Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXXIII

Tushkunlik

Bu olmosga ishlov bera turib, no‘noq sangta-

rosh uning eng serjilo qirralarini yo‘nib tashlabdi. 

Asrning o‘rtalarida – men nimalar deyapman 

o‘zi – hali Rishelye zamonidayoq fransuz o‘z 

orzu-istagi uchun qattiq kurashardi.



Mirabo.

Jyulen xonaga kirib borganida markiz nihoyatda darg‘azab edi 

chamasi, bu akobir umri bino bo‘lib, birinchi marta shunday odob-

siz gaplarni tilga olayotgan bo‘lsa kerak. U Jyulenni chapanichasiga 

so‘ka boshladi. Qahramonimiz hayratga tushib, ko‘ngli ranjidi-yu, 

biroq uning markizga bo‘lgan minnatdorlik tuyg‘usiga putur yet-

madi. «Anchadan buyon qanchadan-qancha orzu-umidlar, ajoyib 

rejalarni ko‘ngliga tugib yursa-yu, keyin bu badbaxt odam bular-

ning bari bir zumda ko‘kka sovurilganini ko‘rsa! Lekin men unga 

biror narsa deb javob qilishim kerak, agar indamay turaversam, u 

battar g‘azabga minadi». Shu payt Tartyufning bir gapi uning esiga  

tushdi.


– Men farishta emasman... Sizga sidqidildan xizmat qildim va 

siz meni saxiylik bilan taqdirlab yurdingiz... Sizga bo‘lgan minnat-

dorchiligimning cheki yo‘q, lekin o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, men endigina 

yigirma ikkiga kirdim... Bu xonadonda meni yolg‘iz siz-u o‘sha dilbar 

qiz tushunardingizlar...



482

– Gazanda! – deya qichqirdi markiz. – Dilbar, dilbar! Uning dil-

barligi miyangizga kelgan kuniyoq bu yerdan qochishingiz kerak edi!

– Men qochmoqchi ham bo‘ldim: o‘shanda Langedokka jo‘namoq 

uchun sizdan ijozat so‘ragan edim.

Markiz g‘azabiga chidayolmay xonada u yoqdan-bu yoqqa yu-

gurardi. Nihoyat, u yuguraverganidan sillasi qurib, qayg‘udan qaddi 

bukilib, kresloga yiqildi. Jyulen uning o‘zicha: «Aslida sira ham yomon 

yigit emas o‘zi...» deya ming‘illaganini eshitib qoldi.

– Yo‘q, men hech qachon sizga nisbatan yomonlik tilagan emas-

man! – deya xitob qildi Jyulen markizning oldida tiz cho‘kar ekan. 

Biroq shu zahoti o‘zining bu harakatidan qattiq izza bo‘lib, darhol 

o‘rnidan turdi:

Markiz es-hushini yo‘qotib qo‘ygandek edi. Jyulen tiz cho‘kkani-

ni ko‘rib, u yana yigitni izvoshchilardek boloxonador qilib so‘ka 

boshladi. Ehtimol, bu so‘kishlar o‘zining qandaydir yangiligi bilan 

uning diqqatini chalg‘itgandir. «Ne ko‘rgilik axir! Mening qizim 

«Sorel xonim» deb ataladimi endi? Bu qanaqasi! Qizim gersoginya 

bo‘lmaydimi hali?» Har gal ana shu ikki fikr uning miyasiga ravshan 

kelganida uning ichi go‘yo ag‘dar-to‘ntar bo‘lardi-da, darhol es-

hushi ni yo‘qotib qo‘yardi. Jyulen, hali u meni do‘pposlab qolmasa 

edi, deya cho‘chib qolgandi.

Hushi joyiga kelib, markiz boshiga tushgan bu kulfatga ko‘nika 

boshlagandek tuyulgan paytlarda u Jyulenga ancha asosli ta’nalar 

qilardi.

– Jo‘nab ketish kerak edi, taqsir... – derdi u yigitga. – Bu yerdan 

jo‘nab ketish sizning burchingiz edi... Siz g‘irt ablahlik qilibsiz...

Shu payt Jyulen stol yoniga keldi-da, qog‘ozga quyidagi so‘zlarni 

yozdi: «Hayot allaqachon toqat qilib bo‘lmas darajada jonimga tekkan 

edi, men unga chek qo‘yayapman. Janob markizdan mening cheksiz 

miinatdorchiligimni qabul etishlarini so‘rayman va, shu bilan birga, 

o‘limim u kishining xonadoniga keltiradigan bezovtalik uchun meni 

afv etishlarini iltimos qilaman».

– Janob markiz mana shu qog‘ozni o‘qib chiqsalar. Meni o‘ldiring, – 

dedi Jyulen, – yoki bu ishni kamerdineringizga buyuring, Hozir kechasi 

soat bir bo‘ldi, men bog‘ning narigi chekkasida devor oldida yuraman.

– Yo‘qoling ko‘zimdan! Jin ursin! – deya qichqirdi uning ortidan 

markiz.


«Tushunaman, – deya o‘yladi Jyulen, – agar men uning malayini 

jallodlik vazifasidan xalos etsam, u sira ham qarshilik qilmagan 




483

bo‘lardi... Yo‘q, o‘ldiradigan bo‘lsa o‘ldira qolsin, marhamat, buni unga 

o‘zim taklif qilyapman... Lekin o‘zim-chi, jin ursin, o‘zim hayotni yaxshi 

ko‘raman-ku axir... Men o‘g‘lim uchun yashamog‘im kerak».

Bog‘da o‘ziga qutqu solayotgan xatarni qattiq his etganicha bir 

necha daqiqa aylanib yurganidan so‘ng xayolida birinchi marta 

shunday aniq paydo bo‘lgan bu fikr tezda uning butun vujudini 

qamrab oldi.

O‘zi uchun yangi bo‘lgan bu tashvish uni juda ehtiyotkor qilib 

qo‘ydi. «Bu tiyiqsiz odam bilan qanday muomala qilish haqida 

bironta kishi bilan maslahatlashmoq kerak... U hozir aqldan ozib 

yuribdi, qo‘lidan har bir ish keladi, Fuke juda yiroqda, innaykeyin 

markizdek bir odamning ko‘nglidan nelar kechayotganini u qayoq-

dan ham bilsin.

Graf Altamira... Lekin u umrining oxirigacha buni sir saqlab yura-

di, deb kim kafolat bera oladi? Shunday qilish kerakki, biror odam 

bilan maslahatlashib ko‘rishga urinishim bironta yomon oqibatga 

olib kelmasin va busiz ham yomon ahvolimni battar chatoqlashtirib 

qo‘ymasin. Afsus! Chamasi, badqovoq abbat Pirardan bo‘lak masla-

hatlashadigan odamim yo‘qqa o‘xshaydi... Biroq u hamma yansenistlar 

kabi tor fikr yuritadi... Kiborlar jamiyatini biladigan bironta muttaham 

iezuitning menga ko‘proq foydasi tekkan bo‘lardi... Abbat Pirarga kel-

sak, o‘z jinoyatim haqida so‘z ochishim bilanoq meni do‘pposlashdan 

ham qaytmaydi u».

Jyulenni yana Tartyufning arvohi qo‘lladi. «Mana bu yaxshi fikr. 

Uning oldiga borib, gunohlarimga tavba qilaman». Bog‘da ikki soat 

sayr qilib yurgach, u ana shunday qaror qildi. U endi hozir o‘q yeb 

yiqilishi mumkinligi haqida o‘ylamay qo‘ygandi. Uni qattiq uyqu 

bosmoqda edi.

Ertasi kuni azonlab Jyulen Parijdan chiqib, ancha yo‘l yurdi-da, 

qattiqqo‘l yansenistning uyiga yetib bordi. Yigit gunohlariga iqror 

bo‘lib aytgan barcha gaplar abbat uchun u qadar yangilik bo‘lmaganini 

ko‘rib qattiq hayratga tushdi.

«Chamasi, bu o‘rinda men o‘zimni ayblamog‘im kerak», derdi 

o‘ziga-o‘zi abbat. Shu tobda uning g‘azablanishdan ko‘ra ko‘proq 

tashvishga tushib qolgani yaqqol sezilib turardi.

– O‘zim ham deyarli sezgan edim bu ishqiy mojaroni. Lekin sizga 

bo‘lgan mehrim tufayli, badbaxt yigit, bu gapni otasiga shama qilish-

dan o‘zimni tiygan edim...



484

– Ammo, sizningcha, nima qilarkin u? – dedi betoqat bo‘lib Jyulen.

Shu daqiqada yigit dilida abbatga mehri tovlanib turar va shu 

boisdan ham manovi ko‘ngilsiz gaplar uning uchun juda og‘ir bot-

moqda edi.

– Nazarimda, uning uchta imkoniyati bor, – deya davom etdi u. 

– Birinchidan, janob de lya Mol meni o‘ldirishi mumkin, – shundan 

so‘ng u abbatga go‘yo o‘zini-o‘zi o‘ldirgan odam sifatida izohnoma 

yozib, markizga tashlab kelganini aytib berdi. – Ikkinchidan, markiz 

bu ishni graf Norberga topshirishi mumkin. Shunda graf meni duelga 

chaqiradi.

– Xo‘sh, siz uning bu chaqiruvini qabul qilasizmi? – g‘azab bilan 

o‘rnidan sapchib turar ekan, so‘radi abbat.

– Siz gapimni oxiriga yetkazishimga qo‘ymayapsiz. Turgan gap, 

men hech qachon o‘z valine’matimning o‘g‘liga qarata o‘q uzmagan 

bo‘lardim.

Uchinchidan, u meni bu yerdan biror yoqqa jo‘natib yuborishi 

mumkin. Agar u menga Edinburg yoki Nyu-Yorkka jo‘nang desa, 

buyrug‘ini bajaraman. Shunda mademuazel de lya Molning homila-

dorligini yashirishlari mumkin, lekin men o‘g‘limni o‘ldirib yuborish-

lariga sira ham yo‘l qo‘ymayman. 

– Imoningiz komil bo‘lsin, bu axloqsiz odamning miyasiga keladi-

gan birinchi fikr ana shu bo‘ladi...

Bu orada Matilda, Parijda xavotir olaverib, aqldan ozay degandi. 

U otasi bilan ertalab yettilarda ko‘rishgan edi. Markiz unga Jyulen-

ning izohnomasini ko‘rsatdi. Shundan beri u o‘zini qayerga qo‘yarini 

bilmas, Jyulen bu ahvolda o‘zimni o‘zim o‘ldirishim eng olijanob ish 

bo‘ladi, deya ahd qilmadimikin, degan dahshatli fikrdan azob chekar 

edi. «Hatto mendan bir og‘iz maslahat ham so‘ramadi-ya», derdi u 

o‘ziga qayg‘u-alam bilan.

– Agar u o‘lgan bo‘lsa, men ham bu dunyoda yashamayman, 

– derdi u otasiga. – Uning o‘limiga siz aybdor bo‘lasiz... Ehtimol, 

bundan boshingiz osmonga yetar... Lekin uning xotirasi haqqi ont 

ichamanki, men, birinchidan, motam kiyimini kiyaman va ham-

maga o‘zimni Sorelning bevasi, deb e’lon qilaman. Keyin shunday 

imzo chekib, uning dafn marosimiga taklifnoma tarqataman, shuni 

bilib qo‘ying... Men qo‘rqoqlik ham qilmayman, yashirinib ham  

o‘tirmayman.

Qizning sevgisi telbalik darajasiga yetib bormoqda edi. Endi 

markizning o‘zi shoshib qoldi.




485

U sodir bo‘lgan voqeaga birmuncha oqilona qaray boshlagan 

edi. Matilda nonushta qilgani tushmadi. Markiz buni ko‘rib, ancha 

yengil tortdi, eng muhimi esa qizi, ma’lum bo‘lishicha, bu gaplar 

haqida onasiga «churq» etib og‘iz ochmaganidan uning ko‘ngli 

ko‘tarilgan edi.

Jyulen otdan tushgan zahoti Matilda unga odam yubordi 

va yigit uning oldiga chiqishi bilanoq deyarli oqsochining ko‘z 

o‘ngida uning bo‘ynidan quchib oldi. Jyulen bu jo‘shqinligi uchun 

qizdan uncha minnatdor bo‘lmadi, abbat Pirar bilan uzoq masla-

hatlashib o‘tirganidan so‘ng u juda ehtiyotkor bo‘lib qolgan va har 

xil imkoniyatlarni birma-bir sanab, chamalab ko‘rish natijasida 

sovuqqonlik bilan ish yuritishga ahd qilgan edi. Matilda ko‘zlariga 

yosh olib, yigitga uning o‘zini o‘zi o‘ldirishi haqidagi o‘sha xatini  

ko‘rganini aytdi.

– Otam hali fikridan qaytib qolishi mumkin. Mendan marha-

matingizni ayamay, darhol Villekega jo‘nang, biznikilar stol yonidan 

turmaslaridan avval otga mining-da, jo‘nab keting. – Jyulenning jo-

yidan qo‘zg‘almay unga hayratlanib, sovuq qarab turganini ko‘rgach, 

qiz yig‘lab yubordi.

– Ishlarimizni yuritishni menga qo‘yib ber! – deya xitob qildi u 

yigitning ko‘ksiga tashlanib, uni mahkam quchoqlar ekan. – Faqat 

noilojlik yuzasidangina sendan vaqtincha ayrilayotganimni juda yax-

shi bilasan-ku axir. Mening oqsochim nomiga xat yoz, faqat manzili 

begona qo‘l bilan yozilgan bo‘lsin, men esa senga jild-jild qilib yozib 

turaman. Xayr, jonginam! Qocha qol tezroq!

Qizning oxirgi so‘zi Jyulenga og‘ir botgan bo‘lsa-da, lekin u har 

qalay itoat etishni lozim topdi. «Doim shunday bo‘ladiki, – deya xa-

yolidan o‘tkazdi u, – bu odamlar hatto eng yaxshi daqiqalarida ham 

biror gaplari bilan mening nafsoniyatimga tegadilar».

Matilda otasining barcha oqilona rejalarini qat’iyan rad etdi. U qu-

yidagi shartlar bajarilmasa, hech qanday bitimga kelishni istamasdi: 

u albatta Sorel xonim bo‘ladi va eri bilan Shveytsariyada kamtarona 

hayot kechiradi yoki u bilan otasinikida Parijda qoladi. U bolani 

yashirincha tug‘ish haqida hatto eshitishni ham istamasdi. – U holda 

har xil fisq-fujur gaplar boshlanadi, keyin isnoddan qutulib bo‘lmaydi. 

To‘ydan so‘ng ikki oy o‘tgach, erim bilan sayohatga jo‘naymnz, ana 

shunda barchaga mening o‘g‘limni o‘z vaqt-soatida tug‘ilgandek qilib 

ko‘rsatishdan osoni bo‘lmaydi.



486

Qizning bu o‘jarligidan markiz avvaliga qattiq g‘azablandi, keyin 

esa, nihoyat, ikkilanib qoldi. Bir kuni u xiyol jahlidan tushdi.

– Ma, manovini ol, – dedi u qiziga, – bu o‘n ming renta sovg‘a 

qilayotganim haqidagi hadyanoma, uni o‘sha Jyuleningga jo‘natib 

yubor, unga aytib qo‘y, agar fikrimdan qaytgudek bo‘lsam, bu hadyano-

mani qaytarib ololmasligim uchun tezroq biror chora ko‘rib qo‘ysin.

Matildaning buyruq berishni yaxshi ko‘rishini bilgan Jyulen nima 

maqsadda ketayotganini o‘zi ham bilmay, faqat unga yon berish 

uchungina yuz chaqirimcha yo‘l bosib, Villekega bordi-da, u yerdagi 

fermerlarning hisob-kitob daftarlarini tekshirib ko‘rdi; markizning 

xayr-saxovati unga qaytish uchun bahona bo‘ldi. Yigit bu paytga 

kelib Matildaning eng sodiq ittifoqdoshi bo‘lib qolgan abbat Pirar-

ning huzuriga boshpana izlab bordi. Markiz har gal maslahat so‘rab 

abbatga murojaat qilganida, u qonuniy nikohdan bo‘lak har qanday 

o‘zga yo‘l yaratgan Parvardigor oldida gunoh ekanligini isbotlashga 

harakat qilardi.

– Baxtimizga, – deya qo‘shimcha qilardi abbat, – hayotiy tajriba 

ham bu o‘rinda din tomonidadir. Mademuazel de lya Mol ana shu 

tiyiqsiz tabiati bilan o‘zi yashirishni istamaydigan narsani sir saqlab 

yurishiga imoningiz komilmi? Agar siz to‘yning taomilga binoan 

ochiqdan-ochiq o‘tkazilishiga rozi bo‘lmasangiz, jamiyatda bu sirli 

tengsiz nikohni ancha ko‘proq g‘iybat qilib yurishadi. Hammasini 

birvarakayiga e’lon qilish kerakki, toki chindan ham hech qanday 

shubha tug‘ilmasin va hech qanday sirga o‘rin qolmasin.

– To‘g‘ri aytasiz, – deya xayolga cho‘mib uning fikriga qo‘shildi 

markiz. – Bizning zamonamizda bu to‘y haqidagi mishmishlar uch 

kundan keyinoq ahmoq va arzimas odamlar shug‘ullanadigan bema’ni 

bir g‘iybatdek tuyula boshlaydi. Biz hukumatning yakobinchilarga 

qarshi qaratilgan biror yirik tadbir qo‘llashidan foydalanib, uning 

ortidan sezdirmay to‘yni ham o‘tkazib yubormog‘imiz lozim bo‘ladi.

Janob de lya Molning do‘stlaridan ikki-uchtasi ham abbat Pirar-

ning fikriga qo‘shilishmoqda edi. Ular ham, Matildaning qat’iy xarak-

teri bironta boshqa chora qo‘llashga yo‘l qo‘ymaydi, deb hisoblashardi. 

Ana shu ajoyib mulohazalardan keyin ham markiz dilida, qizini ger-

soginya qilish haqidagi orzusidan butunlay voz kechish lozim,

 

degan 


fikrga sira ko‘nika olmas edi. 

Uning xotirasi, uning xayoloti

;

 o‘zining yoshligida amalga  oshirishi 



mumkin bo‘lgan turli-tuman sarguzasht va ustomonliklarni jonlan-


487

tirardi. Zaruratga bo‘ysunish, qonundan cho‘chish markizga o‘zidek 

nufuzli bir odam uchun bema’ni va sha’niga to‘g‘ri kelmaydigan nar-

sadek tuyulardi. So‘nggi o‘n yil ichida u qizining kelajagi to‘g‘risida 

ajoyib orzu-umidlarga berilib yurgani uchun endi qattiq jazosini 

tortmoqda edi.

«Axir kim o‘ylabdi shunday bo‘ladi deb?! – xayolan xitob qilardi 

u. – Shunday mag‘rur, shunday aqlli qiz-a! Axir u o‘z nasl-nasabi bilan 

mendan ham ko‘proq faxrlanar edi-ku! Hali u yosh qizaloqlik payti-

dayoq Fransiyaning eng oldi odamlari uni kelinlikka so‘rashgan edi. 

Ha, shunday bema’ni ish qilmoqlik uchun har qanday aql-idrokni 

unutish kerak! Zamonaning o‘zi shunaqa: hamma narsa ayqash-uy-

qash bo‘lib ketdi. Kelajakda bizni butunlay tartibsizlik kutmoqda».


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish