XXVII
Eng yaxshi cherkov mansablari
Xizmatlar? Iqtidor? Fazilat? Hammasi
bo‘lmagan gap! Bironta to‘daga mansub bo‘lmoq
kerak.
Telemak.
Vaqti kelib fransuz cherkovining eng yuksak martabalarini taq-
simlash huquqiga ega bo‘ladigan bu ayolning ongida ilk bor Jyulen
va yepiskoplik unvoni haqidagi tushunchalar xuddi ana shu yo‘sinda
uyg‘unlashib paydo bo‘ldi. Biroq bu muvaffaqiyat Jyulenga mutlaqo
ta’sir qilmagan bo‘lardi: hozir u o‘z qayg‘usidan bo‘lak hech nima
to‘g‘risida fikr yurita olmasdi, atrofdagi hamma narsa esa unga shu
qayg‘usini eslatayotgandek, uni bo‘rttirib ko‘rsatayotgandek tuyulardi;
masalan, endi unga o‘z xonasi nihoyatda xunuk ko‘rina boshladi. Ke-
chqurun u qo‘lida sham bilan xonasiga kirib borganida, u yerdagi har
bir predmet, har bir narsa go‘yo tovushini ko‘tarib, shafqatsizlik bilan
qaygusining biror yangi tafsiloti haqida qichqirayotgandek tuyulardi.
«Xo‘sh, bugun men yana majburiy xizmatni o‘tayman, – dedi u
o‘z xonasiga dimog‘i chog‘ bo‘lib kirar ekan. Anchadan beri uning
454
kayfiyati bunday yaxshi bo‘lmagan edi. – Ikkinchi maktub ham xuddi
birinchisiga o‘xshab zerikarli bo‘lsa kerak, deb umid qilamiz»:
Maktгb yanada zerikarliroq bo‘lib chiqdi. O‘zi ko‘chirib yozayot-
gan gaplar unga shu qadar bema’ni bo‘lib tuyulardiki, oxirida yigit
uning mazmuni ustida bosh qotirib o‘tirmay, beixtiyor satrma-satr
ko‘chiraverdi.
«Bu gaplar shu qadar tumtaroq ekanki, – derdi u o‘ziga-o‘zi, – hatto
Londondagi diplomatiya professori menga ko‘chirtirgan Myunster
risolasining rasmiy moddalaridan ham o‘tib tusharkan».
Faqat shundan keyingina u daf’atan de Fervak xonimning ma-
hobatli ispan don Diego Bustosga qaytarib berishni unutgan o‘sha
maktublarni esladi. Yigit ularni qidirib topdi: ochig‘ini aytganda,
ular bema’ni va dabdabali gaplarni qalashtirish bobida rus amaldori
yozgan maktublarning xuddi o‘zginasi edi. Hammasi mavhum gaplar.
Go‘yo bu gaplarda hammasini aytish va, shu bilan birga, hech nima
aytmaslikka jazm etilgandek tuyulardi. «Uslubi – Eol arfasi
49
ning o‘zgi-
nasi, – deya xulosa qildi Jyulen. – O‘lim va oxirat haqidagi bu o‘lguday
tumtaroq mulohazalarda men kulgili bo‘lib ko‘rinishdan qo‘rqishdek
ayanchli fikrdan bo‘lak bironta jonli fikr ko‘rmayapman».
Biz hozir qisqagina bayon qilib bergan monolog ikki hafta davomida
muttasil takrorlanib turdi. Bironta diniy kitobning tahliliga o‘xshash
maktubni ko‘chira turib uxlab qolish, ertasiga ma’yus bir qiyofada xat-
ni eltib berish, hech bo‘lmasa Matildaning ko‘ylagini ko‘rish umidida
otni нetaklab otxonaga olib borish, ishlash, agar de Fervak xonim de
lya Mol xonadoniga tashrif buyurmasa, kechqurunlari Operaga ravona
bo‘lish – Jyulenning hayoti ana shunday bir maromda kechmoqda edi.
De Fervak xonim markizaning huzuriga kelgan paytlari bu hayot bir-
muncha qiziqarliroq o‘tardi, ana shunda marshal bevasi shlapa sining
soyaboni ostidan yigitga Matildaning ko‘zlari ko‘rinib turar va bundan
uning suxandonligi qo‘zirdi. Uning jonli, hissiyotga to‘la nutqi bor-
gan sayin ta’sirliroq va, shu bilan birga, samimiyroq bo‘lib borardi.
Jyulen o‘zining barcha nutqlari Matildagi butunlay bema’ni gaplar
bo‘lib tuyulayotganini juda yaxshi tushunardi-yu, lekin qizni bu su-
xandonligidagi nazokat bilan hayratga solishni istardi. «Aytayotgan
gaplarimda munofiqlik qancha bo‘lsa, unga shuncha ko‘proq yoqishim
49
Qadimgi yunon afsonalarida shamol xudosi bo‘lmish Eolning arfasi shamolda
nozik sadolar chiqarib, kishining uyqusini keltirar ekan (tarj.).
455
kerak», deya o‘ylardi Jyulen va nihoyatda dadillik bilan tabiat go‘zal-
liklarini ko‘pirtirib maqtashga tutinardi. Tez orada u marshal bevasiga
chakana odam bo‘lib ko‘rinmaslik uchun, ayniqsa, oddiy va bama’ni
fikrlarni bayon qilishdan qochish lozimligini tushunib qoldi. Yigit shu
yo‘sinda davom etaverdi. Ba’zan u o‘zi yoqishga harakat qilayotgan bu
ikki xonimning ko‘zlaridan uning gaplarini manzur ko‘rishayotgani yoki
loqayd tinglashayotganiga qarab, suxandonligini xiyol qisqartirar edi.
Xullas, endi uning hayoti vaqtini butunlay harakatsiz o‘tkazgan
o‘sha iztirobli kunlarga qaraganda ancha jonliroq kechmoqda edi.
«Xo‘sh, – dedi u o‘ziga-o‘zi bir kuni kechqurun, – mana o‘sha
jirkanch dissertatsiyalardan o‘n beshinchisini ham ko‘chirib yozyap-
man. Oldingi o‘n to‘rttasini marshal bevasining shveytsariga o‘z
qo‘lim bilan topshirdim. Chamasi, xonimning yozuv stoli tortmalarini
shu xatlar bilan to‘ldirib yuborgan bo‘lsam kerak o‘ziyam. U bo‘lsa
menga munosabatini sira ham o‘zgartirgani yo‘q, go‘yo men hech
qachon unga xat yozmagandek! Oxiri nima bo‘larkin, bilmadim. Bu
sarkashligim o‘zimning me’damga urgandek, uning ham joniga teg-
masmikin? Shuni tan olish kerakki, Korazovning richmondlik o‘sha
ofatijon kvaker ayolni sevib qolgan rus do‘sti, chamasi, bir vaqtlar
juda dahshatli odam o‘tgan bo‘lsa kerak. Odam degani ham shunaqa
mijg‘ov bo‘ladimi axir!»
Buyuk sarkarda o‘tqazayotgan manevrlarning nogahon shohidi
bo‘lib qolgan har qanday oddiy odam kabi Jyulen rus yigiti dimog‘dor
ingliz xonimning yuragidan urish uchun qilgan bu hujumida hech
baloni tushunmay qolgan edi. Dastlabki qirq maktubning hammasi
faqat unga noma yo‘llashdek beadabgarchilik uchun uzr so‘rashga
mo‘ljallangan edi. Chamasi, o‘lgudek zerikib yurgan o‘sha jononni o‘z
hayotiga qaraganda, ehtimol, biroz qiziqarliroq bo‘lgan o‘sha mak-
tublarni olib o‘qishga ko‘niktirmoq zarur edi. Bir kuni ertalab Jyulenga
xat keltirib berishdi. U de Fervak xonimning muhrini tanidi-yu, xatni
shosha-pisha ochib o‘qidi, Bir-ikki hafta ilgari butun qalbini hasrat
qoplagan Jyulen sira ham bunday shoshilmagan bo‘lardi. Bu bor-yo‘g‘i
tushki ziyofatga taklifnoma ekan. Yigit knyaz Korazovdan yo‘l-yo‘riq
qidira boshladi. Afsuski, rus yigitning ko‘ngli oddiy va tushunarli qilib
yozish lozim bo‘lgan joyda Dor kabi jimjimador uslubda yozishni tusab
qolgan ekan, Jyulen marshal bevasinikidagi ziyofat chog‘i yuzida qanday
ruhiy holat ifodalash lozimligi to‘g‘risida hech qanday ko‘rsatma topa
olmadi. Marshal bevasining muhtasham mehmonxonasi Tyulridagi
456
Diana galereyasidek hammayog‘iga zarhal qoplangan bo‘lib, devor-
larga naqshinkor romlarga solingan kartinalar osib tashlangan edi.
Ba’zi kartinalarda mo‘yqalamning yangigina izi ko‘rinib turardi. Jyulen
keyinchalik ba’zi syujetlarning bekaga axloqsizroq bo‘lib ko‘ringani va
xonim kartinalarni tuzatib qo‘yishni buyurganini bilib oldi. «Chindan
ham axloq asri deb atasa bo‘ladi buni!» – deya xayolidan o‘tkazdi u.
Bu salondagi mehmonlar orasida yigit maxfiy nota yozishda
ishtirok etgan uch kishini tanidi. Ulardan biri, marshal bevasining
tog‘asi bo‘lmish monsinor yepiskop diniy nazoratda mansabga tayin-
lash ishlarini idora etar va, odamlarning aytishicha, jiyanining bironta
ham gapini ikki qila olmas edi. «Rosa o‘sibman-ku, – dedi o‘ziga-o‘zi
ma’yus jilmayib Jyulen. – Yana bu gaplarning hammasiga naqadar
befarq ekanligimni aytmaysizmi! Buni qarangki, mashhur yepiskop
bilan bir dasturxon tepasida o‘tiribman-a».
Ziyofat o‘rtamiyona bo‘ldi-yu, lekin bu yerdagi suhbatdan kishi-
ning ko‘ngli behuzur bo‘lardi. «Biror bo‘lmag‘ur kitobning mundari-
jasiga o‘xshaydi, – deya o‘ylardi Jyulen. – Inson fikrining barcha buyuk
problemalari haqida bu qadar gerdayib gapirishlariga o‘laymi! Agar
gapirayotgan gaplariga uch daqiqa quloq solib tursang, qay biriga:
bu suxandonning manmanligigami yoki uning o‘taketgan johilligiga
ko‘proq hayratlanishni bilmay qolasan kishi».
Kitobxon, chamasi, akademikning jiyani va bo‘lajak professor
bo‘lmish Tambo ismli bo‘lmag‘ur bir yozuvchini unutib ham yuborgan
bo‘lsa kerak. U de lya Mol saroyi mehmonxonasidagi havoni o‘zining
iflos g‘iybatlari bilan zaharlab yurguvchi edi.
Xuddi ana shu yaramas odam Jyulenda, garchi de Fervak xonim
uning maktublariga javob bermayotgan bo‘lsa-da, bu xatlarda izhor
etilgan tuyg‘ularga xayrixohlik bilan qarasa kerak, degan fikrni
tug‘dirdi, Janob Tamboning ichi qora bo‘lib, u Jyulenning muvaf-
faqiyatlari to‘g‘risida o‘ylaganida hasaddan yorilib o‘lay derdi. Lekin
boshqa jihatdan olganda, eng iste’dodli odam, shu bilan birga, har
qanday ahmoq ham, bir vaqtning o‘zida ikki joyda bo‘la olmagani
kabi, «gar bu Sorel ofatijon de Fervak xonimga o‘ynash bo‘lib olsa, –
o‘ziga-o‘zi bo‘lajak professor, – u holda xonim uni cherkov qoshida
biror yog‘liroq ishga joylab qo‘yadi, men esa, shu zaylda de lya
Mol
saroyida undan qutulib olaman».
Janob abbat Pirar ham Jyulenga uning de Fervak saroyida erishgan
muvaffaqiyatlari xususida bir talay nasihatlar qildi. Bu o‘rinda qat-
457
tiqqo‘l yansenist va taqvodor marshal bevasining eski urf-odatlarni
tiklash, monarxiyani mustahkamlashga da’vo qiladigan iezuitlar
saloni o‘rtasidagi raqobat o‘z kuchini ko‘rsatgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |