Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXXV

Xatar

Ato et menga, yo Tangrim, 

o‘rtamiyonalikni!

Mirabo.

Uning qalbi masrur bo‘lib, yigit Matildaning jo‘shqin erkalanish-

lariga arang javob berardi. U qovog‘ini solganicha indamay o‘tirardi. 

Matildaga u hali hech qachon bu qadar ajoyib ko‘rinmagan va qiz 

hali hech qachon uni bunday sajda qilish darajasida sevmagan edi. 

U Jyulenning haddan tashqari ta’sirchan g‘ururi hamma ishni buzib 

qo‘ymasa go‘rga edi, deya qattiq xavotirda edi.

Qiz abbat Pirarning ularnikiga deyarli har kuni kelib ketayot-

ganini ko‘rgan edi. Ehtimol, Jyulen o‘sha odam orqali otasining ni-

yatlari haqida biror narsa bilib olgandir? Yoki, balkim achchiq ustida 

markizning o‘zi unga xat yozib yuborgandir? Bo‘lmasam shunday 

quvonchli xabardan keyin ham Jyulenning qovog‘ini solib o‘tirishini 

qanday tushunmoq kerak? Bu haqda uning o‘zidan so‘rashga qizning 

yuragi dov bermasdi.



Kimsan Matildaning yuragi dov bermay o‘tirsa-ya!

Shu daqiqadan boshlab uning Jyulenga bo‘lgan muhabbati-

ga bexosdan qandaydir dahshatga o‘xshash bir tuyg‘u suqilib 

kirgandek bo‘ldi. Bu bag‘ritosh qiz o‘z sevgisi orqali butun Parij 

qoyil qoladigan zeb-ziynat ichida

 

tarbiyalangan bir boyvuchcha 



his etishi mumkin bo‘lgan barcha iztiroblarni dilidan kechirib  

bo‘lgandi.

Ertasi kuni azonlab Jyulen abbat Pirarning oldiga yetib bordi. Yi-

gitning ortidan hovliga u qo‘shni pochta bekatida yollagan va pochta 

otlari qo‘shilgan shalaq arava kirib keldi.

– Bunday ekipaj sizga yarashmaydi endi, – deya to‘ng‘illadi unga 

qarab qattiqqo‘l abbat. – Mana sizga yngirma ming frank pul, bu – 

janob de lya Molning sovg‘asi. Bu pulni bir yil ichida sarflab yubor-

mog‘ingiz tavsiya etiladi, lekin iloji boricha, kulgi bo‘lmaslikka harakat 

qilishingiz lozim ekan. (Shunday katta pulni ko‘kka sovurmoq uchun 

yosh yigitning qo‘liga tutqazish, ruhoniyning nazarida, uni gunoh 

yo‘liga boshlash bilan barobar edi.)




495

Markiz yana shunday debdi: janob Jyulen de lya Verney bu pulni 

o‘z otasidan olgan deb hisoblamog‘i lozim ekan. Uning ismini aytmoq-

ning esa hojati yo‘q emish. Janob de lya Verney, ehtimol, yoshligida 

uni parvarish qilib boqqan verrerlik duradgor janob Sorelga biror 

narsa sovg‘a qilishni joiz deb hisoblar...

– Topshiriqning bu qismini men o‘z zimmamga olishim mumkin, 

– deya qo‘shimcha qildi abbat, – men, aloha, janob de lya Molni anavi 

iezuit, abbat Friler bilan murosaga kelishga ko‘ndirdim. Uning ta’siri, 

turgan gap, biznikidan ancha kuchliroq. Shunday qilib, aslida butun 

Bezansonni boshqaradigan bu odam sizning yuksak nasl-nasabingizni 

tan oladi, bu murosa bitimining maxfiy shartlaridan biri bo‘ladi.

Jyulen o‘zini tutib turolmay abbatning bo‘ynidan quchoqlab oldi. 

Yigitga uning nasabini tan olib bo‘lishgandek tuyulardi. 

– Bu nimasi, – dedi abbat Pirar uni o‘zidan chetlashtirar ekan. – 

Kishi shunaqayam hovliqadimi axir!.. Xo‘sh, Sorel va uning o‘g‘illari 

masalasiga qaytaylik. Men ularga o‘z nomimdan yiliga besh yuz 

franklik pensiya taklif qilaman va bu pulni ularga xulq-atvorlaridan 

xursand bo‘lsamgina to‘lab turishimni aytaman.

Jyulen yana sovuqqon va takabbur bir qiyofaga kirdi. U abbatga 

minnatdorchilik bildirdi, lekin endi bu shunchaki mavhum gaplar edi. 

«Axir men chindan ham Napoleon bizning tog‘larga surgun qilgan 

bironta arkoni davlatning o‘g‘li bo‘lib chiqishim mumkin-ku?» Vaqt 

o‘tishi bilan bu gap yigitga borgan sayin ishonarliroq bo‘lib ko‘rinmoq-

da edi... «Mening otamga bo‘lgan nafratim u holda to‘g‘ri shuning isboti 

bo‘lib chiqadi-ku... Demak, men u qadar zolim emas ekanman-da!»

Mazkur monologdan so‘ng oradan bir necha kun o‘tgach, fransuz 

armiyasining eng ajoyib polklaridan biri – o‘n beshinchi gusarlar polki 

Strasburg shahrining paradlar o‘tkaziladigan maydonida jangovar 

tartibda saf tortib turardi. Janob kavaler de lya Verney saf oldida 

o‘ziga olti ming frankka tushgan ajoyib elzas otini o‘ynatib turardi. U 

polkka poruchik unvoni bilan qabul qilingan edi. Holbuki, mabodo 

o‘zi umri bino bo‘lib eshitmagan bironta polkning ro‘yxatiga tirkab 

qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligini hisobga olmaganda, u hech qachon 

va hech qayerda podporuchik bo‘lmagandi.

Uning beparvo ko‘rinishi, deyarli zardali, sovuq nigohi, rangi oqa-

rib, o‘zini doim vazmin tutishi – bularning bari birinchi kundanoq u 

haqida ivir-shivir gaplarga sabab bo‘ldi. Tez orada uning odamlarga 

nihoyatda odob bilan va o‘ta vazmin muomalasi, sira maqtanchoqlik 



496

qilmay to‘pponchadan o‘q uzish va qilichbozlik mashqlaridagi epchil-

ligi askiyabozlarning tilini tiyib qo‘ydi. Polkning jamoat fikri, besh-olti 

kun ikkilanib yurgach, uning foydasiga xulosa chiqardi. «Bu yigitda 

hamma narsa bor, – deyishardi polkdagi keksa hazilkashlar, –  unga 

faqat bir narsa – yoshlik yetishmaydi».

Strasburgdan Jyulen hozir ancha munkillab qolgan verrerlik sobiq 

kyure – janob Shelanga xat yozib yubordi.

«Qarindoshlarimni menga katta boylik in’om etishga undagan 

muhim voqealar haqida xabar topib, xursand bo‘lganingizga imonim 

komil. Ushbu maktubga besh yuz frank ilova qilaman va Sizdan bu 

pulni mening nomimni aytmay, xuddi bir vaqtlar mendek nochorlikda 

yashayotgan yo‘qsillarga bo‘lashib berishingizni so‘rayman. Siz, bir 

vaqtlar menga yordam berganingizdek, hozir ularga ham yordam 

berayotgan bo‘lsangiz kerak, albatta».

Jyulenning shuhratparastligi qo‘zib qolgandi, lekin bu aslo man-

manlik emasdi: biroq bu hol qahramonimizning o‘z tashqi qiyofasiga 

alohida e’tibor berishga xalal bermasdi. Otlari, mundiri, xizmatkorla-

rining egnidagi livreyalarning muntazam bashang bo‘lishi har qanday 

ingliz milordini ham iydirib yuborgan bo‘lardi. Kechagina markizning 

yordami bilan poruchik unvoniga erishgan bu yigit barcha buyuk 

generallardan o‘rnak olib, o‘ttizga yetar-yetmay polk komandiri 

bo‘lib olmoq uchun yigirma uch yoshda poruchiklikdan yuqoriroq 

unvonga erishmoqni mo‘ljallay boshlagan edi. U faqat shon-shuhrat 

va o‘z o‘g‘lini o‘ylardi.

U ana shunday balandparvoz xomxayollar bilan yonib yurar ekan, 

kutilmaganda de lya Mol saroyidan ot yeldirib kelgan chopar-malay 

yigit uni bo‘g‘imiga tushirib qo‘ydi.

«Hammasi barbod bo‘ldi, – deya yozgan edi unga Matilda, – bar-

cha ishlaringizni yig‘ishtirib, iloji boricha tezroq yetib keling. Agar 

boshqa imkoni bo‘lmasa, dezertirlik qiling. Yetib kelgan zahotingiz 

meni fiakrda ... ko‘chasidagi ... uy yonidan boqqa kiriladigan eshik-

cha oldida kuting. Siz bilan gaplashib olgani o‘sha yerga chiqaman

ehtimol, Sizni boqqa olib kirishning imkoni bo‘lar. Hammasi tamom 

bo‘ldi, endi uni qayta tiklab bo‘lmaydimi, deb qo‘rqaman, mendan 

ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, men musibatda ham Sizga sodiq qolaman. 

Sizni sevaman».

Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, polkovnikdan otpuska olgan 

Jyulen Strasburgdan Parij tomon ot qo‘yib bormoqda edi, biroq qal-



497

bini kemirayotgan qattiq xavotir oqibatida Mettsga yaqinlashganda 

o‘z sayohatini otda davom ettirishga uning ortiq qurbi yetmay qoldi. 

U shartta pochta karetasiga o‘tirdi-da, shitob bilan yeldirib ketdi va 

tezda de lya Mol xonadoniga qarashli bog‘ning orqa eshigi oldiga ye-

tib bordi. Eshik darhol ochilib, Matilda odamlarning gap-so‘z qilishi 

mumkinligini pisand qilmay, uning ko‘ksiga otildi. Ularning baxtiga 

vaqt hali juda erta bo‘lib, endigina soat besh bo‘lgandi va ko‘chada 

tirik jon ko‘rinmasdi.

– Hammasi barbod bo‘ldi. Otam mening ko‘z yoshi qilishimdan 

qo‘rqib, payshanbaga o‘tar kechasi qayoqqadir jo‘nab ketdi. Uning 

qayerga jo‘naganini hech kim bilmaydi. Mana uning xati, o‘qing, – 

shunday deya qiz sakrab fiakrga, Jyulenning oldiga chiqdi.

«Men badavlat bo‘lganingiz uchungina Sizni atayin avrab yo‘ldan 

urish niyatidan bo‘lak hamma ishni kechirishim mumkin edi. Mana 

sizga, badbaxt qiz, bor haqiqat. Sizga so‘z berib aytamanki, bu odam 

bilan turmush qurishingizga hech qachon rozi bo‘lmayman. Agar o‘sha 

odam Fransiya tuprog‘ini tark etsa, yanayam yaxshirog‘i, Amerikaga 

jo‘nab ketsa, u o‘n ming livr bilan ta’min etiladi. U haqda ba’zi bir 

ma’lumotlarni yozib yuborishni iltimos qilib yo‘llagan maktubimga 

javoban kelgan manovi xatni o‘qib ko‘ring. Bu surbet de Renal xonimga 

murojaat etishni menga o‘zi taklif qilgan edi. Men endi bu odamni tilga 

olib yozgan bir satr ham maktubingizni o‘qimayman. Parij ham, Siz 

ham juda jonimga tegdingiz. Sodir bo‘lajak voqeani nihoyatda pinhon 

tutmoqlikni maslahat ko‘raman. O‘sha yaramas odamning bahridan 

o‘ting, shunda siz yana otangizga ega bo‘lasiz».

– De Renal xonimning maktubi qani? – deya sovuq ohangda 

so‘radi Jyulen.

– Mana u. Biroz etingni o‘ldirmasdan turib uni senga ko‘rsatmoq-

chi emasdim.

MAKTUB

«Afandim! Diniy aqidalar va axloq qoidalari oldidagi burchim 



meni Sizga nisbatan ushbu og‘ir majburiyatni bajarmoqqa undayapti, 

vijdoniy burchim mendan yaqin odamimga yomonlik qilishni taqozo 

etyaptiki, zero men faqat yanada og‘irroq gunohning oldini olmoq 

maqsadida shunday qilyapman. Dilimdagi anduh burchim oldida 

chekinmog‘i lozim. Bir narsaga shubha yo‘qki, afandim, Siz mendan 

surishtirganingiz va u to‘g‘rida bor haqiqatni bilmoqchi bo‘lganingiz 

o‘sha kimsaning axloqi, yuzaki qaraganda sirli va, hatto, diyonatli 



498

bo‘lib ko‘rinmog‘i mumkin. Sizdan haqiqatning ma’lum bir qismini 

yashirmoqni, hatto, ehtimol, ehtiyotkorlik va diniy e’tiqod yuzasidan 

ba’zi gaplarni boshqacharoq qilib tasvirlamoqni joiz ko‘ryaptilar. Bir-

oq Siz surishtirgan kimsaning axloqi qattiq qoralanmoqqa loyiqdirki, 

men Sizga buni so‘z bilan tasvirlab bera olmasam kerak. Yo‘qsillik va 

ochko‘zlik nihoyatda munofiq bu yigitni baxtsiz va zaifa bir ayolni 

yo‘ldan urishga va shu yo‘l bilan biroz obro‘ orttirib, odam qatoriga 

kirib olishga undadi. Yuragim qanchalik ezilmasin, burchim meni ja-

nob J... din aqidalarini mutlaqo tan olmasligini ham aytmoqqa majbur 

qilyapti. Bijdonan aytganda, men xonadondagi eng e’tiborli ayolni 

yo‘ldan urish uning uchun muvaffaqiyatga erishmoqning bir usuli, 

deya o‘ylamoqqa majburman. O‘zini nihoyatda beg‘araz ko‘rsatib va 

romanlardan o‘qib olgan turli iboralar bilan asl tabiatini niqoblab 

xonadonda hukmron bo‘lish, uy egasini o‘ziga tobe qilish, uning 

boyligiga ega bo‘lish bu yig‘itning yagona maqsadidir. U xonadonga 

baxtsizlik keltiradi va dillarga umrbod afsus-nadomat tuyg‘usini 

soladi va hokazo.

Ko‘z yoshlari tomaverib dog‘-dog‘ bo‘lib ketgan bu uzundan-uzoq 

maktub, shubhasiz, de Renal xonimning qo‘li bilan yozilgan, yozilgan-

da ham juda puxta yozilgan edi. – Janob de lya Molga sira ham ayb 

qo‘ya olmayman, – dedi Jyulen xatni oxirigacha o‘qib bo‘lgach. – U 

to‘g‘ri va oqilona ish qilgan. Qanday ota o‘z sevimli qizini shunday 

odamga berishi mumkin axir! Yaxshi qoling!

Jyulen fiakrdan sakrab tushib, ko‘chaning oxirida kutib turgan 

pochta karetasi tomon yugurib ketdi. U go‘yo butunlay unutib qo‘ygan-

dek tuyulgan Matilda yigitning ortidan yugurdi, biroq uni yaxshi tani-

ydigan va endi do‘konlaridan boshlarini chiqarib hayrat bilan qarab 

turadigan gumashtalarni ko‘rib, orqasiga qaytishga, shosha-pisha 

boqqa kirib yashirinishga majbur bo‘ldi.

Jyulen Verrer tomon yelib ketdi. Bu mashaqqatli yo‘lda u Matildaga 

dilida tugib qo‘ygan xatni yoza olmadi, uning qo‘li nuqul qandaydir 

o‘qib bo‘lmaydigan aji-buji harflarni yozardi.

U Verrerga yakshanba kuni ertalab yetib bordi. Yigit qurolsozning 

do‘koniga kirgan edi, do‘kondor uni kutilmaganda boyib ketgani bilan 

tabriklay boshladi. Bu yangilik butun shaharda katta shov-shuvga 

sabab bo‘libdi. Jyulen do‘kondorga o‘zining to‘pponcha sotib olmoq-

chi ekanini tushuntirgunicha ancha ovora bo‘ldi. Yigitning iltimosiga 

ko‘ra qurolsoz uni o‘qlab ham berdi.



499

Qo‘ng‘iroq uch marta bong urdi, fransuz qishloqlarida ertalabki 

jangir-jungirlardan keyin eshitiladigan bu tanish sado hozir ibodat 

boshlanajagidan dalolat beradi. Jyulen Verrerning yangi cherkovi-

ga kirib bordi. Ibodatxonaning barcha baland-baland derazalariga 

qirmizi darpardalar tutib qo‘yilgandi. Jyulen de Renal xonimning 

kursisi ortida, unga bir necha qadam yetmay to‘xtadi. Yigit xonimning 

sidqidildan ibodat qilayotganini elas-elas ko‘rib turgandek edi. Uni 

nihoyatda sevgan bu ayolni ko‘rgach, Jyulenning qo‘li qaltiray bosh-

ladi, shu turishda u o‘z niyatini amalga oshirishga ojizlik qilardi, «O‘q 

uza olmayman, – derdi u o‘ziga-o‘zi, – bu ish qo‘limdan kelmaydi».

Shu payt ibodat mahali xizmat qiladigan bola ilohiy tuhfalarni 

olib chiqishayotganidan darak berib qo‘ngiroq chaldi. De Renal xonim 

boshini quyi solgan edi, boshi yelkasiga tashlangan ro‘molining, gajim-

lari ortidan deyarli ko‘rinmsy qoldi. Endi Jyulen bu ayolning o‘sha o‘zi 

sevgan xonim ekanligini aniq his etmay qo‘ygandi. U tepkini bosgan 

edi, o‘qi xato ketdi, u yana o‘q uzdi – xonim yiqilib tushdi.


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish