M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

 
O‘SIMLIKLAR AREALI 
 
Areal  tushunchasi  ma’lum  bir  tur  o‘simlikning  aniq  uchraydigan  joyi 
bilan  bog‘liq.  O‘simlikning  aniq  uchraydigan  hududi  gerbariy  qilib 
tayyorlangan  hujjatidan  aniqlanadi.  Bu  ish  bilan  sistematiklar 
shug‘ullanadi.  Demak,  o‘simlik  geografiyasi  bilan  sistematiklar 
shug‘ullanar ekanlar. 
 


335 
 
Areal  yunoncha  «area»  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  maydon,  hudud 
(territoriya)  degan  ma’noni  bildiradi.  O‘simlik  areali  deb  atalganda 
o‘simlik  turini,  avlodini,  oilasining  aniq  bir  hududda  uchrashi  ko‘zda 
tutiladi. 
Sistematik  birliklarning  tabiatda  tarqalish  maydoni  ekspeditsiyada 
yozilgan 
kundaliklardan 
yoki 
gerbariy 
materiallarni 
o‘rganish 
natijasidagi  geografik  kartalardan  chiziladi.  Bu  karta  esa  mazkur 
o‘simlik  turlari  va  avlodining  areali  hisoblanadi.  Kartada  o‘simlik 
turining  areali  turli  belgilarda,  ranglarda  ko‘rsatiladi.  Katta  maydonda 
yirikroq  taksonamik  birliklarning  areali  chizilib,  ranglar  bilan 
belgilansa,  turlarning  individlari  tarkalgan  joylar  doira  yoki  nuqta  bilan 
belgilanib,  ularning  umumiy  chegaralari  yaxlit  bitta  chizi qda  o‘rab 
qo‘yiladi. 
Odatda,  ayrim  bir  tur  yoki  avlod  arealiga  nisbatan  oila  areali  kengro q 
va  kattaroq  bo‘ladi.  Bir  arealdagi  o‘simlik  turlari  shu  hududda  bir  tekis 
tarqalgan  bo‘lmaydi.  Yashash  uchun  qulay  joylarda  o‘simlik  turlari 
ko‘prok,  noqulay  joylarda  esa  kamroq  uchraydi.  O‘simlik  turlarining 
shunday arealini aniqlash fan va xalq xo‘jaligi uchun katta e’tiborga ega 
bo‘lishi  bilan  birga  o‘simliklardan  to‘g‘ri  foydalanishga  yordam  beradi. 
O‘simlik  areal  kartasining  chizilishi  faqat  o‘simliklardan  foydalanish 
emas,  ularni  rejalash  turlarini  saqlab  qolishi  ko‘paytirishga  yordam 
beradi.  Yer  yuzasida  bir-biriga  aynan  o‘xshaydigan  o‘simlik  areali 
uchramaydi.  O‘simlik  areali  asosan  tabiiy  bo‘ladi,  chunki  ular  tarixiy 
taraqqiyot  jarayonida  vujudga  keladi.  Insonlar  tomonidan  foydali 
o‘simliklarni ma’lum hududda o‘stirilishi sun’iy areal deb ataladi. 
Areal  chegaralari  asosan  ikki  muhim  omilga  —  namlik  va  haroratga, 
qisman  tuproq  tarkibi  va  biotik  omillarga  bog‘liq.  Tabiatda  yer 
yuzasining  hamma  hududida  (Antarktikadan  tashkari)  uchraydigan 
o‘simlik turlari — kosmopolitlar deb ataladi. Bularga qoki o‘t, jag‘-jag‘, 


336 
 
shura,  zubturum,  qo‘ng‘irbosh  kabilar  misol  bo‘ladi.  Tabiatda 
cheklangan arealli o‘simliklar ham ko‘p uchraydi. 
Areallar  tutash  va  o‘zilgan  bo‘ladi.  Ma’lum  bir  tur  o‘simlikning  shu 
arealini  tashkil  qilgan  maydonlar  bo’yicha  tarqalishi  tutash  areal  deb 
ataladi.  Tutash  areallar  tarixiy  jarayonda  birlamchi  deyiladi.  Uzilgan 
areallar deb o‘lkaning bir joyida bo‘lib, katta geografik masofadan s o‘ng 
yana 
qaytarilishiga 
aytiladi.  Bunga  bodom  misol  bo‘ladi.  U 
O‘zbekistonning  Parkent  tumanida  va  Turkmanistonning  g‘arbiy 
Kopetdogida uchraydi. Uzilgan areal o‘simliklari ikkilamchi deb ataladi. 
Tabiatda  areal  juda  tor  bo‘lib,  qolgan  o‘simliklarga  relikt  turlar 
deyilib,  ularga  yong‘oqlar  misol  bo‘ladi.  Juda  kichik  xududda 
yashaydigan  o‘simlik  turlari  endemik  turlar  deb  ataladi.  Endemik  turlar 
tarixiy  jarayonda  paydo  bo‘lib,  iqlimning  geografik  sharoiti  keskin 
o‘zgarishi natijasida keng maydonga tarqala olmaganlar. 
Endemik  turlar  dengiz  va  okeandagi  orollarda  va  tog‘li  o‘lkalarda 
ko‘proq uchraydi. O‘rta Osiyoning tog‘li o‘lkalarida endemik o‘simliklar 
juda ko‘p uchraydi. 
Antropogen  omillar  areal  chegarasiga  katta  ta’sir  qilishi  mumkin.  Bu 
ta’sir ijobiy va salbiy bo‘ladi. Ijobiy antropogen ta’sirga quruq  yerlarda 
xosildor  o‘simliklarning  o‘stirilishiga  aytiladi.  Masalan,  bunga  g‘o‘za 
o‘simligini  misolga  keltirish  mumkin.  Lekin  g‘o‘zaning  areal 
chegarasini  kengaytirish  ayrim  raxbarlar  tomonidan  juda  o‘tkazib 
yuborilganligi  tufayli  salbiy  voqealar  ko‘p  kelib  chiqdi.  Pomidor  va 
kartoshka  ham  ijobiy  ta’sir  natijasida  kengaygan  areal  o‘simliklariga 
kiradi. 
Antropogen  omillarning  salbiy  areal  chegarasi  o‘zgarishiga  misol 
qilib  archa,  pista,  bodom,  yong‘oq,  yovvoyi  olma,  saksovul  kabi 
o‘simliklarni  olish mumkin.  Bu  o‘simliklar  areallari  insonlar  tomonidan 
foydalanish jarayonida toraygan. 


337 
 
Insonlar  ahamiyatli  o‘simliklarni  bir tumandan  ikkinchi  tumanga  ekib 
moslashtirganlar. 
Bu 
moslashtirish 
introduksiya 
deb 
nomlanadi. 
Subtropik  iqlimdagi  choy,  limon,  apelsin,  mandarin,  bambuk,  xurmo 
kabi o‘simliklar moslashtirilgan. 
Pulga o‘ch bo‘lgan turli tabiblar tabiiy dorivor o‘simliklarni tabiatdan 
yulib  olib  asosan  o‘z  extiyojlari  uchun  ishlatyaptilar.  Bu  bilan  dorivor 
o‘simliklar  areali  qisqarib,  xatto  yo‘qolib  bormoqda.  Bu  holni  tezda, 
katta  rahbarlar  ishtirokida  oldini  olish  zarur.  Bu  sohada  ishlaydigan 
olimlar,  tabiatda  kelajak  avlodlar  uchun  genofodni  saqlab  qolishga 
otlangan  insonlar,  yo‘qolib  borayotgan  dorivor  o‘simliklarni  tabiatdan 
termang,  madaniy  holda  o‘stiring  deb  ularning  introduksiyasini  ishlab 
chiqdilar.  Olimlarning  ana  shu  ishlaridan  ijobiy  foydalan gan  holda 
dorivor  o‘simliklarni  saklash,  ko‘paytirish  borasida  ish  olib  borish 
maqsadida  oliygohimiz  agroekologik  mutaxassislar  tayyorlash  uchun 
birinchi qadam tashlashga ahd qilishdi. 
Er  sharini  florasiga  qarab  hududlarga  ajratish  yoki  floristik  geografiya 
XIX  asrning  boshlarida  quruqlikda  yashaydigan  o‘simliklarning 
tarqalish  chegaralari  aniqlana  boshlandi.  Tarixiy  jarayonda 
o‘simliklarning  tarqalishiga  iqlim,  tuproq,  tarkibi,  geografik 
tuzilish  (relef)  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Demak,  o‘simliklarning 
tarqalishi  tashqi  muhitga  moslangan  holda  bo‘ladi.  Hulosa  qilib 
aytganda  ma’lum  hududda  bir  xil  ekologik  muxitda  yashovchi 
o‘simliklar  tuplami  floristik geografiya  deb  o‘rganiladi  va  ular  oltita 
floristik 
viloyatlarga, 
ajratiladi: 
Golarktik, 
Paleotropik, 
Neotropik,  Kap,  Avstraliya,  Antarktik.  Bu  floristik  viloyatlar  o‘z 
floristik  geografiya  tarqalishiga,  tarixiy  va  genetik  taraqqiyotga, 
geologik,  iqlim  va  tuproq  tarkibiga  ko‘ra  bir-biridan  farqlanadi. 
O‘simlik  turlarining  ajralishi  (izolyasiya),  kuchishi  (migratsiya), 
nobud 
bo‘lishi, 
o‘zgarishi 
(differensiya) 
ham 
floristik 


338 
 
viloyatlarning  bir-biridan  farqlanishiga  sabab  bo‘ladi.  Viloyatdagi 
o‘simlik  turlari  bur  davrining  oxirgi  uchlamchi  davridan  boshlab 
deyarlik  o‘zgarmagan,  lekin  muzlik  davrida  qisman  o‘zgargan 
bo‘lishi mumkin. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish