Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XIX

Opera Buff

O, how this spring of love ressembleth 

The uncertain glory of an April day; 

Which now shows all the deauty of the sun 

And by, and by a cloud takes all away!

Shakespeare.

45

Matilda kelajak haqidagi va ehtimol o‘zi o‘ynashi lozim bo‘lgan 

favqulodda rol to‘g‘risidagi orzularga berilib yurar ekan, ba’zan 

Jyulen bilan oralarida bo‘lib turadigan quruq metafizik bahslar-

ni  eslab,  afsuslanib  qo‘yardi.  Gohida  esa,  bu  yuksak  fikr-mulo-

hazalardan toliqqach, u afsuslanib yigit og‘ushida kechgan baxtli 

daqiqalarni eslar, biroq bu xotiralar uning qalbida o‘kinch tuyg‘ula-

rini uyg‘otar va bu pushaymon tufayli qiz ba’zan qattiq iztirob  

chekardi.

«Agar inson o‘zining bironta zaif xislatiga izn bersa? – derdi 

u o‘ziga o‘zi, – u holda mendek bir qiz o‘z sevgisini chindan ham 

munosib bir yigitga in’om etmog‘i darkor. Dunyoda hech kim men 

haqimda, u chiroyli mo‘ylov yoki otni chapdastlik bilan minishiga 

uchdi, deb aytolmaydi axir. Yo‘q, uning Fransiya istiqboli haqida-

gi chuqur mulohazalari, Angliyadagi 1688-yil revolyutsiyasiga 

o‘xshashi mumkin bo‘lgan bo‘lajak voqealar to‘g‘risidagi fikrlari 

maftun etdi meni. Ha, men uning shu mulohazalariga uchdim, – 

derdi u o‘zining vijdon azobiga javoban, – ha, men zaifaman, lekin 

har qalay men, bironta tentak qiz kabi, shunchaki tashqi sifatlarga 

uchmadim! Uning chehrasi qalbining yuksakligidan dalolat berib 

turadi, meni ana shu narsa maftun etdi.

Agar yana revolyutsiya sodir bo‘lsa, u holda nega endi Jyulen 

Sorel bu revolyutsiyada Rolan rolini, men esa – Rolan xonim vazifa-

sini bajarmasligimiz kerak ekan? Bu rol menga de Stal xonim roliga 

45

 Ishq bahori bamisoli aprel ayyomi 



    Har lahzasi o‘zgaruvchan, qarab tursangiz; 

    Gohi oftob nuri ichra balqiydi chunon, 

    Goh samoni qoplab olar qop-qora bulut.

 

   Shekspir. 

«Ikki 

veronalik»,



396

qaraganda ko‘proq yoqadi: axloqsizlik bizning zamonamizda katta 

to‘siq bo‘lur edi. Men-ku endi yana zaiflikka erk bermasam kerak, 

bunday isnoddan ko‘ra o‘lganim yaxshi».

Shuni ham tan olmog‘imiz kerakki, Matildaning orzulari har doim 

ham hozirgina biz bayon qilib bergan fikr-mulohazalardek jiddiy 

bo‘lavermasdi.

U gohida Jyulenga zimdan nazar tashlar va yigitning har bir xat-

ti-harakatida qandaydir joziba his etardi.

«Endi shubha qilmasa ham bo‘ladi, – derdi u o‘ziga-o‘zi, – 

men niyatimga yetdim, menga nisbatan qandaydir haq-

huquqqa ega bo‘lish haqidagi fikr uning xayoliga ham kelmaydi,  

albatta.

Bundan bir hafta burun, bog‘da menga shunday chuqur his-ha-

yajon bilan muhabbat izhor qilganida boyaqish bola qanday baxtsiz 

ko‘rindi-ya! Bundan ortiq dalil-isbot bo‘ladimi axir! Ochig‘ini aytgan-

da, uning shunday bir mehr-oqibati, shunday ehtirom bilan aytgan 

so‘zlaridan jahlim chiqishi men tomondan juda g‘alati ish bo‘ldi. Uning 

xotini emasmanmi axir? Uning o‘sha gaplarni aytishi juda tabiiy edi-

ku, rostini aytsam, o‘shanda juda yoqimtoy ko‘rindi. Jyulen hatto unga 

anovi asilzoda yigitlar bilan o‘tkinchi oshiq-ma’shuqligim haqida har 

kuni shafqatsizlarcha hikoya qilganimdan keyin ham meni sevishda 

davom etdi. Bo‘lmasam, u meni bu yigitlardan juda rashk qiladi. Men 

esa o‘sha gaplarni unga qattiq zerikkanim tufayligina hikoya qilardim. 

Ah, qani endi u o‘sha oqsuyak yigitlarning o‘zi uchun qanchalik xavfsiz 

ekanliklarini bilsa edi! O‘sha yigitlar menga Jyulenning oldida naqadar 

tussiz ko‘rinadi, hammasi mutlaqo bir xil, xuddi bir-biridan andaza 

olgandek tuyuladi».

Ana shu mulohazalarga berilib va boyadan beri unga tikilib 

o‘tirgan onasi bilan gaplashmaslik uchun o‘zini juda band qilib 

ko‘rsatishga urinar ekan, Matilda parishonlik bilan albomiga allaqan-

day odamlarning suratini chizib o‘tirardi. O‘zi hozirgina chizgan 

suratlardan biri qizni qattiq hayratga solib, xursand qilib yubordi: u 

juda ham Jyulenga o‘xshab ketardi. «Taqdiri ilohning irodasi bu! Mana 

sevgining haqiqiy mo‘jizasi! – zavq bilan xitob qildi u. – men mutlaqo 

o‘ylaman turib, uning suratini chizdim».

Qiz yugurib o‘z xonasiga kirdi-da, eshikni ichidan qulflab olib, 

nihoyatda qunt bilan Jyulenning portretini chiza boshladi, biroq bu 

ishni sira uddalay olmadi: boya u tasodifan chizgan surat har qalay 



397

Jyulenga ko‘proq o‘xshardi. Matildaning yuragi zavq-shavqqa to‘ldi, 

qiz bunda buyuk sevgining aniq isbotini ko‘rgan edi.

U qorong‘i tushib, markiza italyan operasiga borish uchun unga 

odam yuborganidan keyingina albomini bir chetga surib qo‘ydi. Shu 

tobda Matilda faqat bir narsani o‘ylardi: Jyulenni uchratsa qanday 

yaxshi bo‘lardi-ya, shunda onasini operaga uni ham taklif qilishga 

ko‘ndirardi.

Biroq Jyulen ko‘rinmadi. Shu kuni xonimlarimizning lojasida 

faqat chakana odamlargina yig‘ildi. Birinchi akt davomida Matilda 

jo‘shqinlik bilan o‘z mahbubi haqida tinmay orzu qilib o‘tirdi. Biroq 

ikkinchi aktda bir sevgi ariyasi – shuni tan olmoq kerakki, bu kuy 

Chimarozaga juda munosib edi, – uning naq yuragini larzaga soldi. 

Opera qahramoni bo‘lmish qiz: «Men yorimga bo‘lgan cheksiz mu-

habbatim uchun o‘zimga jazo bermog‘im lozim, chunki uni haddan 

tashqari sevaman!» – deya kuylardi.

Ana shu ajoyib ariyani eshitgan daqiqadan e’tiboran Matilda 

uchun dunyodagi barcha narsalar g‘oyib bo‘ldi-qo‘ydi. Uni gapga 

so lishar, u javob qilmas, onasi unga tanbeh berar, biroq qiz unga 

o‘girilib qarashga o‘zini arang majbur qilar edi. Qizning barcha 

his-tuyg‘ulari shu qadar jo‘sh-xurujga kelgan bo‘lib, uning hozirgi 

ahvolini so‘nggi kunlarda Jyulenning butun borlig‘ini qamrab olgan 

jazavali ehtiros tug‘yonigagina taqqoslash mumkin edi. Hozir dilidan 

kechayotgan his-tuyg‘ularga g‘oyat hamohang bo‘lmish bu vokal 

jumlani takrorlovchi kuy shunday ilohiy bir jozibaga ega bo‘lib, 

uni shu qadar maftun qilib qo‘ygan ediki, qiz Jyulenni o‘ylamagan 

daqiqalarida butun vujudi bilan kuyni tinglab o‘tirdi. Musiqani sevi-

shi tufayli Matilda bu kecha de Renal xonim Jyulen haqida o‘ylaganda 

doim tushadigan bir ruhiy ahvolni boshidan kechirdi. Mulohazali 

muhabbat haqiqiy muhabbatga qaraganda oqilona tuyg‘u, albatta, 

biroq bunday muhabbatda fidoyilik kam bo‘ladi: u o‘zini juda yax-

shi tushunadi, doim o‘zini-o‘zi tahlil qiladi, u fikr-mulohazalarni 

parokanda qilish u yoqda tursin, o‘zi ham faqat ana shu fikr-mulo-

hazalarning mahsuli sifatida dunyoga keladi.

Uyga qaytgach, Matilda de lya Mol xonimning pand-nasihatla-

riga quloq solmay, mazasi qochib turganini bahona qilib, allama-

halgacha xonasidagi royalda o‘sha kuyni chalib o‘tirdi. U tinmay 

o‘zini shu qadar maftun etgan o‘sha mashhur kantilenani xirgoyi  

qilardi.



398

Devo punirmi, devo punirmi

Se Troppo amai, etc

46

Bu tunda uning vujudini qamrab olgan telbalik oxir-oqibatda o‘z 



sevgimni jilovlab oldim, degan ishonchga aylandi.

Bu sahifa bechora muallifga bo‘lak sahifalardan ko‘proq ziyon kel-

tirishi mumkin. Uni axloqsizlikda ayblaydigan bag‘ritosh odamlarning 

topilishi turgan gap. Biroq muallif Parij mehmonxonalarida husnini 

ko‘z-ko‘z qilib yurgan niholdek qizlarni sira ham ranjitmoqchi emas, 

zero ularning orasida Matildaning obrazini kamsitadigan ana shunday 

telbaliklarga moyil bo‘lgan bironta qizning topilishi mumkinligini u 

hatto xayoliga ham keltirgan emas. Romanning ushbu qahramoni 

sof fantaziya mahsuli, xolos va uning boshqa asrlar orasida yuksak 

madaniyati bilan alohida o‘rin egallaydigan XIX asrning ijtimoiy ne-

giziga mutlaqo aloqasi yo‘q.

Bu yil qishdagi ballarning husniga husn qo‘shib yurgan yosh qiz-

larga har qanday ayb qo‘ysa bo‘lardi-yu, biroq ularni aql-idrokning 

kamligida aybsitib bo‘lmasdi.

Shu bilan birga, menimcha, ularni boylikka, hashamdor kareta-

larga, ajoyib amloklarga va jamiyatda nufuzli o‘rin egallashga imkon 

beradigan bo‘lak barcha narsalarga pisand qilmay qaraydilar deb 

ham bo‘lmasdi. Bu barcha ustunliklar ularni sira ham xunob qilmasdi, 

aksincha, ular shu haqda muttasil orzu qilishardi va mabodo yuraklari 

ehtiros bilan yona olgan taqdirda ham faqat ana shu narsa orzusida 

yonishi mumkin edi.

Boz ustiga, Jyulen kabi xiyol iqtidori bo‘lgan yigitlarni o‘z pano-

higa olib, ularni muvaffaqiyat sari boshlaydigan narsa ham aslo 

muhabbat emasdi, bunday yigitlar bironta to‘daga mahkam yopishib 

olishar, ana shunda bu to‘daning omadi yurishgan kezlari barcha 

ijtimoiy noz-u ne’matlar ularning boshiga yog‘ilardi. Hech qanday 

to‘daga mansub bo‘lmagan olimning sho‘ri quriydi deyavering, uning 

arang ko‘ziga chalinadigan eng kichik muvaffaqiyati ham boyaqish-

ni malomatga qoldiradi, saxovatpesha kimsalar esa uning haqiga 

xiyonat qilib, quvonib yuradilar. Eh, afandim! Roman, bu – katta 

yo‘ldan ko‘tarib borayotgan ko‘zguning o‘zginasi-ku axir. U sizga 

goh lojuvard osmonni, goh iflos ko‘lmak va do‘ngliklarni aks ettirib 

46

 Jazo beray o‘zimga, jazo beray o‘zimga, 



    Seni behad sevganim uchun... va hokazo.


399

ko‘rsatadi. Bir odam inqillab-sinqillab katta ko‘zgu ko‘tarib boryapti, 

siz esangiz bu odamni axloqsizlikda ayblaysiz! Uning ko‘zgusi iflos 

narsalarni aks ettiradi, sizlar esa ko‘zgudan o‘pkalaysizlar! Undan 

ko‘ra hamma yog‘ini iflos ko‘lmaklar bosib yotgan o‘sha katta yo‘ldan 

o‘pkalanglar, yanayam yaxshirog‘i esa – yo‘lda axlat yig‘ilishiga va 

unda ko‘lmaklar hosil bo‘lishiga imkon bergan yo‘l noziriga ayb  

qo‘yinglar.

Matildaning xarakteri bizning shunday aqli raso va shunday ezgu 

asrimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini aniqlab olganimizdan so‘ng, 

men endi kitobxonning jahlini chiqarishdan unchalik qo‘rqmay, bu 

mohichehra qizning telbaliklari haqidagi hikoyamni davom ettiraman.

Ertasi kuni u chindan ham o‘zining telba ehtirosi ustidan g‘alaba 

qozonganiga ishonch hosil qilmoq uchun turli bahonalar izlab yur-

di. Eng muhimi esa barcha ishda Jyulenga o‘chakishishga harakat 

qildi, lekin, shu bilan birga, u yigitning har bir qadamini kuzatib  

yurardi.

Bunday murakkab ishqiy nayrangning tagiga yetmoq uchun Jyulen 

nihoyatda baxtsiz, eng muhimi esa qalbi nihoyatda larzaga tushgan 

edi; boz ustiga yigit bu ishlardan o‘zi uchun biror yaxshilik kutmasdi, 

nazarida, uni qurbon qilishgandek edi, u hali hech qachon bu qadar 

umidsizlikka tushmagandi. Uning xatti-harakati aql-idrokka shu 

qadar mos kelmas ediki, agar shu payt qayg‘u chekaverib toblangan 

bironta faylasuf unga: «O‘zingizga nafi tegishi mumkin bo‘lgan vazi-

yatdan foydalanishga shoshiling, zero biz Parijda uchratib turadigan 

bu aqliy muhabbat ta’sirida bir xil kayfiyatning o‘zi ikki kundan ortiq 

davom etmaydi», – desa, Jyulen uning gapiga ishonmagan bo‘lardi. 

Biroq es-hushini qanchalik yo‘qotgan bo‘lmasin, u o‘z vijdoniga xilof 

ish qilolmasdi. Vijdoni uni churq etib og‘iz ochmaslikka undar va 

yigit buni yaxshi tushunardi. Shu tobda u birovdan maslahat so‘rasa, 

birinchi duch kelgan odamga dilida chekayotgan jafolarni so‘zlab 

bersa, jazirama sahroning qoq o‘rtasida osmondan tushgan bir tom-

chi yomg‘irni his etgan badbaxt sayyohdek g‘oyatda yengil tortgan 

bo‘lardi. Yigit shu xavfni yaxshi tushunar va hozir bironta odam eh-

tiyotsizlik qilib, undan hol-ahvol so‘rab qolgudek bo‘lsa, shu zahoti 

ko‘zlaridan duv-duv yosh oqishi mumkinligidan cho‘chib turardi, u 

xonasiga kirib, eshikni ichidan qulflab oldi.

Yigit Matildaning bog‘da uzoq sayr qilib yurganini kuzatib tur-

di-da, so‘ng, nihoyat, qiz uyga kirib ketgandan keyingina o‘zi boqqa 



400

chiqishga jur’at etdi, u to‘g‘ri qiz hozirgina g‘uncha uzib olgan atirgul 

oldiga bordi.

Qorong‘i tushgan bo‘lib, Jyulen o‘zini ko‘rib qolishlaridan cho‘chi-

may hasrat chekib yuraverishi mumkin edi. Uning uchun bir narsa 

ayon edi: m-l de lya Mol hozirgina o‘zi quvnoq suhbat qurgan anovi 

yosh ofitserlardan birini sevadi. Jyulenni esa u bir vaqtlar sevgan edi, 

biroq endi uning hech narsaga arzimasligini tushunib qoldi.

«Ha, chindan ham mening nimayam fazilatim bor edi deysiz! – 

deya uqtirardi komil ishonch bilan o‘ziga o‘zi Jyulen. – Men hech nar-

saga arzimaydigan, chakana, atrofdagi odamlar uchun g‘oyat zerikarli, 

o‘zimga o‘zim yoqmaydigan bir kimsaman». O‘zining ajoyib fazilatlari 

ham, bir vaqtlar uni ilhomlantirgan va buyuk ishlarga chorlagan o‘zga 

xislatlari ham hozir uning ko‘ziga o‘lgudek xunuk ko‘rinardi. Tasavvuri 

ostin-ustun bo‘lib ketgan bu yigit o‘sha tasavvuri yordamida hayotni 

tushunishga urina boshladi. Odatda faqat kuchli zakovat egasigina 

shunday yanglishishi mumkin.

O‘zini o‘zi o‘ldirish haqidagi fikr uni bir necha bor vasvasaga 

solgan edi, bu xayol unga nihoyatda jozibali tuyulardi, Jyulen uchun 

bu fikr mas’ud hordiq, poyonsiz sahroda tashnalik va jaziramadan 

halok bo‘layotgan badbaxt odamga tutilgan bir piyola muzday suvdek 

bir narsa edi.

«Mayli, o‘laman, – lekin u mendan battar nafratlana boshlaydi-ku! 

– deya xitob qildi yigit. – O‘zim haqimda qanday xotira qoldiraman 

axir!»

Inson zoti shunday cheksiz qayg‘uga tushgan paytda uning uchun 



o‘zining matonatidan bo‘lak xalos etuvchi kuch bo‘lmaydi. O‘ziga-o‘zi: 

«Tavakkal qilish kerak!» – deyishga Jyulenning farosati yetmadi. Biroq 

kechqurun u Matildaning derazasiga tikilib turar ekan, qiz chiroqni 

o‘chirganini ko‘rib qolgan yigit, afsuski, o‘zi hayotida bir martagina 

ko‘rgan o‘sha ajoyib xonani ko‘z oldiga keltirdi. Bundan u yog‘ini 

tasavvur qilishga esa uning jur’ati yetmasdi.

Kechasi soat birga zang urildi. Soatning ana shu zang chalishini 

eshitishi bilanoq u o‘zicha to‘satdan: «Narvonni qo‘yib, oldiga chiqa-

man!» – deya qaror qildi.

Go‘yo falak uning diliga shu fikrni soldi-yu, shu zahoti miyasiga 

turli-tuman oqilona dalillar ham kela qoldi. «Endi bundan battar 

bo‘lmaydi-ku axir!» – deya takrorladi u o‘ziga o‘zi. U yugurib narvon-

ning oldiga bordi, bog‘bon uni endi zanjirga bog‘lab, qulflab qo‘ygandi. 



401

Shu daqiqada qandaydir g‘ayratabiiy kuchga to‘lgan Jyulen, kichkina 

to‘pponchani sindirib bo‘lsa-da, uchi bilan narvonni tutib turgan zanjir 

halqalaridan birini yozishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan bir necha daqiqa 

o‘tgach, Jyulen narvonni olib borib, Matildaning derazasiga tiradi.

«Xo‘p, jahli ham chiqsin, mendan nafratlansin ham, mayli! Men 

uni o‘paman, ha, so‘nggi marta o‘paman-da, keyin yugurib xonamga 

kiraman va o‘zimni o‘zim otaman... O‘limim oldidan lablarim uning 

yonog‘iga tegadi-ku axir!»

U shitob bilan narvondan yuqori ko‘tarildi, mana u deraza qopqa-

sini taqillatyapti, bir necha daqiqadan so‘ng Matilda uning taqillatishi-

ni eshitib, qopqani ochmoqchi bo‘ldi, biroq narvon xalal beryapti. 

Jyulen qopqa ochiq paytida uni tutib turadigan temir ilgakni mahkam 

ushladi-da, oyog‘i osmondan bo‘lib pastga qulashi mumkinligiga 

qaramay, narvonni bir siltab, chetroqqa surdi. Matilda endi qopqani 

bemalol ocha olardi.

Yigit o‘zining na o‘lik, na tirikligini bilmay uning xonasiga uchib 

kirdi.


– Senmisan! – dedi qiz uning quchog‘iga otilar ekan.

……………………………………………………………………………..

Jyulenning cheksiz quvonchini kim ham tasvirlay olardi deysiz? 

Matildaning ham quvonchi, chamasi, unikidan qolishmasdi.

U o‘z fe’liga la’nat o‘qirdi, o‘zidan zorlanardi.

– Bu qabih takabburligim uchun menga jazo ber, – derdi u yigitga, 

xuddi uni bag‘riga bosib bo‘g‘moqchi bo‘lgandek, mahkam quchoq-

lar ekan. – Sen mening sultonimsan, men esa cho‘ringman, isyon 

ko‘targanim uchun oldingda tiz cho‘kib kechirim so‘ramog‘im darkor. 

– Shunday deya qiz quchog‘ini ochib, Jyulenning oldida tiz cho‘kdi. – 

Ha, sen mening sultonimsan! – dedi u qalbi sevgi va baxt nashidasiga 

to‘lib. – Doim menga hukmronlik qil, agar cho‘ring isyon ko‘targudek 

bo‘lsa, unga shafqatsiz jazo ber.

Bir necha daqiqadan so‘ng Matilda uning quchog‘idan chiqib, 

sham yoqdi. Jyulen uni arang to‘xtatib qoldi: qiz nima qilib bo‘lsa-

da, sochlarining deyarli yarmini, uning katta bir tutamini qirqib 

tashlamoqchi edi.

– Men sening cho‘ring ekanligimni doimo eslab yurishni istay-

man, agar biror kun kelib, manfur g‘ururim meni yana vasvasaga 

solsa, sen menga ana shu bir tutam sochni ko‘rsatasan-da: gap hozir 

qalbingizda qanday tuyg‘ular hukmronlik qilayotganida emas, siz 



402

menga itoat etmoqlikka ont ichgansiz, marhamat qilib, so‘zingizning 

ustidan chiqsangiz, deysan.

Ammo, menimcha, bu qadar tiyiqsiz telbalik va bu qadar cheksiz 

huzur-halovatni tasvirlashdan o‘zimizni tiyganimiz ma’qul bo‘lar deb 

o‘ylayman.

Biroq Jyulenning matonati uning hozirgi baxtiyorlik tuyg‘usidan 

kam emasdi.

– Men deraza osha ketishim kerak, – dedi u Matildaga tonggi 

shafaq yiroqda, sharq tomondagi bog‘larning narigi chetida joylash-

gan baland mo‘rkonlarning uchini qizartirgach, – Men keltirayotgan 

qurbon sizga munosib: men o‘zimni inson qalbi tuyushi mumkin 

bo‘lgan eng hayratangez baxtdan mahrum etyapman, men sizning pok 

nomingizga dog‘ tushirmaslik uchungina shunday qilyapman. Agar 

siz mening qalbimda qanday tuyg‘ular jo‘sh urayotganini sezayot-

gan bo‘lsangiz, u holda men o‘zimga naqadar zulm qilayotganimni 

tu shunmog‘ingiz kerak. Siz meni doim ham hozirgi daqiqadagidek 

seva olarmikinsiz? Lekin hozir men vijdonim amriga quloq solmog‘im 

kerak, vassalom. Boxabar bo‘ling, siz bilan birinchi uchrashuvimizdan 

so‘ng faqat o‘g‘rilardan gumonsirashayotgani yo‘q. Janob de lya Mol 

boqqa qorovullar qo‘yishni buyurdi. Janob de Kruaznuani josuslar 

o‘rab olgan, uning tunda bosgan har bir qadami nazorat ostida.

– Bechora! – deya xitob qildi Matilda va xaxolab kulib yubordi. 

Onasi bilan xizmatkor qizlardan biri uyg‘onib ketdi, kutilmaganda uni 

eshik ortidan chaqirib qolishdi. Jyulen yalt etib qizga qaradi, Matilda 

rangi oqarib, oqsoch qizni jerkib berdi, onasiga esa hatto javob be-

rishni ham lozim topmadi.

– Lekin derazani ochgudek bo‘lishsa, ular narvonni ko‘rib qoli-

shadi-ku! – dedi Jyulen.

U qizni yana qattiq bag‘riga bosdi-da, narvon tomon tashlandi va 

undan yelib emas, to‘ppa-to‘g‘ri sirpanib bir zumda yerga tushib oldi.

Oradan lahza o‘tmay, u narvonni arg‘uvon xiyoboniga eltib qo‘ydi-

yu, Matildani isnoddan qutqarib qoldi. Jyulen es-hushini yig‘ishtirib 

olgach, hamma yog‘i qontalash bo‘lgani va o‘zining deyarli yalang‘och 

ekanini ko‘rdi; yigit narvondan sirpanib tushayotganida butun terisini 

shilib olgan ekan.

Qalbini to‘ldirgan baxt tuyg‘usi uning butkul qat’iyati va quvvatini 

qayta tiklagandek edi: agar hozir unga yigirma kishi hujum qilganida, 

u sira o‘ylab o‘tirmay, ularga qarshi bir o‘zi jangga otilar va, hatto, 



403

bundan xursand ham bo‘lar edi. Baxtiga, bu gal uning jasorati hech 

qanday sinovga uchramadi, u narvonni joyiga eltdi-da, uni tutib turgan 

zanjirni hafsala bilan biriktirib qo‘ydi, u hatto Matildaning derazasi 

ostidagi g‘ayritabiiy gullar pushtasidagi narvon izini yo‘qotishning 

ham chorasini ko‘rdi.

Yigit qorong‘ida, narvondan chuqurcha qolmadimikan, deya 

yumshoq yerni kafti bilan paypaslayotganida, qo‘liga allaqanday 

mayin bir narsa tushganini sezdi – bu katta soch tutami edi, Matilda 

o‘z aytganidan qolmay, uni qirqib yigitga tashlagandi.

Qiz deraza oldida turardi.

– Buni senga, – dedi u baland ovoz bilan, – umrbod minnat-

dorchilik ramzi sifatida cho‘ring in’om etyapti. Men o‘z irodamni senga 

topshiraman – mening sultonim bo‘l.

Jyulen es-hushini yo‘qotib, yana qizning oldiga chiqmoq uchun 

narvonga yugurmoqchi bo‘ldi. Lekin oxir-oqibatda andisha ustun 

keldi.

Saroyga bog‘ tomondan kirish uncha oson emasdi. Yigit yerto‘la 



eshiklaridan birining qulfini sindirishga muvaffaq bo‘ldi; u uyga kirib 

olgach, nihoyatda ehtiyotkorlik bilan va iloji boricha kamroq shovqin 

solishga harakat qilib, o‘z xonasining eshigidagi qulfni ham buzishga 

majbur bo‘ldi. Hayajondan u hozirgina shoshilinch tark etishga majbur 

bo‘lgan o‘sha xonada cho‘ntagiga kalit solingan kamzulidan tortib, bor 

kiyim-kechagini unutib qoldirgandi.

«Ishqilib ularni yashirib qo‘yish esiga kelsa bo‘lgani», deya xa-

yolidan o‘tkazdi u.

Nihoyat charchoq jo‘shqin baxtiyorlik tuyg‘usidan zo‘r kelib, qu-

yosh chiqishi bilan yigit qattiq uxlab qoldi.

Ertalabki nonushtaga chalingan qo‘ng‘iroq uni arang uyg‘otdi; u 

kiyinib yemakxonaga tushdi. Tezda Matilda ham paydo bo‘ldi. Barcha 

qoyil qoladigan bu go‘zal qizning sevgi porlab turgan shahlo ko‘zla-

rini ko‘rganda Jyulenning qalbini qanday mas’ud bir hayajon, g‘ururi 

uchun qanday quvonchli bir tuyg‘u qamrab olganini bilsangiz edi; 

biroq tezda u bir narsadan tashvishga tushib qoldi.

Matilda go‘yo durustroq taranib ulgurmagani bahonasida sochla-

rini to‘g‘nag‘ich bilan shunday qadab olgan ediki, Jyulen unga bir 

qarashdayoq qiz tunda unga bir tutam sochini qirqib berib, qanday 

katta qurbonlik keltirganini darhol angladi. Agar bu go‘zal chehrani 

biror yo‘l bilan xunuk qilish mumkin bo‘lsa, Matilda deyarli buning 



404

uddasidan chiqqan edi: uning ajoyib oqishtob-malla sochlarining 

butun o‘ng tomoni peshonasining yarim enlik pastidan pala-partish  

qirqilgandi.

Nonushta payti Matildaning butun xatti-harakati uning ana shu 

yengiltak qilig‘iga nihoyatda mos bo‘ldi. Shu tobda u Jyulenni naqadar 

telbalarcha sevishini butun dunyoga e’lon qilmoqchidek tuyulardi. 

Ularning baxtiga, bugun janob de lya Mol bilan markizaning butun 

xayoli bo‘lajak zangori lenta bilan mukofotlash marosimi va gersog 

Shonskiyning qatordan qoldirilgani bilan band edi. Nonushta oxirida 

Matilda Jyulen bilan so‘zlasha turib birdan uni «sultonim» deya atadi. 

Yigit anordek qizarib ketdi.

Tasodifan shunday bo‘ldimi yoki de lya Mol xonim buning chorasi-

ni ko‘rib qo‘ydimi, lekin butun kun bo‘yi Matilda bir daqiqa ham yolg‘iz 

qolmadi. Kechqurun, mehmonxonadan yemakxonaga o‘tishar ekan, 

Matilda har qalay evini topib, Jyulenning qulog‘iga shivirladi: – Barcha 

rejalarim barbod bo‘ldi. Bu mening hiylam emasligiga ishonasizmi? 

Oyim hozirgina menga; endi oqsoch qizlardan biri mening xonamda 

uxlayajagini aytdilar.

Kun yashin tezligida o‘tib ketdi. Jyulen baxtiyorligidan es-hushini 

yo‘qotib qo‘ygandi. Yigit ertasi kuni ertalab soat yettidanoq kutubxo-

naga borib o‘tirdi: u m-l de lya Mol o‘sha yerga keladi, deb umid qilgan 

va unga uzundan-uzoq maktub ham yozib qo‘ygan edi.

Biroq Jyulen uni oradan bir necha soat o‘tgach, nonushta pay-

tidagina ko‘rdi. Bu gal qiz sochlarini juda hafsala bilan tarab olgandi, 

qandaydir ajoyib hiylalar yordamida o‘sha bir tutam sochi qirqib 

olingan joyi ustalik bilan yashirib qo‘yilgan edi. U Jyulenga bor-yo‘g‘i 

bir-ikki marta pinagini buzmay, odob bilan qarab qo‘ydi, qizning bu 

nigohini ko‘rgan odam uning Jyulenni «sultonim» deya atashi mum-

kinligini hatto xayoliga ham keltirmagan bo‘lardi.

Jyulen ajablanganidan hatto entikib ketdi... Matilda endi uni deb 

qilgan deyarli barcha telbaliklaridan qattiq pushaymon bo‘lmoqda edi.

Yaxshilab o‘ylab ko‘rgach, qiz, ehtimol, Jyulen unchalik oddiy odam 

emasdir, lekin har qalay u mening shu qadar telbalik qilishimga arziy-

digan darajada zo‘r yigit bo‘lmasa kerak, degan xulosaga kelgandi. 

Umuman olganda esa, u sevgi haqida mutlaqo o‘ylamasdi, zero bugun 

sevish uning joniga tekkan edi.

Jyulenga kelsak, u qizning kayfiyatidagi bu o‘zgarishdan o‘n olti 

yoshli o‘smir kabi iztirob chekmoqda edi. Nihoyasi yo‘qdek uzoq tu-



405

yulgan bu nonushta payti uning qalbini dam dahshatli gumonsirash, 

dam ajablanish, dam umidsizlik galmagal o‘rtadi.

Odob qoidalarini buzmay stol yonidan turib ketish imkoniyati 

tug‘ilgan zahoti u otxonaga qarab yugurdi-da, o‘zi otni egarlab, boshi 

oqqan tomonga qarab yeldirib ketdi; u bardoshi yetmay, o‘z zaifligini 

sezdirib qo‘yib, sharmanda bo‘lishidan cho‘chirdi. «Mayli, o‘lguday 

charchoqdan yuragim so‘nib qo‘ya qolsin, – deya o‘ylardi u Medon 

o‘rmonida otini u yoqdan-bu yoqqa yeldirib yurar ekan. – Bunday 

iltifotsizlikka duchor bo‘lish uchun qanday xunuk ish qildim, nima 

yomon gap aytdim axir?»

«Bugun hech qanday ish qilmaslik, hech qanday gap aytmasligim 

kerak, – deya o‘ylardi u unga qayta turib. – Men hozir o‘zimni ruhan 

o‘lik his etayotgan bo‘lsam, jisman ham shunday murda bo‘lmog‘im 

lozim. Jyulen endi yo‘q dunyoda, bu uning jon berayotgan jasadi 

xolos».



Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish