Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
Qizil va qora

Greguar (1750–1831) – revolyutsiyaga sodiqlik haqida ont ichgan 

yepiskop. Keyinchalik u revolyutsiyaning ko‘zga ko‘ringan arboblar-

idan biriga aylangan.

203-betga: Sikst Beshinchi (1521–1590) – papalik taxtiga 1585-yili 

o‘tirgan. Tarixchi Grigorio Letining yozishicha, u o‘n uch yil davomida 

o‘zini xasta ko‘rsatib yurgan va kardinallar, baribir tez kunda dun-

yodan o‘tadi, degan umidda uni papalikka saylab yuborganlar. Biroq 

saylov tugagan zahoti yangi papa qo‘ltiqtayoqni uloqtirib, gavdasini 

rostlagan-u, shu qadar jaranglatib hamd-u sano o‘qiganki, buni ko‘rib 

barcha kardinallar angrayib qolishgan.

218-betga: Barem (1709-yilda o‘lgan) – elementar arifmetika 

darsligining muallifi. Ushbu darslikdan shu qadar keng foydalanishar 




565

ediki, oqibatda Baremning nomi turdosh otga aylanib ketgan; «Barem 

san’ati» – arifmetika yoki «hisob-kitob ilmi».

231-betga: Magdalina haqidagi poema. Stendal, chamasi, fransuz 

shoirasi Delfina Ge (erga tekkach de Jirarden familiyasini qabul qilgan 

(1804–1855) qalamiga mansub «Magdalina» poemasini nazarda 

tutgan bo‘lsa kerak.

262-betga: Malmezon – Parij yaqinida joylashgan saroy. U Bona-

partning birinchi xotini Jozefina Bogarnening mulki bo‘lgan. Napo-

leon respublikasining Birinchi konsuli bo‘lgan kezlari 1799-yildan 

1807-yilga qadar o‘sha yerda yashagan, u taxtga o‘tirganidan so‘ng 

Malmezonni tark etgan va o‘ziga qarorgoh qilib Sen-Kluni tanlagan. 

Shunday qilib, Malmezon Napoleonning respublika rahbari payt-

idagi faoliyatining timsoliga aylangan «Jyulen uchun ham, keyingi 

avlod uchun ham Arkol ko‘prigi, Muqaddas Yelena va Malmezon 

orasida hech qanday farq yo‘q edi» der ekan, Stendal keyingi av-

lodlar ko‘zida Napoleon siyosatining katolitsizm monarxik g‘oyalar 

hamda despotizmni qayta tiklash bilan bog‘liq salbiy tomonlari 

unutilib, faqat Fransiyani tor-mor etilishdan saqlab qolgan revol-

yutsion lashkarboshi, davlat arbobi va Muqaddas Yelena oroliga 

bandi qilingan mahbus sifatida saqlanib qolajagini ko‘rsatmoqchi  

bo‘ladi.


266-betga: Kardinal Dyubua (1656–1723) – fransiyalik siyosiy 

arbob, regent, gersog Orleanskiyning ishonchli odami. U dorixonachi-

ning o‘g‘li bo‘lgan, Parijga ko‘chib kelgan, dastlabki paytlari badav-

lat xonadonlarda tarbiyachi bo‘lib xizmat qilgan. So‘ngra u gersog 

Shartrs kiy (keyinchalik gersog Orleanskiy va regent)ning tarbiya-

chisiga kotiblik qilgan va, nihoyat, gersog Shartrskiyning tarbiyachisi 

bo‘lib olgan. U nihoyatda ustomon odam bo‘lib, saroy fitnalarida faol 

qatnashgan va o‘z maqsadiga erishish yo‘lida har qanday qabihlikdan 

qaytmagan.

275-betga: Shapel (1626–1686) – Lyudovik XIV davrida yashagan 

ikkinchi darajali fransuz shoiri.

Sauti Robert (1774–1843) – ingliz shoiri. U yoshligida liberallarcha 

dunyoqarashga ega bo‘lgan, keyinchalik esa reaksiya tarafiga o‘tib 

ketgan. O‘zining «Sud sharpasi» poemasida (1821) Sauti Bayronni 

axloqsizlikda ayblagan va u haqda turli-tuman bo‘hton gaplarni 

tarqatgan.

Georg IV – 1820-yildan to 1830-yilga qadar ingliz qiroli bo‘lgan.



566

282-betga: Zangori lenta – Restavratsiya davridagi eng nufuzli 

orden.

283-betga: Qirolning karetasida yurish – eski tuzum va Restavrat-



siya davrida qirol ovga chiqqan kezlari saroyga tavsiya etilgan va 

alohida xizmat hamda unvonlarga ega bo‘lgan kishilargina qirol kare-

talarida yurish huquqiga ega edilar. Bu huquq ularga faqat qirolning 

shaxsiy farmoni bilan berilardi. 1760-yildan boshlab bu huquqdan 

faqat  dvoryanlik  shajarasi  kamida  XIV  asrga  borib  taqaladigan 

kishilargina foydalanishi mumkin bo‘lib qolgandi.

286-betga: Abbat Pradt (1759–1837) – Ta’sis majlisining a’zosi 

va o‘ng partiya tarafdori, Napoleon davrida katta amaldor bo‘lgan, 

1841-yili esa «Burbonlarni taxtga o‘tqazdim», – deya maqtangan. 

Shundan so‘ng u liberal bo‘lib olgan va liberal oppozitsiyani jur’atsiz-

likda ayblagan.


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish