Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

Ehtiyoj... Yo‘q, barchaning hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lgan odamlar, 

bu shunchaki jinoyat ustida qo‘lga tushmagan firibgarlardir. Jamiyat 




551

menga gijgijlagan ayblovchi o‘z boyligini razillik bilan orttirgan... Men 

jinoyat qildim va meni adolatli jazoga hukm etishdi, lekin mening ana 

shu jinoyatimni hisobga olmaganda, meni jazoga hukm etgan o‘sha 

Valeno jamiyatga menga qaraganda yuz chandon ko‘proq zarar keltir-

yapti». «Shunday qilib, – deya xulosa qildi Jyulen ma’yuslik bilan, lekin 

dilida hech qanday adovat sezmagan holda, – har qalay mening otam, 

o‘zining shunday ochko‘zligiga qaramay, manovi barcha odamlardan 

yaxshiroq ekan. U meni hech qachon yaxshi ko‘rmagan edi. Endi bo‘lsa 

sabr kosasi to‘lib-toshdi, zero mening sharmandali o‘limim uni isnod-

ga qoldiradi. Men unga qoldirishim mumkin bo‘lgan uch yuz yoki to‘rt 

yuz luidor pul yetishmasligidan qo‘rqish, odamlarning ochko‘zlik 

deya atalmish yovuzligini bo‘rttirib tasavvur qilishdan xalos etadi va 

hayotga ishonch hosil qiladi. Biron-bir yakshanbada tushdan keyin u 

bu tillalarini barcha verrerlik hasadgo‘ylarga ko‘rsatadi. Shunday pul 

evaziga orangizda o‘g‘lining boshini kundaga qo‘yishiga bajonidil rozi 

bo‘lmaydigan bironta odam topilarmikin, deydi uning ma’nodor nigohi.

Bu falsafa, ehtimol, haqiqatga yaqin edi-yu, lekin bunday fal-

safadan kishining o‘lgisi kelardi. Besh kun shu zaylda o‘tdi. Yigit 

Matildaga mayin va muloyim muomala qilardi, u qizning rashk o‘tida 

qovurilayotganini ko‘rib turardi. Bir kuni kechqurun Jyulen jiddiy 

bir tarzda o‘zini-o‘zi o‘ldirish haqida o‘ylay boshladi. Uning qalbi 

de Renal xonimning jo‘nab ketishidan hasrat chekaverib, tilka-pora 

bo‘lib ketgandi. Endi haqiqiy hayotda ham, xayolotda ham uni hech 

nima qiziqtirmay qo‘ygandi. Butunlay harakatsizlik uning sog‘ligiga 

yomon ta’sir qila boshladi, uning xarakterida navqiron nemis tala-

basinikidagi kabi qandaydir o‘ta hayajonga moyillik va noustuvorlik 

paydo bo‘ldi. U asta-sekin bironta o‘tkir so‘z yordamida insonning 

xayoliga kelib qoladigan nomunosib fikrlarni quvib soluvchi mato-

natli g‘ururini yo‘qotib bormoqda edi.

«Men haqiqatni sevardim... Lekin qani u?.. Hammayoqda faqat 

riyokorlik yoki, eng kamida, firibgarlik, hatto eng diyonatli, eng ulug‘ 

odamlar ham bundan mustasno emas, – shunday deya uning lablari 

nafrat bilan qiyshaydi. – Yo‘q, inson insonga ishona olmaydi.

Bir xonim bechora yetim-yesirlar uchun xayriya puli to‘play tu-

rib, knyaz palonchi o‘n luidor iona berdi, deya meni ishontirmoqchi 

bo‘lgan edi. G‘irt yolg‘on! Bu ham gapmi! Napoleonning Muqaddas 

Yelena orolida qilgan ishlari-chi... G‘irt ko‘zbo‘yamachilik, Rim qiroli 

foydasiga targ‘ibot.



552

Yo Rabbiy! Hatto shunday inson boshiga tushgan kulfat undan 

o‘z burchini ado etmoqni qattiq talab qilgan bir paytda u shunday 

qalloblik qilishgacha yetib borgan bo‘lsa, u holda boshqalardan, oddiy 

inson zotidan nimani kutmoq kerak?»

«Haqiqat qani? Nahot dinda bo‘lsa... Ha, – deya qo‘shimcha qildi 

u cheksiz nafrat bilan achchiq iljayib, – maslonlar, frilerlar, kas-

tanedlar tili bilan aytganda, ehtimol, u haqiqiy xristianlikdadirki, 

uning ruhoniylariga xuddi havoriylar kabi haq to‘lanmasligi kerak 

emish... Lekin avliyo Pavel o‘z rishvatini olgan: u farmon berish, 

voizlik qilish, o‘zi haqida gapirishga majbur etish imkoniyatidan  

lazzatlangan...

Ah, qani endi dunyoda haqiqiy din mavjud bo‘lsa... Telba ekanman! 

Mening xayolimda ulug‘vor gotik ibodatxona, guldor ulkan oynalar 

namoyon bo‘ladi, zaif ruhim ana shu derazalar yonida ibodat qilayot-

gan ruhoniyni ko‘rmoqda... ruhim uni tanigan bo‘lardi, ruhim unga 

muhtoj... Lekin buning o‘rniga men qandaydir sochlari silliq taralgan 

oliftani ko‘ryapman... U xuddi kavaler de Bovuaziga o‘xshaydi, faqat 

chuchmal gaplar aytmaydi xolos.

Lekin Massilyon yoki Fenelonga o‘xshash chinakam ruhoniy pir 

bo‘lganida edi. Massilyon Dyubuaga fatvo bergan. Sen-Simon o‘z 

memuarlari bilan men uchun Fenelonni badnom qilib qo‘ydi; xullas, 

u chinakam ruhoniy bo‘lganida edi... U holda his etish qobiliyatiga 

molik qalblar allaqanday birikish imkoniyatiga ega bo‘lur edilar... U 

holda biz bu qadar yolg‘iz bo‘lib qolmasdik... O‘sha mehribon pirimiz 

bizga Xudo to‘g‘risida so‘zlagan bo‘lur edi. Lekin qaysi xudo to‘g‘risida 

so‘zlaydi u, Tavrotdagi qasos o‘tida yonuvchi shafqatsiz zolim, may-

dakash xudo to‘g‘risida emas, balki Volterning mehribon, adolatli va 

poyonsiz Xudosi haqida gapiradi u...»

O‘zi yoddan biladigan o‘sha Tavrot haqidagi xotiralar yopirilib 

kelib, uning qalbini o‘rtamoqda edi... «lekin poplarimiz uni shu qa-

dar dahshatli tarzda suiiste’mol qilganlaridan so‘ng qanday qilib va 




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish