Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

qo‘nimsiz edi. Bu epitetning provinsiyada eng yomon sifat hirobla-

nadigan betayin degan ma’nodan farqi juda oz edi.

«Qiziq, – dedi o‘ziga-o‘zi bir kuni Jyulen Matilda chiqib ketgach, 

– u meni shu qadar ehtiros bilan sevsa-yu, men esa bunga mutlaqo 

befarq qarasam. O‘lim yaqinlashgan sari inson hamma narsaga loqayd 

qaraydigan bo‘lib qoladi, deb o‘qigan edim, ammo o‘zingni ko‘riamak 

his etish va munosabatingni o‘zgartira olmaslik dahshat bo‘lar ekan. 

Demak, men xudbin ekanman-da?». Shundan so‘ng u o‘zini-o‘zi qattiq 

koyiy boshlardi.

Yigitning qalbida shuhratparastlik o‘lgan bo‘lib, uning xokidan 

yangi bir tuyg‘u o‘sib chiqqan edi: Jyulen buni de Renal xonimga 

suiqasd qilganidan pushaymonlik, deya atardi.

Aslida  esa  u  de  Renal  xonimga  bo‘lgan  sevgidan  es-hushini 

yo‘qotayozgan edi. U yolg‘iz qolib, bironta odamning xalal berishidan 

qo‘rqmagan paytlari Verrer yoki Verjida o‘tkazgan o‘sha baxtiyor 

kunlar haqidagi xotiralarga berilar ekan, dilida qandaydir ajib bir 

tuyg‘u his etardi. O‘sha kezlari bir lahzada o‘tib ketgan eng kichik 

voqealar ham uning uchun nafis va latif bir ma’no kasb etgandi. U 

Parijda qozongan muvaffaqiyatlarini hech qachon eslamasdi, ularni 

o‘ylasa zerikib ketardi.

Yigitning kundan-kun avj olib borayotgan bu ruhiy holatini rashk-

chi Matilda ham ma’lum darajada payqab qolgan edi. U ba’zan o‘zi 

Jyulenning yolg‘izlikka bo‘lgan muhabbati bilan kurashishga majbur 

bo‘layotganini juda aniq sezardi. Ba’zan qiz dahshat bilan de Renal 

xonimning nomini tilga olardi. Shunda u yigitning seskanib tushganini 

ko‘rardi. Uning Jyulenga nisbatan otashin sevgisi kundan-kun alanga 

olib borardi, bu tuyg‘uga hech nima to‘sqinlik qila olmasdi.

«Agar u o‘lsa, uning ortidan men ham o‘laman, – derdi u o‘ziga 

to‘la ishonch bilan. – Mendek asilzoda bir qizning o‘lim jazosiga 

hukm etilgan o‘z mahbubini bunday sajda qilish darajasida sevishini 

eshitishsa, Parij mehmonxonalaridagilar nima deyisharkin? Faqat 

qahramonlar davridagina bunday sevgini uchratish mumkin edi. 

Ha, Karl To‘qqizinchi va Genrix Uchinchi paytida qalblar xuddi ana 

shunday sevgi bilan yongan».

Ehtirosi jo‘sh urgan daqiqalarda u Jyulenning boshini ko‘ksiga 

bosib turar ekan, o‘ziga-o‘zi dahshat bilan derdi: «Qanaqasiga endi? 

Nahot shunday chiroyli bosh tanidan judo qilinsa? Ah, hali shunaqa-

mi, – deya qo‘shimcha qilardi u o‘zining qandaydir jozibali tomoni 




522

bo‘lgan bu qahramonligidan ruhlanib, – u holda oradan bir kun 

o‘tmasdanoq hozir mana shu jingala sochlarga yopishgan lablarim 

abadiy soviydi-qo‘yadi».

Qahramonlik va sevgi ehtiroslarining bunday jo‘sh urishi haqidagi 

xotiralar uni o‘ziga qandaydir asir qilib olgandi. Aslida jozibali tuyu-

ladigan, lekin shu paytga qadar bu takabbur qalb uchun notanish 

bo‘lgan o‘zini o‘zi o‘ldirish haqidagi fikr endi qizning diliga joylashib 

olgach, uni butunlay o‘ziga zabt etgandi.

«Yo‘q, ajdodlarimning qoni tomirida sovib qolmabdi», derdi o‘zi-

ga-o‘zi faxrlanib Matilda.

– Sizga katta bir iltimosim bor» – dedi qizga bir kuni Jyulen, – bo-

langizni Verrerda bironta enagaga bering, de Renal xonim esa o‘sha 

enagani nazorat qilib turadi.

– Qanday shafqatsiz gaplarni aytyapsiz menga. – shunday deya 

Matilda oppoq oqarib ketdi.

– Ha, rost, meni kechir, oldingda benihoya aybdorman! -– deya 

xitob qildi hushiga kelgan Jyulen Matildani bag‘riga bosar ekan. Biroq 

u qizni tinchitishga muvaffaq bo‘lib, Matilda yig‘idan to‘xtagandan 

keyin u yana o‘sha fikrga qaytdi. Ammo endi yigit ancha ehtiyotkor-

lik, faylasufona g‘amginlik bilan so‘zladi. U yaqin orada o‘zi mahrum 

bo‘ladigan kelajak haqida gapirmoqda edi. – Shuni tan olmoq kerakki, 

jonginam, muhabbat, bu – hayotdagi tasodifdir, lekin bunday tasodifga 

faqat yuksak qalb sohiblarigina musharraf bo‘la oladi. O‘g‘limning 

o‘limi aslida sizning nasl-nasabingiz uchun baxt bo‘lardi, hamma 

xizmatkorlaringiz buni juda yaxshi his etishadi. Isnod va baxtsizlik 

farzandi bo‘lgan bu bolani hech kim pisand qilmaydi... Men shunday 

bir vaqtning kelishiga umid qilamanki, bu vaqtning qachon kelishi 

haqida gapirishni mutlaqo istamayman, lekin mening matonatim 

shunday bo‘lishini oldindan sezyapti, siz mening vasiyatimga amal 

qilib, markiz de Kruaznuaga turmushga chiqasiz.

– Bu nima deganingiz? Mendek badnom bo‘lgan bir qiz-a?

– Badnomlik tamg‘asi siznikidek bir nomga yopishishi mumkin 

emas. Siz beva bo‘lasiz, beva bo‘lganda ham telba yigitning bevasi 

bo‘lasiz, bor gap shu. Sizga bundan ham aniqroq qilib aytishim 

mumkin: mening jinoyatimga hech qanday tamagirlik aralashgan 

emas, shu boisdan ham u unchalik nomus bo‘lib hisoblanmaydi. 

Ehtimol, o‘sha paytga borib bironta qonun chiqaruvchi faylasuf, 

zamondoshlarining barcha xurofotiga qaramay, o‘lim hukmini 



523

bekor qilishga erishar. Ana shunda o‘rni kelib qolsa, biror do‘sto-

na ovoz: «Mademuazel de lya Molning birinchi eri yodingizdami, 

to‘g‘ri, u telba edi, lekin bechora sira ham yovuz yoki zolim emasdi. 

Uning boshini olib juda bema’ni ish qilishgan...» – deyishi mumkin. 

Shundan so‘ng mening xotiramdan sira nomus qilmasangiz bo‘ladi, 

ayniqsa oradan biroz vaqt o‘tgach... Agar sizga uylansa, jamiyatdagi 

sizning mavqeingiz, sizning davlatingiz va ochig‘ini aytishga ijozat 

etasiz, sizning o‘tkir aql-idrokingiz janob de Kruaznuaga shunday 

obro‘-e’tibor keltiradiki, uning o‘zi hech qachon bunga erisha ol-

magan bo‘lur edi. Axir uning oliy nasl-nasab va jasoratdan bo‘lak 

ko‘zga tashlanadigan boshqa hech nimasi yo‘q. Bu fazilatlar bilan 

esa 1729-yilda muvaffaqiyatga erishish mumkin edi, zero o‘shanda 

hamma narsani shu fazilatlar hal qilardi. Endi, oradan bir asr o‘tgach, 

bu xislatlar shunchaki anaxronizm hisoblanadi va faqat insonning 

dilida umid uyg‘otadi xolos. Hozir fransuz yoshlariga yo‘lboshchilik 

qilmoq uchun dilda ba’zi boshqa fazilatlar ham bo‘lmog‘i kerak.

Siz ana shu g‘ayrat va shijoatingiz bilan eringizni a’zo bo‘lishga 

majbur etgan bironta siyosiy guruhni qo‘llab-quvvatlaysiz. Siz Fron-

da zamonida shuhrat qozongan Shevrez yoki Longevil xonimlar-

ning munosib vorisi bo‘lishingiz mumkin... Lekin u paytga borib, 

jonginam, hozir sizga ilhom bag‘ishlab turgan ilohiy o‘t birmuncha 

so‘nib qoladi.

– Sizga shu narsani aytmoqqa ijozat etgaysizki, – deya qo‘shim-

cha qildi u Matildaning etini biroz o‘ldirganidan so‘ng, – oradan o‘n 

besh yil o‘tgach, hozir dilingizdagi menga bo‘lgan muhabbatingiz 

sizga tentaklik, ehtimol uzrli, lekin har qalay tentaklik bo‘lib tuyula 

boshlaydi.

U birdan xayolga tolib, jimib qoldi. Uning miyasini yana Matil-

daning g‘azabini qo‘zg‘atgan o‘sha fikr chulg‘ab olgan edi: «Oradan 

o‘n besh yil o‘tgach, de Renal xonim mening o‘g‘limni jonidan yaxshi 

ko‘radi, siz esa uni unutib yuborasiz».




524


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish