Mavzu: SO‘FI OLLOYOR HAYOTI VA IJODINI O‘RGANUVCHI MANBALAR
REJA:
I. Kirish
1.So‘fi Olloyor hayoti va faoliyati
2.So‘fi Olloyor diniy va didaktik asarlar muallifi
3.”Sabot ul-ojizin”asarining ma‘rifiy yo‘nalishi
4.Shoir ijodida komil inson timsoli
II. Xulosa
III. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
So'fi Olloyor 1620-yili Samarqandning Minglar qishlog'ida Olloquli ismli taqvodor kishi oilasida tug'ildi. U boshlang'ich ma'lumotni uyda va masjid huzuridagi maktabda oldi. So'fi Olloyoro'n yoshlarida Buxoroga borib, o'n besh yillar mobaynida Jo'ybor shayxlaridan ilm o'rgandi, kasb-hunar orttirdi. Buxoroda oila qurib, Muhammadsodiq, Amina, Halima ismli farzandlar ko'rdi.Olloyor yigirma besh yoshida Buxoro bojxonasida ishlay boshladi. Lekin ko'p o'tmay, bojgirlikni tark etib, tariqat yo'liga kirib, shayx Habibullo huzurida o'n ikki yil tahsil ko'rdi. Tahsil va tariqat riyozatlari natijasida So'fi Olloyor ma'naviy komil inson, alloma, karomatgo'y avliyo sifatida yetildi. U islom aqidalari, tasavvuf ta'limoti, ma'naviy kamolot muammolarini yoritgan «Maslak ul-muttaqin», «Siroj ul-ojizin», «Sabot ul- ojizin», «Murod ul-orifin», «Mazxan ul-mute'in», «Najot ul- tolibin» singari asarlari orqali dunyoga tanildi. So'fi Olloyorning qabri Surxondaryo viloyatining Denov tumani yaqinidagi qishloqlardan birida joylashgan. Ammo vafot yili va unga taalluqli boshqa tafsilotlar noma'lum. So'fi Olloyor diniy adabiyotning yirik namoyandasidir. Uning butun ijodiyoti islomiy ma'rifat bilan sug'orilgan. U o'zi sevgan tasavvuf ta'limotini o'zbekona sodda so'zlarda ifodalashga juda mohir. So'fi Olloyor Yassaviy va Mashrab singari o'ziga xos dunyoqarashga ega bo'lgan faylasuf allomadir. Shoir dunyoni islom nuri hamda tasavvuf timsollari ko'zgusida ko'radi va u orqali badiiy aks ettiradi. Shoir nazmida inson ma'naviy kamolotining asosiy omili sifatida muhabbat tasvirlanadi. Uning nazarida muhabbat har qanday ezgulikning elchisi, muhabbatsizlik esa har qanday yovuzlikning doyasidir. Bu — Ollohga muhabbatdir. Zotan, Ollohga muhabbatdan e'tiqod, muhabbatsizlikdan esa e'tiqodsizlik tug'iladi:
Otasi Temir Yor ogʻlining tarbiyasi bilan jiddiy shugʻullanadi: u 12 yoshigacha oʻz qishlogʻida oʻqiydi, keyinchalik Buxoroga borib madrasalarda bilim olib, oʻzbek va tojik tillarida yoza boshlaydi. Shayxlar maktabi va Buxorodagi joʻybor shayxlari dargohida taʼlim olgan. Oʻz davrining barcha asosiy ilmlarini egallagan, arab va fors tillarini oʻrgangan. Buxoro xoni Abdulazizxon tomonidan boj mahkamasiga toʻra etib tayinlangan. Darveshona feʼl, shoirona koʻngil sohibi boʻlgan Soʻfi Olloyor bu lavozimdan tezda isteʼfo berib, oʻz davrining mashhur shayxi Navroʻzga shogird tushgan, tarikat talablarini bajarib, shayxlik martabasiga koʻtarilgan, valiulloh (karomat soxibi) boʻlib yetishgan.
Turkiy va forsiy tillarida ijod qilgan Soʻfi Olloyor ijodining asosiy yoʻnalishi islom maʼrifatini keng xalq orasiga yoyish va tasavvufning insoniy kamolot bilan bogʻliq gʻoyalarini targʻibtashviq qilishdan iborat. U "Maslak ulmuttaqin" ("Taqvodorlar maslagi"), "Murod ulorifin" ("Oriflar murodi"), "Maxzan ulmuteʼin" ("Itoatkorlar xazinasi") asarlarini forsiy, "Sabot ul-ojizin" ("Ojizlar saboti"), "Favz unnajot" ("Najot tantanasi") masnaviylarini turkiy tilda yaratgan. Forsiy va turkiyda bitilgan boshqa sheʼrlari ham mavjud. "Mevalar munozarasi" nomli manzuma ham unga nisbat beriladi.
SO.ning shoh asari "Maslak ulmuttaqin" boʻlib, 12 ming bayt, 135 ta kattakichik bobdan iborat. Ilohiy maʼrifatning badiiy talkiniga bagʻishlangan bu asar el orasida shuxrat tutganidan soʻng doʻstu yaqinlari undan turkiy tidda ham shunday bir kitob yozishni iltimos kiladilar. Bunta javoban u "Maslak ulmuttaqin"ni birmuncha qisqartirib, oʻzbek tilida nazmda bitgan va universiteta "Sabot ulojizin" deb nom bergan. Oʻzbek falsafiy didaktik adabiyotining yetuk namunasi boʻlmish ushbu asarda tasavvuf taʼlimotining maʼnaviyaxloqiy masalalarini keng yoritish bilan u turkiy tasavvuf adabiyoti rivojiga katga hissa koʻshgan.
Asarlarida islom ahkomlari, tariqat talablari, insoniy komillik shartlarini birmabir taʼriflab bergan. Axloqiytaʼlimiy ahamiyati jihatidan, xususan, "Maslak ulmuttaqin" va "Sabot ulojizin" asarlari maktab va madrasalarda asosiy dareliklar qatorida oʻqitilib kelgan. Uning diniytasavvufiy ruxdagi pandu hikmatga yoʻgʻrilgan asarlari nafaqat Turkiston, balki Qashqardan tortib Etel (Volga), Yoyiq (Ural) daryolari vohalari, Hojitarxon (Astraxan), Bulgʻor, Orenburg va boshqa mintaqalarda yashovchi xalqlar orasida ham keng tarqalgan. Ular koʻp nusxalarda koʻchirilgan. 19-asrning oxirlariga kelib esa Toshkent, Qozon, Boku, Istanbul va boshqa shaharlarda toshbosma yoʻli bilan bir necha marta bosilib chiqqan.
Soʻfi Olloyor asarlari koʻplab xorijiy tillarga tarjima qilingan, ularga bagʻishlab sharhlar yozilgan, lugʻatlar tuzilib, u qoʻllagan tasavvufiy istilohtimsollar keng sharhlangan.
So'fi Olloyor o'zbek xalqining o'tarchi urug'iga mansub edi:
Garchi Olloyor o'tarchidir, erur ul ham yomon,
Oning ham qadri o'tar bir nechaga o'lgan zamon.
So'fi Olloyoming hayoti oson kechgan emas. U hayotning ko'plab qiyinchiliklariga, taqdirning sonsiz-sanoqsiz sinovlariga duch keladi. To'ng'ich o'g'lining bevaqt vafoti, akasi Farhodbiyning Buxoro hukmdori Abulfayzxon qo'lida katta amaldorlardan biri bo'lishiga qaramay, qatl etilishi ana shunday og'ir sinovlardan edi.
Adib ikki tilda — o'zbek va fors-tojik tillarida asarlar yozgan. «Maslak ul-muttaqiyn» («Taqvodorlar maslagi») fors-tojik tilida yozilgan. Adib ayni shu g'oyalarni turkiy tilda yoritish zaruratini sezganligi uchun ham asarni «Sabot ul-ojizin» («Ojizlar saboti») nomi bilan boshqatdan yaratadi. Uning «Maxzan ul-muteyin» va «Murod ul-orifin» asarlari ham mavjud.
«Maslak ul-muttaqiyn» fiqh, shariat ahkomlari, ma'naviyat, axloq qoidalari haqida bahs yuritadi. Asar forsiy til bilan she'riy shaklda — masnaviy tarzida yozilgan. Uning umumiy hajmi o'n ikki ming baytdan ko'proqdir. Qiyoslash uchun eslatish mumkinki, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asari 6500 baytdan ortiqroq edi.
So'fi Olloyor asarlaridagi asosiy g'oya diniy-tasavvufiy, ma'rifiy fikr va e'tiqodni omma orasiga tarqatishdan, yoyishdan iborat edi. Bu maqsad yo'lida u turkiy til imkoniyatlaridan juda unumli foydalandi. Bu yo'lda unga Ahmad Yassaviy hamda Sulaymon Boqirg'oniylar tajribasi juda qo'l keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |