M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Zamonaviy  tibbiyot  amaliyotida.  Tarvuz  ilmiy  meditsinada  bir  qator 
xastaliklarni  davolashda  tavsiya  etiladi.  Tarvuz  sharbati  o‘t  pufagi, 
buyrak  xamda  qovuqdagi  mayda  tosh  va  kumlarni  nuratish  xamda 
chiqarib  tashlash  xususiyatiga  egaligi  aniqlangan.  Tarvuzda  kand 
fruktoza  ko‘rinishida  bo‘lganligi  sababli,  uni  diabet  bilan  og‘rigan 
bemorlar  iste’mol  qilishlari  mumkin.  Yurak  xamda  buyrak  kasalliklari 
bilan  og‘rigan  bemorlarning  badani  salqiganida  tarvuz  tavsiya  qilinadi. 
Tarvuz  sharbati  jigar  tukimalarini  engil  singiydigan  qand  moddalari 
bilan  ta’minlaydi.  Tarvuzning  tarkibida  folat  kislotasi  borligi  uning 
shifobaxshlik  darajasini  yanada  oshiradi.  U  organizmda  xolin  xosil 
bo‘lishida  bevosita  qatnashadi.  Xolin  moddasi  jigar  faoliyatini 
yaxshilab, a’zoda yog‘ almashinuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Tarvuz  tarkibida  salmokli  miqdorda  kletchatka  bo‘lishi  tufayli,  u 
ichakning  to‘lqinsimon  xarakatini  uyg‘unlashtiradi,  ovkatning  hazm 
bo‘lishini yaxshilaydi xamda organizmdan xolesterinni chiqib ketishiga 
sababchi  bo‘ladi.  Tarvuz  parxez  sifatida  jigar,  o‘t  pufagi,  buyrak  va 
siydik  ajratuvchi  yullar  kasalligida,  shuningdek  anemiyada  tavsiya 
etiladi. 
Qovoq.  Tarkibi.  Qovoq  mevasining  go‘shtli  qismida  11  foizgacha 
kand, vitaminlardan S, V
1
, V
2
, nikotin kislotasi, karotinoidlar, elateritsin 
A,  fitosterinlar  bilan  bir  qatorda  mikroelementlardan  temir,  shuningdek 
kaliy  (170  milligramm  100  gramm  maxsulotda),  kalsiy,  magniy,  fosfor 
va yana boshqa moddalar mavjud. 
Qovoq  urug‘lari  tarkibida  esa  50  foiz  moy,  35  foiz  o‘simlik  oqsili, 
qand,  aminokislotalar,  leysin,  tirozin,  fitin,  salitsil  va  olma  kislotasi, 
fitosterinlardan  kukurbitol,  smola  kabi  moddalar,  vitaminlardan  S,  V
1

karotinoidlar bor. 


378 
 
Mevasi va urug‘lari dorivor maxsulotlardir. 
Halq  tabobatida  qo‘llanilishi.  Qovoqning  shifobaxsh  xosiyatlari 
qadimdan ma’lum, u halq tabobati amaliyotida foydalaniladi. 
Qovoqdan tayyorlangan  qaynatma ko‘krak og‘riganda, quruq yo‘talda 
tavsiya  etiladi,  mevasining  gushtli  qismini  suvda  pishirib  sari q  kasalda, 
buyrak,  kovuk,  istisko  kasalliklarida  siydik  xaydovchi  omil  sifatida 
beriladi.  Qovoq  sharbati  terisi  yallig‘langan  kishilarga  surtiladi. 
Mevasining  yumshoq  qismini  ezib,  temiratki  ustiga  bog‘lansa,  bu 
darddan xoli qilishga yordam beradi. 
Abu  Ali  ibn  Sino  qovoqning  xosiyatlari  borasida  shunday  deydi:  «... 
Qovoqning  pishirilgani  engil  ovqat  bo‘lib  (ichak  orkali)  tezda  o‘tib 
ketadi. 
... Pishirilgan qovoq issik yo‘tal va ko‘krak og‘riklarida foydalidir. 
...  Uning  shirasi,  ayniqsa,  kizil  gul  yog‘i  bilan  qo‘shib  ishlatilganda 
issik  quloq  og‘rig‘ini  bosadi  va  miya  shishlarida,  saramasga  va  tomoq 
og‘riklarida foyda qiladi. 
...  Qovoqning  qaynatilgani  me’dadagi  issik  chiqindilar  uchun  foydali 
bo‘lib,  ularni  tushiradi.  Qattiq  tish  og‘rigiga  karshi  qovoqdan  olingan 
shirani  burunga  tortiladi.  Xom  qovoq  me’da  uchun,  hatto  bolalar  va 
o‘smirlar me’dasi uchun xam zararlidir». 
Ibn  Sino  bulardan  tashqari,  qovoqni  kurda  kumib  pishirilganini  kand 
bilan  aralashtirib,  ichni  yumshatish  uchun  iste’mol  etish  mumkinligini 
ko‘rsatadi.  SHuningdek,  qovoq  shirasidan  tomoq  og‘rigini  va  miya 
kasalliklarini davolashda foydalangan. 
Zamonaviy  tibbiyot  amaliyotida.  Qovoqning  etli  qismida  salmokli 
miqdorda  pektin  moddasi  bo‘lganligi  tufayli  (organizmdagi  xolesterin 
moddasining  chikib  ketishiga  kumaklashgani  uchun),  uni  ateroskleroz 
xastaligi  bilan  ogrigan  bemorlarning  ovkat  ratsioniga  qo‘shiladi, 
shuningdek  ichakning  to‘lkinsimon  xarakatini  uyg‘unlashtirgani  uchun 


379 
 
uni  me’da-ichak  kasalliklari  bilan  og‘rigan  kishilarga  tavsiya  etiladi. 
Yurak-qon  tomir  kasalliklari  tufayli,  shuningdek  buyrak  va  qovuq 
kasalliklari  asorati  xisoblanmish  salkish  ro‘y  berganida  siydik 
xaydovchi sinalgan beozor davo sifatida iste’mol kilish tavsiya etiladi. 
Qovoqning  eti  guruch,  bug‘doy  yoki  manna  butkasi  bilan 
aralashmasini  sut  bilan  tayyorlangani  va  ularni  sariyo g‘  va  shakar  bilan 
qovushgani yuqorida ko‘rsatilgan xastaliklar uchun foydali hisoblanadi. 
Qovoq  tarkibida  juda  ko‘p  darmondorilar  mujassam  bo‘lganligi 
tufayli, sarik kasalni boshidan kechirgan kishilarga parxez taom sifatida 
beriladi. 
A.  D.  Turovaning  yozishiga  qaraganda,  qovoq  xomilador  ayollarning 
ko‘ngil  aynishiga  barxam  beradi,  dengiz  xastaligiga  yordam  qiladi. 
Qovoq  urug‘laridan  olinadigan  emulsiya  esa,  tasmasimon  va  kil  gijjaga 
qiron  keltiradi,  chunonchi  mazkur  emulsiya  soliterni  (tunriz  gijja)  24 
soatda yo‘q qiladi. 
Qovoq  urug‘larining  gijja  xaydash  me’yori:  katta  yoshdagi  kishilar 
uchun  300  g,  10—12  yoshlilar  uchun—  150  g,  5—7  yoshlilar  uchun—
100  g,  3—4  yoshlilar  uchun  —  75  g,  2—3  yoshlilar  uchun  —  30—50  g 
atrofida bo‘ladi. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish