Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

X

Qirolicha Margarita

Muhabbat! Quvonchga erishmoq uchun ne 

ko‘ylarga solmaysan bizni.

«Portugaliyalik rohibaning maktublari».

Jyulen yozgan xatlarini qaytadan o‘qib chiqdi. Tushlik ovqatga 

zang chalindi. «Bu parijlik qo‘g‘irchoqqa rosa kulgili ko‘ringan bo‘lsam 

kerak o‘ziyam, – deya xayolidan o‘tkazdi u. – Dilimdagi gaplarni 

unga aytib telbalik qilmadimmi axir! Ehtimol, bu uncha telbalik ham 

emasdir. Bu o‘rinda bor haqiqatni to‘kib solish men uchun munosib 

ish bo‘ldi.

Xo‘sh, nega bo‘lmasam o‘zi bu yerga kelib, menga aziz bo‘lgan nar-

salarni so‘rab-surishtiradi? Bu uning tomonidan beadablik emasmi! 

G‘irt axloqsizlik-ku. Danton haqidagi fikrlarim uning otasi menga 

maosh to‘laydigan vazifalar qatoriga kirmaydi-ku axir»

Yemakxonaga kirgach, Jyulen m-l de lya Molni boshdan-oyoq mo-

tam kiyimida ko‘rib ranjiganligini darhol unutdi-qo‘ydi: oiladagilar-

ning undan bo‘lak birontasi ham qora kiyinmagani sababli bu hol 

yigitga juda g‘alati tuyuldi.

Kuni bilan qattiq hayajonlanib yurgan Jyulen tushlikdan so‘ng 

butunlay o‘ziga keldi. Uning baxtiga, dasturxon yonida lotin tilini 

biladigan anavi akademik ham o‘tirgan edi. «Agar mademuazel de 

lya Molning motam tutishi haqidagi savolim chindan ham noo‘rin 

bo‘lsa, – deya o‘yladi Jyulen, – manovi odam har qalay ustimdan uncha 

kulmasa kerak».

Matilda unga qandaydir boshqacha ko‘z bilan qarab o‘tirardi. «Mana 

u – bu yerlik ayollarning ishvasi, xuddi de Renal xonim hikoya qilgandek 

bo‘lyapti, – deya o‘ylardi Jyulen. – Bugun ertalab unga biroz qo‘polroq 

muomala qildim, u men bilan gaplashmoqchi bo‘lganida injiqligini 

ko‘tarmadim. Natijada esa uning oldida hurmatim oshdi. Lekin u haqini 

qo‘ymaydi, albatta. U hali mendan o‘chini oladi, o‘zi ning nafratomuz 

kibr-havosini namoyish qiladi menga, hozircha men chamasi faqat 

jig‘iga tegdim xolos. Men judo bo‘lgan ayol naqadar o‘xshamasdi-ya 

bunga! Qanday tabiiy latofat bor edi unda! Qanday sofdillik! Men uning 

fikrini o‘zidan avval bilib olardim, bu fikrning uning xayoliga qanday 



335

kelayotganini sezib turardim. Uning qalbidagi yagona raqibim, bu bo-

lalaridan judo bo‘lish vahimasi edi, lekin bu tuyg‘u shu qadar oqilona 

va tabiiy ediki, garchi undan o‘zim aziyat cheksam-da, u menga xush 

yoqardi. Tentak ekanman... O‘shanda Parij haqidagi orzulardan mast 

bo‘lib yurganim tufayli bu farishta ayolning qadriga yetmadim.

Qanday tafovut, yo Rabbim! Xo‘sh, bu yerda nimani ko‘ryapman? 

Faqat shuhratparastlik, kalondimog‘lik, o‘ziga bino qo‘yishning turli 

xil alomatlari – bor gap shu xolos». Barcha stol yonidan turib keta 

boshladi. «Anavi akademigimni qo‘ldan chiqarmaslik kerak», deya 

qaror qildi Jyulen. Hamma boqqa chiqayotganida u akademikka 

yetib oldi-da, mo‘min-qobillik bilan «Ernani»ning muvaffaqiyatidan 

g‘azablanayotgan olimning fikriga qo‘shildi.

– Ha, agar qamoqqa olishlar haqidagi maxfiy buyruqlar davrida 

yashaganimizda bormi... – dedi u.

– U davrda bunday qilishga uning jur’ati yetmagan bo‘lardi! – deya 

Talma singari qo‘llarini silkitib xitob qildi akademik.

Qandaydir gul haqida gap ochilgan edi, Jyulen Vergiliyning 

«Georgiklar»idan bir-ikki satr yod aytdi va shu zahoti abbat Delil-

ning beqi yos she’rlarini maqtab qo‘ydi. Xullas, u qo‘lidan kelganicha 

akademikka xushomad qildi. Va shundan keyingina beparvo bir 

ohangda so‘radi:

– Mademuazel de lya Molning bugun motam libosini kiyib olgani-

dan bironta amakisi o‘lib, undan meros olganmi, deyman?

– Nima? Siz shu uyda yashab turib, bu qizning qanday savdosi 

borligini bilmaysizmi hali? – dedi birdan to‘xtab akademik. – Ros-

tini aytsam, onasi qizining bunday telbalik qilishiga yo‘l qo‘yishi 

juda g‘alati tuyuladi, albatta, lekin bu gap oramizda qolsin-u bu 

oiladagilarning irodasi shunaqa zaifroq o‘zi. Mademuazel Matildaga 

esa iroda bobida Xudo bergan, shu boisdan ham u uydagilarning barini 

yotqizib-turg‘izadi. Bugun o‘ttizinchi aprel-ku axir. – Akademik jimib 

qoldi-da, quvlik bilan Jyulenga qarab qo‘ydi. Jyulen qo‘lidan kelgancha 

ma’nodor qilib iljaydi.

«Butun uyni yotqizib-turg‘izish, motam libosi va bugun o‘ttizin-

chi aprel ekanligining bir-biriga nima aloqasi bor? – deya o‘ylardi u. 

– Bu deyman, o‘zim o‘ylaganimdan ham ko‘proq qovun tushirganga 

o‘xshayman-ku».

– Rostini aytsam, men... – dedi u akademikka va unga savol nazari 

bilan tikildi.



336

– Yuring, bog‘ni birpas aylanaylik, – dedi akademik uzundan-uzoq 

va ta’sirli hikoya boshlash imkoniyati tug‘ilib qolganidan huzur qilib. – 

Menga qarang: nahot siz bir ming besh yuz yetmish to‘rtinchi yilning 

o‘ttizinchi aprel kuni qanday voqea sodir bo‘lganini bilmasangiz?

– Qayerda? – ajablanib so‘radi Jyulen.

– Grev maydonida.

Jyulen shu qadar taajjubga tushgan ediki, hatto bu maydonning 

nomi ham unga hech narsani eslatmadi. Sinchkovlik va o‘z ruhiga 

juda monand bo‘lgan allaqanday fojiali qiziq voqealar to‘g‘risidagi 

hikoyani oldindan his etish tufayli uning ko‘zlari alohida bir ifoda 

bilan yondiki, odatda, hikoyachilar o‘z tinglovchilarining ko‘zida 

ana shunday olovni ko‘rishni yoqtirishadi. Akademik hech narsadan 

xabari bo‘lmagan shunday e’tiborli tinglovchi topib olganidan boshi 

osmonga yetib, Jyulenga 1574-yilning 30-aprel kuni o‘sha davrning 

eng chiroyli yigitlaridan biri Bonifatsiy de lya Mol va uning do‘sti, 

pyemontlik dvoryanin Annibal de Kokonassoning qanday qilib Grev 

maydonida boshi tanidan judo etilgani haqida juda batafsil hikoya 

qila boshladi.

– Lya Mol Navarra qirolichasi Margaritaning mahbubi edi. Qiroli-

cha uni juda sevardi. Bir narsaga e’tibor bering-a, – deya qo‘shimcha 

qildi akademik. – Mademuazel de lya Molning ismi ham Matilda-Mar-




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish