Sho‘rxokli cho‘llar. Bu cho‘llar O‘rta Osiyoning ko‘p qismini egallagan
bo‘lib unga sho‘rlangan sizot suvlari, yuza joylashgan pastkam yerlar kiradi.
Sho‘rxoklar o‘rta cho‘lda O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasi bo‘ylab
tarqalgan, Aydar, Mingbuloq, Qizilqumning pastkam joylarida uchraydi va u
yerlarda o‘simliklar deyarli bo‘lmaydi. Bu zonalarning kam sho‘rlangan
yerlarida galofit o‘simliklar kuzatiladi.
Galofit o‘simliklarni hamma organlari etli, sukulentli, poyasi bargsiz, bargi
bo‘lsa ham rivojlanmagan. Bularga soleros, qorasaksovul kiradi. Ayrim
galofitlar tanasidan to‘z ajratadigan bezlar bilan ta’minlangan bo‘lib, ularga
yulgin, ajriqlar misol bo‘ladi.
Galofitlarning eng muhim vakili shuvoq bo‘lib, u chala butalarga kiradi,
sulfatli sho‘rxok yerlarda o‘sadi va qorako‘l qo‘ylar uchun to‘yimli oziq
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |