Qizil va qora indd


XII Danton emasmikin bu?



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XII

Danton emasmikin bu?

His-hayajonga o‘chlik... Mening xolam, go‘zal 

Margarita de Valuaning tabiati ana shunday edi. 

Tez orada u hozirgi kunda Fransiyada Genrix 

IV nomi bilan hukmronlik qilayotgan Navarra 

qiroliga turmushga chiqdi. Tavakkal qilish... Bu 

go‘zal malika tabiatining butun siri ana shunda 

edi, uning o‘n olti yoshdan boshlab akalari bilan 

tez-tez arazlashib va yarashib turishining boisi 

ham ana shunda. Yoshgina qiz nimasi bilan 

tavakkal qilishi mumkin  axir? O‘zidagi eng 

qimmatbaho narsa: o‘z or-nomusi bilan. Uning 

butun hayoti haqida ham ana shu bo‘yicha hukm 

yuritiladi.

Karl To‘qqizinchining nikohsiz xoti nidan 

tug‘ilgan o‘g‘li gersog Angulemskiy memuarlari.

«Xo‘sh, Jyulen bilan ikkovimiz-chi? Hech qanday bitim, mesh-

chanlik rasm-rusumlarini oldindan amalga oshiruvchi hech qanday 

notarius bo‘lmaydi bizda. Hammasi qahramonona bo‘lib, hammasi 

tasodifga qo‘yib beriladi. Agar uning past tabaqadan chiqib kelganini 

hisobga olmaganda, hammasi Margarita Valuaning o‘z zamonasining 

eng ajoyib kishisi bo‘lmish navqiron lya Molga bo‘lgan muhabbatiga 

o‘xshab ketadi. Lekin saroy a’yonlaridan bo‘lmish yigitlarimiz odob 



qoidalariga ko‘r-ko‘rona sodiq bo‘lib, xiyol bo‘lsa-da, g‘alatiroq ho-

disani o‘ylashlari bilanoq ranglari o‘chib ketsa, menda nima ayb, 

Gretsiya yoki Afrikaga kichkina bir sayohat, ularga eng zo‘r jasorat 

bo‘lib ko‘rinadi. O‘shanda ham ular faqat buyruqqa binoan, otryad 




348

bilan birga borishadi. Lekin ularni o‘z holiga qo‘yib bersangiz bormi, 

darhol vahimaga tushib qolishadi, ular badaviylarning nayzasidan 

emas, yo‘q, kulgili ahvolga tushib qolishdan qo‘rqishadi va bu vahima 

ularning es-hushini olib qo‘yadi. 

Mening azizim Jyulen esa buning xuddi aksi: u hamma ishni bir 

o‘zi bajarishni yaxshi ko‘radi. Biror kishiga suyanib ish ko‘rish, bironta 

odamdan yordam so‘rash bu g‘aroyib yigitning hatto xayoliga ham 

kelmaydi. U bo‘lak hammadan nafratlanadi, men esa, xuddi shuning 

uchun ham undan nafratlanmayman.

Agar Jyulen shu kambag‘alligi bilan dvoryanin bo‘lganida edi, 

mening sevgim bema’ni tentaklik, eng oddiy mezalyans

40

 bo‘lib chiqar-



di, men hech qachon bu ishga yurmagan bo‘lardim, bunda chinakam 

buyuk ehtiroslarga xos bo‘lgan jihatlar, hech qanday yengib bo‘lmas 

to‘siqlar ham, kelajakning majhulligi ham bo‘lmasdi».

M-l de lya Mol bu yuksak mulohazalarga shu qadar berilib 

ketgan ediki, ertasi kuni u markiz de Kruaznua bilan akasiga o‘zi 

ham sezmagan holda Jyulenni ko‘klarga ko‘tarib maqtay boshladi. 

Qiz shunchalar qizg‘in gapirardiki, bu hol, oxir-oqibatda, ularning 

izzat-nafsiga tegdi. – Bu serg‘ayrat yigitdan qo‘rqishingiz kerak, – 

deya xitob qildi akasi. – Yana revolyutsiya boshlangudek bo‘lsa, u 

hammamizni gilotinaga jo‘natadi.

Qiz bu gapga javob berishga jur’at etmay, akasi va markiz de Kru-

aznuaning g‘ayrat, shijoatdan cho‘chishlarini kalaka qila boshladi. 

Axir aslida bu qandaydir kutilmagan hodisaga duch kelib qolishdan 

qo‘rqish, bunday voqeadan sarosimaga tushish mumkinligidan 

cho‘chish edi-da. – Siz janoblar, doim kulgili ahvolga tushib qolish-

dan qo‘rqib yurasiz – axir, baxtga qarshi bunday xavfga 1816-yilda 

barham berilgan-ku.

«Ikkita partiya mavjud bo‘lgan mamlakatda, – deguvchi edi janob 

de lya Mol, – kulgili ahvolning o‘zi bo‘lishi mumkin emas».

Qizi otasining bu bilan nima demoqchi ekanligini juda yaxshi 

anglagan edi.

 Shunday qilib, janoblar, – dedi u Jyulenning muxoliflariga, – sizlar 

umrbod qo‘rqib yurasizlar, keyin esa sizlarga: 

            Axir bu bo‘ri emas, uning soyasi, faqat, – 

deya qo‘shiq aytib berishadi...

40

 Mezalyans – nikohda tengsizlik (tarj.)




349

Birozdan so‘ng Matilda ularning oldidan ketdi. Akasining gaplari 

uni dahshatga solgan edi: u anchagacha o‘ziga kelolmay yurdi, biroq 

ertasi kuni qiz, bu gap – juda katta maqtov, degan xulosaga keldi.

«Har qanday qat’iyat barham topgan bizning zamonamizda Jyu-

lenning dadilligi ularni qo‘rqityapti. Men akamning bu so‘zlarini unga 

aytaman. Uning nima deb javob berishini bir ko‘rmoqchiman. Faqat 

uning ko‘zlari yonib turadigan bir paytni topib aytish kerak. Bunday 

paytda u menga yolg‘on gapira olmaydi».

«Agar bu Danton bo‘lsa-chi! – dedi u uzoq xayol surib, o‘ziga 

kelgach. – Xo‘sh, nima qilibdi! Agar yana revolyutsiya boshlanib qol-

gudek bo‘lsa, Kruaznua bilan mening akam qanday rol o‘ynashadi? 

Ularning roli oldindan belgilab qo‘yilgan: ulug‘vorlik bilan taqdirga 

tan berish. Ular qahramonona bir itoatgo‘ylik bilan sira qarshilik 

ko‘rsatmay, qo‘ydek boshlarini pichoqqa tutib berishadi. Ular o‘la 

turib cho‘chiydigan yagona narsa, bu – yana o‘sha axloq doirasidan 

chiqib ketmaslik bo‘ladi. Mening kichkina Jyulenim esa, agar najot 

topishga sal umid bo‘lsa, o‘zini qamoqqa olgani kelgan har qanday 

yakobinchining peshonasidan otadi. U odob saqlash haqida o‘ylab 

o‘tirmaydi, yo‘q».

Bu so‘zlar uni o‘ylantirib qo‘ydi. Ular qizning tasavvurida qan-

daydir og‘ir xotiralarni jonlantirdiki, uning dilidagi zavq-shavq bir 

zumda g‘oyib bo‘ldi-qoldi. Bu so‘zlar unga de Kaylyus, de Kruaznua, 

de Lyuz janoblari va akasining ba’zi hazil-mazax gaplarini eslatdi. Bu 

janoblar bir ovozdan Jyulenni riyokor, itoatgo‘y va munofiq ko‘rinadi 

deb ayblashardi.

«Ah, – deya xitob qildi u birdan ko‘zlari quvonch bilan yonib, – 

ularning xuddi ana shu istehzolari-yu, doimiy hazil-huzul gaplari, 

garchi buni o‘zlari istamagan bo‘lsalar-da, Jyulen biz bu yil qishda 

ko‘rgan odamlar ichida eng ajoyibi ekanligidan dalolat berib turibdi. 

Xo‘sh, uning kamchiliklari va turli g‘alati xislatlari bilan ularning nima 

ishi bor? Undagi haqiqiy ulug‘vorlik esa, o‘zlarining rioyagarchilig-u 

mehribonliklariga qaramay, ularning nafsoniyatiga tegadi. To‘g‘ri, 

Jyulen kambag‘al va u ruhoniy bo‘lmoq uchun tahsil ko‘rgan, ular esa 

eskadronlarga komandirlik qilishadi, ular o‘qishga muhtoj emaslar. 

Bu ancha qulay, albatta.

Biroq ana shu barcha manfiylarga, doim bir xilda qora kostyum kiyib 

yurishi va boyaqish ochlikdan o‘lmaslik uchun o‘zini ruhoniylardek sipo 

tutishiga qaramay, bu asilzoda yigitlar uning ustunligidan cho‘chib qolish-



350

gan. Bunga shubha yo‘q. Manovi ruhoniylarga xos sypogarchilik esa biz u 

bilan bir necha daqiqaga yolg‘iz qolganimiz zahoti g‘oyib bo‘ladi-qo‘yadi. 

Bu janoblar o‘zlariga o‘tkir va aqlli bo‘lib tuyulgan biror gap aytganla-

rida ular darhol, avvalo Jyulenga qarab qo‘yadilar. Men buni juda aniq 

sezdim. Bu asilzoda yigitlar biron savol bilan murojaat qilmagunlariga 

qadar, uning o‘zi ular bilan birinchi bo‘lib so‘zlashmasligini juda yaxshi 

biladilar-ku axir. U faqat men bilan so‘zlashadi. U meni olijanob qalb 

sohibasi deb hisoblaydi. Ularning e’tirozlariga esa faqat odob qoidalari 

talab qilganicha javob qaytaradi. Va darhol hurmat saqlab jimib qoladi. 

Men bilan esa u soatlab bahslashishga tayyor, faqat hech qanday e’tirozim 

qolmagandan keyingina o‘zining haqligiga ishonch hosil qiladi. Butun 

qish davomida biz u bilan biron marta ham chinakamiga janjallashmadik, 

ba’zi-ba’zidagina bir-birimizning diqqatimizni o‘zimizga qaratmoq uchun 

piching qildik, xolos. Buyam gapmi, hatto xonadonimizning obro‘-e’tibori 

bo‘lmish otam ham ham Jyulenni hurmat qiladi. Barcha bo‘lak odam-

lar uni yomon ko‘rishadi, lekin onamning dugonalari, anovi xudojo‘y 

munofiqlarni hisobga olmaganda hech kim undan nafratlanmaydi.

Graf de Kaylyus otga o‘lgudek ishqiboz odam edi yoki o‘zini shun-

day qilib ko‘rsatishga harakat qilardi, uning butun umri otxonada 

o‘tardi. U hatto nonushtani ham ko‘pincha o‘sha yerda qilardi. Bu 

g‘aroyib ishqibozlik va doim tishining oqini ko‘rsatmay yurish odati 

tufayli u do‘stlari orasida katta hurmat qozongan edi, xullas, bu yigit 

ana shu kichkina to‘garakning haqiqiy lochini bo‘lib, boshqalardan 

ajralib turardi.

Ertasi kuni barcha de lya Mol xonimning keng-mo‘l kreslosi ortida 

to‘plangani zahoti, – Jyulen o‘sha kuni mehmonxonaga kelmagan edi, 

– janob de Kaylyus m-l de lya Molni ko‘rishi bilanoq, hech nimadan 

hech nima yo‘q, birdan qizishib, Matildaning Jyulen haqidagi yaxshi 

fikriga qarshi e’tiroz bildira boshladi. Kruaznua bilan Norber esa 

uning gapini quvvatlab turishdi. Qiz bu soddagina hiylani darhol 

tushundi-yu, qalbi zavqqa to‘ldi.

Mana, – deya xayolidan o‘tkazdi u, – ularning bari hatto o‘n luidor 

rentasi bo‘lmagan va savol bilan murojaat qilgunlariga qadar, ularga 

javob bera olmaydigan yolg‘iz bir iste’dodli odamga qarshi til birikti-

rishibdi. U hatto, ana shu qora kostyumda ham ularni vahimaga solib 

qo‘yibdi; Mabodo u epolet taqib yurganida nima bo‘lardi?»

Qiz shu choqqacha bunchalik ziyraklik bilan javob qaytarma-

gan edi. Ular hujum boshlashgan zahoti u Kaylyus va uning itti-

foqdoshlari boshiga zaharolud kesatiqlar yog‘dirdi. Bu dabdabali 




351

ofitserlarning qochiriqlari daf qilingach, Matilda janob de Kaylyusga 

qarab shunday dedi:

– Agar ertaga Fransh-Konte tog‘i tomonidagi biror dvoryancha, 

Jyulen mening nikohsiz xotinimdan tug‘ilgan o‘g‘lim bo‘ladi, deb tan 

olsa-da, unga o‘z nomi bilan bir necha ming frank pulni vasiyat qilib 

qoldirsa, bir yarim oy o‘tmasdanoq u ham xuddi sizlarga o‘xshab 

mo‘ylov qo‘yadi, janoblar, yarim yildan keyin esa u xuddi sizlar kabi 

gusar ofitseri bo‘lib oladi. Ana o‘shanda uning tabiatidagi ulug‘vorlik 

sira ham kulgili bo‘lib ko‘rinmaydi. Ko‘rib turibman, janob bo‘lajak 

gersog, endi sizning birgina dalilingiz, dalil bo‘lgandayam eskigan va 

yaroqsiz dalilingiz qoldiki, u ham bo‘lsa, saroy dvoryanlarining provin-

siyalardan ustunligidir. Xo‘sh, agar men makkorlik qilib, Jyulenning 

otasi Napoleon urushlari paytida Bezansonda asir bo‘lib turgan ispan 

gersogi bo‘ladi, deb sizni mot qilsam-chi, unda holingiz ne kechadi? 

Tasavvur qiling-a, o‘sha chol o‘lim oldidan qilmishiga pushaymon 

bo‘lib, Jyulen mening o‘g‘lim, deya tan oladi.

Nikohsiz xotin haqidagi barcha gaplar janob de Kaylyus va janob 

de Kruaznualarga bir qadar odobsizlik bo‘lib ko‘rindi. Ular Matilda-

ning mulohazalaridan uqqan yagona gap ana shu bo‘ldi.

Norber unga itoat qilmoqlikka qanchalar ko‘nikkan bo‘lmasin, 

singlisining gaplari shu qadar aniq va ravshan ediki, yigit doim 

jilmayib turadigan muloyim chehrasiga sira ham yarashmaydigan 

jiddiy bir tusga kirib, hatto bu xususda bir necha og‘iz so‘z aytishga 

ham jur’at etdi.

– Mabodo tobingiz qochib qolmadimi, do‘stginam? – dedi Matilda 

go‘yo tashvishga tushgandek avzoyini o‘zgartirib. – Hazilga javoban 

nasihatgo‘ylik qilish xayolingizga kelibdimi, demak, ancha xasta bo‘lib 

qolganga o‘xshaysiz. Siz nasihatgo‘ylik ham qilasizmi hali? Prefekt 

bo‘lmoqchi emasmisiz, ishqilib?

Matilda garf de Kaylyusnnig ranjiganiniham, Norberning noro-

ziligini ham, de Kruaznuaning unsiz ma’yusligini ham tezda unut-

di-qo‘ydi. U qalbini o‘rtay boshlagan mash’um bir muammoni hal 

qilmog‘i lozim edi.

«Axir Jyulen men bilan juda samimiy gaplashadi, – deya o‘ylardi 

u. – Uning yoshida, kimgadir qaram bo‘lgan, boz ustiga, dilini o‘ta 

shuhratparastlik tuyg‘usi o‘rtayotgan bir yigit haqiqiy do‘stga muh-

toj bo‘ladi, albatta. Men uning xuddi shunday do‘stiman, lekin uning 

ko‘zlarida hech qanday muhabbat ko‘rmayapman. Axir u tabiatan 

juda jasur yigit, u meni sevishini aytishdan qo‘rqmagan bo‘lardi».




352

Taraddudga tushib qolgan, hayotining har lahzasini o‘zi bilan o‘zi 

bahslashib o‘tkazayotgan Matilda Jyulen bilan suhbatlashgan zahoti 

bir talay yangi dalil va e’tirozlar o‘ylab topardi-da, shu paytga qadar 

qalbini kemirib kelgan zerikishdan butunlay xalos bo‘lardi.

Bir kuni emas-bir kun ministr bo‘lib, ruhoniylarga ularning 

yer-mulklarini qaytarib berishi mumkin bo‘lgan g‘oyat aqlli bir 

odamning qizi bo‘lmish m-l de lya Molga «Iso qalbi» monastirida 

behad xushomad qilishardi. Unga ana shu barcha ustunliklar – nasl-

nasab, katta davlat va hokazolar tufayli u boshqa qizlarga qaraganda 

baxtliroq bo‘lishi lozimligini uqtirishgan edi. Dunyodagi barcha qi-

rollarning zerikishi va ularning tinimsiz haddidan oshishining ham 

sababi ana shundadir.

Matilda ham ana shu pand-nasihatlarning yomon ta’siridan qu-

tula olmagan edi. Qancha aqlli bo‘lmasin, o‘n yashar qizaloq butun 

monastirning xushomadiga, xushomad bo‘lganda ham ancha asosli 

xushomadiga dosh bermog‘i qiyin edi.

U, Jyulenni sevib qoldim, deya qaror qilganidan buyon mutlaqo 

zerikmay qo‘ydi. Qiz qalbida buyuk ehtirosni his etishga jur’at eta-

yotganidan boshi osmonda edi. «Lekin bu juda xavfli ermak, – derdi 

u o‘ziga-o‘zi. – Yanayam yaxshi! Ming chandon yaxshi!

Bu muhabbatsiz men hayotimning o‘n olti yoshdan yigirma 

yoshgacha bo‘lgan eng ajoyib pallasida zerikib o‘lardim. Busiz ham 

eng yaxshi yillarimni behuda o‘tkazib yubordim. Men uchun butun 

ko‘ngil xushi onamning dugonalari aytadigan bema’ni gaplarni eshi-

tishdan iborat edi, lekin aytishlaricha, 1792-yili Koblensda ularning 

o‘zlari ham uncha sipo bo‘lishmagan ekan. Ular endi vazmin tortib, 

nasihatgo‘y bo‘lib qolishgan».

Matilda ana shunday o‘y-xayollarga borib, ikkilanib yurgan 

daqiqalarda Jyulen uning o‘ziga uzoq tikilib turganini sezib qolar va 

buning sababini tushunmay hayron bo‘lar edi. Yigit graf Norberning 

unga qandaydir juda sovuq muomala qila boshlaganini, de Kaylyus, 

de Lyuz, de Kruaznua janoblarining unga nisbatan munosabatlarida 

takabburlik paydo bo‘lganini yaqqol his etardi. Lekin u bunga ko‘ni-

kib qolgan edi. Bunday ko‘ngilsizliklar odatda kechqurungi suhbat 

chog‘i u o‘z bilimlari va aql-idrokini tutgan mavqeiga nisbatan ko‘proq 

namoyish qilib yuborgan kunlarning ertasiga sodir bo‘lar edi. Agar 

Matildaning unga beqiyos diqqat-e’tibori va o‘zining bu gaplar tagida 

nima yashiringanini bilish istagi bo‘lmaganida edi, u m-l de lya Mol 



353

atrofida girdikapalak bo‘ladigan manovi mo‘ylovli asilzoda yigitlar bi-

lan peshindan so‘ng bog‘ni sayr qilishdan qat’iy bosh tortgan bo‘lardi.

«Ha, mening shu qadar yanglishishim mumkin emas, – deya o‘zi 

bilan o‘zi mulohaza yuritardi Jyulen. – Chindan ham mademuazel de 

lya Mol menga juda g‘alati qarab yuribdi. Biroq hatto uning ko‘m-ko‘k 

ohu ko‘zlari menga butunlay xayolga cho‘mib tikilgan paytda ham men 

bu nigoh qa’rida qandaydir sinchkovlik, allaqanday sovuq va yovuz 

bir ifoda tuyaman. Nahotki bu sevgi bo‘lsa? De Renal xonim menga 

naqadar boshqacha bir nigoh bilan qarar edi-ya!»

Bir kuni tushdan so‘ng Jyulen janob de lya Molni kabinetiga kuzatib 

qo‘ygach, shoshilinch boqqa qaytmoqda edi. U Matildani o‘rab turgan 

asilzoda yigitlar tomon yaqinlashar ekan, qattiq-qattiq aytilgan bir 

necha so‘z qulog‘iga chalindi. Matilda akasini masxara qilmoqda edi. 

Jyulen ikki marta o‘z ismini aniq eshitdi. Yigit ularning yoniga kelgan 

zahoti hamma jimib qoldi. Ularning bu noqulay jimlikni buzishga uri-

nishlari muvaffaqiyatsiz chiqdi. M-l de lya Mol va uning akasi shu qadar 

hayajonlanib ketishgan ediki, bo‘lak hech narsa haqida gapirisha ol-

masdi. Kaylyus, de Kruaznua, de Lyuz janoblari va ularning bir oshnasi 

Jyulenni juda sovuq qarshi olishdi. Shundan so‘ng u indamay nari ketdi.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish