M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Edafik  omillar  tog‘  jinslari,  tuproq  va  tuproq  ostki  qatlamlar  kirib, 
o‘simliklarni  o‘ziga  biriktirishi  va  ular  uchun  oziq  modda  bo‘lishi 
bilan  xarakterlanadi.  Ayniqsa  tuproqning  kimyoviy  va  fizik 
xususiyatlari  o‘simliklar  hayotiga  asosan  katta  ijobiy  yoki  salbiy 
ta’sir korsatadi. 
Tuproqning  kimyoviy  xususiyatiga  tuproq,  reaksiyasi,  tuz  rejimi,  chiqindi 
miqdori  kirsa,  fizik  xususiyatiga  tuproqning  suv  rejimi,  harorat,  havo  rejimi, 
tuproqning  g‘ovak  va  zichligi,  mexanik  tarkibi,  tuproqning  donadorligi  va 
mikroorganizmlarning  ko‘p  ozligi  kirib,  ular  o‘simlik  hayotida  muhim  rol 
o‘ynaydi.  Tuproqda  barcha  biokimyoviy,  mikrobiologik  jarayonlarni  bo‘lishi 
va tuproq reaksiyasi ildizni yaxshi o‘sishiga imkon yaratadi. 
Tuproqning  nordon  va  ishqoriy  bo‘lishi  tuproqdagi  suvli  eritmada  erkin 
holatda  vodorod  «N»  yoki  gidroksid  ionlari  «ON»  ning  mavjudligiga bog‘liq. 
Toza  suv  muhiti  neytral  (RN-7)  bo‘ladi.  Tuproqda  muhit  ham  RN>7  bo‘lsa 


349 
 
ishqoriy, RN<7 nordon, RN-7 neytral bo‘ladi. 
Tabiatda tuproq muhitiga befarq bo‘lgan o‘simliklarga marvaridgul, botqoq 
gunafshasi kiradi. Nordon tuproqni yaxshi ko‘ruvchi o‘simliklarga chernika va 
brusnika kirsa, nordon tuproqda yaxshi o‘smaydiganlarga qulupnay, ayiqtovon, 
yorongul misol bo‘ladi. Ishqoriy tuproqda tilog‘och, erman, pista, astra yaxshi 
o‘ssa, sfagnum moxi esa aksincha yaxshi o‘smaydi. 
Dasht,  cho‘l,  dengiz  sohillaridagi  yerlar  sho‘rlanadi.  Tuproq  sho‘rlanish 
darajasiga  qarab  ikki  xil  bo‘ladi:  sho‘rxok  va  sho‘rtob.  Tuproqning  ustki 
qatlamida  xlorli  va  oltingugurtli  birikmalar  ko‘proq  bo‘lsa,  shorxok  tuproq, 
chuqurroq  qatlamida  itratli  va  gipsli  to‘zlar  uchrasa  shortob  tuproq  deb 
ataladi. Galofit o‘simliklar O‘rta Osiyoning sho‘rxokli va gipsli cho‘llari uchun 
xarakterlidir.  Galofitlarning ko‘pchiligida bargi  va poyasi  yo‘g‘on,  seret,  taqir 
bo‘ladi va ular shuralar deb ataladi. Galofitlarga qizil sho‘ra, sarsazan, erman 
(shuvoq) qora saksovullar misol bo‘ladi. 
Karbonatli tuproqlarda yaxshi o‘suvchi o‘simliklar (kunjut, g‘o‘za, zaytun) 
kalsiefillar,  ya’ni  ohaksevar  o‘simliklar  deb  ataladi.  Aksincha  ohaksevmas 
o‘simliklar (chernika, kashtan, lyupin) kalsie- foblar deb yuritiladi. 
Qumda  usuvchi  o‘simliklar  (mae.  jo‘zgun)  psammofitlar  deyilib,  ularning 
o‘qildizlari  2  m  bo‘lsa,  yon  ildizlari 20  m  gacha  yetadi,  chunki  qumda  50 sm 
dan  namlik  boshlanadi.  Toshli  va  toshloqli  muhitda  sharsimon  yoki 
yostiqsimon  shakldagi  tanasi  yerga  yog‘ochshgan,  shox-shabbalari  juda  zich 
o‘simliklar  o‘sadi.  Bu  xildagi  o‘simliklar  liptofit  va  xasmofitlar  deb  yuritilib, 
ularga badan, qoqi o‘t va tog‘ saqichlarning ayrim turlari kiradi. 
Tuproqdagi  turli  kimyoviy  elementlar  o‘simlik  oziqlanganda  tanasiga 
o‘tadi.  O‘simlik  tanasidagi  kimyoviy  moddalarni  aniqlash  uchun,  ular  oldin 
quritiladi, kuydiriladi va keyin qo‘lidan turli reaksiyalar yordamida aniqlanadi. 
Shu  xildagi  analizlar  bilan  goologlar  ko‘pgina  qonlarni  topishga  muyassar 
bo‘lganlar. Masalan, qirqbo‘g‘im, shuvoq kabi o‘simlik qo‘lida oltin, plaunda 
alumin,  sebargada  molibden,  itkunokda  rux  borligi  tufayli  ularning  konlari 


350 
 
topilgan.  Mazkur  o‘simliklar  darak  beruvchi  yoki  indikator  o‘simliklar  deb 
yuritiladi. 
Relefning  o‘zgarishi  o‘simliklarning  shakliga,  o‘sish  xarakteriga,  urug‘  va 
mevalarning pishib yetilish muddatiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlik hayoti uchun 
tepalikning  dengiz  satxidan  qanchalik  balandligi,  qiyalik  darajasi  va  qaysi 
tomonga  qaraganligi  katta  ahamiyatga  ega.  Masalan,  bir  tepalikning  to‘rt 
tomonga  qaragan  qiyaligida,  balandlik  bir  xil  bo‘lishiga  qaramay,  ularning 
florasi, bir turdagi o‘simliklarning morfologik, biologik, ekologik xususiyatlari 
bir-biridan farq qilishi mumkin. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish