345
jihatdan qurg‘oqchilikka moslashgan o‘simliklar hisoblanadi. Ularning barglari
katta bo‘lmaydi, namlik tanqis bo‘lganda, xatto yosh novdalari barglarini
to‘kib yuborishi mumkin (qumli akatsiya). Kserofitlarning hujayralari, mayda
bo‘lib, pushti qalin, qoziqsimon to‘qimalar yaxshi rivojlangan, Zich joylashgan
og‘izchalari barg yuzasidan ichkariroqqa joylashadi. Ildizdagi bosim ayrim
hollarda 100 atmosferaga etishi mumkin. Ularning ildizi juda chuqur — 20 m
gacha boradi. Masalan, beda, qora saksovul 16—18 m va yantoqlar ildizi yerga
20 m chuqurlikka qadar o’sib borishi mumkin. Kserofitlarga shuvoq, ermon, oq
va
qora saksovul, juzg‘in, pista kabilar kiradi.
Kserofitlarning ayrim turlari
sukkulentlar deb ataladi. Ular tabiatga
ajoyib tuzilishi bilan moslanadi. Chunki ularning poya yonbarglarida
nasos xususiyatiga ega bo‘lgan to’qimalar rivojlanadi. Fotosintez
jarayoni kunduzi og‘izchalarning yopiq, holatida ham sodir bo‘ladi
(fotosintez jarayoni mavzusida bu haqda yoritilgan). Sukkulentlarga
shakarqamish, agava, aloye, kaktuslar, sutlamalar misol bo‘lishi
mumkin. O’rta Osiyo cho‘llarining sho‘rxoq yerlarida o‘sadigan
shuralarning hujayra shirasi konsentratsiyasi katta bo‘lgani uchun
ularning so‘rish kuchi yuqori bo‘ladi. Shuradan tashqari seta,
xaridandon, sersazon kabilar misol bo‘lib, ular
galofitlar deb yuritiladi.
Gidrofitlar tabiatdagi hamma o‘simliklarning eng qadimiysi bo‘lib,
hayoti faqat suvda o‘tadi. Lekin gidrofitlarga ayrim gulli o‘simliklarning
ajdodlari quruqlikda yashovchi o‘simliklar bo‘lganligi sababli, ularning
yana suvda yashashga qaytishi uzoq evolutsion taraqqiyot natijasida
sodir bo‘lgan. Shuning uchun ularning morfologiyasida katta
o‘zgarishlar bo‘lgan. Masalan, chastuxadoshlar oilasiga mansub
o‘simliklarni bargi 3 xil: suvda, suv yuzasida va suv ustida yashaydi.
Qurg‘oqchilik sodir bo‘ladigan joylarda cho‘l, dashtlarda efemer va
efemeroidlar yashaydi.
Efemer o‘simliklarning ontogenezi juda qisqa (hatto 3—4 hafta)
347
uchun karbonat angidrid kerak bulsa, dissimilyasiya jarayoniga kislorod
zarur. Dukkakli o‘simliklardagi tugunak bakteriyalar havodagi azotni
yutib, yerni tabiiy holda o‘g‘itlaydi.
O‘simlik hayotiga zavod va fabrikalardan chiqib turadigan zararli
kimyoviy birikmalar juda salbiy ta’sir qiladi. Hozirgi vaqtda rejasiz,
o‘ylamasdan qurilgan ko‘pgina zavodlar, ayniqsa alumin zavodi
ekologiyani xaddan tashqari buzib yuboryapti.
O‘zbekistonni xomashyo o‘lkasiga aylantirish maksadida qishloq
aholisining eshigini oldigacha ekilgan g‘o‘za insonlar boshiga tushgan
juda katta ofat bo‘ldi. G‘o‘zadan yuqori xosil olish maksadida uni turli
ximikatlar bilan dorilash oqibatida havo tarkibi ko‘p joylarda zaxarlandi.
Bu zaxarli moddalar qishloqda yashovchilarning jigar, o‘pka va
buyraklarini jarohatladi.
Orolga qo‘yiladigan ikki daryo ekinlarni sug‘orish uchun suv
havzalariga aylantirildi. Natijada orol ko‘rib tuzli kum zarrachalari
havoga ko‘tarilmoqda, o‘zini salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: