Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

qiling. Bu, sirasini aytganda, zamonamizning yagona qonuni. Tentak 

ham, mug‘ambir ham bo‘lmang, zero u holda sizdan yo tentaklik, yoki 

mug‘ambirlikni kutishadiki, natijada qoida buziladi.

Jyulen knyaz Korazov bilan birga tushki ziyofatga taklif etgan ger-

sog de Fitts-Folke mehmonxonasida chinakamiga shuhrat qozondi. 

Ziyofatni bir soatcha kutishga to‘g‘ri keldi. Taklif qilingan yigirma 

kishi o‘rtasida Jyulen o‘zini shunday tutdiki, London elchixonalarining 

yosh kotiblari bu haqda hanuzgacha eslab yurishadi. Uning yuzidagi 

ifodani chindan ham tasvirlab berish qiyin edi.

U endi og‘aynilarining hazil-huzil gaplariga qaramay, nima qilib 

bo‘lsa-da, Angliya Lokkdan so‘ng ega bo‘lgan yagona faylasuf Filipp 

Venni borib ko‘rmoqchi bo‘ldi. U yetti yildan buyon qamoq muddatini 

o‘tayotgan faylasufni turmada ko‘rdi. «Bu mamlakatning kiborlari hazil 

qilishni yomon ko‘rar ekan, – deya o‘yladi Jyulen. – Venni qamoqqa ti-

qishgani kamlik qilgandek, yana uni sazoyi qilib, nomini bulg‘ashibdi».

Jyulenning nazarida Ven ancha jo‘shqin ko‘rindi: kiborlarning 

quturishi uning kulgisini qo‘zg‘atardi. «Men Angliyada ko‘rgan yagona 

quvnoq odam ana shu ekan», – dedi o‘ziga-o‘zi Jyulen qamoqxonani 

tark etar ekan.

«Zolimlar uchun xudo g‘oyasidan foydaliroq g‘oya yo‘q dunyoda!» 

– dedi unga Ven.

Biz uning falsafiy tizimini bayon qilib o‘tirmaymiz, zero bu hayosiz 

odamning falsafasidir.

Jyulen Parijga qaytgach:

– Xo‘sh, meni nima bilan xursand qilasiz, Angliyadan qanday 

yoqimli taassurotlar bilan qaytdingiz? – deya so‘radi undan janob 

de lya Mol.

Jyulen indamay turaverdi.




310

– Xo‘sh, yoqimlimi-yoqimsizmi, ishqilib biror taassurot bilan 

qaytgandirsiz axir u yerdan? – deya toqatsizlanib takrorladi markiz.

– Primo, – dedi Jyulen, – eng bama’ni ingliz ham bir soatga aqldan 

ozadi: u o‘zini o‘zi o‘ldirish vasvasasiga tushadiki, bu vasvasa ushbu 

mamlakatning xudosidir.



Sekundo: Angliya tuprog‘iga qadam qo‘yar ekan, aql va daho o‘zi-

ning yigirma besh foiz qiymatini yo‘qotadi.



Tertso: dunyoda Angliyadagi tabiat manzarasidan go‘zalroq, ajib 

va ta’sirliroq narsa yo‘q.

– Endi esa mening navbatim. – dedi markiz. – Primo: nega rus 

elchisinikidagi balda siz, Fransiyada urush bo‘lishini jon-dilidan 

istaydigan uch yuz ming yigit bor, deb aytdingiz? Bu gap podshohlarga 

yoqadi, deb o‘ylaysizmi?

– Buyuk diplomatlarimiz bilan suhbatlashganda, odam nimani 

gapirishni bilmay garang bo‘lib qoladi, – deya javob qildi Jyulen. 

– Ular jiddiy mavzuda suhbat qurishni jon-u dildan yaxshi ko‘ri-

shadi. Shunday qilib, agar hammaga ma’lum bo‘lgan rasmiy gaplarni 

aytsang, ahmoq deb nom chiqarishing mumkin. Mabodo haqiqatga 

yaqinroq biror yangi gap aytib qo‘ysangiz, ular ajablanib, nima deb 

javob qilishini bilmay qolishadi va ertasiga ertalab soat yettida, sizga 

elchixonaning birinchi kotibi orqali axloqsizlikka yo‘l qo‘ydingiz, 

deya xabar qilishadi.

– Durust, – dedi kulib markiz. – Xo‘p, gap bunday, janob mutafakkir, 

imonim komilki, siz Angliyaga nima maqsadda borib kelganingizni 

hali ham bilmasangiz kerak.

– Kechirasiz, – deya javob qildi Jyulen. – Men u yerga dunyo-

dagi eng xushmuomala odam – hazrati oliylarining elchilariniki-

da haftasiga bir marta bo‘ladigan ziyofatda qatnashmoq uchun  

borganman.

– Siz u yerga manovi ordenni olish uchun borgansiz, – dedi unga 

markiz. – Men sizni qora kostyumingizdan voz kechishga majbur 

qilmoqchi emasman, lekin havorang frak kiygan odam bilan bo‘ladi-

gan qiziqroq suhbatlarga o‘rganib qolibman. Endi, yangi farmoyish 

bergunimga qadar, bir narsani yaxshilab uqib olmog‘ingizni iltimos 

qilaman: ana shu ordenni taqib yurgan paytingizda siz men uchun 

do‘stim, gersog de Retsning kichik o‘g‘li bo‘lasiz. Siz, garchi bundan 

o‘zingizning xabaringiz bo‘lmasa-da, yarim yildan buyon diplomatik 

xizmatda hisoblanasiz. Yana shu narsa ham yodingizda bo‘lsinkim, – 



311

deya g‘oyat jiddiy ohangda qo‘shimcha qildi markiz minnatdorchilik 

bildira boshlagan Jyulenning gapini shartta bo‘lib, – men sizning o‘z 

toifangizdan yuz o‘girishingizni mutlaqo istamayman. Bu hol homiy 

uchun ham, homiylikdagi odam uchun ham azaldan yanglishmoqlik va 

baxtsizlikka sabab bo‘lib kelgan. Mening da’volashuvlarim joningizga 

tegsa yoki mening o‘zim sizni nomaqbul deb hisoblay boshlasam, u 

holda sizga, aytaylik, do‘stimiz abbat Pirarniki kabi yaxshi bir qavm 

olib beraman. Bundan ortig‘iga umid qilmang, – deya qo‘shimcha qildi 

markiz juda sovuq ohangda.

Bu orden, nihoyat, Jyulenning g‘ururini tinchitdi, u endi ancha 

so‘zamol bo‘lib qoldi va aslini olganda-yu, uncha odobli bo‘lmagan, 

lekin jonli suhbat chog‘i og‘izdan osongina chiqib ketishi mumkin 

bo‘lgan uncha-muncha so‘zlarga parvo qilmaydigan va sal narsani 

o‘zi uchun haqorat deb tushunmaydigan bo‘ldi.

Ana shu ordeni tufayli u g‘aroyib bir odam bilan uchrashish shara-

figa muyassar bo‘ldi: yangi unvoni uchun ministrga minnatdorchilik 

bildirmoq va u bilan ba’zi narsalar xususida kelishib olmoq niyatida 

Parijga qadam rapjida qilgan baron de Valeno janoblari Jyulenni atayin 

yo‘qlab keldi. Uni janob de Renalning o‘rniga Verrer shahrining meri 

qilib tayinlashmoqchi ekan.

Janon Valeno Jyulenga sir qilib, janob de Renal yakobinchi ekan, bu 

narsa yaqindagina ma’lum bo‘lib qoldi, deya aytganida qahramonimiz 

xaxolab kulib yuborishiga sal qoldi. Gap shunda ediki, deputatlar pa-

latasiga bo‘ladigan saylovlarda yangi paydo bo‘lgan baronning nomzo-

dini ministrlik ko‘rsatgan edi, departamentning aslida ultraroyalistik 

kayfiyatda bo‘lgan yirik saylov kollegiyasida esa janob de Renalning 

nomzodini liberallar taqlif qilishgandi. 

Jyulen de Renal xonim haqida biror narsa bilishga urinib bekor 

ovora bo‘ldi: baron o‘tmishdagi raqobatni esladi shekilli, xonim 

to‘g‘risida bir og‘iz ham so‘z aytmadi. Ketish oldidan, u bo‘lajak say-

lovda otangiz menga ovoz bersa, deya iltimos qildi. Jyulen bu haqda 

yozib yuborishga va’da berdi.

– Meni janob markiz de lya Molga tanishtirib qo‘ysangiz yomon 

bo‘lmasdi, janob kavaler.

«Chindan ham yomon bo‘lmasdi, – deya xayolidan o‘tkazdi Jyu-

len. – Lekin shunday muttahamni-ya!..»

– Sizga rostini aytsam, – dedi u javoban, – bironta odamni ta-

nishtirmoq uchun men de lya Mol xonadonida juda kichkina odamman.



312

Jyulen markizga hamma gapni aytib berdi. Kechqurun u janob de 

lya Molga Valeno bildirgan istak haqida, yana 1814-yildan boshlab 

uning barcha hiyla-nayranglari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

– Siz ertaga bu yangi baronni menga tanishtiribgina qolmay, – dedi 

unga mahobat bilan janob de lya Mol, – balkim uni indinga peshingi 

ziyofatga ham taklif qilasiz. U bizning yangi prefektlarimizda biri 

bo‘ladi.


– U holda, – deya sovuqqina e’tiroz bildirdi Jyulen, – sizdan mening 

otamni yetimxona direktori qilib tayinlashingizni iltimos qilaman.

– Juda yaxshi, – dedi markiz birdan vaqti chog‘ bo‘lib, – roziman. 

Men, rostini aytsam, pand-nasihat eshitamanmi, deb qo‘rquvdim. Bu 

deyman, ancha aqlingiz kirib qolibdi-ku.

Janob Valeno Jyulenga Verrerdagi lotereya idorasining boshqaruv-

chisi yaqinda vafot etganini xabar qildi. Jyulenga bu joyni bir vaqtlar 

janob de lya Molning xonasida iltimosnomasini topib olgan janob de 

Sholen, o‘sha qari ahmoqqa berilsa juda kulgili bo‘ladigandek tuyuldi. 

Jyulen bu joy xususida moliya ministrining nomiga yozilgan xatga 

imzo qo‘ydirgani kirganida o‘sha iltimosnomani yoddan aytib bergan 

edi, markiz rosa xaxolab kuldi. 

Janob de Sholen o‘sha joyga tayinlanishi bilanoq Jyulenga depar-

tament deputatsiyasi bu joyni mashhur matematik janob Gro uchun 

so‘ragani ma’lum bo‘lib qoldi. Bu olijanob odamning bor-yo‘g‘i bir 

ming to‘rt yuz frank rentasi bo‘lib, u ana shu daromadidan yiliga olti 

yuz frankini, oilasini boqsin, deb marhum idora boshqaruvchisiga 

berib yurarkan.

Jyulen qilib qo‘ygan ishidan o‘zi hayratga tushdi. Endi anavi mar-

humning oilasi nima bo‘ladi? Nima hisobiga kun ko‘radi u boyaqishlar? 

Bu fikrdan uning yuragi orqasiga tortib ketdi. «Hechqisi yo‘q, – dedi 

so‘ngra u o‘ziga, – agar hayotda muvaffaqiyatga erishuvni istasam, hali 

ko‘p adolatsizlik qilishim kerak bo‘ladi. Boz ustiga bu adolatsizliklarni 

ma’nodor so‘zlar bilan niqoblashga ham o‘rganmoq lozim. Bechora 

janob Gro! Ordenni ana o‘sha olishi kerak edi. Uni esa men oldim. Shu 

boisdan ham bu mukofotni menga berishni lozim topgan hukumat 

ruhiga mos ish tutmog‘im lozim».



313


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish