Qizil va qora indd


XI Yosh qizning qudrati



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XI

Yosh qizning qudrati

Men uning husniga qoyil qolaman-u, lekin 

aqlidan qo‘rqaman.

Merime.

Agar Jyulen o‘zicha Matildaning husniga tahsin o‘qish yoki 

uning ajdodlaridan meros qolgan takabburligidan g‘azablanish 

o‘rniga (to‘g‘ri, qiz so‘nggi paytlarda Jyulenga nisbatan takabburlik 




343

qilmay qo‘ygandi), bu vaqtini mehmonxonada sodir bo‘layotgan 

voqealarni kuzatishga sarflaganida edi, u qizning tevarak-atrofidagi 

odamlarga o‘tkazadigan hukmining nimadan iboratligini tushunib 

olgan bo‘lardi. Agar m-l de lya Molga bironta odam yoqmay qolsa, 

u aybdorni nozik va o‘tkir bir hazil bilan jazolay bilardi. Bu hazil 

odob doirasidan tashqari chiqmas, lekin u dilni shu qadar vayron 

qilardiki, odam u urgan nish haqida qancha ko‘p o‘ylasa, shuncha 

ko‘p azob chekardi. Bora-bora u haqoratlangan nafsoniyat uchun 

chidab bo‘lmas darajaga yetardi. Oilaning boshqa a’zolari orzu 

qilib yuradigan narsalar uning uchun hech qanday ahamiyatga 

ega bo‘lmagani boisidan qiz hammaga nihoyatda sovuqqon bo‘lib 

ko‘rinardi. Aristokratik salon shunisi bilan yoqimliki, odam u yerdan 

chiqib ketgach, o‘rni kelib qolganda uni, men u yerda bo‘lganman, 

deya eslashi mumkin. Fikr-mulohazaning butunlay yo‘qligi, siyqa 

gaplar, ayniqsa har qanday munofiqlikni bir cho‘qishda qochiradi-

gan bema’ni oldi-qochdilar – bularning bari ko‘ngilni aynatadigan 

chuchmalligi  bilan kishini butunlay bezdirib yuborishi mumkin. 

Nazokat va faqat nazokat, aslini olganda, ancha durust narsa, lekin 

u birinchi palladagina shunday tuyuladi. Jyulen avvaliga maftun 

bo‘lgan va hayratga tushib yurgan paytlarda xuddi ana shuni his 

etgan edi. Nazokat, derdi u o‘ziga-o‘zi, bu – faqat yaxshi tarbiya 

ko‘rmagan odamlarda sezilib qoladigan g‘ijinishning yo‘qligi, xolos. 

Matilda tez-tez zerikib turardi, ehtimol, u har qanday boshqa joyda 

ham xuddi shunday zerikishi mumkin edi. Ana shuning uchun ham 

uzib oladigan biror so‘z o‘ylab topsa, uning bahridili ochilardi.

Ota-onasi, akademik va unga xushomad qilib yuradigan besh-ol-

tita sig‘indiga qaraganda qiziqroq odamlarni masxara qilib, bu 

sohada mahoratini oshirmoq uchun ham u, ehtimol, markiz de 

Kruaznua, graf de Kaylyus va yana uch-to‘rtta bag‘oyat munosib 

yigitlarni umidvor qilib yurardi. Bular qiz uchun shunchaki kalaka 

qilishga yangi nishon edi.

Biz dilimiz ranjisa-da, shuni tan olmog‘imiz kerakki, zero biz 

Matildani yaxshi ko‘ramiz, qiz bu yigitlarning ba’zilaridan xat olib 

turardi, gohida esa ularga o‘zi ham javob yozardi. Yana shuni ham 

qayd qilmog‘imiz kerakki, romanimizning ushbu qahramoni o‘sha 

davrda rasm bo‘lgan xulq-atvor bobida istisno hamdir. Har qalay 

asilzoda qizlar tarbiyalanuvchi «Iso qalbi» monastiridan chiqqan 

xonimchalarni bemulohazalikda sira ham ayblab bo‘lmasdi.




344

Kunlardan birida markiz de Kruaznua Matildaga qiz bir kun ilgari 

ancha ehtiyotsizlik bilan yozgan xatni qaytarib berdi, bunday oqilona 

ehtiyotkorlik bilan u qizning ko‘nglini rom etishga umid qilgan edi. 

Biroq bu yozishmada Matildani xuddi ana shu telbalik o‘ziga maftun 

qilgandi. Unga o‘zini xavf ostiga qo‘yib tavakkal qilish yoqardi. Qiz 

o‘sha voqeadan so‘ng markiz bilan bir yarim oy gaplashmay yurdi.

Bu yigitlarning xatlari Matilda uchun ermak edi, lekin uning o‘zi 

aytishicha, bu xatlar bir-biriga juda o‘xshab ketardi. Ularning barida 

samimiy muhabbat dardi izhor etilardi.

– Ularning hammasi bir xil, hozirning o‘zidayoq Falastinga jo‘nash-

ga tayyor tanti yigitlar, – dedi u xolavachchasiga. – Bundan ham 

badtari bo‘lishi mumkinmi axir? Men endi kelajakda butun umr ana 

shunday xatlar olib yashashim kerak! Axir bu maktublarning yozilish 

uslubi qaysi mashg‘ulot turi rasm bo‘lishiga qarab, nari borsa yigir-

ma yilda bir marta o‘zgarishi mumkin. Har qalay Imperiya davrida 

ular bunchalik bema’ni emasdilar. U paytdagi oqsuyak yigitlar yo 

biror buyuk jihati bo‘lgan ishlarni kuzatganlar, yoki ularni amalga 

oshirishda o‘zlari ishtirok etganlar. Mening tog‘am, gersog N. Vagram 

ostonasidagi jangda qatnashgan.

– Nima, qilichbozlik qilish uchun ham aql talab qilinadimi? – deya 

e’tiroz bildirdi Matildaning xolavachchasi mademuazel Sent-Eredit. –  

Lekin bunday jangda qatnashgan odam keyin doim faqat shuni hikoya 

qilib yuradi.

– Xo‘sh, hikoya qilsa nima qilibdi! Men bunday hikoyalarni jon 

deb eshitaman, Napoleon davrida o‘n minglab askarlar o‘limga tik 

qarab borgan haqiqiy jangda ishtirok etmoq, bu chinakam jasoratdan 

dalolat beradi. Xavf-xatarning betiga tik qaramoq qalbga yuksaklik 

bag‘ishlaydi va mening bechora muxlislarim tarmashib yotgan manovi 

zerikarli hayotdan xalos etadi, zerikish esa shu qadar yuqumliki, asti 

qo‘yaverasiz. Bironta qahramonlik ko‘rsatish ulardan qaysi birining 

xayoliga kelardi deysiz? Ular menga uylanishmoqchimish, shu ham 

jasorat bo‘ldi-yu! Men badavlat qizman, otam kuyovining nufuzini 

oshirib qo‘yadi, albatta! Ah, qani endi u menga sal bo‘lsa-da, g‘alatiroq 

bir kuyov topib berganida edi!

Matildaning jonli, tiniq, jozibali fikr yuritishi uning tiliga birmun-

cha salbiy ta’sir qilgandiki, buni o‘zingiz ham sezgan bo‘lsangiz kerak. 

O‘qtin-o‘qtin qizning og‘zidan chiqib ketgan bironta ibosizroq so‘z 

uning boadab do‘stlariga erish tuyulardi. Agar Matilda hammaga shu 



345

qadar yoqmaganida, do‘stlari ba’zan uning ayollik latofatiga mutlaqo 

mos tushmaydigan o‘tkir iboralar aytib yuborishini ochiqdan-ochiq 

tan olishgan bo‘lardi.

Qiz esa, o‘z navbatida, Bulon o‘rmonida g‘ij-g‘ij bo‘lib yotgan bu 

nazokatli kavaler zotiga shafqatsiz edi. U kelajakka dahshat bilan 

qaraydi, deb bo‘lmasdi, zero bu juda kuchli tuyg‘u, lekin u bunday 

hayotdan jirkanardi, bu esa uning yoshidagi qizlarda kamdan-kam 

uchraydigan bir hol, albatta.

Xo‘sh, u nimani orzu qilsin? Uning hamma narsasi bor edi: boylik, 

nasl-nasab, aql, husn, atrofdagilarning bari shunday deyishardi va 

qiz bunga ishonardi, xullas, falak undan o‘z saxovatini ayamagandi.

Jyulen bilan sayr qilish diliga zavq bag‘ishlayotganini daf’atan 

sezib qolganida butun Sen-Jermen qasabasidagi eng badavlat bu qiz 

ana shunday o‘y-xayollar bilan band edi. Yigitning mag‘rurligi uni 

taajjubga solmoqda edi: qiz bu oddiy kosibvachchaning nozik aqliga 

qoyil qolardi. «U abbat Moriga o‘xshab yepiskop darajasiga ko‘tarila-

di», deya o‘ylardi u.

Tez orada uning ba’zi bir fikrlariga qahramonimizning sira ham 

soxta bo‘lmagan samimiy bir sabot bilan e’tiroz bildirishi Matildani 

juda qiziqtirib qo‘ydi; qiz bu to‘g‘rida o‘ylay boshladi, u o‘z dugonasiga 

yigit bilan qilgan suhbatlarining barcha tafsilotlarini aytib berar va 

unga nuqul bu suhbatlarning asl ma’nosini, ularning nozik jihatlarini 

bayon qilib berolmayotgandek tuyulardi. Daf’atan uning miyasiga lop 

etib bir fikr kelib qoldi. «Men sevish baxtiga muyassar bo‘libman, – dedi 

u bir kuni qalbi cheksiz zavqqa to‘lib. – Men sevaman, ha, sevaman, bu 

aniq. Mening yoshimdagi chiroyli, aqlli bir qiz chinakam his-tuyg‘uni 

sevgidan bo‘lak yana nimada topishi mumkin axir. Qancha harakat 

qilmayin, men hech qachon na manovi Kruaznuani, na Kaylyusni na 

tutti quanti

39

ni seva olaman. Chamasi, ular juda to‘kis, keragidan ortiq 



darajada to‘kis bo‘lishsa kerak. Xullas, ular bilan zerikib qolaman».

Qiz o‘zicha «Manon Lesko», «Yangi Eloiza», «Portugaliyalik rohiba-

ning maktublari» va hokazo, va hokazolarda o‘qigan barcha ehtiros 

tasvirlarini eslay boshladi. Bu o‘rinda so‘z o‘z-o‘zidan ma’lum, yuksak 

tuyg‘u to‘g‘risida ketmoqda edi, yengil ishqiy sarguzasht uning yoshidagi 

va uning nasabidagi qiz uchun sira ham to‘g‘ri kelmasdi. Muhabbat deb 

u Fransiyada Genrix III va Bassompyer davrida uchraydigan yuksak va 

39

 Boshqa birontasini ham (ital.).




346

qahramonona tuyg‘unigina aytardi. Bunday muhabbat to‘siqqa uchra-

ganda qo‘rqoqlik bilan orqaga chekinmas, yo‘q, aksincha, u buyuk ishlar 

sari undardi. «Hozir bizda Yekaterina Medichi, Lyudovik O‘n uchinchi 

paytidagi kabi haqiqiy saroy ahllari yo‘qligi men uchun naqadar baxt-

sizlik bo‘lyapti, sezib turibman, katta jasorat talab qilinadigan buyuk 

ishlar qilishim mumkin edi. Agar hozir Lyudovik O‘n uchinchi kabi 

shavkatli bir qirol oldimda tiz cho‘kib turganida edi, men uning uchun 

nimalar qilmasdim deysiz! Men uni, baron de Tollining ta’biri bilan 

aytganda, Vandeyaga boshlab borardim va u yana o‘z qirolligini qayta 

zabt etardi, ana unda hech qanday Xartiyaga ehtiyoj bo‘lmasdi... Jyulen 

esa, menga yordam berardi. Unga hozir nufuz bilan boylik yetishmaydi, 

xolos. Shunda u shuhrat ham qozongan, boylik ham orttirgan bo‘lardi.

Kruaznuada esa hamma narsa bor, lekin u butun umr faqat 

gersogligicha qoladi, doym yarimroyalist, yarimliberal bo‘lib, sira 

haddidan oshmay, mujmal va o‘rtamiyona odam bo‘lib yuraveradi, 




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish