XXV
Taqvodorlik xizmatida
Agar men bundan aql-idrok bilan va orqa-
ol dimga qarab lazzatlanadigan bo‘lsam, u holda
men uchun bu lazzat bo‘lmay qoladi.
Lope de Vega.
Parijga qaytib, markiz de lya Molga, chamasi, uning hafsalasini
juda pir qilgan javob maktubini topshirgach, qahramonimiz uning
xonasidan chiqqan zahoti graf Altamiraning oldiga qarab yugurdi.
442
O‘lim jazosiga hukm qilinish kabi ustunlikdan tashqari bu ajoyib inson
juda donishmand va xudojo‘y ham edi; ana shu fazilatlari va undan
ham ko‘ra o‘zining oliy nasabi tufayli graf de Fervak xonimning didiga
juda mos tushar va ular tez-tez uchrashib turishar edi.
Jyulen grafga juda jiddiy qilib o‘zining oshiqi beqaror bo‘lib qol-
ganini aytdi.
– U chindan ham juda olihimmat, sofdil va qalbi yuksak ayol, – dedi
javoban graf Altamira, – lekin biroz takabburligi bor, iezuitlikka ham
moyilroq. Gohida men u aytgan har bir so‘zni juda yaxshi tushunaman,
ammo butun jumlaning ma’nosini sira anglay olmayman. U bilan
suhbatlashayotganimda goho, fransuz tilini odamlar aytganchalik
yaxshi bilmasam kerak, deya o‘ylanib qolaman. Bu do‘stlik jamiyatda
sizning obro‘-e’tiboringizni oshiradi. Lekin, bilasizmi, yuring, yaxshi-
si Bustosning oldiga boramiz, – dedi har bir ishda izchil va oqilona
yo‘l tutishni yaxshi ko‘radigan graf Altamira. – U bir vaqtlar marshal
bevasining ko‘nglini ovlamoqchi bo‘lgan edi.
Don Diego Bustos xuddi o‘z mijozining da’volarini eshitayotgan
advokat kabi bir og‘iz ham so‘z aytmay, ularni ishning mohiyati-
ni uzoq va batafsil hikoya qilishga majbur etdi. Uning basharasi
semirib ketgan rohibnikiga o‘xshardi-yu, lekin qop-qora shop
mo‘ylovi bor edi. U o‘zini juda mahobatli tutardi, biroq aslida o‘zi
halol karbonariy edi.
– Tushunarli, – deda u nihoyat Jyulenga. – Siz, marshal bevasi de
Fervak xonimning biron payt o‘ynashi bo‘lganmi yoki yo‘qmi, deya
so‘ramoqchimisiz? Binobarin muvaffaqiyat qozonishga umid qilsa-
ngiz bo‘ladimi? «Shu narsa qiziqtiryaptimi sizni? Sizga shu narsani
aytishim mumkin: shaxsan men mag‘lubiyatga uchradim. Endi, bu hol
meni ortiq ranjitmay qo‘ygan bir paytda uning xarakteri to‘g‘risida
sizga shuni aytishim mumkin: xonimning kayfiyati
tez-tez buzilib
turadi, buning ustiga, u ancha kek saqlaydigan odam. Bu xislati haqida
hozir sizga hikoya qilib beraman.
– Odatda iste’dodli odamlar juda serzarda bo‘lishadi va shu bois-
dan ularning barcha ishlari kishiga xiyol g‘alati tuyuladi. Men xonimda
bu xislatni sezmadim. Aksincha, xuddi shu gollandlarga xos vazminligi
va sovuqqonligi uchun ham u shu qadar go‘zal va tiniq ko‘rinadi.
Ispaniyalikning o‘zini bunday og‘ir-vazmin tutib, sustkashlik bilan
so‘zlashidan Jyulenning zardasi qaynay boshladi, u toqati toq bo‘lib,
bir necha bor qisqa-qisqa luqma tashlab, uning gapini bo‘ldi.
443
– Gapimni eshitishni istaysizmi o‘zi? – deya so‘radi undan mahobat
bilan don Diego Bustos.
– Furia francese
47
uchun meni kechiring. Qulog‘im sizda, – deb
javob qildi Jyulen.
– De Fervak xonim bir yomon ko‘rib qolsa, nafratining cheki
bo‘lmaydi. U umri bino bo‘lib ko‘rmagan qandaydir advokatlar, becho-
ra shoirlarni shafqatsizlik bilan ta’qib etadi. Anavi qo‘shiqchi shoirlar
bor-ku, Kollega o‘xshaganlar, bilasizmi?
Sevgidir kasbi korim...
Ishq quritdi madorim...
va hokazo.
Shundan so‘ng Jyulen o‘sha qo‘shiqni oxirigacha tinglashga majbur
bo‘ldi. Ispani tushmagur, chamasi, fransuz tilida qo‘shiq aytishni juda
yaxshi ko‘rar ekan.
Bu ajoyib qo‘shiqni shu paytga qadar hali hech kim bunday
betoqat bo‘lib eshitmagan bo‘lsa kerak o‘zi.
– Marshal bevasi, – dedi don Diego Bustos qo‘shiqni oxirigacha
aytib bo‘lgach, – shunday:
Qovoqxonada bo‘libman oshiq...
deya boshlanadigan bir qo‘shiq muallifini xonavayron qildi.
Jyulen, yana qo‘shiq aytib qolmasa go‘rga
edi, deya qo‘rqib ketdi.
Biroq don Diego bu gal qo‘shiqning mazmunini batafsil tahlil qilish
bilan cheklanib qo‘ya qoldi; Chindan ham bu qo‘shiq juda fosiqona
va odobsiz bir ruhda yozilgan edi.
– Marshal bevasi mening oldimda o‘sha qo‘shiqqa nisbatan o‘z
g‘azabini izhor qila boshlagan edi, – dedi don Diego, – men xonim-
ga uning toifasidagi ayollar matbuotda bosilib chiqadigan har xil
bo‘lmag‘ur gaplarni o‘qimasliklari kerak, deya e’tiroz bildirdim. Taq-
vo va odob qoidalarini qanchalik qattiqqo‘llik bilan o‘rnatishmasin,
Fransiyada qovoqxonalar uchun shunday asarlar yozilaveradi. De
Fervak xonim o‘sha qo‘shiq muallifini – ish haqining yarmini o‘marib
qolishadigan bechora bir yalangoyoq shoirni bir ming sakkiz yuz frank
maosh oladigan ishidan quvdirib yuborgach, men xonimga shunday
dedim «Buyog‘iga endi ehtiyot bo‘ling, siz o‘sha bechora qofiyabozga
47
Fransuzcha jo‘shqinligim (isp.).
444
o‘z qurolingiz bilan hujum qildingiz, u esa sizga o‘z qofiyalari bilan
javob berishi mumkin – u taqvodorlik to‘g‘risida bironta qo‘shiq yoza-
di. Barcha hashamdor mehmonxonalar sizning tarafingizni olishadi,
birovning ustidan kulishni yaxshi ko‘radigan odamlar esa, hamma
yoqda ana shu epigrammani takrorlab yurishadi». O‘shanda marshal
bevasining menga nima deb javob qilganini bilasizmi, taqsir? «Xudo
yo‘lida meni butun Parijning ko‘z o‘ngida qatl etsalar ham mayli – bu
Fransiyada ilgari sira ko‘rilmagan tomosha bo‘lardi. Shunda xalq
yuksak ezgulikni e’zozlashga o‘rganardi. Bu mening hayotimdagi
eng ajoyib kun bo‘lardi». Shu gapni aytayotganida uning ko‘zlaridagi
ifodani hanuzgacha unuta olmayman.
– Ha, uning ko‘zlari juda chiroyli! – deya xitob qildi Jyulen.
– Ko‘rib turibman, chindan ham oshiq bo‘lib qolibsiz... Shunday
qilib, – deya yana mahobat bilan gap boshladi don Diego Bustos, – u
serzarda emas, serzarda odamlar esa odatda kekchi bo‘lishadi. Uning
odamlarga yomonlik qilishining boisi o‘zining baxtsiz ekanligidan
bo‘lsa kerak. Men uning qandaydir pinhona qayg‘usi bor, deb gumon
qilaman. Ehtimol, hamma gap o‘zini taqvodor qilib ko‘rsatish o‘lgudek
joniga tekkanidadir.
Ispaniyalik jimib qoldi-da, bir daqiqacha og‘iz ochmay, Jyulenga
tikilib turdi.
– Butun gap ana shunda, – viqor bilan qo‘shimcha qildi u, – Xuddi
shu boisdan ham siz xiyol umid qilsangiz bo‘ladi. U kishining ko‘ngil-
larini ovlamoqqa urinib yurgan ana o‘sha ikki yil davomida men bu
to‘g‘rida juda ko‘p o‘yladim. Sizning butun kelajagingiz, janobi oshiq,
tamoman ana shu buyuk sirga bog‘liq: xo‘sh, o‘z zimmasiga olgan ro-
lidan charchagan va baxtsizligi tufayli doim darg‘azab bo‘lib yurgan
munofiq emasmikin bu xonim?
– Yoki, ehtimol, – deya, nihoyat, gapga aralashdi kelganidan
buyon bir og‘iz ham so‘z aytmay sukut saqlab o‘tirgan graf Altamira,
– bu men yigirma marta senga aytgan o‘sha eski gapdir: shunchaki
u ham fransuzcha shuhratparastlik kasaliga mubtalo bo‘lgandir,
o‘sha badnom movutfurush otasi haqidagi xotiralar uni ta’qib
etayotgandir. Xuddi ana shu narsa unga azob beryapti. Uning o‘zi
esa tabiatan sovuqqon va odamovi. U faqat Toledoga borsa-yu, har
kuni unga jahannamning dahshatli manzaralarini tasvirlab, azob
beradigan bironta ruhoniy ning qo‘liga tushib qolsagina baxtiyor
bo‘lishi mumkin.
445
Jyulen ketay deb turganida don Diego yanada mahobatliroq
ko‘rinishga harakat qilib dedi:
– Altamira menga aytdi, siz o‘zimizning odamlardan ekansiz. Bir
kun kelib siz ozodlikka erishuvimizda bizga yordam berasiz, shu
boisdan ham men sizning ana shu ishingizga ko‘maklashmoqchiman.
Marshal bevasining uslubi bilan tanishib qo‘ysangiz yomon bo‘lmaydi.
Mana uning o‘z qo‘li bilan yozgan to‘rt maktubi.
– Men ularni ko‘chirib olaman-da, – deya xitob qildi Jyulen, – keyin
o‘zingizga keltirib beraman.
– Bu yerda gaplashgan gaplarimizni hech qachon va hech kimga
aytmaysiz-a?
– Hech kimga aytmayman, vijdonim haqqi! – deya qichqirdi Jyulen.
Bu gaplardan qahramonimizning xiyol ko‘ngli ochildi va uning lab-
larida sezilar-sezilmas tabassum paydo bo‘ldi. «Mana sizga taqvodor
Altamira, u menga fosiqlik qilishda yordamlashmoqchi bo‘lib yurib-
di!» – dedi u o‘ziga-o‘zi.
Don Diego Bustos bilan bo‘lgan ana shu nihoyatda muhim suh-
bat chog‘i Jyulen muttasil d’Aligr saroyi minorasidagi soatning zang
urishiga quloq solib o‘tirdi.
Tushlik payti yaqinlashmoqda edi, u hozir Matildani ko‘radi. Uyga
qaytgach, u hafsala bilan qayta kiyindi.
«Mana mening birinchi tentakligim, – dedi u o‘ziga-o‘zi zinadan
pastga tushayotgan payti, – knyazning ko‘rsatmalariga og‘ishmay
amal qilmoq kerak».
Shundan so‘ng u o‘z xonasiga qaytib. eng oddiy safar kostyumini
kiyib oldi.
«Endi, – deya xayolidan o‘tkazdi u, – dilimdagi gaplarni ko‘zim-
dan sezdirib qo‘ymasam bo‘lgani». Soat endigina besh yarim bo‘lgan
edi, tushlikni esa oltida qilishardi. U mehmonxonaga kirdi, u yerda
hech kim yo‘q ekan. Zangori divanni ko‘rib, Jyulen uning oldiga tiz
cho‘kdi-da, odatda Matilda qo‘lini qo‘yib o‘tiradigan joyga labini
bosdi, yigitning ko‘zlaridan tirqirab yosh chiqib ketdi. «Biror yo‘lini
topib, bu ahmoqona hissiyotga chek qo‘yishim kerak, – dedi u o‘zi-
ga-uzi g‘azab bilan. – U meni oshkor etadi axir». Yigit xo‘jako‘rsin
uchun qo‘liga gazeta oldi-da, bir necha bor boqqa chiqib, yana
mehmonxonaga qaytib kirib yurdi.
So‘ngra, hech kimga sezdirmay, katta eman ortiga yashirindi va
butun vujudi qalt-qalt titraganicha, nihoyat, m-l de lya Mol derazasi-
446
ga qarashga jur’at etdi. Deraza qopqasi taqa-taq berk edi, hushidan
ketib yiqilishiga oz qolgan Jyulen anchagacha emanga suyanib tur-
di-da, so‘ngra madori qochgan oyoqlarini arang bosib, bog‘bonning
narvonini ko‘rgani bordi.
Bir vaqtlar uning o‘zi kerib ochgan zanjir halqasi, – hayhot, u payt-
larda hammasi naqadar boshqacha edi-ya! – hamon o‘shanday ochiq
turardi. Es-hushini deyarli yo‘qotgan Jyulen halqani labiga bosdi.
Mehmonxona bilan bog‘ o‘rtasida ana shunday uzoq tanda qo‘yib
yurganidan so‘ng Jyulen o‘zini nihoyatda horg‘in his etdi, yigit shu ho-
latga erishganidan juda xursand bo‘lib ketdi. «Ana endi nigohim so‘nik
ko‘rinadi va men o‘zimni oshkor qilib qo‘yishdan cho‘chimasam ham
bo‘ladi!» Asta-sekin hamma mehmonxonaga to‘plana boshladi: har gal
eshik ochilganida Jyulenning yuragi orziqib, orqasiga tortib ketardi.
Stol yoniga o‘tirishdi. Nihoyat, m-l de lya Mol ham paydo bo‘ldi, u
o‘zini kuttirish odatiga binoan hammadan keyin keldi. Qiz Jyulenni
ko‘rdi-yu, qip-qizarib ketdi, yigitning safardan qaytgani haqida unga
hech kim bir og‘iz ham so‘z aytmagan edi. Jyulen Korazovning masla-
hatini eslab, uning qo‘llariga qaradi: Matildaning qo‘llari titramoqda
edi. Yigit qattiq hayajonga tushdi, horg‘in ko‘rinayotganidan ichida
yana bir bor quvonib qo‘ydi.
Janob de lya Mol Jyulenni maqtab uzoq gapirdi, shundan so‘ng
markiza unga murojaat qilib, yigitning horg‘in ko‘rinishi haqida qan-
daydir juda iltifotli so‘zlar aytishni lozim topdi. Jyulen sekund sayin
o‘ziga-o‘zi: «Men mademuazel de lya Molga ko‘p qarayvermasligim,
lekin, shu bilan birga, undan ko‘zimni olib qochmasligim ham kerak.
Men bo/pimga kulfat-tushgan o‘sha qun^an bir hafta oldin qanday
bo‘lsam, xuddi shunday ko‘rynmog^m da^kor...» – deya takrorlardi.
Xullae, u o‘z .xatti-harakatidan mamnun bo‘lib, mehmonxonada qoldi.
U birinchi marta uy bekasiga iltifot etib, uning mehmonlarini qo‘lidan
kelg‘anicha gapga solishga harakat qildi.
Uning bu nazokati munosib taqdirlandi: soat sakkizlarga yaqin
marshal bevasi de Fervak xonimning kelgani haqida xabar qilishdi.
Jyulen shu zahoti o‘z xonasiga chiqdi-da, hafsala bilan qayta kiyinib
tushdi. Bunday diqqat-e’tibori uchun yigitdan juda minnatdor bo‘lgan
de lya Mol xonim undan xursand ekanligini ko‘rsatib qo‘yish maqsa-
dida de Fervak xonimga Jyulenning sayohati to‘g‘risida hikoya qila
boshladi. Yigit marshal bevasining yoniga o‘tirdi. Lekin u shunday
joylashdiki, ko‘zlari Matildaga ko‘rinmay qoldi. San’atning barcha
447
qoidalariga binoan shunday joylashib olgach, u hayrat va zavq to‘la
ko‘zlarini de Fervak xonimga ma’noli tikdi. Knyaz Korazov unga
sovg‘a qilgan ellik uch maktubning birinchisi xuddi ana shu tuyg‘u
to‘g‘risidagi safsata bilan boshlanardi.
De Fervak xonim Opera Buffga bormoqchi ekanini aytdi. Jyulen
darhol o‘sha yoqqa jo‘nadi. U yerda yigit janob de Bovuaziga duch
kelib qolgan edi, kavaler uni saroy ahli lojasiga kiritib qo‘ydi. Bu loja
de Fervak xonim lojasining shundoq yonginasida edi. Jyulen undan
ko‘zini uzmay o‘tirdi. «Kundalik tutib, bu qamal tafsilotlarini yozib
bormog‘im kerak, – deya qaror qildi u uyga qaytar ekan, – aks holda
barcha manevrlarimni unutib qo‘yaman». U o‘zini zo‘rlab, bu zerikarli
mavzuda uch-to‘rt bet qog‘oz qoralar ekan, mo‘jiza sodir bo‘lib, m-l
de lya Mol haqida biron marta ham eslamadi.
Jyulen safarda yurar ekan, Matilda uni deyarli unutib qo‘ygan edi.
«O‘ylab ko‘rsam, u mutlaqo oddiy bir odam ekan, – deya qaror qildi
qiz. – Uning ismi menga umrbod o‘zimni qanday isnodga qo‘yganimni
eslatib yuradi. Barcha rioya qiladigan andisha va nomus qoidalarini
o‘zimga vijdonan singdirib olmog‘im kerak: bu qoidalarni unutgan
ayol hamma narsadan mosuvo bo‘lishi mumkin». U markiz de Kruaz-
nua bilan anchadan buyon tayyorlanib kelayotgan nikoh bitimini,
nihoyat, hal bo‘ldi deb hisoblash mumkinligiga shama qildi. Janob de
Kruaznuaning boshi osmonda edi; Agar markizga Matildaning unga
nisbatan munosabatining bunday o‘zgarishiga qizning loqaydlik bilan
taqdirga tan berishi sabab bo‘lganini aytishganida edi, u nihoyatda
ajablangan bo‘lardi. Holbuki, u qizning bu yangicha munosabatidan
juda faxrlanib yurgan edi.
Biroq m-l de lya Mol Jyulenni ko‘rgan zahoti butun niyatlari bir
zumda o‘zgardi qoldi. «Axir u rosti bilan ham mening erim-ku, – dedi
u o‘ziga-o‘zi. – Agar men chindan ham aql-idrok bilan ish tutib, ezgu
yo‘l tutmoqchi bo‘lsam, u holda, turgan gap, faqat Jyulengagina tur-
mushga chiqishim kerak».
U oldindanoq, yigit o‘zini baxtsiz ko‘rsatib, turli dil so‘zlari bilan
bezor qilsa kerak, deya kutar va unga nima deb javob berishi haqida
o‘ylar edi. Zero, uning nazarida, ular stol yonidan turishlari bilanoq
Jyulen u bilan so‘zlashmoqqa harakat qilishi aniq edi. Biroq yigit u
bilan so‘zlashishga harakat qilish u yoqda tursin, aksincha, meh-
monxonada xotirjam o‘tiraverdi va, hatto, bog‘ tomon biron marta
o‘girilib qaramadi – bunga u qanday qiyinchilik bilan erishgani yolg‘iz
448
Xudoga ma’lum! «U bilan boshidanoq ochiqchasiga gaplashib olganim
ma’qul», – deya qaror qildi m-l de lya Mol va yolg‘iz o‘zi boqqa chiqdi.
Ammo Jyulendan darak bo‘lmadi, Matilda mehmonxonaning katta
oynavand eshigi yonidan o‘ta turib, uning de Fervak xonimga Reyn-
ning tog‘li sohillarida tez-tez uchrab turadigan va u
yerlarga o‘ziga xos go‘zallik baxsh etadigan ko‘hna qasrlar-
ning xarobalari to‘g‘risida shavq balan hikoya qilayotganini ko‘rib
qoldi. Yigit endi ba’zi salonlarda aqllilik nishonasi hisoblanadigan
bu sentimental va jimjimador nutq san’atini ma’lum qadar egallab
olgan edi.
Agar knyaz Korazov Parijda bo‘lganida edi, u so‘zsiz faxrlansa
arzirdi: bu kecha hamma voqealar xuddi u bashorat qilgandek sodir
bo‘lmoqda edi.
Ertasi kuni ham, undan keyingi kunlarda ham u Jyulenning xat-
ti-harakatini albatta ma’qullagan bo‘lardi. Sirli guruh a’zolari olib
borayotgan siyosiy o‘yin natijasida bu to‘da bir necha zangori lentani
taqsimlash huquqiga ega bo‘ldi: de Fervak xonim, ordenlardan biri
otamning amakisiga berilishi kerak, deya talab qilmoqda edi. Markiz
de lya Mol esa xuddi shuni qaynatasi uchun da’vo qilardi, ular shu
maqsadda birgalashib harakat qilayotganlari sababli marshal bevasi
de lya Mol saroyiga
deyarli har kuni tashrif buyurib turardi. Markiz
hademay
ministr etib tayinlanishi haqida Jyulen xuddi ana shu xonim-
dan bilib oldi: janob de lya Mol guruhga Xartiyani qandayir ikki-uch yil
ichida va hech qanday to‘s-to‘polonsiz butunlay qilishning mohirona
rejasini taklif qilibdi.
Janob de lya Mol ministr bo‘lib olgan taqdirda esa, Jyulen vaqti
kelib yepiskoplik darajasiga ko‘tarilishini umid qilsa bo‘lardi, biroq
endi barcha bu orzu-istaklar uning uchun qandaydir parda ortiga
yashiringandek bo‘lib qolgandi. Mabodo u gohida bu orzularni eslagan
taqdirda ham ular yigitning ko‘z o‘ngida qandaydir mavhum va yiroq
bir xayol sifatida gavdalanardi. Uni savdoyi qilib qo‘ygan bu mash’um
muhabbat yigitning barcha hayotiy qiziqishlarini o‘zgartirib yuborgan
edi: u endi nima haqida o‘ylamasin, hammasi kelajakda uning m-l de
lya Mol bilan munosabati qanday bo‘lishiga bog‘liq bo‘lib qolgandi.
Yigit besh-olti yil ana shunday zo‘r berib harakat qilish natijasida
qizning muhabbatini takror qozonishga umid qilardi.
Nihoyatda sovuqqon va sergak bo‘lgan bu yigit, ko‘rib turibmizki,
g‘irt telbalik holiga tushibdi. Bir vaqtlar uning ko‘zga yaqqol tashla-
449
nadigan fazilatlaridan endi faqat sabotgina qolibdi. Sirtdan qaraganda,
u o‘z xatti-harakatida knyaz Korazov tuzib bergan rejaga og‘ishmay
amal qilardi; har kuni kechqurun u de Fervak xonimning kreslosi
yoniga borib o‘tirardi, biroq endi uning bir og‘iz so‘z aytishga majoli
yo‘q edi.
Yigitning Matildaga o‘zini dilidagi muhabbatidan forig‘ bo‘lgandek
qilib ko‘rsatishga zo‘r borib urinishi, uning sillasini quritmoqda edi.
U marshal bevasi yonida mutlaqo jonsiz bo‘lib o‘tirar, hatto ko‘zlarida
ham, jismi qattiq azob chekayotgan odamniki kabi, barcha ifodalar
so‘nib qolgandek tuyulardi.
Dunyoqarash bobida uni gersoginya darajasiga ko‘tarishi mum-
kin bo‘lgan eri aytgan har bir so‘zni aynan takrorlaydigan de lya Mol
xonim, mana, bir necha kundirki, Jyulenning beqiyos fazilatlarini
ko‘klarga ko‘tarib maqtab yurardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |