XXX
Opera Buffdagi loja
...As the blackest sky
Foretells the heaviest tempest.
Don Juan, c. 1, st. 75.
51
Jyuley qizning bu jo‘shqin xatti-harakatlaridan quvonishdan
ham ko‘ra ko‘proq hayratga tushgan edi. Matildaning haqoratli qich-
qiriqlaridan u rus siyosatining to‘g‘riligiga ishonch hosil qildi. «Iloji
boricha kamroq gapirib, iloji boricha kamroq harakat qilmoq kerak
– men uchun yagona najot yo‘li ana shu».
U Matildani ko‘tardi-da, bir og‘iz ham so‘z aytmay, uni yana di-
vanga o‘tqazib qo‘ydi. Qiz asta-sekin hushiga kelmoqda edi, uning
ko‘zlaridan duv-duv yosh oqardi.
Biror yo‘l bilan o‘zini bosishga harakat qilib u de Fervak xonimning
maktublarini qo‘liga oldi-da, ularni birin-ketin ocha boshladi va mar-
shal bevasining xatini tanib bir seskanib tushdi. Qiz yozib to‘ldirilgan
bu pochta qog‘ozlarini o‘qimay varaqlardi – har bir maktub taxminan
olti sahifadan iborat edi.
– Menga hech bo‘lmaganda bir narsani ayting, – dedi nihoyat
Matilda iltijoli ovoz bilan, lekin hamon Jyulenning yuziga qarashga
botinmay. – Siz mening g‘ururimni yaxshi bilasiz: meni erkalatib
yuborishgan – baxtsizligimning boisi ham mana shunda, mayli bu
fe’limning badbaxtligi ham bo‘la qolsin, buni tan olaman. Demak,
endi siz de Fervak xonimni sevar ekansiz-da, u sizni mendan tortib
oldimi... Lekin axir u sizni deb bu mash’um muhabbat tufayli men
qilgan qurbonliklarni qilgani yo‘q-ku!
Jyulen javoban qovog‘ini solganicha indamay turaverdi. «Or-no-
musli yigit sha’niga munosib bo‘lmagan bunday beadablikni mendan
talab qilishga nima haqqi bor uning?» – dey o‘ylardi u.
Matilda qo‘lidagi maktubni o‘qishga urinib ko‘rdi, biroq ko‘zlari
jiqqa yoshga to‘lgani boisidan hech nimani o‘qiy olmadi.
Butun bir oy davomida u o‘zini nihoyatda baxtsiz his etib yurgan
51
Xuddi shundoq osmon qora tun bo‘gan chog‘i
Bo‘rondan berar xabar, bir bo‘ronki qahrvor.
Bayron. «Don Juan». I bob, 75-band.
466
edi, ammo mag‘rur qalb sohibasi bo‘lmish bu qiz dilidagi tuyg‘ularni
tan olgisi kelmasdi. Tasodif uni shu ko‘yga solib qo‘ydi. Rashk va
muhabbat qizning a’zoyi badanini o‘rtab, uning g‘ururini bir lahzada
zabun etdi. U divanda, yigitning shundoq yonginasida o‘tirgan edi.
Jyulen uning sochlari, sutga chayqab olgandek oppoq bo‘ynini ko‘rib
turardi; shunda u birdan, o‘ziga-o‘zi uqtirib kelgan barcha gaplarni
unutdi-qo‘ydi: u asta qizning belidan quchib, uni ko‘ksiga tortdi.
Matilda sekin boshini o‘girib, unga qaragan edi, yigit uning ko‘zla-
rida cheksiz qayg‘u ifodasini ko‘rib, qattiq hayratga tushdi, bu qizning
odatdagi ko‘z qarashiga mutlaqo o‘xshamasdi!
Jyulen hozir sabr-toqati tugashini his etdi: o‘ziga o‘tkazayotg‘an
dahshatli zulmga chidashga uning ortiq toqati qolmagan edi.
«Bir, lahza o‘tmay bu ko‘zlarda sovuq nafratdan bo‘lak hech
nima qolmaydi, – dedi u o‘ziga-o‘zi. – Men bu baxt tuyg‘usiga erk
bermasligim, uni sevishimni sezdirib qo‘ymasligim kerak». Qiz esa
bu orada arang ovozi chiqib, ravon gapirishga behuda urinarkan, en-
tika-entika o‘zining manfur g‘ururi tufayli qilgan barcha qiliqlaridan
naqadar pushaymon ekanini so‘zlardi.
– Mennig ham o‘zimga yarasha g‘ururim bor, – dedi o‘zini zo‘rlab
Jyulen, yuzida cheksiz horg‘inlik ifodasi aks etar ekan.
Matilda yalt etib unga qaradi. Jyulenning tovushini eshitish – uning
uchun shunday bir baxt ediki, qiz bu baxtdan allaqachon umidini uzib
qo‘ygan edi. U endi o‘z g‘ururiga qanchalar la’nat o‘qiyotganini, yigitni
naqadar sevishi va o‘zidan naqadar nafratlanishini unga isbotlab
bermoq uchun biror favqulodda, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan ish
qilishni qanchalar istayotganini bilsangiz edi.
– Va, o‘ylaymanki, faqat ana shu g‘ururim tufayligina siz meni bir
lahza o‘z e’tiboringizga munosib ko‘ryapsiz, – deya davom etdi Jyulen.
– Turgan gap, faqat ana shu erkaklarga xos sabot va matonatimgina
sizni xiyol bo‘lsa-da meni hurmat qilishga majbur etyapti. Men de
Fervak xonimni sevishim mumkin...
Matilda seskanib tushdi, uning ko‘zlarida g‘alati bir ifoda uchqun-
landi. Mana hozir, u o‘z hukmini eshitadi. Jyulen bu ifodani payqab
qoldi, u bardoshi tugab borayotganini his etmoqda edi.
«Yo Rabbim, – deya o‘ylardi u o‘z og‘zidan chiqayotgan ma’nisiz
so‘zlarga, xuddi bir begona shovqinni eshitayotgandek, quloq solar
ekan, – Qani endi bu oppoq oqargan yonoqlarga lablarimni bossam-u,
lekin sen buni o‘zing sezmasang!»
467
– Men de Fervak xonimni sevishim mumkin, – deya davom etdi u
tovushi borgan sayin zaiflashib borar ekan, – lekin uning ham menga
qiziqishiga hech qanday arzigulik dalil-isbotim yo‘q...
Matilda uning yuziga tikildi, yigit bu nigohga dosh berdi, har qa-
lay u, qiz yuzimdan hech nimani payqay olmadi, deya umid qilardi.
Shu tobda u o‘zini butun vujudi, qalbining qa’riga qadar muhabbatga
to‘lib-toshgandek his etardi. U hali hech qachon Matildani bu qadar
saj da qilish darajasida sevmagandi: hozir uning o‘zi ham deyarli
Matilda kabi telba edi. Agar qiz farosat bilan ish tutmoq uchun
xiyol sovuqqon va matonatliroq bo‘lganida edi, Jyulen bu bema’ni
komediyadan voz kechib, uning oyog‘iga yiqilgan bo‘lardi. Biroq u
so‘nggi kuchini yig‘ib, gapirishda davom etdi. «Ah, Korazov, – deya
xitob qilardi u xayolan, – qayoqlarda yuribsiz axir! Buyog‘iga nima
qilishni bilib olmoq uchun bir og‘iz maslahatingizga naqadar muhtoj
ekanligimni bilsangiz edi!» Tili esa bu paytda so‘zlashda davom etardi:
– Dilimda hech qanday muhabbat bo‘lmagan taqdirda ham de
Fervak xonimga mehr qo‘ymoq uchun minnatdorchilik tuyg‘usining
o‘ziyoq kifoya qilgan bo‘lardi: boshqalar mendan nafratlanishgan
paytda u menga iltifot ko‘rsatdi, dilimga tasalli berdi, Men o‘lim
uchun faxrli deb hisoblaydigan va imonim komilki, umri juda qisqa
bo‘ladigan ba’zi tuyg‘ularning namoyish etilishiga uncha ishonmaslik
uchun to‘la asosim bor.
– Yo Xudoyim! – deya xitob qildi Matilda.
– Yo‘q, rostini ayting-chi, siz menga qanday kafolat berishingiz
mumkin? – deya so‘radi Jyulen qat’iy ohangda birdan diplomatlarga
xos butun vazminligini yig‘ishtirib qo‘yib. – Hozir siz menga qaytadan
namoyish qilmoqchi bo‘layotgan moyilligingiz, ikki kundan ortiq
davom etishiga kim, qaysi payg‘ambar kafil bo‘la oladi axir?
– Sizga bo‘lgan cheksiz muhabbatim va agar meni ortiq sevma-
sangiz, yuragimdagi cheksiz qayg‘u-alam kafil bo‘ladi, – deya javob
qildi qiz shartta yigitning qo‘lidan ushlab, u tomon o‘girilar ekan.
Bu keskin harakatdan qizning pelerinasi biroz ochilib, Jyulen
uning ajoyib yelkasini ko‘rdi, Matildaning xiyol to‘zigan sochlari esa
uni shirin xotiralar og‘ushiga tortdi.
U bir ko‘ngli taslim bo‘lishga ham tayyor edi. «Ehtiyotsizlik bilan
bir og‘iz so‘z aytaman-u, – deya o‘yladi u, – keyin men uchun yana
o‘sha hasratli kunlar boshlanadi. De Renal xonim qalb amri bilan biror
ish qilganida o‘zini oqlash uchun oqilona sabablar topardi. Manovi
468
asilzoda qiz esa shunday qilish lozimligini aql-idrok bilan isbotlab
olganidan keyingina yuragiga erk beradi».
Bu haqiqat uning miyasiga bir lip etib keldi-yu, shu zahoti u o‘zini
yana tutib oldi.
U Matilda kaftlari orasida mahkam qisib turgan qo‘lini asta tortib
oldi-da, atayin bir hurmat bilan undan sal nariroq surilib o‘tirdi. Bu-
ning uchun u inson zoti qodir bo‘lgan barcha kuchi, barcha sabot-ma-
tonatini safarbar etishiga to‘g‘ri keldi. So‘ngra u de Fervak xonimning
divan ustida sochilib yotgan maktublarini bir dasta qilib yig‘di-da, shu
daqiqada juda shafqatsiz tuyulgan o‘ta nazokat bilan qo‘shimcha qildi:
– Umid qilamanki, mademuazel de lya Mol bu gaplarni o‘ylab
ko‘rishimga ruxsat bersalar kerak. – Shunday deya u tez-tez yurib
kutubxonadan chiqib ketdi, qiz Jyulen uzoqlashgan sayin ortidan
birin-ketin yopilayotgan eshiklarning sharaqlashini anchagacha
eshitib turdi.
«Hatto ta’sirlanmadi ham, voy zolim-ey, – deya xayolidan o‘tkazdi
u. – Ah, nimalar deyapman o‘zi – zolim emish-a! U dono, ehtiyotkor, u
yaxshi, hammasiga o‘zim aybdorman, bundan ham ortiq ayb bo‘ladimi
axir».
U kuni bo‘yi shu kayfiyatda yurdi. Matilda o‘zini deyarli baxtiyor
his etardi, zero uning butun vujudini muhabbat qamrab olgandi:
shu asnoda bu qalb hech qachon g‘urur iztiroblarini his etmagandek
tuyulardi!
Kechqurun mehmonxonada malay de Fervak xonimning kelganini
xabar qilganida qiz dahshatdan seskanib tushdi: bu odamning ovozi
unga juda mash’um eshitildi. Hozir u marshal bevasi bilan uchra-
shishga qodir emasdi va shu boisdan ham shosha-pisha qochib ketdi.
Shunday qiyinchilik bilan erishgan g‘alabasidan faxrlanmoq uchun
Jyulenda yetarli asos yo‘q edi; u hozirgi ruhiy holatini ko‘zlaridan
sezdirib qo‘yishdan qo‘rqardi. Shuning uchun ham tushlikni de lya
Mol saroyidan boshqa joyda qilishga jazm etgandi.
Matilda bilan o‘sha olishuvdan so‘ng oradan vaqt o‘tgani sayin
uning qalbidagi muhabbat va quvonchi tinimsiz mavj urardi; U endi
o‘zini koyishga ham tayyor edi. Uning nolasiga qanday chidadim
axir? – derdi u o‘ziga o‘zi, – Agar u mendan butunlay sovisa-chi? Bu
mag‘rur yurakda hamma his-tuyg‘ular bir zumda ayqash-uyqash
bo‘lib ketishi mumkin, men esa, sirasini aytganda, unga yovuzlarcha
muomala qildim».
469
Kechqurun u de Fervak xonimning Opera Buffdagi lojasida albatta
ko‘rinish bermog‘i lozimligini eslab qoldi. Xonim bu gal uni alohida
taklif qilgan edi. Matilda, turgan gap, uning u yerga borgani yoki bea-
dabgarchilikka yo‘l qo‘yib, Operaga borishdan bosh tortgani haqida
albatta xabar topadi. Lekin bu dalillar qanchalik asosli bo‘lmasin, qosh
qoraygach, odamlarga ko‘rinishga yigitning yuragi dov bermadi. Ular
bilan so‘zlashishga to‘g‘ri keladi axir, bu esa quvonchining yarmini
yo‘qotish demakdir.
Uning baxtiga teatrga kirib borganida de Fervak xonimning lojasi
xonimlarga liq to‘la edi, uni shundoq eshik yoniga siqib qo‘yishdi.
Yigit o‘sha yerda bir talay shlyapalar panasiga o‘tib oldi. Bu narsa
uning joniga ora kirdi, aks holda u noqulay ahvolga tushib qolgan
bo‘lardi. «Yashirin nikoh»dagi Karolinaning nola chekib kuylashidan
uning ko‘zlariga yosh keldi. De Fervak xonim bu ko‘z yoshlarini sezib
qoldi. Bu holat Jyulenning odatda qat’iyat va matonat aks etadigan
chehrasiga shu qadar xos emasdiki, muqarrar ravishda boshidan ke-
chirajak bunday o‘tkir tuyg‘ular allaqachon me’dasiga urgan shunday
izzattalab asilzoda xonimning ham ko‘ngli iyib ketdi. Uning qalbidagi
ayollarga xos mehribonlikning qoldiqlari xonimni yigit bilan so‘zlash-
ishga undadi. U xuddi shu daqiqada yigitning tovushini eshitib, undan
bahra olgisi kelib qoldi.
– De lya Mol xonimlarni ko‘rdingizmi? – dedi u yigitga. – Ular
uchinchi yarusda o‘tirishibdi.
Jyulen shu zahoti ancha takallufsizlik bilan tirsagini loja bareriga
tirab, zalga qaradi-yu, Matildaga ko‘zi tushdi: qizning ko‘zlarida yosh
yiltirab turardi. «Axir bugun ularning Operaga keladigan kuni emas-
ku, – deya o‘yladi u. – Ko‘ngli tusab qolganini qarang-a! Ularnikiga
tanda qo‘yib turadigan xushomadgo‘y xonimlardan biri shoshilinch
taklif qilgan uchinchi yarusdagi loja o‘zlaridek xonimlarning mavqeiga
mutlaqo to‘g‘ri kelmasa-da, Matilda onasini Opera Buffga borishga
ko‘ndirgan edi. U Jyulen bugungi kechani marshal bevasi bilan o‘tka-
zish yoki o‘tkazmasligini bilib olishni istardi.
470
Do'stlaringiz bilan baham: |