Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XIII

F i t n a

Agar yuragida hech bo‘lmaganda alanganing 

uchquni bo‘lsa, xayol qilish iqtidori bo‘lgan odam 

uchun chala-chulpa eshitilgan gaplar, tasodifiy 

uchrashuvlar ham rad qilib bo‘lmaydigan dalilga 

aylanadi.



Shiller.

Ertasi kuni u yana Norber bilan singlisining o‘zi haqida gaplashib 

turishgani ustidan chiqdi. Ular Jyulenni ko‘rishlari bilanoq xuddi 

kechagidek butunlay jimib qolishdi. Endi uning shubha-gumonla-

rini hech nima to‘xtata olmasdi. Shunday qilib, demak, bu ajoyib 

yigitlar uni kalaka qilishmoqchi bo‘lishibdi-da? «To‘g‘risini aytsam, 

mademuazel de lya Molning mendek arzimas bir kotibni sevib qo-

lishiga qaraganda bunga ko‘proq ishonsa bo‘ladi va shunday bo‘lishi 




354

tabiiyroqdir. Ehtiros bilan sevish bu odamlarning qo‘lidan kelarmidi, 

deysiz? Makkorlik – mana bu odamlarning kasb-kori. Ular suhbat 

chog‘i hammaning e’tiborini o‘zimga qaratish qobiliyatimni ko‘risha 

olmaydi. Hasad qilish – mana ularning zaif joyi. Shunday qilib ham-

masi aniq ko‘rinib turibdi. Mademuazel de lya Mol o‘z qallig‘i oldida 

meni kulgi qilish uchungina o‘zini menga mayli bordek ko‘rsatmoqchi 

bo‘lib yuribdi».

Bu dahshatli gumon Jyulenning ahvoli ruhiyasini keskin o‘zgartirib 

yubordi. U yigitning qalbida endigina tug‘ilib kelayotgan muhabbatni 

bo‘g‘ib qo‘ydi. Axir bu sevgi faqat Matildaning beqiyos husni yoki 

hatto to‘g‘rirog‘i, uning sarv qomati, uning zeb-u ziynatli liboslari 

tufayli tug‘ilib kelayotgan edi. Jyulen esa bu jihatdan hali juda go‘l edi. 

O‘z aqli bilan jamiyatning yuqori tabaqasiga ko‘tarilgan oddiy odam 

hammasidan ham ko‘proq go‘zal oqsuyak ayolni ko‘rganida lol qoldi, 

deb bejiz aytishmagan-ku axir. Har qalay Jyulenni shu bir necha kun 

ichida orzu-xayollarga garq etgan narsa Matildaning ruhiy fazilatlari 

emasdi, albatta. Yigit o‘ziga yarasha aql-idrokka ega bo‘lib, qizning 

ruhiy xislatlari haqida hech qanday tasavvurga ega emasligini juda 

yaxshi tushunardi. U kuzatish imkoniga ega bo‘lgan barcha narsalar 

shunchaki zohirdagina shunday bo‘lishi mumkin edi.

Mana, masalan, Matilda yakshanba kunlari peshingi ibodatni sira 

kanda qilmas, u har gal onasi bilan birga cherkovga borardi. Agar de 

lya Mol xonadonining mehmonxonasida bironta mehmon ehtiyotsiz-

likka yo‘l qo‘yib, qayerda o‘tirganini unutsa va taxt yoki cherkovning 

chinakam yoki taxminiy manfaatlariga tegizib xiyol qochiriq qilishga 

jur’at etsa bormi, Matildaning qayofasida darhol sovuq bir ifoda paydo 

bo‘lardi. Odatda juda sho‘x qaraydigan ko‘zlari esa daf’atan qadimgi 

portretdagi kabi ehtirossiz kibr-havo bilan boqardi. 

Biroq Jyulen qizning xonasida doim Volterning eng falsafiy asarla-

ridan bir-ikki jildi yotishini aniq bilardi. Uning o‘zi ham ko‘pincha ajo-

yib muqovalangan bu ko‘rkam nashrning bir necha jildini hech kimga 

bildirmay o‘z xonasiga olib ketar edi. U javonda qolgan jildlarning 

orasini sal ochib, o‘zi olgan kitoblarning o‘rnini bilintirmay qo‘yardi, 

lekin tez orada u Volter asarlarini yana kimdir olib turishini payqab 

qoldi. Shundan so‘ng u, seminariyada o‘rgangan hiylasini ishlatdi va 

o‘zining taxmin qilishicha m-l de lya Molni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan 

kitoblarga bir necha soch tolasini yopishtirib qo‘ydi. Chindan ham bu 

kitoblar haftalar davomida ko‘rinmay qoldi.



355

O‘z sahobining har xil soxta memuarlarni yuborishidan toqati 

toq bo‘lgan janob de lya Mol Jyulenga sal qiziqroq bo‘lgan bar-

cha yangi kitoblarni sotib olishni topshirgandi. Biroq bu og‘u 

uydagilarning ongini zaharlamasligi uchun kotibga bu kitoblarni 

markizning o‘z xonasidagi kitob javoniga qo‘yish buyurilgan edi. 

Tez orada Jyulen bu kitoblar orasida podshohlik yoki cherkov man-

faatlariga xiyol bo‘lsa-da, qarshi yozilgan asarlar uchrashi bilanoq, 

ularning darhol g‘oyib bo‘lishiga ishonch hosil qildi. Ularni Norber 

o‘qimasligi aniq edi.

Jyulen Matildani Makkiavelli kabi ikkiyuzlamachilikda shubha 

qilib, bu kashfiyotning ahamiyatini ancha mubolag‘a bilan tasavvur 

etardi. U xayol qilgan bu makkorlik, uning nazarida, qizga qandaydir 

joziba baxsh etardi. Bu, chamasi, Matildaning yigitni o‘ziga maftun 

etgan yagona ruhiy xislati edi. Munofiqlik va oxirat haqidagi o‘lguday 

me’dasiga urgan gaplar – uning mubolag‘a qilishiga sabab bo‘lgan edi.

U, chamasi, sevishdan ham ko‘ra ko‘proq xayol surishga moyil edi.

Yigit orzularga berilib, m-l de lya Molning bejirim qaddi-qomati, 

uning ko‘rkam liboslari, oppoq qo‘llari, ajoyib yelkasi, xatti-haraka-

tining tabiiy latofatini ko‘z oldiga keltirgan paytdagina o‘zini oshiq 

his etardi. Shundan so‘ng u qizning jozibasini bo‘rttirish niyatida uni 

o‘zicha Yekaterina Medichi deb faraz qilardi. Shunda u ko‘zi o‘ngida 

qizni har qanday makr-hiyla va yovuzlikdan qaytmaydinan, aql bovar 

qilmas bir kimsa sifatida gavdalantirardi. Bu o‘zi yoshlik qilib, qoyil 

qolib yurgan maslonlar, frilerlar, kastanedlarning mukammal namu-

nasi edi. Xullas, yigit uchun bu Parij timsoli edi.

Aql bovar qilmaydigan teranlik va yovuzlik – parijliklar tabiatini 

bundan tasavvur etishdan ham kulgiliroq narsa bormikin o‘zi?

«Bular uchovlashib meni kalaka qilayotganga o‘xshaydi», – deya 

o‘ylardi Jyulen. Uning tabiatini biroz tushunib qolgan har qanday 

odam Matildaning nigohlariga yigitning qanday xo‘mrayib, sovuq 

nazar bilan javob qaytarayotganini yaxshi tasavvur qilishi mumkin. 

Qattiq hayratga tushgan m-l de lya Mol ikki-uch marta unga nisbatan 

do‘stona tuyg‘ulari haqida so‘z ochgan edi, Jyulen achchiq kinoya 

bilan javob qildi.

Jyulenning bu kutilmagan g‘alati qilig‘i qizning nafsoniyatiga 

tegdi-yu, uning odatda sovuq, zerikuvchi va faqat aql-idrokkagina 

itoat etadigan ehtirosi bor kuchi bilan alanga oldi. Biroq Matilda 

ham g‘ururi nihoyatda kuchli qiz bo‘lib, qalbida alanga olgan sevgi 



356

tufayli endi bundan buyon baxti boshqa bir odamga bog‘liq ekanini 

anglagach, qattiq umidsizlikka tushdi.

Parijga kelganidan buyon ko‘pgina narsalarni tushunib qolgan 

Jyulen qizning umidsizlikka tushishi sira ham zerikishdan emasligini 

yaxshi fahmlardi. Matilda ilgarigidek huzur-halovat izlash, kechqurun-

lari teatrlarga borish va o‘ziga turli ermak o‘ylab topish o‘rniga endi 

bu narsalarning baridan o‘zini olib qochadigan bo‘lib qolgandi.

M-l de lya Mol fransuzcha qo‘shiqlarni jinidan battar yomon 

ko‘rardi – bu qo‘shiqlarni eshitganida u o‘lguday zerikardi, biroq 

tomoshabinlar tarqalayotgan paytda Operaga borib turishni o‘z 

burchi deb hisoblaydigan Jyulen qizning u yerga iloji boricha ko‘proq 

borishga harakat qilayotganini sezib qoldi. Uning nazarida, qiz ilgari 

har qanday ishida ham yaqqol ko‘zga tashlanadigan vazminligini xiyol 

yo‘qotgandek edi. Matilda ba’zan do‘stlarining gapiga javoban hazil 

bilan uzib olardi. Yigitning nazarida, u markiz de Kruaznuaga nisbatan 

ochiqdan-ochiq iltifotsizlik qilayotgandek ko‘rinardi.

«Qanchalik badavlat bo‘lmasin, shu paytga qadar bu qizdan yuz 

o‘girib ketmadimi, – deya o‘ylardi Jyulen, – demak, bu yigit pulni 

juda yaxshi ko‘rsa kerak!» Erkaklik nafsoniyatiga qattiq tegadigan 

bu haqoratlardan g‘azabi qaynagan Jyulenning o‘zi ham Matildaga 

battar sovuqroq muomala qilardi. Ba’zan u hatto qizga qo‘pol javob 

qilishgacha borib yetardi.

Lekin garchi Jyulen, Matildaning iltifotlariga sira ham uchmayman, 

deb jazm etgan bo‘lsa-da, biroq bu iltifotlar ba’zida shu qadar ko‘zga 

yaqqol tashlanardiki, asta-sekin ko‘zi ochilayotgan Jyulen qiz husniga 

maftun bo‘lib, gohida beixtiyor sarosimaga tushib qolardi.

«Bora-bora bu asilzoda yoshlarning epchilligi va sabot bilan 

ish tutishi mening tajribasizligimdan ustun kelsa kerak, – derdi u 

o‘ziga-o‘zi. – Men biror yoqqa jo‘nab ketishim va bu ishlarga chek 

qo‘yishim kerak». Markiz yaqindagina unga quyi Langedokdagi bir 

talay yer-mulk va amloklarni boshqarishni topshirgan bo‘lib, u yerga 

borib kelish zarur edi. Janob de lya Mol unga istar-istamas javob ber-

di. Zero yuksak siyosiy orzu-istaklar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan 

bo‘lak barcha sohalarda Jyulen uning ko‘z-qulog‘i bo‘lib qolgan edi.

«Har qalay ular meni laqillata olishmadi, – deya o‘ylardi Jyulen 

safarga otlanar ekan, – mademuazel de lya Molning o‘z kavalerlarini 

kalaka qilishi masalasiga kelsak, – bunga ishonish kerakmi yoki u 

mening ishonchimni qozonish uchun ataylab shunday qilyaptimi, – 



357

baribir emasmi, har qalay bu ishlar men uchun yaxshi ermak bo‘ldi. 

Agar ular bechora bir duradgorning o‘g‘liga qarshi fitna uyushtir-

magan bo‘lishsa, u holda m-l de lya Molning menga nisbatan ham, 

markiz de Kruaznuaga nisbatan ham munosabatiga kishining aqli 

bovar qilmaydi. Masalan, kecha u juda darg‘azab bo‘lgan edi, shunda 

u kaminani deb

 

bir yigitning rosa adabini berdi, bo‘lmasam u asilzo-



da; badavlat yigit edi o‘zi, men kim bo‘libman uning oldida, oddiy bir 

qashshoq plebeyman, xolos! Mana buni muvaffaqiyat desa bo‘ladi, 

Langedok vodiylari bo‘ylab pochta karetasida ketayotganimda buni 

maza qilib eslaydigan bo‘ldim». 

U o‘zining safarga jo‘nayotgani haqida hech kimga aytmagan edi, 

biroq Matilda yigitning ertaga Parijni uzoq muddatga tark etajagini 

uning o‘zidan ham yaxshiroq bilardi. Qiz go‘yo mehmonxonaning 

dim havosidan yanada kuchaygan qattiq bosh og‘rig‘ini bahona qilib 

bog‘da uzoq sayr qilib yurdi; u o‘zining achchiq zaharxandasi bilan 

Norber, markiz de Kruaznua, de Kaylyus, de Lyuz va shu kuni de lya 

Mol xonadonida tushlik qilgan bir necha yigitni shu qadar bezor 

qildiki, ular qochib qolishdi. U Jyulenga qandaydir g‘alati bir nigoh 

bilan qaramoqda edi.

«Albatta, bu nigoh shunchaki mug‘ambirlik ham bo‘lishi mum-

kin, – deya o‘ylardi Jyulen, – lekin manovi entikib nafas olish, manovi 

hayajonni qanday tushunish kerak? Darvoqe, bunday narsalar haqida 

hukm yuritishni menga kim qo‘yibdi! Bu nazokat va latofat timso-

li-ku axir! Unday desam, meni to‘lqinlantirib yuborishiga oz qolgan 

bunday entikib nafas olishni u o‘zi juda yaxshi ko‘radigan Leontina 

Fedan o‘rgangan».

Ular yolg‘iz o‘zlari qolishdi, gap qovushmay turardi. «Yo‘q! Jyulen 

meni sira ham sevmaydi», derdi alam bilan o‘ziga o‘zi bechora Matilda.

Jyulen u bilan xayrlashar ekan, qiz uning tirsagidan yuqorirog‘ini 

tutib mahkam qisdi.

– Siz bugun mendan xat olasiz, – dedi u tanib bo‘lmas darajada 

o‘zgargan tovush bilan.

Jyulen buni sezgach, darhol ta’sirlanib ketdi.

– Otam sizning xizmatlaringizni nihoyatda qadrlaydi. Ertaga, – 

deya davom etdi u, – ketmaslik kerak. Biror bahona o‘ylab toping.

Shundan so‘ng u qochib ketdi.

Uning sarv qomati juda xushbichim edi. Bundan ham chiroyliroq 

oyoqlarni tasavvur qilish qiyin edi va u shu qadar nazokat bilan yugu-




358

rib borardiki, Jyulen mutlaqo maftun bo‘lib qoldi. Lekin qiz ko‘zidan 

g‘oyib bo‘lgan zahoti u avvalo nima haqida o‘ylaganini muhtaram ki-

tobxon fahmlay olarmikin? Qiz ana shu ketmaslik kerak degan iborani 

amirona ohangda aytganidan uning jahli chiqib ketdi. Lyudovik XV 

ham o‘lim to‘shagida yotganida uning leyb tabibi ehtiyotsizlik qilib 

aytgan «kerak emas» so‘zlaridan qattiq ranjigan ekan, lekin Lyudovik 

XV har qalay qirol bo‘lgan edi axir.

Oradan bir soat o‘tgach, malay Jyulenga xat keltirib berdi. Bu 

oddiygina sevgi izhori edi. 

«Hartugul, uslubi dabdabali va chuchmal emas ekan!» – dedi 

o‘ziga o‘zi Jyulen, u ana shu adabiy mulohazadar bilan beixtiyor og‘zi 

qulog‘iga yetib, butun qalbini qoplab olgan zo‘r quvonchdan o‘zini 

tiyishga harakat qilardi.

«Shunday qilib, demak, – dedi u birdan, zero dilidagi kechinmalar 

shu qadar kuchli ediki, yigit ularni jilovlab olishga ojizlik qilib qolgan-

di, – menga – g‘arib bir dehqonga asilzoda xonim sevgi izhor qildi!

O‘zim ham bo‘sh kelmadim, – deya davom etdi u bor kuchi bilan 

jo‘sh urgan quvonchini tiyishga harakat qilib. – Yo‘q, o‘z qadrimni yer-

ga urmadim. Men unga sevgim haqida og‘iz ham ochgan emasman». 

Shundan so‘ng u har bir so‘z, har bir harfni diqqat bilan ko‘zdan kechi-

ra boshladi. M-l de lya Molning xati inglizcha mayda harflardan iborat 

bo‘lib, juda nafis edi. Yigit boshini aylantirib yuborgan bu quvonchdan 

hushiga kelmoq uchun o‘zini biror narsa bilan chalg‘itishi kerak edi.

«Sizning jo‘nab ketishingiz meni dilimdagi bor gapni aytishga 

majbur qildi... Sizni uzoq muddat ko‘rmaslikka mening bardoshim 

yetmaydi...»

Shu payt daf’atan bir fikr, qandaydir kashfiyotdek, Jyulenning 

qalbini larzaga soldi, u yuragi jo‘shqin quvonchga to‘lib, Matildaning 

maktubini bir chetga surib qo‘ydi.

«Demak, markiz de Kruaznuadan ustun kelibman-da, – deya 

xitob qildi yigit, – axir men qiz bilan faqat jiddiy narsalar haqida 

gaplashaman-ku! U esa juda kelishgan yigit, mo‘ylovini aytmaysizmi! 

Mundiri ham g‘oyat ko‘rkam, o‘zi juda suxandon, doim aqlli va nozik 

gaplar aytadi».

Jyulenning boshi osmonda edi. U boqqa chiqib, quvonchdan 

es-hushini yo‘qotganicha, yo‘lkalarda sayr qilib yurdi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, u idoraga chiqib, baxtiga bugun uyda 

bo‘lgan markiz de lya Molga o‘zi haqida ma’lum qilmoqni buyurdi. 



359

Jyulen unga Normandiyadan kelgan bir nechta xatni ko‘rsatdi-da, u 

yerdagi jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi ishlar uning Langedok-

ka qilajak safarini hozircha to‘xtatib turishni taqozo etayotganiga 

markizni osongina ishontirdi.

– Jo‘namasligingiz yaxshi bo‘ldi, – dedi unga markiz, ular ishga doir 

barcha gaplar xususida kelishib olishgach. – Men sizni ko‘rganimda 


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish