Qizil va qora indd


XVIII Dahshatli daqiqalar



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XVIII

Dahshatli daqiqalar

Kelib-kelib shu gaplarni menga aytdimi! Eng 

mayda tafsilotlariga qadar hamma gapni hikoya 

qilib beryapti. Uning shahlo ko‘zlari o‘zga bir 

odamga bo‘lgan muhabbat bilan yonib, mening 

ko‘zlarimga tikilib turibdi!



Shiller.

M-l de lya Mol zavqi jo‘sh urib, faqat o‘zini o‘ldirishiga sal qolgan 

o‘sha ajoyib daqiqanigina o‘ylardi. U endi o‘ziga o‘zi deyarli shun-

day derdi: «U mening hukmdorim bo‘lishga munosib yigit. Axir u 

meni o‘ldirishga tayyor edi. Qiziq, ehtirosning bunday po‘rtanasiga 

 erishmoq uchun manovi asilzoda yigitlardan nechtasini omixta qilish 

kerak ekan?

Shuni tan olish kerakki, u stulga chiqib, shamshirni oboychi-deko-

rator o‘rnatgandek chiroyli qilib osib qo‘yishga harakat qilayotganida 

juda chiroyli ko‘rindi. Sirasini aytsam, uni sevib qolib, uncha tentaklik 

qilmagan ekanman».

Agar shu tobda munosabatni tiklash uchun bironta qulayroq 

nmkoniyat tug‘ilib qolganida, qiz undan jon deb foydalangan bo‘lardi. 

Jyulen eshikni ichidan qulflab olib, xonasida g‘ussa chekib o‘tirardi. 

Ba’zan uning xayolidan, borib oyog‘iga yiqilsammikin, degan bema’ni 

fikr lip etib o‘tardi. Agar xonasida biqinib o‘tirish o‘rniga yigit uyni 

aylangani yoki bog‘da sayr qilgani chiqqanida va shu yo‘sinda taso-

difdan o‘zini olib qochmaganida, ehtimol, qandaydir birgina daqiqa 

uni cheksiz g‘ussadan xalos etib, benihoya xursand qilib yuborgan 

bo‘lardi.

Biroq Jyulen uzoqni ko‘ra biladigan tadbirkor yigit bo‘lganida, – biz 

unda xuddi shu xislatning yo‘qligi uchun ta’na qilayotirmiz-ku axir, 

– u shunday olijanob bir jo‘shqinlik bilan shamshirga yopishmagan 

bo‘lardi, m-l de lya Molga esa uni xuddi ana shu harakati chiroyli qilib 

ko‘rsatgan edi. Qizning Jyulen uchun maqbul bo‘lgan bir kayfiyati 

kuni bo‘yi uni tark etmadi. Matilda ko‘zlarini yumib, uni sevgan qis-

qa daqiqalarni eslar ekan, o‘sha shirin onlarni takrorlanmasligidan 

afsuslanardi.




390

«Rostini aytganda, – deya mulohaza yuritardi u, – boyaqish bo-

lani sevishim, agar bunga uning ko‘zi bilan qaralsa, cho‘ntagini o‘sha 

to‘pponchalarga to‘ldirib narvondan oldimga chiqqan kechasi soat 

birdan ertalab soat to‘qqizgacha davom etdi, xolos. Chorak soatdan 

so‘ng esa, Sent-Valer cherkovida ibodat tinglar ekanmiz, u do‘q-po‘pisa 

yordamida meni o‘ziga tobe qilishni xayol qilmasa edi, deya o‘ylay 

boshladim».

Tushki ovqatdan so‘ng m-l de lya Mol Jyulendan o‘zini olib qoch-

digina emas, aksincha, o‘zi birinchi bo‘lib u bilan so‘zlasha boshladi va 

yigitga boqqa chiqib sayr qilishga qarshi emasligini shama qildi. Yigit 

itoat etdi. Unga ana shu sinov yetmay turuvdi. Matilda, o‘zi sezmagan 

holda, uni yana Jyulenga moyil qilayotgan o‘sha tuyg‘uga berilmoqda 

edi. U yigit bilan yonma-yon borishdan nihoyatda huzur qilar va bu-

gun ertalab uni o‘ldirish uchun shamshirni qinidan sug‘urgan manovi 

qo‘llarga qiziqib qarab-qarab qo‘yardi.

Biroq oralarida sodir bo‘lgan shuncha voqealardan keyin ilgarigi 

samimiy suhbat haqida gap ham bo‘lishi mumkin emasdi.

Sekin-asta Matilda do‘stona bir rostgo‘ylik bilan unga o‘zining 

ishqiy kechinmalari haqida hikoya qila boshladi; bu suhbat unga 

qandaydir tushunib bo‘lmas bir lazzat bag‘ishlardi. Qiz shu qadar 

berilib ketdiki, bir vaqtlar qanday qilib avval janob de Kruaznua 

va janob de Kaylyusga bir lahza ko‘ngil qo‘yganini hikoya qila  

boshladi


– Nima dedingiz? Janob Kaylyusga hammi?! – deya xitob qildi 

Jyulen. Uning bu so‘zlarida rad etilgan o‘ynashning rashki aks etdi. 

Matilda ham uning so‘zlarini shu ma’noda tushundi va sira xafa 

bo‘lmadi.

Qiz o‘zining avvalgi oshiq-ma’shuqliklari haqida batafsil hikoya 

qilib, Jyulenning dilini o‘rtashda davom etar ekan, bu hikoyalar ni-

hoyatda samimiy va haqqoniy eshitilardi. Yigit Matildaning chindan 

ham ko‘z o‘ngida jonlanayotgan xotiralarni hikoya qilayotganini 

yaq qol his etib turardi. U qizning o‘z xotiralarini o‘rtoqlasha turib, 

o‘z yuragida ham kutilmagan kashfiyotlar qilayotganini ko‘rib turar 

va iztirob chekar edi.

U rashk o‘tida yonmoqda edi.

Raqibingizning sevilishi haqida o‘ylashning o‘zi bir azob, biroq 

sevimli ayolning tilidan bu sevgining tafsilotlarini eshitishga inson-

ning bardosh berishi qiyin bo‘lar ekan.



391

O, o‘shanda g‘ururi junbishga kelib, o‘zini bu Kaylyus va Kruaznua-

lardan yuqori deb o‘ylagani uchun u endi qanday jazosini tortyapti! 

U endi ularning eng arzimas ustunliklarini ham nihoyatda dard-alam 

bilan ko‘klarga ko‘tarib maqtashga tayyor edi! O‘zidan esa astoydil 

nafratlanardi!

Matilda unga dunyoda tengi yo‘q qiz bo‘lib ko‘rinar va Jyulenning 

unga qoyil qolishini ifodalamoq uchun munosib so‘z topolmaydigan-

dek tuyulardi. U qizning yonida borar ekan, zimdan uning qo‘llari, 

uning yelkalari, sambitdek qaddi-qomatiga qarab-qarab qo‘yardi. Shu 

tobda u sevgi va qayg‘udan qaddi bukilib, uning oyog‘iga yiqilishga 

va «Rahm qil!» deya qichqirishga tayyor edi.

«Barchadan ustun turadigan ana shu go‘zal qiz meni bir marta 

sevgan edi, endi esa u shubhasiz janob de Kaylyusga ko‘ngil qo‘ymoq-

chi bo‘lib yuribdi».

Jyulen m-l de lya Mol aytayotgan so‘zlarning samimiy ekanligiga 

ishonmay iloji yo‘q edi, zero qizning barcha gaplari juda ishonarli va 

haqqoniy eshitilmoqda edi. Shu payt Matilda bir vaqtlar janob de Kay-

lyusga nisbatan his etgan tuyg‘ularini tushunib olishga harakat qilar 

ekan, go‘yo Jyulenning qayg‘u to‘la sabr kosasini yanada to‘ldirmoqchi 

bo‘lgandek shu tuyg‘ularni xuddi hozir his etayotgan bo‘lib hikoya 

qila boshladi. Uning tovushida, uning so‘z ohanglarida muhabbat aks 

etmoqda edi. Jyulen buni yaqqol his etib turardi.

Agar shu tobda Jyulenning ko‘ksiga eritilgan qo‘rgoshin quyishgan 

taqdirda ham u kamroq azob chekkan bo‘lardi. Qayg‘udan es-hushini 

yo‘qotgan boyaqish yigit m-l de lya Mol o‘z xotiralarini u, ya’ni Jyulen 

bilan o‘rtoqlashayotgani uchungina janob de Kaylyus yoki janob de 

Kruaznuaga bir lahza ko‘ngil qo‘yganini shunday mamnuniyat bilan 

eslayotganini qayoqdan bilsin.

Jyulenning naqadar hasrat chekayotganini tasvirlashga til ojizlik 

qiladi. Yigit Matildaning batafsil dil rozini, o‘zgalarga nisbatan sevgi 

iqrorini bundan atigi bir necha kun ilgari, mana hozir soat birga zang 

uradi-yu, men qizning oldiga, uning xonasiga chiqaman, deya kutib 

turgan xuddi o‘sha ikki chetida arg‘uvon o‘sgan xiyobonda turib tin-

glamoqda edi. Inson chekadigan azob-uqubatning ham cheki bo‘ladi 

– yigit ana shu marraga yetib qolgan edi.

Bu shafqatsiz rostgo‘ylik bir hafta davom etdi. Matilda goh uni 

o‘zi suhbatga tortar, goh u bilan so‘zlashmoq uchun bironta qulay 

bahonadan foydalanar va ikkoviga ham qandaydir achchiq bir lazzat 



392

bag‘ishlaydigan bu suhbatlarning mavzui doim bitta bo‘lib, qizning 

o‘zgalarga bo‘lgan muhabbatining tasviridan iborat edi. Qiz Jyulenga 

o‘zi bir vaqtlar yozgan maktublarning mazmunini hikoya qilar, ular-

ni so‘zma-so‘z eslar, butun-butun jumlalarni yoddan aytib berardi. 

So‘nggi kunlarda u Jyulenga qandaydir makkorona bir quvonch 

bilan qarab qo‘yayotgandek tuyulardi. Yigit chekayotgan iztiroblar 

shubhasiz, unga huzur bag‘ishlamoqda edi. Qiz bu iztiroblarda, o‘z 

hukmdorining zaifligini ko‘rardiki, demak, unga bo‘lgan sevgiga izn 

berishi mumkin edi.

Jyulenning hech qanday hayotiy tajribasi yo‘qligini kitobxon 

yaxshi biladi, u hatto romanlar ham o‘qimasdi, agar u xiyol ziyrakroq 

bo‘lib, biroz sovuqqonlik bilan ish tutganida, u o‘zi sajda qiladigan va 

shu kunlarda unga shunday g‘aroyib gaplarni hikoya qilib yurgan bu 

qizga: «To‘g‘ri, men barcha bu janoblar bilan tenglasha olmayman, 

lekin har qalay siz meni sevasiz-ku...» degan bo‘lardi.

Qiz ko‘nglidagi gapni shunday bilib olishganidan, ehtimol, xursand 

ham bo‘lardi, jillaqursa, uning muvaffaqiyat qozonishi faqat bu gapni 

o‘rnini topib turib, qanchalik ta’sirli qilib aytishiga bog‘liq edi. Har 

qalay u bu ahvoldan qutulib, ancha naf ko‘rgan bo‘lardi, zero uning 

bu kayfiyati o‘zining bir xilligi bilan asta-sekin Matildaning joniga 

tega boshlagandi.

– Siz endi meni sirayam sevmaysizmi, axir men sizga sajda qilishga 

ham tayyorman-ku? – dedi bir kuni Jyulen ana shunday uzoq sayr 

qilishganidan so‘ng sevgi va hasratdan es-hushini yo‘qotib. Bundan 

ham bema’niroq gapni o‘ylab topishning o‘zi qiyin bo‘lsa kerak.

Bu so‘zlar m-l de lya Molning yigitga ishqiy mojarolarini hikoya 

qilayotgan paytida his etadigan lazzatini bir zumda yo‘q qilib yubordi. 

Bo‘lmasam qiz oralarida o‘tgan shuncha gap-so‘zlardan so‘ng Jyulen-

ning bu hikoyalarni eshitib ranjimayotganiga ajablana boshlagan va 

u o‘sha ahmoqona jumlani aytishidan sal oldin miyasida, ehtimol, u 

meni ortiq sevmay qo‘ygandir, degan shubha tug‘ilgan edi. «Chamasi, 

g‘ururi sevgisidan ustun kelgan bo‘lsa kerak, – deya o‘ylardi qiz. – Gar-

chi ular mendan ancha ustun, deb ishontirmoqchi bo‘lsa-da, u anovi 

de Kaylyus, de Lyuz, de Kruaznua kabi arzimas odamlarni o‘zidan 

afzal ko‘rishayotganiga osongina chidab turadigan yigitlardan emas. 

Yo‘q, endi men uni oldimda tiz cho‘kkan holda sira ko‘rmasam kerak!»

Oxirgi kunlarda Jyulen umidsizlikka tushib, bir necha bor qizga 

anovi kavalerlarning ajoyib fazilatlarini chin ko‘ngildan, samimiyat 



393

bilan ko‘klarga ko‘tarib maqtagan, hatto bu xususda biroz mubolag‘a 

ham qilgan edi. Bu mubolag‘a m-l de lya Molning e’tiboridan chetda 

qolmadi, qiz bu gaplardan hayratga tushdi. Sevgi bilan baxtiyor qilin-

gan o‘z raqibini ta’rif-tavsif qilar ekan, Jyulenning iztirobga tushgan 

qalbi uning bu baxtiga sherik bo‘lishga intilardi.

Biroq uning shu qadar samimiyat bilan va shu qadar o‘ylamay 

aytgan bu so‘zlari hamma ishni bir zumda o‘zgartirib yubordi. Matilda 

o‘zini hamon sevishlariga ishonch hosil qilgach, darhol undan butun-

lay nafratlana boshladi.

Ular bog‘da birga sayr qilib yurishgan edi, ammo Jyulen o‘sha 

bema’ni jumlani aytgan zahoti, qiz darhol uni tark etdi. U keta turib 

yi gitga yeb yuborgudek bo‘lib nigoh tashladi. Kechqurun mehmon-

xonada u Jyulenga biron marta ham o‘girilib qaramadi. Ertasi kuni qiz 

qalbida nafratdan bo‘lak hech qanday tuyg‘u his etmadi, hozirga qadar 

butun bir hafta davomida uni Jyulen bilan do‘stona munosabatda 

bo‘lishga chorlagan va uning diliga quvonch bag‘ishlagan moyillikdan 

asar ham qolmagan edi, u yigitga qarasa hatto ko‘ngli behuzur bo‘lar-

di. Ish shu darajaga borib yetdiki, tez orada Matilda undan jirkana 

boshladi ham, uning Jyulenga ko‘zi tushib qolganida qalbini qanday 

cheksiz nafrat qoplashini hatto tasvirlash ham qiyin edi.

Jyulen Matildaning dilida sodir bo‘layotgan gaplarni sira tushuna 

olmasdi, biroq uning sezgir nafsoniyati bu nafratni darhol his etdi. 

Uning qizga iloji boricha kamroq ko‘rinishga aqli yetdi va o‘zi ham 

Matildaga mutlaqo qaramay qo‘ydi.

Biroq o‘zining Matilda bilan aloqani butunlay uzishga majbur 

etish uning uchun koni azob edi. U dilidagi dahshatli dard-alamga 

dosh berish yanada qiyinlashganini yaqqol his etib turardi. «Axir 

inson matonatining ham cheki bo‘ladi-ku, – derdi u o‘ziga o‘zi, – bu 

azobga ortiq chidayolmayman». U ba’zi kunlari ertalabdan kechgacha 

mansardaning panjara tutilgan kichik derazasi oldida o‘tirardi: har 

qalay bu yerdan ahyon-ahyonda boqqa sayr qilgani chiqqan m-l de 

lya Molni ko‘rish mumkin edi.

Ba’zan tushki ovqatdan so‘ng qiz janob de Kaylyus, janob de Lyuz, 

yoki u o‘zining avvalgi oshiq-ma’shuqliklari haqidagi hikoyalarida 

nomini tilga olgan boshqa bironta yigit bilan boqqa chiqqanini 

ko‘rganida yigitning holi ne kechganini bilsangiz edi!

Jyulen ilgari shu qadar cheksiz iztirob chekish mumkinligini tasav-

vur ham qilmagandi, shu topda u dod deb yuborishga ham tayyor edi, 



394

bu sobitqadam yigitning yuragi nihoyatda tilka-pora bo‘lib ketgandi, 

uning sog‘ joyi qolmagandi.

Har qanday fikr-mulohaza, agar u m-l de lya Mol bilan bog‘liq 

bo‘lmasa, uning nafratini qo‘zg‘atadigan bo‘lib qolgandi, shu turishda 

u hatto eng oddiy xatni ham yoza olmasdi.

– Es-hushingiz joyidami o‘zi! – dedi unga bir kuni markiz.

Bironta odam uning bu ahvolga tushish sababini sezib qolishidan 

qo‘rqib ketgan Jyulen, tobim qochib turibdi, deya bahona qilgan edi, 

uning g‘apiga ishonib qo‘ya qolishdi. Yigitning baxtiga, markiz tushki 

ovqat payti uning bo‘lajak sayohati haqida hazil qila boshladi. Matilda 

bu sayohatning uzoqqa cho‘zilishi mumkinligini tushundi. Jyulen bir 

necha kundan beri undan o‘zini chetga olib yurar, doim rangi oqarib 

ma’yus yuradigan va bir vaqtlar uning seviklisi bo‘lgan bu yigitga ye-

tishmaydigan barcha fazilatlar sohibi bo‘lmish anovi ko‘rkam yigitlar 

esa qizni parishonlikdan xalos etisha olmasdi.

«Oddiy bir qiz, – derdi u o‘ziga-o‘zi, – qalliqni mehmonxonalarda 

barchaning e’tiborini o‘ziga qaratadigan xuddi ana shu yigitlar orasi-

dan tanlagan bo‘lardi, biroq qalbi yuksak inson boshqalardan fikrining 

xuddi ana shu o‘rtamiyona odamlar solgan so‘qmoqdan yurmasligi 

bilan ham ajralib turadi.

Agar Jyulendek bir  odamning rafiqasi bo‘lsam (unga davlat 

yetishmaydi xolos, men esa badavlatman), men muttasil hamma-

ning e’tiborini o‘zimga tortib turaman, hayotim barchaning diqqat 

markazida bo‘ladi. Men xizmatkorlaridan qo‘rqadigan va karetani 

yomon haydayotgan ko‘chirg‘a o‘shqirishga ham jur’at etmaydigan 

xolavachchalarim kabi doim revolyutsiya oldida qaltirab turmayman, 

aksincha, so‘zsiz, qandaydir rol o‘ynayman, rol bo‘lganda ham yirik 

rol o‘ynayman, zero men tanlagan odam irodasi mustahkam va g‘oyat 

shuhratparast yigit. Unga nima yetishmaydi? Do‘stlarmi, pulmi? Men 

unga unisini ham, bunisini ham topib beraman».

Biroq o‘zining Jyulen haqidagi bu fikr-mulohazalarida qiz uni 

istagan paytda va xohlaganicha baxtiyor qilish mumkin bo‘lgan va 

sevgisiga shubhalanish hatto xayoliga ham kelmaydigan qandaydir 

past tabaqa kishisi sifatida tasavvur qilardi.



395


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish