Manzarali o‘simliklarni 1000 dan ortiq turi uchrashi mumkin.