XXXII
Yo‘lbars
Evoh! Nega bu ishlar boshqacha emas, xuddi
shunday bo‘lib chiqadi.
Bomarshe.
Bir ingliz sayyohi yo‘lbars bilan qay yo‘sinda do‘stlashgani haqida
hikoya qiladi, sayyoh uni bolaligidan boqib o‘stiribdi, erkalab parvarish
qilibdi, lekin uning stoli ustida doim o‘qlog‘liq to‘pponcha turar ekan.
Jyulen cheksiz baxtiyorlik tuyg‘usiga faqat Matilda buni uning
ko‘zlaridan seza olmaydigan paytlardagina berilar edi. U o‘zi o‘ylab
topgan qoidaga og‘ishmay rioya etar va vaqt-vaqti bilan qizga quruq
va sovuq muomala qilardi.
Ba’zan u Matildaning beozorligi uning cheksiz sadoqatidan
qattiq hayratga tushib, es-hushini yo‘qotay derdi. Bunday paytlar-
53
Angliyada o‘ziga bino qo‘yib, eng so‘nggi modada kiyinadigan erkak kishi
shunday ataladi (tarj.).
476
da yigit bor irodasi bilan o‘zini bosardi-da, qizning oldidan darhol
nari ketardi.
Matilda umrida birinchi marta sevmoqda edi.
Ilgari uning imillab o‘tadigan zerikarli hayoti
endi go‘yo qanot
bog‘lab parvoz etardi.
Biroq g‘urur biror yo‘l bilan o‘zini namoyish etishi lozim bo‘lgani
tufayli u endi sevgisi duchor qilayotgan barcha xavf-xatarni tel-
balarcha pisand qilmay yurardi. Endi Jyulen aql bilan ish tutishga
majbur bo‘lib qoldi, Matilda xavf-xatar haqida so‘z ketgandagina
unga bo‘ysunmasdi. Biroq u bilan beozor va deyarli quloq qoqmay
muomala qiladigan qiz endi uydagilarning barchasiga, qarindoshlarmi
yoki xizmatkorlarmi, baribir, ularga nisbatan yanada takabburroq
bo‘lib qolgandi.
Kechqurun mehmonxonada, oltmish kishiga yaqin mehmonlar
orasida u Jyulenni yoniga chaqirib olar va hech kimga e’tibor bermay,
yigit bilan uzoq gaplashib turar edi.
Sulloh Tambo bir kuni ularning yonginasiga kelib o‘tirib oldi, bi-
roq qiz unga kutubxonaga borib, Smolletning 1688-yil revolyutsiyasi
haqida hikoya qiluvchi kitobini keltirishni buyurdi-da, keyin uning
imirsilayotganini ko‘rgach: «Marhamat qilib, qaytishga shoshil-
mang!» – deya qo‘shimcha qildi. Bu gapni u shu qadar yerga kirgizib
yuborgudek nafrat bilan aytdiki, Jyulenning ko‘ngli iyib ketdi.
– Bu tasqaraning sizga qanday qaraganiga e’tibor berdingizmi?
– dedi u qizga.
– Uning tog‘asi o‘n ikki yildan beri ana shu mehmonxonada yal-
toqlanib yuradi, bo‘lmasam men uni bir zumdayoq quvib yuborgan
bo‘lardim.
Sirtdan qaraganda u de Kruaznua, de Lyuz va boshqa janoblarga
nisbatan odob saqlardi, lekin aslini olganda esa, ularni ham mensi-
may muomala qilardi. Matilda bir vaqtlar o‘zining ishqiy mojarolari
haqida hikoya qilib, Jyulenga azob bergani uchun o‘zidan qattiq xafa
edi, boz ustiga, u o‘shanda bu janoblarga shunchaki iltifot etganlarini
Jyulenga juda oshirib aytganini tan olishga endi yuragi dov bermasdi.
O‘zining barcha ezgu nyyatlariga qaramay, «Axir bir kuni janob
de Kruaznua marmar stolcha ustida qo‘lini mening qo‘limga xiyol
tegizganida men qo‘limni darhol tortib olmaganimni faqat sizning
jig‘ingizga tegish uchungina aytgan edim», – deyishga esa uning ayollik
g‘ururi yo‘l qo‘ymasdi.
477
Endi o‘sha janoblardan birontasi qiz bilan bir necha daqiqa
gaplashib qolgudek bo‘lsa, uning darhol Jyulenga biror zarur ishi
chiqib qolar, bu esa yigitni oldidan jo‘natmaslik uchun unga bahona
bo‘lar edi.
U homilador bo‘lib qoldi va qiz bu haqda Jyulenga quvonch bilan
xabar qildi.
– Xo‘sh, endi ham mendan shubhalanasizmi? Kafolat emasmi bu
sizga? Endi men bir umrga xotiningiz bo‘lib qoldim.
Bu xabar Jyulenning qalbini larzaga soldi; u endi o‘zi uchun o‘ylab
chiqargan o‘sha qoidalardan voz kechishga ham tayyor edi. «Meni deb
o‘zini halok etayotgan bu bechora qizga qanday qilib atayin qo‘pol
va sovuq muomala qilishim mumkin axir?» Qiz uning ko‘ziga xiyol
kasalmand ko‘ringan zahoti, hatto aql-idroki biron qattiq gap aytishni
taqozo etayotgan paytda ham, u endi Matildaga sovuq muomala qilish-
ga botinmasdi, holbuki, achchiq tajribasi ko‘rsatib turganidek, bunday
shafqatsizlik orasida sevgining umrini cho‘zish uchun zarur edi.
– Men otamga maktub yozib, bor gapni unga tushuntirmoqchiman,
– dedi yigitga bir kuni Matilda, – u menga faqat otagina emas, do‘stim
hamdir, shu boisdan uni ortiq bir daqiqa ham aldab yurolmaymiz, bu
sizning ham, mening ham sha’nimizga yarashmaydigan ish.
– Yo Rabbiy! Nima qilmoqchisiz o‘zi? – deya so‘radi dahshatga
tushib Jyulen.
– O‘z burchimni bajarmoqchiman, – dedi qiz javoban ko‘zlari
quvonchdan porlab. Nihoyat, u seviklisiga qaraganda ko‘proq hotam-
toylik qilmoqchi edi.
– U meni sharmanda qilib quvib yuboradi-ku, axir!
– Uning shunday qilishiga haqqi bor. Va bu huquqni hurmat
qilmoq kerak. Men sizning qo‘ltig‘ingizdan tutaman-da, ikkovimiz
kuppa-kunduz kuni uydan chiqib ketamiz.
Hayratdan o‘ziga kelmagan Jyulen undan bir hafta sabr qilishni
so‘radi.
– Sabr qilolmayman, – deya javob qildi qiz, – nomusim shuni talab
qilyapti. Bilaman, bu mening burchim va uni darhol bajarmoq kerak.
– Shunaqami hali?! U holda sizga sabr qilishni buyuraman, – dedi
qat’iy ohangda Jyulen. – Sizning nomusingiz himoyasiz emas – men
sizning eringizman. Bu dadil qadam sizning ham, mening ham butun
hayotimizni tubdan o‘zgartirib yuboradi. Mening ham o‘z huquqlarim
bor. Bugun seshanba, kelasi seshanbada esa gersog Retsnikida ziyofat
478
bo‘ladi. Janob de lya Mol o‘sha ziyofatdan qaytganida shveytsar unga
sizning mash’um xatingizni topshiradi... U uzzukun sizning gersoginya
bo‘lishingizni orzu qiladi, men buni juda yaxshi bilaman, uning uchun
buning qanday dahshatli zarba bo‘lishini bir o‘ylab ko‘ring axir!
– Siz, ehtimol, qanday dahshatli qasos, demoqchidirsiz?
– Men o‘zimga yaxshilik qilgan odamga achinishim, uning boshiga
tashvish solganim uchun g‘ussa chekishim mumkin, lekin men qo‘rq-
mayman va hech kim hech qachon meni qo‘rqita olmaydi.
Matilda Jyulenning gapiga ko‘ndi. Qiz unga homilasi borligini
aytganidan buyon Jyulen unga birinchi marta shunday buyruq
ohangida gapirmoqda edi; u hali hech qachon Matildani bu qadar
qattiq sevmagan edi. Uning dilidagi butun mehr-muhabbati qizning
hozirgi ahvolini bahona qilib Jyulenning u bilan qo‘pol gaplashishi-
dan chalg‘imoqda edi. Qiz markiz de lya Mol oldida gunohiga iqror
bo‘lmoqchi ekanligidan u qattiq hayajonga tushdi. Nahot, u Matil-
dadan ayrilishga majbur bo‘lsa? U jo‘nab ketayotganida qiz qanchalik
qayg‘u chekmasin, oradan bir oy o‘tgach, uni eslarmikin?
Shu bilan birga, markizdan eshitadigan haqqoniy ta’na-malomat-
lar ham uni vahimaga solmoqda edi.
Kechqurun u Matildaga dilidagi dard-alamning ana shu ikkinchi
sababini so‘zlab berdi-da, keyin sevgidan erib ketib, birinchisini ham
aytib qo‘ya qoldi.
Matildaning chehrasi yorishib ketdi.
– Rosti bilan-a? – deya so‘radi u – Meni yarim yil ko‘rmaslik siz
uchun baxtsizlikmi?
– Bu dunyoda aql bovar qilmaydigan, o‘ylasam yuragim qinidan
chiqib ketadigan yagona narsa mana shu.
Matilda quvonganidan boshi osmonda edi. Jyulen o‘z roliga shu
qadar qat’iy amal qilgan ediki, o‘zidan ko‘ra qiz uni ko‘proq sevishiga
tamoman inontirib qo‘ygandi. Mash’um seshanba kuni ham yetib
keldi. Yarim kechada ziyofatdan qaytgan markizga xat topshirishdi.
Xatning konvertida bu maktubni shaxsan o‘zi ochishi va hech kim
yo‘qligida o‘qib chiqishi lozim ekanligi yozilgan edi.
«Otajon,
Oramizdagi barcha ijtimoiy aloqalar uzib tashlandi, o‘rtada
faqat ota-bolalik munosabatimizgina qoldi. Erimdan so‘ng Siz hozir
ham, bundan keyin ham men uchun dunyodagi eng aziz inson bo‘lib
qolasiz. Ko‘zlarim yoshga to‘lgan, Sizning dilingizga qayg‘u solayot-
479
ganimni o‘ylab, g‘ussa chekyapman, biroq mening qanday isnodga
qolganim el og‘zida doston bo‘lmasligi uchun va Siz mulohaza qilib
ko‘rib, o‘zingiz qanday lozim topsangiz, shunday chora ko‘rmog‘i-
ngizga fursat bo‘lsin, degan maqsadda Sizga aytmog‘im lozim bo‘lgan
gapni ortiq paysalga sololmayman. Agar Sizning cheksiz otalik meh-
ringiz (menga har qalay shunday tuyuladi) menga ozgina nafaqa bel-
gilashga imkon bersa, Siz buyurgan joyga, masalan, Shveytsariyaga
erim bilan jo‘nab ketaveraman. Uning ismi shu qadar benishonki,
verrerlik duradgorning kelini bo‘lmish Sorel xonim nomini qabul
qilgach, Sizning qizingizni hech kim tanimay qoladi. Men yozishga
juda qiynalgan ism mana shu. G‘azabingizni qo‘zg‘atayotganimni
o‘ylasam, dahshatga tushyapman. Sizning g‘azabingiz qanchalik
adolatli bo‘lmasin, hamma aybni Jyulenga qo‘yasizmi deb qo‘rqa-
man. Men gersoginya bo‘lmayman, otajon, buni men uni sevib
qolganim zahoti tushunganman, zero mening o‘zim birinchi bo‘lib
sevib qoldim uni, o‘zim uni yo‘ldan urdim. Qalbi yuksaklik bobida
men Sizning o‘zingizga, ajdodlarimizga tortganman, shu boisdan
ham hech qanday o‘rtamiyona kimsa yoki o‘zimga shunday bo‘lib
tuyulgan odam mening e’tiborimni o‘ziga jalb eta olmaydi. Sizning
ko‘nglingizga qarash uchun janob de Kruaznuaga e’tibor beray deb
behuda urindim. Nega endi Siz xuddi shu paytning o‘zida mening
ko‘z o‘ngimda, shundoq yonginamda chindan ham munosib yigitning
yurishiga yo‘l qo‘ydingiz? Axir men Giyerdan qaytib kelganimda
o‘zingiz: «Manovi Sorel tushmagur bilan vaqt o‘tkazsang, sira zerik-
mas ekansan», – degan edingiz-ku. Boyaqish hozir, agar buni tasav-
vur qilish mumkin bo‘lsa, manovi maktubim Sizning boshingizga
solajak kulfatdan, xuddi men kabi, qattiq qayg‘u chekmoqda. Sizning
otalik qahr-g‘azabingizning oldini olish mening ixtiyorimda emas,
lekin iltimos, mendan ixlosingiz qaytmasin, meni mehringizdan
mahrum etmang. Jyulen menga hurmat bilan muomala qilardi. U
men bilan so‘zlashgan taqdirda ham Sizdan benihoya minnatdorligi
tufayli so‘zlashardi, zero u tabiatan ancha mag‘rur bo‘lib, o‘zidan
yuqori turgan
kishilar bilan, ularning kim bo‘lishidan qat’i nazar,
faqat rasman gaplasha olardi. U ijtimoiy ahvoldagi bu tafovutni
tabiatan juda yaxshi his etardi. Mening o‘zim bir kuni bog‘da uning
qo‘lini qisib qo‘ydim. Men butun sharm-hayoni yig‘ishtirib qo‘yib,
bu gapni faqat Sizga, o‘zimning eng yaxshi do‘stimga aytyapman,
bo‘lak hech kim va hech qachon eshitmaydi mendan bu iqrorni. Vaqt
480
o‘tadi, nahot Siz ertaga, oradan bir kun o‘tgandan keyin ham undan
shunday g‘azablanaversangiz? Mening gunohimni tuzatib bo‘lmaydi
endi. Agar istasangiz, u men orqali Sizga benihoya hurmatini izhor
qilib, Sizning qahr-g‘azabingizga duchor bo‘lganidan cheksiz qa-
yg‘u chekayotganini aytadi. Siz uni boshqa ko‘rmaysiz, lekin men u
istagan joyga ortidan ketaveraman. Shunday qilishga uning haqqi
bor, bu mening burchim, zero u mening erim va bolamning otasidir.
Agar Siz mehribonligingiz tufayli tirikchiligimiz uchun olti ming
frank belgilagsangiz, men bu pulni g‘oyat minnatdorchilik bilan
qabul etaman, mabodo buni lozim ko‘rmasangiz, u holda Jyulen
Bezansonda lotin tili va adabiyotidan dars berishga umid qilyapti.
U ishni qaysi pog‘onadan boshlamasin, imonim komilki, tezda nom
chiqaradi. U bilan men benishonlikdan qo‘rqmayman. Agar revolyut-
siya sodir bo‘lsa, uning birinchi rolni o‘ynashiga shubhalanmayman.
Xo‘sh, menga uylanmoqchi bo‘lgan o‘sha yigitlardan birontasi haqi-
da Siz shunday gapni ayta olarmidingiz? Nima, ularning badavlat
amloki bormi? Biroq bu yagona ustunlik meni o‘ziga maftun eta
olmaydi. Mening Jyulenim, agar otamning homiyligi va bir million
pulga ega bo‘lsa, mavjud tuzumda ham katta nufuzga erishgan
bo‘lardi...»
Matilda otasining tajang odam ekanligini bilardi va uning jahldan
tushishiga imkon bermoq uchun sakkiz sahifani to‘ldirib yozgan edi.
«Nima qilmoq kerak? – deya o‘zi bilan o‘zi mulohaza yuritardi
Jyulen yarim kechada, janob de lya Mol shu maktubni o‘qiyotgan
paytda bog‘ni aylanib yurar ekan. – Birinchidan, mening burchim
nimadan iborat, ikkinchidan esa, mening manfaatlarim nimani
taqozo etadi? Uning menga qilgan yaxshiliklarining cheki yo‘q, usiz
men arzimas martabani egallagan ayanchli bir firibgar bo‘lardim,
keyin, ehtimol, atrofimdagi odamlarning nafratiga duchor bo‘lishdan
qo‘rqib, muttasil orqa-oldimga qarab yurishga to‘g‘ri kelardi. U meni
oqsuyaklardek yashashga o‘rgatdi. Shu boisdan ham men muqarrar
qilajak nayranglar, birinchidan, kamroq bo‘ladi va, ikkinchidan, uncha
jirkanch bo‘lmaydi.
U menga bir million bergan taqdirda ham shu qadar yaxshilik
qilmagan bo‘lardi. Men manovi orden uchun ham, go‘yo diplomatiya
sohasida ko‘rsatgan va umumiy darajadan meni yuqoriroq ko‘tarib
qo‘yadigan xizmatlarim uchun ham faqat undan minnatdor bo‘l-
mog‘im kerak.
481
Agar hozir u qo‘lida qalam bilan mening bundan bu yog‘iga qanday
yo‘l tutishim haqida ko‘rsatma berishni o‘ylayotgan bo‘lsa, – qiziq,
nimalarni yozarkin?..»
Shu payt birdan janob de lya Molning keksa kamerdineri paydo
bo‘lib, Jyulenning mulohazalarini bo‘lib qo‘ydi.
– Markiz sizni, kiyinganmi-kiyinmaganmi, baribir, darhol oldimga
kirsin, deyaptilar.
So‘ngra Jyulenni ichkariga kuzatib borar ekan, kamerdiner asta
dedi:
– Ehtiyot bo‘ling, janob markiz bag‘oyat g‘azabga minganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |