XXXIX
Intriga
Kastr, 1676-y. Qo‘shni uyda aka o‘z sing-
lisini o‘ldirib qo‘ydi, bu dvoryanin ilgari ham
qotillik qilgan ekan. Uning otasi sud masla-
hatchilariga yashirincha besh yuz ekyu bo‘la-
shib berib, qotilning hayotini saqlab qoldi.
Lokk. «Fransiyaga sayohat».
Yepiskop saroyidan chiqishi bilanoq, Matilda darhol de Fervak
xonimga chopar yubordi, u sha’niga dog‘ tushirishdan sira ham
qo‘rqib o‘tirmadi. U o‘z raqibasidan shaxsan monsinor yepiskopdan
abbat de Friler nomiga xat yozdirib olishni o‘tinib iltimos qilgan edi.
Qiz hatto de Fervak xonimdan Bezansonga kelishini iltimos qilishga-
cha yetib bordi. Bu hol kunchi va mag‘rur qalb uchun chindan ham
qahramonona ish edi.
Fukening maslahati bilan u o‘zining harakatlari haqida Jyulenga
aytmay qo‘ya qoldi. Uning bu yerda yurishi yigitni busiz ham ancha
bezovta qilmoqda edi. Yaqinlashib qolgan o‘lim sharpasi Jyulenning
ko‘nglini nihoyatda nozik qilib qo‘ygandi, yigit endi faqat janob de
lya Molgagina nisbatan emas, balki Matildaning o‘ziga nisbatan ham
vijdoni azob chekmoqda edi.
«Bu qanaqasi bo‘ldi axir! – derdi u o‘ziga-o‘zi. – Men Matildaga
e’tibor bermayotganimni va, hatto, u oldimga kelganida zerikayot-
ganimni sezib qolyapman. U meni deb o‘zini halok etyapti, men esa
undan sovib boryapman! Nahot men shunchaki yovuz bir odam
bo‘lsam?» U shuhratparast bo‘lgan kezlari bu muammo haqida bosh
qotirib o‘tirmasdi. Muvaffaqiyatsizlikka uchrash... Uning nazarida eng
katta ayb ana shu edi.
Oldiga Matilda kelgan kezlari u qizning unga nisbatan hozir qan-
daydir g‘ayritabiiy, jo‘shqin muhabbat alangasida yonayotganini his
etgach, undan battar noqulay ahvolda qolardi. Matilda esa faqat uni
qutqarmoq uchun tasavvur qilib bo‘lmaydigan har qanday qurbon-
lardan ham qaytmasligini so‘zlardi.
Tabiatidagi butun kibr-havoni bosib, qalbini g‘ururga to‘ldirgan
bu tuyg‘udan ruhlanib ketgan qiz hayotning har bir daqiqasini bironta
520
qahramonona ish bilan o‘tkazishga harakat qilardi. Uning Jyulen bilan
qilgan uzoq-uzoq suhbatlari aqlga sig‘maydigan va o‘zi uchun nihoyat-
da xatarli bo‘lgan rejalarni bayon etishdan iborat bo‘lardi. Matildaning
saxovatli qo‘lidan pul olib turadigan qamoqxona nazoratchilari unga
bu yerda to‘la erk berib qo‘yishgan edi. Matildaning fantaziyasi o‘z
obro‘-e’tiborini qurbon qilish bilan cheklanmasdi; mayli, uning sar-
guzashti tillarda doston bo‘la qolsin, unga baribir. U g‘ildiraklar ostida
qolib ketsa ham qirolning yelib borayotgan karetasi oldiga o‘zini
tashlab, uning e’tiborini jalb etish uchun tiz cho‘kishga ham tayyor
edi, bu Jyulenning afv etilishiga erishish uchun jo‘shqin va tiyiqsiz
xayoliga kelgan rejalarning eng oddiysi edi. U qirol mulozimlaridan
bo‘lgan do‘stlari yordamida Sen-Klu parkining kirish man etilgan
qismiga osongina o‘tib olishiga shubha qilmasdi.
Jyulen bunday fidoyi sevgiga o‘zini nomunosib his etar va, sirasini
aytganda, barcha bu qahramonliklardan toqati toq bo‘lgan edi. Agar
bu shunchaki sodda va iboli nazokat bo‘lganida uning qalbi bundan
ta’sirlangan bo‘lardi, bu yerda esa hammasi aksincha edi; Matilda-
ning kibr-havoli qalbi doim begona odamlar, tomoshabinlar bo‘lishini
taqozo etardi.
Jyulendan so‘ng qanday yashashni tasavvur qila olmay, mahbubi
hayotidan qattiq iztirob chekib, yuragi taka-puka bo‘layotgan qiz
zimdan o‘zining g‘aroyib muhabbati,
o‘z ishlarining ulug‘vorligi bilan
dunyoni lol qoldirishga intilayotganini Jyulen sezardi.
Barcha bu qahramonliklarga mutlaqo befarq qarayotgani uchun
Jyulenning o‘zidan jahli chiqardi. Yaxshi ham u hali Matildaning sa-
doqatli, lekin oqil va pishiq-puxta Fukeni o‘z telbakezik rejalari bilan
qanday tinkasini quritayotganidan bexabar edi. Agar u bundan xabar
topganida nima qilardi?
Fuke esa Matildaning bu sadoqatida nimadir g‘ashiga tegayot-
ganini o‘zi ham aniq tushunmasdi, zero uning o‘zi ham Jyulenni
qutqarmoq uchun bor dunyosini qurbon qilishga va har qanday xatarli
ishni bajonidil bajarishga tayyor edi. U Matilda ko‘kka sovurayotgan
oltinning ko‘pligidan butunlay esankirab qolgandi. Avvaliga oltinga
sajda qiladigan har qanday provinsiyalik kabi Fuke ham pulning bun-
day ayamasdan sarflanishini ko‘rib dilida beixtiyor hurmat his etdi.
Keyin esa u m-l de lya Molning rejalari Xudoning bergan kuni
o‘zgarib turishini sezib qoldi-da, o‘zi uchun juda malol kelayotgan
bu xarakterni ta’riflovchi bir so‘z topib, juda yengil tortdi: Matilda
521
Do'stlaringiz bilan baham: |