Avstraliya viloyati. Avstraliya floristik viloyatiga Avstraliya qit’asi va
uning janubiga joylashgan Tasmaniya orollari kiradi. Bu viloyatning 75 foiz
o‘simligi endem xisoblanadi.
Avstraliya qit’asi Bur davrida materikdan ajralganligi tufayli ko‘pchilik
o‘simliklari endem holda saqlanib qolgan. Bu viloyatda 500 ga yakin akatsiya
turlari, 350 ga yakin evkalipt turlari, 50 ga yakin banksiya turlari mavjud. Bu
qit’aning ichkari qismi cho‘l va chala cho‘l bo‘lib, yog‘in kam yog‘adi,
o‘simlik turlari ham kam. Bu qit’aning okeanlar atrofidagi sharkiy qismida
tropik, subtropik o‘simliklar o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |