Jambil. Xonaki jambil (satureya xortenzis) ziravor, oshko‘k va manzarali
o‘simlik sifatida ulkamizning barcha tumanlarida madaniy xolda ustiriladi.
Xalq tabobatida jambil bir kator xastaliklarni davolash uchun tavsiya etiladi.
Jumladan, jambildan tayyorlangan qaynatma me’da faoliyatini yaxshilashda,
ko‘krak ogriklarida, yutalda va uyqusizlikda iste’mol qilinishi bilan birga,
tashqi muolaja sifatida moddalar almashinuvi buzilishi bilan bog‘lik bulgan
xastaliklarda obzan (vanna) ko‘rinishida qabul etiladi.
Jambil o‘zining shifobaxsh xususiyatlari bilan xam ilmiy meditsinada
qadrlanadi. Sanoat mikyosida chikariluvchi «Pertussin» preparati,
dorixonalarda tayyorlanuvchi bir qator dori-darmonlar bunga misol
bo‘la oladi. Jambildan olinadigan qiyom, efir moyi va timol antiseptik
hamda yaxshi dezinfeksiyalovchi omil sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |