XXXVIII
Qudratli odam
Naqadar sirli xatti-harakat! Qaddi-qomati-
ning purviqorligini qarang! Kim ekan o‘zi bu?
Shiller.
Ertasi kuni minoraning eshigi azonda ochildi. Jyulen cho‘chib
uyg‘ondi.
«Yo Tangrim! Bu otam-ku, – deya xayolidan o‘tkazdi u. – Qanday
ko‘ngilsizlik!»
Xuddi shu daqiqada oddiygina kiyingan bir ayol uning bo‘yniga
tashlandi. Yigit uni arang tanidi. Bu m-l de lya Mol edi.
– Voy zolim-ey, qayerdaligingni faqat xatingdan bilib oldim-a. Sen
jinoyat deb atagan narsa, bu faqat mard odamning qasos olishi xolos.
Bu hol sening qalbing naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Bu
gaplarning barini men faqat Verrerda bilib oldim...
M-l de lya Moldan xiyol sovib qolganini hali o‘zi ham to‘la anglab
yetmagan Jyulenga qiz juda chiroyli ko‘rindi. Uning chakana odamning
mutlaqo qo‘lidan kelmaydigan bu ishlar va gap-so‘zlarda chinakamiga
olijanob va beg‘araz tuyg‘uni ko‘rmay iloji bormidi axir? Yigitga yana
o‘zi qirolichani sevadigandek tuyuldi, shu boisdan ham oradan xiyol
vaqt o‘tgach, u g‘oyat ko‘tarinki ruhda nazokat bilan dedi:
– Kelajakni juda aniq tasavvur qila boshlagan edim. Mening
o‘limimdan so‘ng siz beva sifatida janob de Kruaznua bilan turmush
qurarsiz, deb o‘ylagandim. O‘zi uchun unutilmas va fojiali voqeadan
qalbi larzaga kelgan hamda es-hushini yig‘ishtirib olgan go‘zal be-
vaning, garchi romantikaga biroz moyil bo‘lsa-da, aslida olijanob qalbi
yosh markizning fazilatlarini tan olmog‘i lozim edi. Siz barcha baxt
deya hisoblaydigan izzat-ikrom, davlat, nufuzga ko‘nikib, taqdirga tan
513
bermog‘ingiz darkor. Lekin, jonginam Matilda, sizning Bezansonga
kelishingiz, agar u biror yo‘l bilan oshkor bo‘lib qolsa, janob de lya
Mol uchun og‘ir zarba bo‘ladiki, buning uchun men o‘zimni sira ham
kechira olmayman. Men busiz ham juda ko‘p qayg‘u keltirdim! O‘sha
akademigingiz, turgan gap, janob markiz ko‘ksida ilonni parvarish
qilgan ekan, deydi albatta.
– Rostini aytsam, sizdan bunday oqilona gaplar va kelajak haqida
bunday tashvish tortishni sira ham kutmagan edim, – xiyol zarda bilan
dedi m-l de lya Mol. – Xuddi sizga o‘xshab juda ehtiyotkor oqsochim
o‘z nomiga pasport oldi va men bu yerga Mishele xonim nomi bilan
pochta karetasida keldim.
– Mishele xonim mening oldimga osongina kirishga muvaffaq
bo‘libdi-da!
– Ah! Mana endi o‘zim hammadan afzal ko‘rgan o‘sha ajoyib yigitni
tanidim. Birinchidan, men sud amaldoriga darhol yuz frank uzatdim.
U avvaliga meni bu minoraga chiqishim uchun sira ham ruxsat bera
olmasligini aytgan edi. Biroq pulni olgach, o‘sha halol odam meni
ancha kuttirib qo‘ydi, turli bahonalarni ro‘kach qila boshladi, hatto,
u meni shunchaki laqillatmoqchi bo‘lyapti, degan xayolga ham bor-
dim... – Shunday deya u jimib qoldi.
– Xo‘sh, u yog‘i nima bo‘ldi? – dedi Jyulen.
– Iltimos, jahling chiqmasin, jonginam Jyulen, – dedi qiz uni
quchoq lar ekan. – Men o‘sha kotibga o‘zimning kimligimni aytishga
majbur bo‘ldim, bo‘lmasam u meni, barno yigit Jyulenga oshiq bo‘lib
qolgan parijlik yosh xodima qiz, deb o‘yladi... Yo‘q, rost aytyapman,
u xuddi shunday dedi. Men unga sening xotining ekanim haqida ont
ichdim, endi menga seni har kuni ko‘rish uchun ruxsat berishdi.
«Qanday telbalik, – deya o‘yladi Jyulen. – Lekin bunga qanday
to‘sqinlik qila olardim axir? Sirasini aytganda, janob de lya Mol
shunday nufuzli odamki, jamoat fikri bu go‘zal bevaga uylangan yosh
polkovnikni uncha qoralab o‘tirmasa kerak. Mening o‘limim tezda
hammasini xaspo‘shlab ketadi». Shundan so‘ng u iyib Matildaning
jo‘shqin muhabbatiga berildiki, bu o‘rinda telbalik ham, ruhning
ulug‘ligi ham – xullas, inson tasavvur qilishi mumkin bo‘lgan barcha
g‘ayritabiiy hissiyotlar bor edi. Matilda mutlaqo jiddiy ravishda unga
birgalashib o‘zlarini o‘ldirishni taklif qildi.
Ana shu jo‘shqin zavqlardan so‘ng, u Jyulenni ko‘rishdek baxt-
514
dan to‘yib lazzatlanib olgach, Matildaning qalbini o‘tkir sinchkovlik
qamrab oldi. U o‘z seviklisiga tikilib qarar va uning qalbi o‘zi ilgari
o‘ylaganidan ancha yuksakroq ekanini ko‘rar edi. Uning nazarida,
Bonifatsiy de lya Mol tirilib kelgandek edi, biroq bu undan ancha
dovyurakroq tuyulardi.
Matilda eng yaxshi mahalliy advokatlarning oldiga kirib chiqdi
va boshdanoq gapni cho‘zib o‘tirmay, pul taklif qilib, ularni qattiq
ranjitdi, lekin, oxir-oqibatda, advokatlar pulni olishdi.
Qiz tezda barcha mushkul va, shu bilan birga, muhim ma-
salalarning hal qilinishi bu yerda, Bezansonda butunlay janob abbat
de Frilerga bog‘liq ekanligini bilib oldi. Ma’lum bo‘lishicha, hech kim
bilmaydigan Mishele xonim nomi bilan qudratli iezuit huzuriga kirish-
ga yengib bo‘lmas g‘ovlar xalal berar ekan. Lekin sevgidan es-hushini
yo‘qotib, yosh abbat Jyulenga tasalli bermoq uchun Parijdan Bezan-
songa yetib kelgan niholdek modistkaning go‘zalligi haqida shov-shuv
gaplar tez orada butun shaharga tarqaldi.
Matilda Bezanson ko‘chalarida kuzatuvchilarsiz piyoda yelib-yu-
gurardi, qiz bu yerda meni hech kim tanimaydi, deya o‘ylardi. Lekin,
har qalay, unga el ko‘zida kuchli taassurot qoldirish ishga ancha foy-
dalidek tuyulardi. Matildaning telbaligi shu darajaga borib yetardiki,
xalq uning da’vati bilan qatlga ketayotgan Jyulenni xalos etmoq uchun
qanday isyon ko‘tarishini ham tasavvur qila boshlardi. M-l de lya
Molga o‘z boshiga kulfat tushgan har qanday ayol kabi juda oddiygina
kiyingandek tuyulardi. Aslida esa u shunday kiyingan ediki, bironta
ham o‘tkinchi unga o‘girilib qaramay ketmasdi.
Qiz, nihoyat, bir haftalik harakatdan so‘ng janob de Frilerning
qabuliga kirishga muvaffaq bo‘lganida butun Bezanson uni tanib
qolgan edi.
Matilda qanchalik jasur bo‘lmasin, uning qudratli iezuit haqidagi
tasavvuri xayolida tushunib bo‘lmas, sirli yovuzlik bilan shu qadar
omixta bo‘lib ketgan ediki, qiz yepiskop saroyining eshigidagi qo‘ng‘i-
roqni chalganida uning a’zoyi badani titrab ketdi. U zinapoyadan
ko‘tarilib, katta vikariyning qabulxonasiga chiqdi. Uning eti jimirlashib
ketmoqda edi. Yepikop saroyining bo‘m-bo‘shligidan qizning yuragi
orqasiga torta boshladi. «Hozir borib, anavi kresloga o‘tiraman, u meni
tirsagimdan qisib, o‘z komiga tortadi va men g‘oyib bo‘laman-qo‘ya-
man. Shundan so‘ng oqsochim kimdan so‘rab-surishtiradi meni?
515
Jandarmlar boshlig‘i meni qidirishdan qo‘rqadi, albatta. Bu shahri
azimda men yakka-yolg‘izman!»
Biroq kitta vikariyning qabulxonasini ko‘rishi bilanoq m-l de lya
Molning ko‘ngli joyiga tushdi. Avvalo, eshikni unga juda bashang
kiyingan malay ochdi. Qizdan kutib turishni iltimos qilishgan meh-
monxonada ko‘z-ko‘z qilinadigan hashamdorlikdan asar ham bo‘lmay,
u shu qadar nozik did bilan jihozlangan ediki, chamasi, Parijning
eng oldi uylaridagina bunday nafosatni uchratish mumkin edi. Ich-
karidan yuzida otalarcha mehribonlik ifodasi bilan chiqib kelgan
janob de Frilerni ko‘rgan zahoti uning dahshatli yovuzlik haqidagi
fikrlari bir zumda g‘oyib bo‘ldi-qo‘ydi. Matilda ruhoniyning kelish-
gan yuzida Parij salonlarida o‘lguday yomon ko‘rishadigan qo‘pol va
dag‘al qat’iyat ifodasini payqamadi. Bezonsondagi barcha ishlarni
boshqarib turadigan vikariyning yuzidagi yengilgina ochiq tabas-
sum uning yaxshi tarbiya ko‘rgan, o‘qimishli prelat, ishchan boshliq
ekanligidan dalolat berib turardi. Matilda o‘zini Parijdagidek his eta
boshladi. Matildani o‘zining qudratli raqibi, markiz de lya Molning
qizi ekanligiga iqror qilmoq uchun janob de Frilerga bor-yo‘g‘i bir
necha daqiqa vaqt kerak bo‘ldi xolos.
– Ha, chindan ham men Mishele xonim emasman, – dedi qiz yana
o‘ziga xos takabbur qiyofaga kirib, – buni sizga sira qo‘rqmay aytyap-
man, zero huzuringizga janob de lya Verneyni qutqarish imkoniyati
haqida maslahatlashmoq uchun kelganman, taqsir. Birinchidan, agar
uning gunohi bo‘lsa, bu gunoh faqat yengiltaklikdan iborat: u o‘q uzgan
ayol sog‘ayib ketibdi. Ikkinchidan, mayda amaldorlarga pora berish
masalasiga kelsak, men hozirning o‘zidayoq ellik ming frank bera-
man va yana shuncha berishni va’da qilaman. Va, nihoyat, men ham,
ota-onam ham, xullas, hammamiz janob de lya Verneyni qutqargan
odamga minnatdorchilik bildirish uchun qo‘limizdan kelgan hamma
ishni qilamiz.
Janob de Friler, chamasi, bu ismni eshitib, hayron bo‘lib qolgan
edi, Matilda unga harbiy ministrning janob Jyulen Sorel de lya Verney
nomiga yozgan bir necha maktubini ko‘rsatdi.
– O‘zingiz ko‘rib turibsizki, taqsir, otam uni batamom o‘z homiy-
ligiga olgan edi. Buning sababi juda oddiy: biz u bilan yashirincha
nikohdan o‘tgan edik, shu boisdan ham otam markiz de lya Molning
qizi uchun bir g‘alatiroq tuyulishi mumkin bo‘lgan bu nikohni elga
516
ovoza qilishdan oldin uning oliy ofitserlar safiga qo‘shilib olishini
istagan edi.
Shu payt Matilda janob de Friler o‘zi uchun nihoyatda muhim
bo‘lgan bu yangiliklarni bilgan sayin uning yuzidagi mehribon va
muloyim ifoda tezlik bilan g‘oyib bo‘lib borayotganini payqab qoldi.
Uning qiyofasida ayyorlik va pinhona makkorlik belgilari elas-elas
aks eta boshladi.
Abbat hamon ikkilanib o‘tirar ekan, rasmiy hujjatlarni qayta-qayta
o‘qib chiqmoqda edi.
«Bu g‘aroyib iqror so‘zlardan men qanday foyda ko‘rishim mum-
kin? – deya mulohaza yuritardi u. – Sira kutilmaganda menga butun
Fransiyadagi yepiskoplik unvonini taqsim etuvchi monsinor yepiskop
ning dasti daroz jiyani mashhur de Fervak xonim dugonasining ishi
tushib qoldi.
Men uzoq kelajakdagina umid qilishim mumkin bo‘lgan narsa
to‘satdan shundoq yonginamda bo‘lib chiqdi. Axir bu mening butun
orzularimni ro‘yobga chiqarishi mumkin-ku».
Avvaliga Matilda ovloq xonada o‘zi bilan yolg‘iz o‘tirgan bu qudratli
odamning yuzidagi keskin o‘zgarishdan qo‘rqib ketdi. «Xo‘sh, nima
qilibdi! – dedi u o‘ziga-o‘zi oradan bir zum o‘tgach. – Agar men qudrat
va barcha izzat-ikrom, noz-ne’matlarga juda to‘ygan bu popning sovuq
va xudbin tabiatiga mutlaqo ta’sir ko‘rsata olmaganimda edi, unda
yomon bo‘lardi».
Kutilmaganda yepiskopatga ega bo‘lish imkoniyati tug‘ilib qolgani-
dan sarosimaga tushgan va Matildaning shijoatidan qattiq ajablangan
janob de Friler bir zum butun ehtiyotkorligini unutib qo‘ydi. Matilda
o‘zining oldida uning deyarli jilpanglab qolganini ko‘rib turardi: qal-
bini chulg‘ab olgan shuhratparast orzulardan hovliqib ketgandi u va
butun vujudida asabiy qaltiroq turgandi.
«Hammasi ravshan, – deya qaror qildi qiz o‘zicha. – Bu yer-
da de Fervak xonimning dugonasi oldida bajarilmaydigan ish-
ning o‘zi bo‘lmaydi». Matilda hanuzgacha dilini o‘rtab kelayotgan
rashk tuyg‘usini yengishga qanchalik qiynalmasin, u yurak yutib
Jyulen marshal bevasining yaqin do‘sti bo‘lgani va unikida mon-
sinor yepiskop bilan deyarli har kuni uchrashib turganini aytdi.
– Agar o‘ttiz olti sud maslahatchisi ro‘yxatini departamen-
timizning e’tiborli odamlaridan hatto to‘rt yoki besh marta qatorasiga
517
qur’a tashlab tuzilgan taqdirda ham, – dedi ma’nodor ohangda katta
vikariy shuhratparastlikka to‘la tamagir ko‘zlarini unga tikib, – men
nomi shu qur’aga qo‘shilgan odamlar orasida sakkiz yoki o‘n do‘stimni
sanab bera olmasam o‘zimni ishi yurishmagan inson deya hisoblagan
bo‘lardim. Boz ustiga o‘sha sakkiz-o‘n kishi maslahatchilar orasida
eng farosatlisi bo‘lib chiqadilar. Ko‘pchilik doim men tarafda bo‘ladi,
hukm chiqarish uchun hatto keragidan ko‘proq ham odam topilishi
mumkan. Shunday qilib, ko‘rib turibsizki, mademuazel, oqlovchi hukm
chiqarmoqning men uchun hech qanday qiyin joyi yo‘q...
Abbat birdan o‘z ovozini eshitib hayratga tushgan odamdek jimib
qoldi! U sirdan voqif bo‘lmagan odamlarga sira ham aytilmaydigan
narsalarni og‘zidan gullamoqda edi.
Lekin u ham, o‘z navbatida, Bezanson jamiyati Jyulen boshlagan
bu g‘aroyib mashmashada de Renal xonimning uni bir vaqtlar juda
sevgani va yigitning o‘zi ham uzoq vaqt davomida xonimga ko‘ngil
berib kelganidan hayratga tushib, juda qiziqib qolgani haqidagi
hikoyasi bilan Matildani lol qoldirdi. Janob de Friler o‘z hikoyasi
bilan Matildani dovdiratib qo‘yganini payqab qoldi. «Mana endi
hujum qilish gali meaga keldi! – deya xayolidan o‘tkazdi u. – Har
qalay, endi bu qaysar xonimchaga po‘pisa qilishning yo‘li topildi.
Bo‘lmasam, uni qo‘rqita olmasam kerak, deya cho‘chigan edim».
Matildaning ulug‘vor ko‘rinishi, tabiatining qiyiqligidan dalolat
beruvchi kibr-havosi janob de Frilerning ko‘zi o‘ngida hozir unga
deyarli iltijo bilan tikilib turgan bu sohibjamol qizning latofatini
yanada kuchaytirib ko‘rsatmoqda edi. U yana o‘zini odatdagidek
sovuqqon tuta boshladi-da, sira o‘ylab o‘tirmay xanjari tig‘ini o‘lja-
sining ko‘ksiga yo‘naltirdi.
– Rostini aytganda, – dedi u go‘yo shunchaki gap kelib qolgani
uchun aytayotgandek qilib, – agar janob Sorel o‘zi bir vaqtlar juda
sevgan ayolga rashk qilgani tufayli ikki marta o‘q uzganini ma’lum
qilishsa, men sira ham ajablanmagan bo‘lardim. U xushro‘ygina ayol,
yaqindan beri esa u abbat Markino degan dijonlik bir ruhoniy bilan
tez-tez uchrashib turadigan bo‘lib qolgandi. O‘sha abbat Markino
deyarli yansenist bo‘lib, barcha yansenistlar qatori axloqsiz odam
ekan.
Janob de Friler bu go‘zal qizning nozik tomonini bilib olgach, o‘ziga
erk berdi-da, huzur qilib uning yuragini azoblay boshladi.
518
– Xo‘sh, nega endi janob Sorel bu jinoyat uchun xuddi o‘sha cher-
kovni tanladi? – derdi u Matildaga o‘tli nigohini qadab. – Agar bu payt
o‘sha yerda raqibi ibodat o‘tkazayotganini nazarda tutsak, buning
sababini tushunsa bo‘ladi. Siz homiylik qilayotgan bu baxtiyor yi-
gitni barcha, o‘ta zukko, buning ustiga, g‘oyat ehtiyotkor odam, deya
tan olyapti. Bo‘lmasam uning uchun janob de Renalning o‘ziga juda
yaxshi tanish bo‘lgan bog‘iga yashirinishdan osoni yo‘q edi-ku axir.
U yerda uni hech kim ko‘rmasdi, hech kim undan shubhalanmasdi
ham. Shunda u o‘zi juda rashk qiladigan o‘sha ayolni bemalol o‘ldirib
ketaverishi mumkin edi. Juda to‘g‘ri bo‘lib ko‘ringan bu mulohaza,
Matildaning dardi-dunyosini qorong‘i qilib yubordi, u es-hushini
butunlay yo‘qotib qo‘ydi. Kiborlar jamiyatida inson yuragiga taq-
lidan o‘ylab ish tutishni mohirlik bilan o‘ziga singdirib olgan bu
dimog‘dor qiz otashqalb inson uchun har qanday mulohazalarni bir
chetga yig‘ishtirib qo‘yib, yurak amriga bo‘ysunish naqadar lazzat
bag‘ishlashi mumkinligini qayoqdan ham tushunardi deysiz. Matilda
o‘sib-ulg‘aygan Parijdagi asilzodalar jamiyatida hech qanday tuyg‘u,
ahyon-ahyondagi istisnolarni hisobga olmasak, mulohazakorlikdan
voz kecha olmaydi, odamlar o‘zlari derazadan tashlagudek bo‘lsalar,
faqat beshinchi qavatdan tashlaydilar-ku axir.
Nihoyat, abbat de Friler Matildani jilovlab olganiga ishonch hosil
qildi. U sudda Jyulenning qoralovchi bo‘lib chiqadigan prokurorga
ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega ekanligini (bu gap g‘irt yolg‘on edi,
albatta) ishora qildi.
Sud sessiyasining o‘ttiz oltita maslahatchisi tayinlanganidan keyin
esa, u ulardan kamida o‘ttiztasi bilan shaxsan o‘zi gaplashib qo‘yar
emish.
Agar Matilda janob de Frilerga shu qadar dilbar bo‘lib ko‘rinma-
ganida, u shunday ochiqchasiga gaplashishni lozim topguniga qadar
qiz uning oldiga besh-olti marta kelishga majbur bo‘lardi.
519
Do'stlaringiz bilan baham: |