Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXVIII

Manon Lesko

Nihoyat, u monastir nozirining ahmoqligi va 

eshakdek o‘jarligiga butunlay ishonch hosil qil-

gach, unga juda oddiygina qilib, oqni qora, qorani 

esa oq deya xushomad qila boshladi.

Lixtenberg.

Rus maktublariga berilgan izohlarda o‘zing noma yo‘llaydigan 

xonimga gap qaytarish qat’iyan taqiqlangan edi. Shu bilan birga, doi-

mo sajda qilish darajasida izzat-ehtirom namoyish etish lozim, deya 

tayinlagandi; barcha maktublarga ana shu negiz asos qilib olingan edi.

Bir kuni kechqurun, Operada, de Fervak xonimning lojasida o‘ti-

rar ekan, Jyulen «Manon Lesko» baletini ko‘klarga ko‘tarib maqtay 

boshladi. Bunday maqtovlariga asos bo‘lgan yagona sabab o‘zining 

bu baletni mutlaqo bo‘lmag‘ur deya hisoblashi edi.

Marshal bevasi baletning abbat Prevo romaniga qaraganda ancha 

zaifroq chiqqanini aytdi.

«Shunaqami hali! – deya o‘yladi ajablangan va qiziqib qolgan 

Jyulen. – Shunday taqvodor xonim romanni maqtab o‘tirsa-ya!» De 

Fervak xonim, ming afsuski, ishq vasvasasiga osongina berilib keta-

digan yoshlarni o‘zlarining jirkanch asarlari bilan yo‘ldan ozdiruvchi 

barcha bu qog‘oz bulg‘ovchilarga nisbatan haftada kamida ikki-uch 

marta nafrat izhor qilishni o‘z burchi deb hisoblardi. – Bunday ax-

loqsiz, xavfli asarlar orasida, – deya davom etdi de Fervak xonim, 

aytishlaricha, «Manon Lesko» birinchi o‘rinda turar ekan. Axloq-

siz qizning yanglishuvlari va, shuningdek, adolatli ravishda iztirob 

chekishlari juda ta’sirli va haqqoniy qilib tasvirlangan, deyishadi. 

Lekin, darvoqe, bu hol sizning Bonapartingizga Muqaddas Yelena 

orolida, bu roman malaylarga mo‘ljallab yozilgan, demoq uchun xalal 

bermabdi. Mulzam bo‘lib o‘tirgan Jyulen bu so‘zlarni eshitib darhol 

hushiga keldi. «Meni marshal bevasining ko‘z o‘ngida badnom etmoq-



458

chi bo‘lishibdi, unga mening Napoleonga ixlos qo‘yganimni aytib 

berishibdi. Bu hol uning izzat-nafsiga qattiq tekkanidan xonim buni 

menga shama qilishdan o‘zini tiyolmadi». Bu kashfiyot butun kecha 

davomida yigitning fikr-xayolini band etib, u ancha jonlanib qoldi. Ular 

marshal bevasi bilan Opera vestibyulida xayrlashar ekanlar, xonim 

unga qarab shunday dedi:

– Yodingizda bo‘lsin, taqsir, meni sevgan odam Bonapartga ixlos 

qo‘ymasligi kerak. Uni, nari borsa, taqdirning taqozosi sifatida tan 

olish mumkin. Boz ustiga, o‘sha odamda ruhiy nazokat degan narsa. 

bo‘lgan emas, u san’atning buyuk asarlari qadriga yeta bilmagan.

«Meni sevgan odam! – deya takrorlardi Jyulen. – Bu gap yo hech 

qanday ma’noni anglatmaydi, yo unda juda katta ma’no bor. Biz be-

chora provinsiyaliklar tilning bunday sirlarini tushunmay dunyodan 

o‘tib ketadiganga o‘xshaymiz». So‘ngra marshal bevasiga atalgan 

uzundan-uzoq xatni ko‘chirib yozar ekan, Jyulen tinimsiz de Renal 

xonimni eslab o‘tirdi. 

– Buni qanday tushunmoq kerakki, – dedi unga de Fervak xonim 

ertasi kuni Jyulenga juda g‘ayritabiiy tuyulgan loqayd bir ohangda, –  

siz, yanglishmasam, kecha kechqurun Operadan qaytganingizdan 

so‘ng menga yozgan xatingizda London va Richmond to‘g‘risida ga-

piribsiz? Jyulen qattiq dovdirab qoldi: chamasi, u maktubning maz-

muni haqida bosh qotirib o‘tirmay satrma-satr ko‘chira turib, London 

va Richmond so‘zlari o‘rniga Parij va Sen-Klu deb yozish lozimligiga 

e’tibor bermagan bo‘lsa kerak. Yigit biror gap aytishga urindi-yu, lekin 

jumlasini oxirigicha yetkaza olmadi. Uning qattiq kulgisi qistaganidan 

nafasi siqilmoqda edi. Nihoyat, u: «Inson qalbining aql bovar qilmas 

ideallari haqidagi yuksak mulohazalarga berilib ketganim boisdan 

sizga maktub yoza turib, shundan xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lishim mum-

kin», degan bahonani aytib qutuldi. «Men yaxshi taassurot qoldirdim, 

– deya qaror qildi u, – bugunchalik endi bu diqqinafas makonni tark 

etsam bo‘lar». Shundan so‘ng u de Fervak xonimning saroyidan de-

yarli yugurganicha chiqib ketdi. Kechqurun u kecha ko‘chirib yozgan 

maktubning asl nusxasini oldi-da, rus yigit London va Richmondni 

tilga olgan o‘sha mash’um joyni osongina topdi. Jyulen bu maktubning 

deyarli sevgi izhori ekanini ko‘rib qattiq hayratga tushdi.

Uning gaplaridagi xuddi ana shu zohiriy tabiiylik bilan maktubla-

rining salkam diniy kitoblardagidek teranligi orasidagi farq de Fervak 

xonimni unga e’tibor berishga majbur etgandi. Marshal bevasi ayniqsa 




459

uning uzundan-uzoq jumlalariga maftun bo‘lib qolgan edi. Bu uslub 

anavi axloqsiz Volter rasm qilgan uzuq-yuluq jumlalarga sira ham 

o‘xshamasdi! Garchi qahramonimiz o‘z nutqidan har qanday sog‘lom 

fikr nishoyalarini butunlay siqib chiqarishga qattiq harakat qilayotgan 

bo‘lsa-da, har qalay, gaplarida yengilgina antimonarxizm va shak-

koklik ruhi sezilib turardiki, bu hol De Fervak xonimning e’tiboridan 

chetda qolmadi. G‘oyat xushaxloq bo‘lgan, lekin butun kecha davomida 

bironta ham jonli fikr aytolmaydigan kishilar orasida yashovchi bu 

xonim garchi bundan g‘azablanishni o‘z burchi deb hisoblasa-da, biroz 

yangilikning isi kelib turgan har qanday narsaga juda ta’sirchan edi. 

Ayol bu illatni yengiltak asrning nishonasi deya atardi.

Ammo bunday mehmonxonalarga biror maqsad yo‘lidagina borib 

turish mumkin. Jyulenning mutlaqo shavqsiz bu hayotining butun 

diqqinafasligi, turgan gap, kitobxonga tushunarli bo‘lsa kerak. Bu siz 

bilan bizning sayohatimizda uchragan taqir dashtday bir narsa xolos.

Jyulen de Fervak xonim bilan shunday ovora bo‘lib yurar ekan, m-l 

de lya Mol zo‘r berib uni o‘ylamaslikka harakat qilayotgan edi. Uning di-

lida shiddatli kurash ketardi: ba’zan u mag‘rurlik bilan o‘zini bu ma’yus 

yigitdan nafratlanishiga ishontirmoqchi bo‘lar, biroq Jyulenning gaplari 

uni beixtiyor o‘ziga maftun qilib qo‘yar edi. Uni ayniqsa bu aql bovar 

qilmas riyokorlik hayratga solmoqda edi: yigitning marshal bevasiga 

aytayotgan bu gaplarida bir og‘iz ham haqqoniy so‘z bo‘lmay, hammasi 

yolg‘on yoki, kamida o‘z dunyoqarashini nihoyatda buzib ko‘rsatish 

edi. Matilda esa uning deyarli barcha narsalar to‘g‘risida qanday fikr 

yuritishini juda yaxshi bilardi. Bunday makiavelizm

50

dan u lol qolgan 



edi. «Lekin bu gaplarning bari naqadar chuqur o‘ylangan, – derdi u 

o‘ziga-o‘zi. – Dimog‘i olamni buzadigan, lekin o‘zi hech nimaga arzi-

maydigan anavi yigitlar yoki xuddi shu mavzuda gap sotadigan janob 

Tamboga o‘xshash akani muttahamlarga naqadar o‘xshamaydi u!» 

Lekin shunga qaramay Jyulen dahshatli kunlarni boshidan kechir-

moqda edi. U har kuni marshal bevasining mehmonxonasiga borar 

ekan, o‘zini juda og‘ir majburiy xizmatni o‘tayotgan odamdek his 

etardi. U o‘z rolini bajarish uchun shu qadar ko‘p kuch sarflar ediki, 

ba’zan butunlay sillasi qurib qolardi. Ko‘pincha, u de Fervak saroyining 

ulkan hovlisiga kirib borar ekan, tamoman umidsizlikka tushmaslik 

50

 Makiavelizm – burjua-dvoryanlar jamiyatida o‘z maqsadiga erishmoq 



uchun hech qanday makkorlik, riyokorlik va, hatto, jinoyatdan ham tortinmaslik 

siyosati (tarj.).




460

uchun butun aql-idroki va irodasini safarbar etishga majbur bo‘lardi.

«Seminariyada umidsizlikka tushmagan edim-ku axir, – deya 

uqtirardi u o‘ziga-o‘zi, – bo‘lmasam o‘shanda meni oldinda dahshatli 

kunlar kutmoqda edi. Muvaffaqiyatga erisharmidim yoki yo‘qmi, har 

holda, butun hayotimni borib turgan manfur va razil odamlar orasida 

o‘tkazajagimni bilardim. Mana, keyingi bahorda esa, oradan bor-yo‘g‘i 

o‘n bir oy o‘tgach, men tengdoshlarim orasida, ehtimol, eng baxtli 

odam bo‘lib o‘tiribman».

Biroq bu ajoyib mulohazalarning bari toqat qilib bo‘lmas dara-

jadagi og‘ir voqelik oldida mutlaqo ojiz bo‘lib chiqardi. U har kuni 

nonushta va tushki ovqat payti Matildani ko‘rardi. Janob de lya Mol 

unga yozdiradigan behisob xatlardan Jyulen Matildaning hademay 

janob de Kruaznuaga turmushga chiqajagini bilardi. Bu yoqimtoy 

asilzoda yigit endi de lya Mol saroyiga kuniga ikki martadan kela 

boshlagan bo‘lib, rashk o‘tida qovurilayotgan tashlandiq o‘ynashning 

kunchi nigohi uning har bir qadamini kuzatib borardi. M-l de lya Mol 

o‘z qallig‘iga xiyol iltifot ko‘rsatgandek tuyulsa, Jyulen o‘z xonasiga 

qaytar ekan, to‘pponchalariga mehr bilan qarab qo‘yardi.

«Eh, – deya xitob qilardi u o‘zicha, – ichki kiyimlarimdagi belgilar-

ni qirqib tashlab, Parijdan yuz chaqirimcha naridagi biror kimsasiz 

o‘rmonga borsam-da, bu manfur hayotga chek qo‘ysam, qanday aqlli 

ish qilgan bo‘lardim-a! U yerda meni hech kim tanimaydi, shu boisdan 

ham ikki haftacha mening o‘limimdan hech kim xabar topmaydi, Ikki 

haftadan keyin esa, meni kim ham eslardi deysiz!»

Nimayam derdik, ancha oqilona fikr. Ammo ertasi kuni u tasodifan 

qizning yengi bilan uzun qo‘lqop o‘rtasida ochilib turgan tirsagini 

ko‘rib qolsa bas edi: navqiron faylasufimiz iztirobli xotiralar dengiziga 

g‘arq bo‘lar va shu xotiralarning o‘zi uni yana hayotdan umidvor qilib 

qo‘yar edi. «Xo‘p, yaxshi! – derdi u o‘ziga-o‘zi. – Bardosh berib, bu rus 

siyosatini nihoyasiga yetkazaman. Lekin oxiri nima bo‘larkin?

Marshal bevasi masalasiga kelsak – bu yog‘i ayon: o‘sha ellik uch 

xatning hammasini ko‘chirib tugatganimdan so‘ng, unga boshqa xat 

yozmayman.

Matildaga kelganda esa, kim bilsin: yo dilimni o‘rtagan bu bir 

yarim oylik komediyadan hech qanday natija chiqmaydi, yoki loaqal 

u bilan bir lahzaga bo‘lsa-da yarashib olaman. Yo Rabbim! Bunday 

baxt nasib bo‘larmikin o‘zi?!» Shundan so‘ng u boshqa hech narsani 

o‘ylay olmasdi.



461

Biroq shirin xayollar og‘ushidan qutulib yana mulohaza yurita 

boshlagach, u o‘ziga-o‘zi shunday derdi: «Xo‘sh, buning oqibati nima 

bo‘ladi – bir kungi baxtiyorlig-u keyin esa yana o‘sha kesatiqlar bosh-

lanadi, zero men uning ko‘nglini olishni bilmayman axir! Shundan 

so‘ng mening umid qiladigan joyim qolmaydi, men uchun hammasi 

butkul tamom bo‘ladi. Uning shu tabiati bilan biror narsaga kafolat 

berib bo‘larmidi? Ah, hamma balo o‘zimning hech qanday fazilatim 

yo‘qligida. Nazokat degan narsani bilmayman, suhbatim ham og‘ir, 

zerikarli! Yo Tangrim! Qani endi men boshqa odam bo‘lsam».




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish