Tarkibi. Qovunda 18 foiz kand, vitamin S (40 mg foizgacha), vitamin
RR, folat kislotasi, gemitsellyuloza, madaniy elementlardan kaliy,
kalsiy, temir, fosfor, natriy, karotin, pektin va azotli moddalar mavjud.
375
Halq tabobatida qo‘llanilishi. Qovunning eti va ayniqsa urug‘i
etiltiruvchi va tozalovchidir. Terini tozalaydi, ayniqsa urug‘i va ichidagi
boshka narsalar sepkil, dog va boshning kepagini yukotishda foyda
kiladi. Puchogi manglayga yopishtirilsa, ko‘zga tushadigan nazlalarga
tuskinlik qiladi... Qovunning etilgani xam, xomi xam siydik xaydaydi.
Ayniqsa buyragi va qovug‘ida mayda toshlar bo‘lgan bemorlar uchun
foydalidir. Qovun a’zolarni tozalaydi, yopishqoq, quyuq moddalardan
xoli qiladi, qonni suyultiradi, oson xazm bo‘ladi, miyaga ijobiy ta’sir
qilib, jussani semirtiradi, u istisko xamda sarik kasalligida foydali.
Qovun ter va siydik xaydash xususiyatiga ega bo‘lib, buyrak xamda
kovukdagi toshlarni chikib ketishiga yordam beradi. Qovunni och
qoringa eb bo‘lmaydi, chunki bunda bezgakni chaqirishi mumkin.
Ovkatni tanovul etgandan so‘ng, bir oz fursat o‘tgach qovun iste’mol
qilinishi lozim ko‘riladi.
Zamonaviy tibbiyot amaliyotida. Qovun kishi asabini tinchlantiruvchi,
podagraga davo, siydik xaydovchi, ichni yumshatuvchi, bavosil
aziyatlarga malxamlik qiluvchi omil sifatida tavsiya etiladi. Shuningdek,
beg‘ubor qovunlar jigar, ateroskleroz xastaliklariga engillik beruvchi
manba sifatida xam ishlatiladi. Qovun parxez ne’mat sifatida miya
xamda yuraklarida ateroskleroz bo‘lgan keksa bemorlarga tavsiya
etiladi. Qovun engil surgi xususiyatiga ega bo‘lganligi tufaylya kabziyat
bilan ozorlanadigan kishilarga foydali xisoblanadi. Qovun kuvvatsiz
bolalarning parxez taomlari qatoriga qo‘shiladi, chunki bu ne’mat
tarkibida engil singiydigan temir tuzlari mavjud. Ma’lumki, temir
elementi inson organizmida kon paydo kiluvchi omillardan xisoblanadi.
Qovun yurak qontomir sistemasi, jigari kasallangan kishilar, shuningdek
kamqonlik bilan ozorlangan bemorlar uchun foydali ne’mat xisobla nadi.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, bavosil bilan og’rigan kishilar,
shuningdek buyrak kasalliklari bilan xastalangan bemorlar uchun qovun
376
beozor davo xisoblangan. Qovun asab sistemasini tinchlantirishi xa qida
xam ma’lumotlar bor.
A. Altmishev qovun urug‘larining suvli damlamasi beozor siydik
xaydovchi dori sifatida buyrak kasalligi bilan ogrigan bolalarga engillik
berishi xakida ma’lumot keltiradi. Qovunning kaynatmasidan
xushruylash soxasida xam foydalanish mumkin. U yuzdagi paysa
doglar, sepkil va xusnbuzarlarni ketkazishga yordam beradi.
Tarvuzning xosiyatlari. Tarvuz xam qovun singari halqimiz tarafidan
suyib iste’mol kilinadigan poliz maxsuloti xisoblanadi.
Tarkibi. Tarvuz tarkibida 11 foizga kadar kand, vitamin V| (0,04
mgfoiz), vitamin V2 (0,04 mgfoiz), vitamin S (10—40 mg foiz),
vitamin RR (0,2 mg foiz), karotin, organik kislotalar, jumladan folat
kislotasi, pektin, kletchatka, fosfor, kalsiy, magniy, temir, kaliy tuzlari
mavjud.
Halq tabobatida qo‘llanilishi. Tarvuz an’anaviy halq tabobatida istisko
va sarik kasalligi bilan ogrigan bemorlarga tavsiya qilinadi. Undan o‘t
va siydik xaydovchi vosita sifatida foydalaniladi.
«Asrlar donoligi» kitobida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda,
tarvuz ortikcha issiklikdan xosil bo‘ladigan (quyoshning tigiz
issiqligida
safarda bo‘lganda) bezgakka foydali xisoblanadi.
SHuningdek, tarvuz jigarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, konni suyultiradi va
maromga soladi. Tarvuz safardan kelib chiqadigan kasalliklarga foydali
xisoblanadi. Buning uchun uni sut bilan iste’mol qilish lozim ko‘riladi.
Halq tabobatida tarvuzning quritilgan puchoklaridan tayyorlangan
damlama yo‘g‘on ichakning yallig‘lanishini davolashda ijobiy natija
beradi. To‘la odamning ozishiga moyillik yaratadi. Halq tabobatida
tarvuz
parishonxotirlikda,
nikroz
kasalligida,
bugimlarning
yalliglanishida
foydali
ne’mat xisoblanadi. Tarvuzning ypyF
magizlarini sut bilan ezilmasi bachadondan bemavrud keluvchi konni
377
tuxtatuvchi beozor omil hisoblanadi. SHuningdek, tarvuz urug‘lari gijja
tushiruvchi beasorat vosita sifatida xam foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |