Antarktika viloyati. Antarktika floristik viloyatiga Antarktika materigidan
tashqari Magellan qo‘ltig‘i, Olovli er, Folklend, Janubiy Georgiy orollari
kiradi. Antarktika viloyati asosan kuchli sovuq iqlimli bo‘lgani uchun o‘simlik
turlari juda kam bo‘lib, floraning 75 foizi endem xisoblanadi. Bu viloyatda:
fikroy, libotsedr, araukariya deb atalgan ninabargli o‘simliklarning vakillari,
daraxtsimon paporotniklar, vodyanika, alp ajrikboshi, yorongul kabi gulli
o‘simliklar uchraydi. Antarktika viloyati o‘ziga xos floraga ega bo‘lgan 3 ta
kichik viloyatga bo‘linadi. Subantarktik o‘rmonsiz va Antarktik qutb-saxro
kichik viloyati. Antarktik qutb — saxro kichik viloyatida mohlar, yopishqoq
lishayniklar va muzliklarda rivojlanadigan ba’zi suvo‘tlar uchrashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |