M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

fitotsenoz  deb  atalsa,  hayvonlar  jamoasi  zootsenoz  deyiladi.  Fitotsenoz  va 
zootsenoz  birgalikda  umumiy  biologik  biotsenozni  tashkil  etadi.  Biotsenoz 
tabiatdagi barcha tirik organizmlar jamoasi demakdir. 
Tabiatdagi  tirik  organizmlar  o‘zaro  bir-birlari  bilan  bog‘liq,  bo‘lgan  holda, 
ular tashqi muhit: iqlim va tuproq muhiti bilan aloqada bo‘ladi. Bunday o‘zaro 
munosabatlar 
biogeotsenologiya 
sohasida 
o‘rganiladi. 
Biogeotsenologiyaning  bir  qismi  bo‘lgan  geobotanika  faqat  o‘simliklar 
jamoasini o‘z ichiga oladi. 
O‘simliklar  tashqi  muhit  bilan  bog‘langan  holda,  hayotining  turli 
bosqichlarida  o‘zaro  munosabatda  bo‘ladi.  Bunday  munosabatlar 
yorug‘lik uchun, o‘sish va rivojlanish uchun bo‘lgan intilishda ro‘yobga 
chiqadi.  Bu  munosabatlar  o‘zaro  hamkorlik  va  raqobatlik  kabi 
ko‘rinishda  namoyon  bo‘ladi.  Natijada,  individlar  (yoki  turlar)  ichida 
tanlanish  jarayoni  sodir  bo‘ladi.  Bunday  tanlanishda  ayrim  individlar 
jadal  rivojlanish  imkoniyatiga  ega  bo‘lsalar,  ayrimlari  inqirozga  tomon 
boradilar. 
Hozirgi  vaqtda  geobotanika  fani  oldida  turgan  muhim  vazifa 
o‘simliklar  qoplamining  ahamiyatini  aniqlash,  tabiiy  resurslarni 
o‘rganish,  ularni  xaritaga  tushirish  va  eng  muhimi  mazkur  resurslardan 
oqilona  foydalanib,  salbiy  yo‘llarni  ijobiy  yo‘llarga  o‘zgartirishni  ilmiy 
asosda tushuntirib berishdan iboratdir. 
 


355 
 
O‘SIMLIKLAR JAMOASI 
 
Tabiatda  o‘simliklar  hech  qachon  yakka  holda  o‘smaydi.  Ma’lum  bir 
yerning o‘zida bir necha o‘simlik turlari birga o‘sadi. Bu o‘simlik turlari 
ichida  bir  vaqtning  o‘zida  tuban  o‘simlik  vakillari  va  yuksak  o‘simlik 
vakillarini  uchratish  mumkin.  O‘simlik  jamoasi  deganda  ma’lum  bir 
yerda  bir  guruh  o‘simliklarning  birgalikda  yashashi  va  ajoyib  tabiiy 
manzarani hosil qilishi tushuniladi. 
Tabiiy  manzara  beradigan  o‘simlik  jamoasiga  tundra,  o‘rmon,  o‘tloq, 
cho‘l,  botqoqlik,  saxro,  yaylovlar  kiradi.  Bu  jamoalar  o‘z  navbatida 
mayda 
jamoalarga 
ajratiladi. 
Masalan, 
o‘rmon  jamoasi  tropik 
o‘rmonlarga,  yozgi  va  qishki  o‘rmonlarga  bo‘linadi.  Bular  ham  o‘z 
navbatida dub, buk, oq, qayin, qarag‘ay o‘rmonlariga bo‘linadi. 
O‘rta  Osiyodagi  cho‘l  fitotsinozi  doirasida:  qumli  cho‘llar,  shuvoq, 
barra  o‘tli  cho‘llar,  sho‘rali  va  gipsli  cho‘llarga  taqsimlanadi.  Hayot 
jarayonida  o‘simlik  turi  va  umuman  jamoasi  tashqi  ta’surotlarga  duch 
keladi  va  shu  ta’sirotlarga  javob  qaytargan  holda  o‘z  hayotini 
boshqaradi. 
1957-yilda  akademik  V.N.Sukachev  bu  jarayonni  shunday  deb 
ta’riflaydi:  «Fitotsenoz  —  bu  bir  laboratoriya  bo‘lib,  unda  doimo 
moddalar  va  energiya  hosil  bo‘lishi,  o‘zgarishi  va  akkumulatsiyalanishi 
sodir bo‘lib turadi». 
1956-yilda  A.A.Qorchaginning  qilgan  taklifiga  ko‘ra  o‘simliklar 
jamoasida  sodir  bo‘ladigan  o‘zaro  munosabatlar  quyidagi  kategoriyaga 
bo‘lib o‘rganiladi. 
1. 
Bevosita  ta’sir  ko‘rsatuvchi  munosabatlar.  Bu  munosabatlarga: 
parazitlik,  epifitlik,  simbiozlik,  fiziologik,  biokimyoviy  va  mexanik 
munosabatlar kiradi. 
2. 
Bilvosita  ta’sir  kursatuvchi  munosabat.  Bunga  raqobatlik  qiluvchi, 


356 
 
muhit hosil qiluvchi munosabatlar kiradi. 
Jamoaning  turlar  tarkibi,  soni  va  sifat  munosabati,  ketma-ketligi, 
davriyligi,  yashash  joyi  va  boshqa  xususiyatlariga  qarab  bir  fitotsenoz 
ikkinchisidan  farqlanadi.  Tabiatni  floristik  tarkibi  o‘rganilganda 
hukmron (dominant) o‘simlik turi e’tiborga olinadi. 
Demak,  bir  necha  turdan  tashkil  topgan  fitotsenozda  individlar 
sonining  ko‘pligiga  qarab  bir  tur  ikkinchisidan  ustun  bo‘ladi.  Ustun 
bo‘lgan o‘simlik turi hukmron yoki edifikat deb ataladi. Individlar soni bu 
edifikatlar soniga nisbatan kamroq bo‘lsa, subedifikatlar deb ataladi. 
Shuvoq-barra  o‘t  o‘rta  cho‘l  o‘simliklar  formatsiyasida  edifikatlar 
bo‘lsa,  qo‘ng‘irbosh  yoki  yaltirboshlar  sub  edifikatlarga  kiradi.  Bunda 
edifikat  va  subedifikat  o‘simlik  turlariga  qarab  shu  joyni  florasi  haqida 
xulosa  chiqariladi.  Masalan,  o‘tloqzorda  g‘ozpanja  o‘simligi  juda  siyrak 
bo‘lishi  shu  joyning  tuprog‘i  unumsiz  ekanligidan  dalolat  beradi. 
L.G.Ralinskiy  bunday  tuproq  unumdorligini  belgilaydigan  o‘simliklarni 
determinant (aniqlovchi) o‘simliklar deb aytadi. 
O‘simlik  jamoasi  o‘rganilayotganda  turlarning  o‘zaro  va  bir-biriga 
nisbatan  past-baland  bo‘lib  joylashishi  ham  o‘rganiladi.  Bunga  yaruslilik 
yoki  qavatlilik  deyiladi.  Jamoani  tashqil  qiluvchi  bir  necha  turlar  turli 
joylarda  turli  sondagi  yaruslarni  tashkil  qilishi  mumkin.  Masalan, 
o‘rmonlarda  o‘suvchi  o‘simliklar  3-5  yarusdan  iborat  bo‘lishi  mumkin. 
Bunda  eng  pastki  yarusni  bakteriyalar,  zamburug‘lar,  lishayniklar; 
ikkinchi  yarusni  o‘tlar;  uchinchi  yarusni  butalar,  to‘rtinchi  yarusni 
daraxtlar egallashi mumkin. 
 
O‘simlik jamoasi o‘rganilayotganda o‘simliklarning hayot shakllari va 
ko‘p yillik o‘tlar, butalar va daraxtlar ham hisobga olinadi. 
Yuqorida  bayon  etilgan  dalillarni  shu  yerning  tarixiy  taraqqiyotiga 
bog‘lagan  holda  o‘simlik  jamoasi  to‘g‘risida  to‘liq  ma’lumot  berish 
mumkin. 


357 
 
O‘simliklar  jamoasi  o‘rganiladigan  aniq  kichik  bir  maydondagi 
o‘simliklar  guruhi  —  assotsiatsiya  nomi  bilan  ma’lum  bo‘lib,  bu  nom 
1910-yilda  Brusselda  o‘tkazilgan  Xalqaro  botaniklar  kongressida  qabul 
qilingan. 
O‘lka geobotanika maktabida assotsiatsiyalar ikki usulda nomlanadi. 
1. 
Assotsiatsiyaning  nomi  muayyan  yerda  eng  ko‘p  o‘suvchi  ikkita, 
uchta  o‘simlik  nomi  bilan  ataladi.  Masalan,  sfagnum  o‘tli  qarag‘ayzor 
deganda  qarag‘ay  daraxti,  sfagnum  moxi  va  o‘tlardan  tashkil  topgan 
assotsiatsiya tushuniladi. 
2. 
Assotsiatsiya  ma’lum  bir  nechta  hukmron  o‘simlik  turlarining 
nomini ko‘rsatish bilan bog‘liq. Masalan, oddiy  qarag‘ay  — brusnika  — 
moxlar. Bunday nomlashda o‘simlik yaruslari hisobga olinadi. 
V.N.Sukachov  o‘simlik  jamoasidagi  o‘zgarishlarni  4  guruhga: 
singenetik,  endoekogenetik,  ekzogenetik  va  galogenetik  guruhlarga 
bo‘ladi. 
Singenetik  o‘zgarish  deb  biror  muhitdagi  o‘simliklarni  endigina 
tarqala borishiga aytiladi. 
Endoekogenetik  o‘zgarishlar  singenetik  o‘zgarishning  navbatdagi  bosqichi 
bo‘lib, qat’iy sharoitga ega bo‘ladi. 
Ekzogenetik  o‘zgarish  yerning  surilishi,  hasharotlarning  zarar  keltirishi 
oqibatida sodir bo‘ladi. 
Galogenetik o‘zgarish esa katta bir hududda iqlim sharoiti o‘zgarishi, Orolni 
qurishi  kabilar  o‘simlik  jamoasini  galogenetik  o‘zgarishi  oqibatida  yuzaga 
keladi.  Masalan,  daryo  oqimining  o‘zgarishiga  sabab  bo‘ladi.  Demak,  orol 
muammosi  hal  etilmasa,  butunlay  qurib  qolsa,  O‘rta  Osiyo  o‘simlik  jamoasi 
o‘zgarib ketishi turgan gap. 
Tabiatda  xilma-xil  o‘simlik  jamoasi  mavjud  ekan,  ular  doimo  dinamik 
harakatda bo‘lib turadi, hosil bo‘ladi, rivojlanadi, o‘zgaradi va almashinadi. 
 


358 
 
O‘SIMLIKLARNI ZONALARGA AJRALISHI  
 
Zonalarga  bo‘lishda  shimoldan  janubgacha  4600  km,  sharqdan 
g‘arbgacha  17  000  km  hududdagi  o‘simliklar  hisobga  olingan.  O‘simlik 
zonalarining  hosil  bo‘lishida  eng  muhim  omillardan  harorat  va  namlik  katta 
ta’sir qiladi. Harorat va namlikning bir tomonga qarab o‘zgarib borishi ma’lum 
bir  qonuniyat  asosida  sodir  bo‘ladi  va  bu  o‘simlik  zonalarini  muayyan 
shakllanishiga olib keladi. 
Ko‘rsatilgan hududda tundra, o‘rmon, dasht va cho‘l zonalari mavjud. Bu 
zonalar  ichida  oraliq,  zonalar  ham  bo‘ladi.  Masalan,  o‘rmon-tundra,  o‘rmon-
dasht, yarim cho‘l zonasi. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish