Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXVI

Savobli muhabbat

There also was of course in Adeline 

That calm patnician polish in the address.

Which ne’er can pass the equinoctial line

Of any thing which Nature would express:

Just as a Mandarin finds nothing fine,

At least his manner suffers not to guess

That any thing he views can greaty please.



Don Juan, c. XIII, st. 34.

48

«Bu oiladagilarning hammasi qandaydir hovliqib fikr yuriti-



shadi, – deya o‘ylardi marshalning bevasi. – Mana endi ular manovi 

abbatchalariga shaydo bo‘lib yurishibdi. Yigitcha esa ko‘zlarini sizga 

48

 Adelinada beshak takabburlik bor edi



Har bir muomalada kibr-u havo hukmron. 

U g‘urur, kibr-u havo hislarin jilovlardi, 

Tuyg‘ularni erkiga qo‘ymas edi hech qachon, 

Hislarni bo‘sh qo‘ymoqchi – jinoyatday bo‘lardi. 

Xuddi shundoq, nafratli, parvo ham qilmay, boyon 

O‘zidan ketganicha qotib turar purviqor.



  

 

 

 

Bayron. «Don Juan», XIII bob, 34-band.


450

tikib gapingizga quloq solishdan boshqasini bilmaydi. Lekin ko‘zlari 

ancha chiroyli qurmag‘urning».

Jyulen esa, o‘z navbatida, de Fervak xonimning muomalasida 

bekam-ko‘st nazokat va har qanday kuchli his-tuyg‘udan butunlay 

mahrumlik sifatida namoyon bo‘ladigan asilzodalarga xos vazminlik 

namunasini ko‘rardi. Daf’atan qilingan bironta keskin harakat, o‘zini 

tuta bilmaslik xuddi o‘ziga tobe odamlarga yengil muomala qilish kabi 

de Fervak xonimni doim xijolatga solardi. Hissiyotga berilish uning 

nazarida, ma’naviy nosog‘lik kabi bir narsa ediki, bunday xislatdan 

inson uyalmog‘i lozim bo‘lardi, zero bu narsa oliy tabaqaga mansub 

bo‘lgan kishining sha’niga sira ham yarashmas edi! U eng yaxshi 

ko‘radigan narsa qirolning so‘nggi shikori haqida suhbat qurish bo‘lib, 

sevimli kitobi esa, «Sen-Simonning memuarlari» edi. Xonim ayniqsa 

bu kitobning shajara qismini yaxshi ko‘rardi.

Mehmonxonada de Fervak xonimning sevimli joyi bor edi, zero 

u yerning yorug‘i xonimning husnini yanada bo‘rttirib ko‘rsatardi. 

Jyulen buni bilar va shu boisdan ham oldindanoq o‘sha yerga borib, 

o‘rnashib olardi. Lekin u doim stulni Matildaga ko‘rinmaydigan qilib 

o‘tirishga harakat qilardi. Yigitning o‘jarlik bilan undan o‘zini olib 

qochishidan hayratga tushgan qiz shunday ajoyib kechalardan birida 

zangori divanni tark etdi-da, qo‘lida tikayotgan kashtasi bilan mar-

shal bevasi kreslosi oldida turgan mo‘jazgina stol yoniga kelib o‘tirdi. 

Jyulen endi uni yaqindan, de Fervak xonim shlyapasi soyabonining 

shundoqqina tagidan ko‘rib turardi. U o‘z taqdirining hukmdori bo‘lib 

qolgan bu ko‘zlarni kutilmaganda, shunday yaqindan ko‘rib, avvaliga 

qo‘rqib ketdi, keyin esa birdan butun loqaydligi g‘oyib bo‘lib, so‘zlay 

boshladi, so‘zlaganda ham juda yaxshi so‘zladi.

U faqat de Fervak xonimga qarab so‘zlardi-yu, biroq maqsadi 

Matildaning qalbiga ta’sir qilish edi. Yigit shu qadar berilib ketdiki

de Fervak xonim uning nimalar haqida gapirayotganini mutlaqo 

tushunmay qoldi. 

Bu ajoyib muvaffaqiyat edi. Agar Jyulen nutqini nemislarga xos 

mistik, yuksak diniy va iezuitlarcha ruhdagi bir necha ibora bilan 

yakunlashning fahmiga borgani-da edi, de Fervak xonim, chamasi, 

unq darhol asrni tubdan o‘zgartiruvchi buyuk kishilar safiga qo‘shib 

qo‘ygan bo‘dardi.

«Mayli, agar u de Fervak xonim bilan shunday berilib suhbat qu-

rish darajasida befarq ekan, – deya o‘ziga tasalli bermoqchi bo‘lardi 

m-l de lya Mol, – u holda uning gaplariga ortiq quloq solib o‘tirmay-




451

man». U chindan ham kechaning oxirigacha o‘z so‘zida turdi, biroq 

bunga osonlikcha erishmadi. 

Yarim kechada qiz qo‘lida shamdon bilan onasini yotoq bo‘lmasiga 

kuzatib qo‘yar ekan, de lya Mol xonim zinadoyada to‘xtab, Jyulenni 

maq tay boshladi. Bu gapdan Matildaning yanada ko‘proq zardasi 

qaynadi va u tuni bilan uxlayolmay ciqdi. U faqat bir narsadan taskin 

topardi:


«Men nafratlanadigan xislatlar marshal bevasiga fazilat bo‘lib 

ko‘rinadi, albatta. U Jyulenni juda ajoyib yigit deb hisoblayotgan 

bo‘lsa kerak».

Jyulenning o‘ziga kelsak, u harakatsizlik holatidan qutulgan bo‘lib, 

endi o‘zini unchalik baxtsiz his etmasdi, uning ko‘zi tasodifan rus char-

midan ishlangan va knyaz Korazov ellik uch dona ishqiy maktubga 

qo‘shib sovg‘a qilgan karmonga tushib qoldi. Yigit birinchi maktubni 

ochdi-yu, uning oxirida: «Birinchi maktub birinchi uchrashuvdan 

so‘ng oradan bir hafta o‘tgach yuboriladi», degan ilovani o‘qidi.

«Ana xolos, kechikibman-ku! – deya xitob qildi Jyulen, – de Fer-

vak xonim bilan uchrasha boshlaganimga ancha bo‘ldi-ku axir». U 

darhol o‘sha ishqiy maktubni ko‘chirib yoza boshladi, bu ezgulik 

to‘g‘risidagi har xil balandparvoz so‘zlar qalashtirib tashlangan 

va’zgo‘ylikning xuddi o‘zginasi edi, uni o‘qigan odam zerikib o‘lishi 

mumkin edi. Jyulenning omadi bor ekan, u ikkinchi sahifani ko‘chira 

turib, uxlab qoldi.

Bir necha soatdan so‘ng u ko‘ziga tushgan quyosh nuridan 

uyg‘onib ketdi, ma’lum bo‘lishicha, u tuni bilan shunday stol yonida 

o‘tirib chiqibdi. Endi uning uchun hayotdagi eng mashaqqatli narsa 

uyg‘onish daqiqasi bo‘lib qolgan edi, zero yigit ko‘zini ochishi bilanoq 

o‘z baxtsizligini eslardi. Bu tongda esa xatni ko‘chirib tugatar ekan, 

u deyarli jilmayib o‘tirdi. «Nahotki, – derdi u o‘ziga-o‘zi, – dunyoda 

chindan ham shunday gaplarni yozishga qodir bo‘lgan bironta yigit 

topilsa!» Maktub oxirida u qalam bilan yozilgan shunday ilovani o‘qidi:




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish