M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Shifobaxsh  taomlar.  Shirqovoq  nomi  bilan  yuritiluvchi  taom  nafakat 
tatimli  va  lazzatli  bo‘libgina  qolmasdan,  balki  bir  qator  xastaliklar 
uchun  parxez  sifatida  tayyorlanadi.  Shirqovoq  jigar,  me’da-ichak 
kasalliklari  bilan  og‘rigan  bemorlar  uchun,  shuningdek  og‘ir  xastalikni 
boshidan kechirgan kishilarga darmonbaxsh ozik sifatida tavsiya etiladi. 
Isiriq.  Buyuk  tabib  Abu  Ali  ibn  Sino  bir  qator  xastaliklarni 
davolashda  isirikka  murojaat  etgan.  Jumladan.  isiri qdan  kuymich 
asablarini  (nerv  tolalarini)  shamollashida,  tizza  va  suyaklar  qaqshab 
og‘rishida,  kuchli  peshob  xaydovchi  omil  sifatida  foydalanishni  tavsiya 
etgan. 


380 
 
Abu Rayxon Beruniy o‘zining «Kitob as-saydina fit-tib» asarida isiriq 
bilan  bog‘lik  bo‘lgan  qizikarli  ma’lumot  keltiradi.  Unda  bayon 
kilinishicha, isiriqdan tayyorlangan qaynatma bezgakka davo ekan. Agar 
o‘simlikning  sut  —  shirasi  bir  tutam  paxta  yoki  jun  matoga  shimdirilib 
un kun davomida kuritilgach, kichima azob berayotgan joyga bo g‘lansa, 
foydali bo‘lar ekan. 
Halq 
tabobatida 
isiriqning 
er 
ustki 
qismidan 
tayyorlangan 
kaynatmadan 
bod, 
qo‘tir 
va 
boshqa 
kasalliklarni 
davolashda 
foydalaniladi.  Isiriqdan  tayyorlanadigan  damlama  bezgak,  tutka  nok, 
tomoq  og‘rig‘i,  xoldan  toyish  va  o‘ta  charchash  natijasida  asabning 
buzilishida  (nevrasteniya),  uyqusizlikka  qarshi  shifobaxsh  omil  sifatida 
foydalaniladi. Isiriq va zig‘ir urug‘laridan qaynatma ziqnafas kasalligida 
(bronxial  astma)  naf  beruvchi  vosita  xisoblansa,  kalampir   mevasi  bilan 
isirik  urug‘i  aralashmasidan  tayyorlangan  qaynatma  zaxm,  bod  va 
boshka kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Ba’zan  isiriq urug‘idan gijja 
va  ter  xaydovchi  omil  sifatida  foydalanadilar.  Bu  borada  quyidagicha 
yondashiladi: isiriq urug‘idan 10—15 tadan 2—3 maxal ichiladi. 
Isiriqdan  quyidagicha  damlama  tayyorlanadi:  1  choy  qoshiq  miqdorda 
quruq kukunlashtirilgan o‘tidan olib bir choynakka (400 gramm) qaynoq 
suv  bilan  damlanadi,  so‘ng  osh  qoshiqda  kuniga  1  mahal  iste’mol 
etiladi. 
Isiriqni  yuqorida  zikr  etilgan  xosiyatlaridan  tashqari,  yana  bir  ajoyib 
xislati  mavjud  —  uni  tutatib  xidlansa  boshning  istirobli  ogriridan  xoli 
kiladi.  Isirik  bilan  dudlangan  xona  tajovo‘zkor  mikrob  va  zararli 
xasharotlar  (qurt  -qumursqa,  kana,  burga)  dan  tozalaydi  va  xona 
xavosini  poklaydi.  Jumladan,  mabodo  uyda  kimdir  qizamiq,  tumov, 
terlama  va  boshka  yuqumli  kasalliklar  bilan  og‘rib  yotgan  bo‘lsa, 
mazkur  xona  xavosi  tarkibidagi  zararli  mikroblar  isiriq  dudidan  nobud 
bo‘ladi. 


381 
 
Isiriqning  barcha  qismi  shifobaxsh  moddalarga  boyligi  bilan  ajralib 
turadi. Jumladan, o‘simlik ildizida, 1,7—3,3 foiz, poyasida 0,23—3, 75 
foiz,  barglarida  1,07—4,  96  foiz,  gullarida  2,82  foiz  va  urug‘larida 
2,38—6,60 foizgacha alkaloidlar bor. 
Alkaloidlar majmuasidan garmalin, garmin, peganin, dezoksivazitsion 
va yana bir qator alkaloidlar ajratib olingan. 
Zamonaviy  tibbiyotda  isirikdan  ajratib  olingan  garmin  alkoloidi  va 
o‘simlik  ildizidan  tayyorlangan  spirtli  tindirma  (nastoyka)  parkinson 
xastaligini (markaziy asab sistemasining surunkali avj oluvchi kasalligi, 
xarakatlantiruvchi  funksiyalar  buzilishi  bilan  o‘tadi),  tutqanoq,  bosh 
miyaning  yallig‘lanishi  asorati  —  qaltirashni  davolashda  xamda 
uhlatuvchi  dori  sifatida  ishlatilgan.  Peganin  nomi  bilan  yuritiluvchi 
alkaloid  kishini  bardamlashtiruvchi,  ichni  maromlashtiruvchi  va  o‘t 
xaydovchi  xususiyatiga  ega  bo‘lsada,  zaxarli  xisoblanadi.  Giyox 
tarkibida  mavjud  bo‘lgan  garmolin  alkaloidi  o‘tkir  ta’sirliligi  bilan 
ajralib  turadi.  Bu  alkaloid  markaziy  asab  sistemasiga,  ayniqsa,  bosh 
miya  po‘stlog‘idagi  xarakatni  tergab  turuvchi  markazga  qo‘zg‘atuvchi 
ta’sir  ko‘rsatadi.  Shu  bilan  birga,  u  yurak,  ichak,  bachadon,  suyak 
mushaklari  sistemasiga,  bosh  miya  qon  tomirlarining  kengayishiga  olib 
keladi.  Isiriq  tarkibidagi  vazifionni,  dezoksivazitsionni,  dezoksipeganin 
kabi alkaloidlar xam o‘z o‘rnida ishlatiladi. 
Dezoksipeganin  gidroxloridni  periferik  asab  sistemasi  kasalliklarini: 
miyada  kon  aylanishining  buzilishi  natijasida  sodir  bo‘ladigan 
gemiparez  (gavda  yarmining  engil  falajlanishi,  erkin  xarakatning 
susayishi)  va  gemiplegiyalarni  (kortiko-spinal  yullarning  markaziy 
neyroni  o‘tkazuvchanligi  izdan  chiqishi  oqibatida  gavda  yarim 
mushaklarining  falajlanishi),  mushaklar  juda  zaif  tortib  ketadigan 
kasalliklarni davolashda ijobiy natijaga erishganlar.  
 


382 
 
Isiriqdan 
uy-xona, 
ho‘jalikda 
foydalanish. 
Qishloq 
ho‘jaligi 
o‘simliklarining  zararkunandalariga  qarshi  isirik  asosli  zaxarli  bo‘lgani 
uchun  odatda  qiyg‘os  gullaganida  o‘rib  olinadi.  Isiriqdan  damlama 
tayyorlash uchun 0,8—1 kg o‘simlik uti (kuritib maydalangani) yoki 500 
g  urug‘i  10  litr  suvga  solinib,  uy  xaroratida  24  soat  mobaynida  damlab 
qo‘yiladi. 
Isiriqdan  qaynatma  tayyorlash:  1  kg  quritib  maydalangan  o‘t  10  litr 
suvda  30  minut  davomida  qaynatiladi.  Uni  o‘simlik  zararkunandalariga 
qarshi  purkashdan  oldin  damlamaning  xar  10  litriga  40  g  kir  sovun 
qirindisi solinib, yaxshilab aralashtiriladi. 
Vaqt-vaqti  bilan  uy  parrandalari,  xayvonlari  yashayotgan  makonlar 
isiriq 
vositasida 
tutatib 
turilsa, 
jonivorlarga 
ozor 
beruvchi 
hasharotlardan xoli bo‘linadi. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish