XX
Yapon guldoni
Avvaliga uning yuragi boshiga tushgan kul-
fatning tub-tubigacha his etolmaydi: u tashvish
chekishdan ko‘ra ko‘proq hayajonga tushgan
bo‘ladi. Biroq es-hushi joyiga qaytgani sayin qal-
bi asta-sekin o‘z qayg‘usining naqadar chuqur
ekanligini tushuna boshlaydi. Hayotdagi barcha
quvonchlar uning uchun g‘oyib bo‘ladi, u endi
butun borlig‘ini qamrab olgan noumidlikning
og‘uli nish uri shidan bo‘lak hech nimani
his et-
may qo‘ydi. Jismning dard chekishi ham gapmi!
Faqat a’zoyi badanda his etiladigan og‘riq bu
ruhiy azob oldida nima gap bo‘libdi?
Jan Pol.
Peshingi ovqatga qo‘ng‘iroq chalindi, Jyulen kiyimlarini almash-
tirishga arang ulgurdi. U mehmonxonada Matildani ko‘rdi, qiz akasi
bilan janob de Kruaznuadan bugun kechqurun Syurennga marshal
bevasi de Fervak xonimnikiga bormaslikni iltimos qilmoqda edi.
406
Matilda ularga g‘oyatda nazokat va iltifot bilan muomala qilardi.
Peshindan keyin de Lyuz, de Kaylyus janoblar va yana do‘stlaridan
ba’zi birovlari paydo bo‘lishdi. M-l de lya Mol go‘yo akasiga mehri
tovlanib, kiborlar jamiyatining odob-axloq qoidalarini nihoyatda
hurmat qila boshlagandek tuyulardi. Bu oqshom havo juda yaxshi
edi, biroq qiz boqqa chiqmaymiz, deb turib oldi: u hammaning meh-
monxonada qolishini istardi. Shundan so‘ng ular de lya Mol xonimning
keng-mo‘l kreslosi ortidagi o‘z joylariga o‘rnashib olishdi. Zangori di-
van yana qishdagi kabi bu kichkina to‘garakning markazi bo‘lib qoldi.
Bog‘ Matildaning dilida noxush tuyg‘ular uyg‘otar, yoki o‘zining
ta’biri bilan aytganda, o‘lguday zeriktirardi: u yer qizga Jyulen haqida-
gi xotiralarini eslatardi.
Qayg‘u aql-hushni olib qo‘yadi. Qahramonimiz bir vaqtlar o‘zi juda
katta muvaffaqiyatlarga erishgan o‘sha to‘qima stulchaga o‘tirib juda
noma’qul ish qildi. Bugun hech kim unga murojaat qilmadi va hech kim
u bilan so‘zlashmadi, uni shunchaki payqamay qo‘yishgandi. Oldida,
divanning bir chetida o‘tirgan m-l de lya Molning do‘stlari ataylab unga
orqa o‘girib olishayotgandek edi, har qalay unga shunday tuyulardi.
«Men g‘azabga yo‘liqibman», – deya xayolidan o‘tkazdi u. Shun-
dan so‘ng yigit unga nisbatan o‘z nafratlarini shu qadar ochiq-oydin
namoyish qilayotgan bu odamlarga durustroq razm solmoqchi bo‘ldi.
Janob de Lyuzning tog‘asi qirol qoshida qandaydir katta bir la-
vozimga tayinlangan edi, shu boisdan ham ko‘rkam ofitser kim bilan
suhbat qilmasin, har gal gapni avvalo tog‘aginasining soat yettida
Sen-Klu saroyiga jo‘nagani va tunni o‘sha yerda o‘tkazmoqchi ekani
haqidagi ajoyib yangilikni xabar qilishdan boshlardi: odatda u bu
yangilikni oddiygina qilib, go‘yo xonasi kelib qolgani uchungina
aytayotgandek xabar qilardi-yu, biroq uni og‘ishmay har bir suhbat-
doshiga aytardi.
Jyulen qayg‘u nimaligini bilib olgan odamning shafqatsiz nigohi
bilan janob de Kruaznuani kuzatar ekan, bu muloyim va rahmdil yigit-
ning har xil sirli jihatlarga juda katta ahamiyat berishini payqab qoldi.
Agar bironta odam uning oldida sal muhimroq biror voqeani oddiy va
tabiiy qilib izohlagudek bo‘lsa janob de Kruaznua chinakamiga xafa
bo‘lar va, hatto, jahli chiqar edi. «Bu qandaydir aqldan ozish, – deya
o‘yladi Jyulen. – Xarakterining shu xislati bilan u menga knyaz Korazov
ta’riflab bergan imperator Aleksandrga juda ham o‘xshab ketarkan».
Parijga kelganining birinchi yili endigina seminariya istibdodidan
407
qutulib chiqqan bechora Jyulen bu ajoyib yigitlarning o‘zi ilgari sira
ko‘rmagan bunday iltifotli muomalasiga shu qadar maftun bo‘lib
qolgani boisidan ularga faqat qoyil qolishi mumkin edi. Ularning asl
tabiati unga endigina u yoki bu darajada ayon bo‘lmoqda edi.
«Qanday noloyiq odam bo‘lib o‘tiribman men bu yerda», – deya
o‘yladi u bexosdan. Biror yo‘lini topib, manovi to‘qima stulchadan
hech kimga sezdirmay turib ketish kerak edi. U biror bahona o‘ylab
topishga urinib, o‘z xayoliga murojaat qilar, biroq xayoli shu tobda
qandaydir mutlaqo boshqa narsalar bilan band edi. Yigit xotirasini
ishga solishi ham mumkin edi-yu, ammo, ochig‘ini aytganda, bu o‘rin-
da unga xotirasi yordam bera olmasdi: boyaqish Jyulenga hali kiborlar
orasida yashash tajribasi yetishmasdi, shuning uchun ham u o‘rnidan
turib, mehmonxonadan chiqib ketayotganida juda o‘ng‘aysiz ahvolga
tushib, hammaning e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Uning nimadandir ruhi
tushganligi hammaga ravshan edi. Axir u bu yerda salkam bir soat
davomida atrofdagilar mensimasliklarini hatto yashirishni ham lozim
topmaydigan qandaydir sig‘indi ahvolida o‘tirdi.
Biroq yigit hozirgina raqiblari haqida chiqargan tanqidiy xulosa-
lar unga o‘z baxtsizligini fojia deb tushunishga xalal bermoqda edi:
bundan ikki kun burun sodir bo‘lgan voqea haqidagi xotira uning
g‘ururiga taskin berib turardi. «Ularning menga nisbatan sanoqsiz
ustunliklari qanday bo‘lmasin, – deya o‘ylardi u, boqqa chiqar ekan,
– Matilda men uchun ikki marta qilgan ishni ularning birontasiga
ham lozim ko‘rgan emas».
Biroq uning aql-idroki shundan nariga o‘ta olmadi. Yigit taqdir-
ning taqozosi bilan baxtining sohibasi bo‘lib qolgan bu qizning o‘ziga
xos tabiatiga mutlaqo tushuna olmasdi.
Ertasiga u kuni bilan o‘zining ham, mingan otining ham sillasini
quritguncha o‘rmonda yeldirib yurdi. Kechqurun esa Matilda bu gal
ham tark etmagan zangori divan tomon yaqinlashishga hatto urinib
ham ko‘rmadi. Yigit graf Norber unda to‘qnash kelib qolganida unga
hatto qiyo ham boqmay o‘tayotganiga e’tibor berdi. «O‘zini shunday
tutib, rosa qiynalayotgan bo‘lsa kerak bechora, – deya o‘yladi Jyulen,
– axir o‘zi juda xushmuomala odam-ku».
Jyulen uchun uyqu endi haqiqiy baxt bo‘lib qolgandi. Biroq jisman
charchashiga qaramay, maftunkor xotiralar uning xayolidan sira nari
ketmasdi. Ot minib o‘rmonlarda va Parij atrofida tinimsiz sayr qilishi
faqat o‘zigagina ta’sir qilayotgani uning xayoliga ham kelmasdi. Uning
408
o‘ziga bunday azob berishi Matildaning na yuragiga, na aql-idrokiga
ta’sir qilardiki, yigit shu yo‘sinda o‘z taqdirini tasodif hukmiga top-
shirib qo‘ygandi.
Uning nazarida, faqat Matilda bilan gaplashib olsagina yengil
tortadigandek tuyulardi. Biroq u qizga nima ham deya olardi?
Bir kuni ertalab soat yettida kutubxonadagi o‘z joyida xuddi ana
shuni o‘ylab o‘tirar ekan, daf’atan u yerga Matilda kirib keldi.
– Bilaman, taqsir, siz men bilan gaplashmoqchi bo‘lib yuribsiz.
– Yo Rabbim! Kim aytdi sizga bu gapni?
– Bilaman-da. Qayoqdan bilishimning nima ahamiyati bor? Agar
benomus odam bo‘lsangiz, siz meni halok etishingiz yoki, har qalay,
shunday qilishga urinib ko‘rishingiz mumkin. Ammo o‘zim uncha
ishonmaydigan bu xavf bor gapni sizga ochiq aytishim uchun menga
to‘siq bo‘la olmaydi. Sizni ortiq sevmayman, taqsir, telba xayolim
meni yana aldabdi.
Bunday qaqshatqich zarbani kutmagan Jyulen qayg‘u va muhab-
batdan es-hushini yo‘qotib, negadir o‘zini oqlay boshladi. Bundan
ham bema’niroq gap bo‘larmikin dunyoda? Ma’shuqasining ko‘ngli
qolgani uchun odam o‘zini oqlay olarmidi? Lekin yigitning gap-so‘zlari
aql-idrokiga bo‘ysunmay qo‘ygandi. Ko‘r-ko‘rona hissiyot uni manovi
dahshatli hukmni biroz kechiktirishga undardi. Uning nazarida hali
o‘zi so‘zlar ekan, hammasi tamom bo‘lmagandek tuyulardi. Matilda
uning gaplariga quloq solmas, yigitning tovushi uning zardasini
qaynatar, qiz Jyulen uning so‘zini bo‘lishga qanday jur’at etganini
tushunolmay turar edi.
Vijdon azobi va g‘ururning aziyat chekishi uni ham qiynoqqa solib
qo‘ygan bo‘lib, o‘ziini baxtsiz his etishda qiz hozir Jyulendan qolish-
masdi. U qishloqi bir mujikning o‘g‘li bo‘lmish manovi mullavachchani
o‘ziga qandaydir hukmdor qilib qo‘yganidan nihoyatda azob chekardi.
«Axir bu o‘zimga-o‘zim, malayni sevib qoldim, deya iqror bo‘lish bilan
barobar-ku», – derdi u o‘z baxtsizligini bo‘rttirib tasavvur qilar ekan,
fig‘oni falakka chiqib.
Bunday shaddod va mag‘rur tabiatli odamlar o‘zidan o‘zi zardasi
qaynab turgan paytlari bir zumda kayfiyati o‘zgarib, atrofdagilarga
zahrini sochishlari mumkinki, bunday alamdan chiqish ularga cheksiz
huzur bag‘ishlaydi.
Oradan bir daqiqa o‘tmasdanoq m-l de lya Mol shu darajaga borib
yetdiki, dilidagi butun nafratini shafqatsizlik bilan Jyulenga socha
409
boshladi. U juda aqlli edi va birovning izzat-nafsini xo‘rlash va uni
qattiq jarohatlash san’atini mukammal egallab olgandi.
Jyulen umrida birinchi marta kuchli nafrat shig‘ab turgan bu
o‘tkir aqlning hamlasiga uchradi. Biror gap aytib, o‘zini o‘zi himoya
qilishga urinib ko‘rish uning hatto xayoliga ham kelmadi, aksincha
uning tiyiqsiz tasavvuri darhol o‘ziga qarshi turib, yigitni o‘zidan-o‘zi-
ni nafratlanishga majbur etdi. O‘zi haqidagi yaxshi fikrni ildizi bilan
qo‘porib tashlashga mo‘ljallangan bu ayovsiz ta’na-malomatlarga
quloq solib turar ekan, u Matilda tamoman haq, tag‘in ham u meni
ayab gapiryapti, deya o‘ylardi.
Qiz esa bundan bir necha kun muqaddam Jyulenni shu qa-
dar sevgani uchun o‘zidan ham, yigitdan ham o‘ch olib, g‘ururiga
taskin berar ekan, dilida qandaydir tushunib bo‘lmas bir lazzat his
etardi.
Unga hozir o‘zi zo‘r mamnuniyat bilan yigitga aytayotgan bu pi-
chinglar va zaharolud so‘zlarni kashf etish yoki o‘ylab topishning
hojati yo‘q edi. Qiz shunchaki bir haftadan buyon qalbida bu mu-
habbatga qarshi tug‘yon ko‘targan allaqanday tovush diliga solgan
gaplarni takrorlardi, xolos.
Uning har bir so‘zi Jyulenning o‘rtangan yuragini battar tilka-pora
qilmoqda edi. Yigit qochib ketmoqchi ham bo‘ldi, biroq m-l de lya Mol
uning qo‘lidan ushlab, farmonbardorlik bilan to‘xtatib qoldi.
– Marhamat qilib e’tibor bersangiz, juda qattiq gapiryapsiz, –
dedi Jyulen unga. – Axir gaplaringizni qo‘shni xonadagilar eshitib
qolishlari mumkin.
– Xo‘sh, eshitishsa nima qilibdi! – deya mag‘rurlik bilan e’tiroz
bildirdi m-l de lya Mol. – Menga, gapingizni eshitdim, deyishga kim-
ning jur’ati yetadi? Men sizning chakana izzat-nafsingizni o‘zimga
nisbatan xayol qilishingiz mumkin bo‘lgan barcha da’volardan butkul
xalos etib qo‘ymoqchiman.
Jyulen, nihoyat, kutubxonadan chiqib ketganida u shu qadar
hayratga tushgan ediki, hatto dilidagi qayg‘uni unchalik qattiq his
etmadi ham. «Shunday qilib, u meni ortiq sevmaydi, – deya takrorladi
u ovozini chiqarib, go‘yo o‘z ahvolini yaxshilab tushunib olmoqchi
bo‘lgandek. – Demak, u meni bor-yo‘g‘i sakkiz yoki o‘n kun sevibdi,
men esa endi uni umrbod sevaman!
Shunday bo‘lishi mumkinmikin? Axir bundan bir necha kun
muqaddam men uni mutlaqo sevmasdim! Mutlaqo!»
410
Matildaning qalbi faxrga to‘lib, benihoya quvonmoqda edi: mana u
bu gaplarga uzil-kesil chek qo‘ydi! Qiz so‘nggi kunlarda butun vujudini
qamrab olgan bu muhabbat ustidan shunday ajoyib g‘alaba qozona
olganidan nihoyatda baxtiyor edi. «Endi bu yoqimtoy janob nihoyat
menga hech qachon hokimlik qila olmasligini tushunib oladigan
bo‘ldi». Qiz shu qadar baxtiyor ediki, shu daqiqada chindan ham dilida
hech qandan muhabbat his etmasdi.
Ana shunday shafqatsizlik bilan xo‘rlanganidan so‘ng qalbi Jyu-
lennikidek jo‘shqin bo‘lmagan har qanday boshqa odam muhabbatga
mutlaqo ishonmay qo‘yardi. M-l de lya Mol o‘zini sira yo‘qotmay, iz-
zatini saqlab turib, berahmlik bilan uning dilini o‘rtaydigan shuncha
gaplarni aytib yubordiki, yigit keyin, bu haqda birmuncha sovuqqonlik
bilan eslaganida ham bu so‘zlar unga ancha adolatli bo‘lib tuyulishi
mumkin edi.
O‘sha g‘aroyib voqeadan keyingi dastlabki daqiqada, Jyulen, Matil-
da o‘lguday takabbur ekan, deya xulosa qildi. U oralaridagi barcha
munosabatlarning tamom bo‘lganiga qattiq ishonardi, biroq shunga
qaramay, ertasiga nonushta mahali uyalib, tortinib o‘tirdi. Shu paytga
qadar u sira ham bunday bo‘shlikka yo‘l qo‘ymasdi. Kichik ishda ham,
katta ishda ham u doim o‘zini qanday tutmog‘i va nima ish qilmog‘ini
juda yaxshi bilar va shunga yarasha harakat qilar edi.
Nonushtadan so‘ng de lya Mol xonim undan isyonkor ruhda
yozilgan, lekin topilishi qiyin bo‘lgan allaqanday kitobchani olib
berishni iltimos qildi. Bu kitobchani bugun ertalab uning ruhoniysi
xufiya qilib olib kelgandi. Jyulen o‘sha kitobni tokchadan ola turib,
juda ham xunuk ishlangan qadimgi chinni guldonni yerga tushirib
yubordi.
De lya Mol xonim odamning yuragini yorgudek qichqirib sapchib
o‘rnidan turdi-da, chil-chil singan sevimli guldoni tepasiga keldi.
– Axir bu qadimgi yapon chinnisi edi-ya, – derdi u. – Bu guldon
menga buvimning onalari – abbatisa Shelskayadan meros qolgan edi.
Gollandiyaliklar uni regent, gersog Orleanskiyga sovg‘a qilishgan ekan,
u esa guldonni qiziga in’om etibdi...
Ko‘ziga juda xunuk ko‘rinadigan bu zangori guldonni sindi-
rishganidan juda xursand bo‘lgan Matilda onasining yoniga keldi.
Jyulen indamay turar, uning qiyofasidan xijolat chekkani sira ham
sezilmasdi, u boshini ko‘targan edi, yonida m-l de lya Mol turganini
ko‘rib qoldi.
411
– Bu guldon chil-chil sindi, – dedi u qizga qarab, – endi uni tiklab
bo‘lmaydi. Bir vaqtlar mening qalbimda hukmron bo‘lgan bir tuyg‘u
ham xuddi ana shu guldonning kuniga uchradi. O‘sha tuyg‘u tufayli
qilgan barcha telbaliklarim uchun meni afv etgaysiz. – Shunday deya
yigit mehmonxonadan chiqib ketdi.
– Buni qarang-a, – dedi de lya Mol xonim yigit chiqib ketgach,
– janob Sorel hozir bu yerda qilgan ishidan xursand bo‘lib, faxrla-
nayotganga o‘xshaydi-ya.
Bu so‘zlar Matildaning naq yuragiga borib sanchildi. «Ha, rost, –
deya xayolidan o‘tkazdi u, – oyim to‘g‘ri topdilar, chindan ham u hozir
o‘zini xuddi shunday his etyapti». Shundan so‘ng kechagi to‘qnashuv-
dan buyon uni ruhlantirib kelgan butun quvonchi bir zumda g‘oyib
bo‘ldi-qo‘ydi. «Shunday qilib, hammasi tamom bo‘ldi, – dedi u zohiriy
bir xotirjamlik bilan. – Bu menga yaxshi saboq bo‘ladi. Men o‘zimni
kamsitadigan dahshatli xatoga yo‘l qo‘ydim, endi umrimning oxiri-
gacha o‘ylab ish qiladigan bo‘ldim».
«Ah, qani endi hozir aytgan gapim rost bo‘lsa! – deya o‘ylardi
Jyulen. – Nega qalbimda bu tentak qiz uyg‘otgan muhabbat menga
hamon azob beradi axir?»
Bu sevgi esa, u umid qilganidek, so‘nibgina qolmay, qaytanga
borgan sayin alanga olib borardi. «To‘g‘ri, u tentak qiz, – derdi u o‘ziga
o‘zi. – Lekin bu bilan dilbarligi kamayib qolyaptimi? Undan chiroyliroq
qiz bormi o‘zi dunyoda? Dunyodagi bor nafosat va nazokat, kishini
o‘ziga maftun etuvchi barcha fazilatlar mademuazel de lya Molda
mujassam emasmi axir!» O‘tib ketgan baxtiyor damlar to‘g‘risidagi
xotiralar uning aql-idroki zo‘r qiyinchiliklar bilan tiklayotgan isteh-
komlarni bir zumda yemirib tashlamoqda edi.
Aql bunday xotiralarga qarshi kurashib bekor ovora bo‘ladi, –
uning bunday kuchanishlari qaytanga bu xotiralarning shirin jozi-
basini kuchaytirib yuboradi.
Jyulen qadimgi yapon guldonini sindirib qo‘yganidan buyon ora-
dan bir kun o‘tdi, endi sira mubolag‘a qilmay shuni aytish mumkinki,
dunyoda undan ham baxtsizroq odamning o‘zi yo‘q edi.
412
Do'stlaringiz bilan baham: |