Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

Men bu ishni bajaradurmendegan o‘sha muhim jumladan so‘ng 

o raga cho‘kkan sukunatda yarim kechaga zang urildi. Jyulenga soat-

ning bu zang urishida qandaydir ulug‘vor va mash’um bir ma’no 

bordek tuyuldi. U hayajonga tushgan edi.

Tez orada muzokaralar yana davom etib, notiqlar endi nihoyatda 

jo‘shqin, eng muhimi esa, juda ochiqchasiga so‘zlashmoqda edi. «Bu 

odamlar oxir-oqibatda meni zaharlab o‘ldirishadi, – deya o‘ylardi 

ba’zan Jyulen. – Bunday gaplarni plebey oldida aytishga qanday jur’at 

etishayotganiykin axir?»

Soat ikkiga zang urdi, ular esa hamon tinimsiz gapirishmoqda edi. 

Uy egasi allaqachon xurrak ota boshlagandi, janob de lya Mol qo‘ng‘ir-

oq chalib, yangi sham keltirishlarini buyurdi. Ministr janob de Nerval 

chorak kam ikkida chiqib ketdi. Biroq u ketishdan oldin o‘zi o‘tirgan 

stuldan sal naridagi devorga o‘rnatilgan toshoynada aks etib turgan 

Jyulenning basharasiga bir necha bor diqqat bilan tikilib oldi. Ministr 

chiqib ketgan zahoti hamma o‘zini birmuncha yengilroq his etdi.

Shamdonlarga yangi shamlarni o‘rnatishar ekan, qo‘sha-qo‘sha 

jilet kiygan odam qo‘shnisiga qarab ohista dedi:

– Xudo bilsin, bu odam borib qirolga nimalar derkin. U bizni ah-

moqona ahvolga solib qo‘yishi va hamma ishni barbod qilishi mumkin. 

Ochig‘ini aytish kerak, uning bu yerga kelishi ortiq darajada o‘ziga 

ishonish va, hatto, surbetlikdir. U ministrlikka ko‘tarilishdan avval 

ham bu yerga kelib turardi, lekin ministrlik portfeli har qalay hamma 



429

ishni o‘zgartirib yuboradi, odam o‘zining barcha bo‘lak manfaatlarini 

unga qurbon qiladi. Janob de Nerval buni tushunmog‘i kerak edi.

Ministr chiqib ketishga ulgurmasdanoq bonapartchi general 

ko‘zlarini yumib oldi. So‘ngra u o‘zining sog‘lig‘i, eski jarohatlari 

haqida so‘z ochdi-da, soatiga qarab olib, g‘oyib bo‘ldi.

– Bas boylashim mumkinki, – dedi qo‘sha-qo‘sha jilet kiygan 

odam, – general hozir ministrning ortidan yugurib ketdi. U bu yerga 

kelgani uchun o‘zini oqlashga harakat qiladi va bizni o‘z qo‘lida ushlab 

turgani haqida ministrni ishontirmoqchi bo‘ladi.

Mudroq malaylar, aloha yangi shamlarni yoqib qo‘yishgach, rais 

so‘z oldi.

– Endi bir xulosaga kelmog‘imiz kerak, janoblar. Bir-birimizni 

fikrimizdan qaytarmoqchi bo‘lib, shuncha bahslashganimiz yetar. 

Yaxshisi, qirq sakkiz soatdan so‘ng chet ellik do‘stlarimizga topshiri-

lajak notaning mazmuni to‘g‘risida o‘ylab ko‘raylik. Bu yerda ministr-

lar haqida gapirishdi. Endi, janob de Nerval bu yerni tark etgach, 

ochig‘ini aytishimiz mumkin: ministrlar bilan nima ishimiz bor? Biz 

ularni o‘zimiz nima istasak, shunday fikr yuritishga majbur etamiz.

Kardinal nozik tabassum bilan uning gapini ma’qulladi.

– Menimcha, o‘z nuqtayi nazarimizni bayon qilib berishdan osoni 

yo‘q, – dedi Agdaning ko‘zlarida o‘taketgan mutaassiblikning pinhona 

olovi yonib turgan yosh yepiskopi. Shu paytga qadar u churq etib 

og‘iz ochmagandi. Uni kuzatib o‘tirgan Jyulen yepiskopning yuvosh 

va muloyim ko‘zlari muzokaralarning birinchi soatidan keyinoq yona 

boshlaganini ko‘rgan edi. Endi uning qalbida lovullab yonayotgan olov 

Vezuviy vulqoni kabi sirtiga otilib chiqdi.

– 1806-yildan to 1814 yilgacha, – dedi u, – Angliyani faqat bir 

narsada: bevosita Napoleonning o‘ziga qarshi hech qanday chora 

ko‘rmaganlikda ayblash mumkin. Bu odam gersog va kamergerlik 

unvonlarini orqa-oldiga qaramay ulasha boshlagach va u toj-u taxtni 

qayta tiklagach, – yaratgan Parvardigor uning zimmasiga yuklagan 

vazifa ado etilgan bo‘lib, faqat uni yakson etish qolgan edi. Muqaddas 

diniy kitoblarda mustabidlarni qay yo‘sinda yakson etmoqning ko‘plab 

yo‘llari ko‘rsatilgan (bu o‘rinda ko‘plab lotincha iqtiboslar keltiriladi).

Hozir, janoblar, birgina odamni emas, balki butun Parijni tor-mor 

keltirmoq talab qilinadi. Butun Fransiya Parijdan o‘rnak olyapti. Har 

bir departamentda o‘sha besh yuz kishingizni qurollantirishdan nima 

foyda? Bu juda xatarli ish va uning oxiri baxayr bo‘lmaydi. Faqat Parij-



430

gagina aloqador bo‘lgan bu ishga butun Fransiyani aralashtirib nima 

qilamiz? O‘z gazetalari, o‘z salonlari bilan ushbu qusurni dunyoga 

keltirgan faqat Parijning o‘zi, bas, shunday ekan, bu yangi Vavilon 

halok bo‘lsa bo‘laversin.

Kurash cherkov bilan Parij o‘rtasida ketyapti, unga chek qo‘ya-

digan payt keldi. Bu halokat toj-u taxtga, hatto uning dunyoviy man-

faatlari jihatidan ham foyda keltiradi. Nega Parij Bonapart naytida 

churq eta olmasdi? Bu haqda Taqdiri azal cherkovi yonidagi to‘pdan 

so‘rashingiz mumkin...

.......................................................................................................................

Jyulen janob de lya Mol bilan birgalikda o‘sha mehmonxonani tark 

etganida kechasi soat uch bo‘lgan edi. 

Markiz juda charchagan va xijolatga tushgan edi. U Jyulenga 

murojaat qilib umrida birinchi marta unga iltimos ohangida gapira 

boshladi. U Jyulendan yigit tasodifan shohid bo‘lgan anavi haddan 

tashqari g‘ayrat haqida (u xuddi shunday dedi) hech kimga aytmas-

likka so‘z berishni iltimos qilmoqda edi.

– Siz bu haqda chet ellik do‘stimizga faqat uning o‘zi qattiq turib 

talab qilgan va chindan ham manovi yosh tentaklarimizning kimligini 

bilib olishga istak bildirgan taqdirdagina so‘zlab berishingiz mumkin. 

Butun davlatning jahannamga qulashi bilan ularning nima ishi bor? 

Ular kardinal bo‘lib olib, Rimda panoh topishadi, bizlarni esa qasr-

larimizda mujiklar so‘yib ketishadi.

Jyulen yozgan yigirma olti sahifali protokol asosida markiz tuzgan 

maxfiy maktub ertalab chorakkam beshda tayyor bo‘ldi.

– O‘lguday charchadim, – dedi markiz, – bu hol notadan ham 

ko‘rinib turibdi, uning oxiri juda mavhum bo‘lib chiqdi. Umrimda 

bironta ham ishimdan shu qadar norozi bo‘lmagan edim. Gap bunday, 

do‘stginam, – deya qo‘shimcha qildi u, – borib bir necha soat dam 

oling, sizni mendan o‘g‘irlab ketmasliklari uchun esa, ustingizdan 

qulflab qo‘yaman.

Ertasi kuni markiz Jyulenni Parijdan ancha uzoqda, allaqanday 

chet joyda o‘rnashgan noma’lum bir qasrga olib bordi. Mezbonlar 

Jyulenda g‘alati taassurot qoldirishdi: unga bu odamlar ruhoniylar 

toifasiga mansub ko‘rindi. Yigitga boshqa bir kishining nomiga yo-

zilgan safar guvohnomasi berishdi, biroq endi bu hujjatda, nihoyat, 

u aslida qayerga borishi ko‘rsatilgan edi; shu paytga qadar esa yigit 

go‘yo bundan bexabardek yurgan edi. U kolyaskaga yolg‘iz o‘zi o‘tirdi.



431

Markiz uning xotirasi haqida sira ham shubhalanmasdi, Jyulen 

bir necha marta unga o‘sha maxfiy maktubni yoddan aytib bergandi. 

Biroq u Jyulenning o‘zini qo‘lga tushirishlaridan qo‘rqardi.

– Yodingizda bo‘lsin: eng muhimi, siz zerikkanidan o‘zini qayerga 

qo‘yarini bilmay, shunchaki sayohat qilib yurgan olifta bir yigitga 

o‘xshab ko‘rinmog‘ingiz kerak, – deya nasihat qilardi u Jyulenga, yigitni 

mehmonxona eshigiga qadar kuzatib qo‘yar ekan. – Kechagi majlisimiz-

ga bir-ikkita soxta maslakdosh suqilib kirgan bo‘lishi hech gap emas.

Yo‘lda vaqt juda tez o‘tmoqda edi, biroq Jyulenning dilini hasrat 

qoplab olgandi. Markizning ko‘zidan uzoqlashgan zahoti yigit maxfiy 

maktubni ham, qayerga va nima maqsadda ketayotganini ham bir 

zumda unutdi-qo‘ydi. Hozir uning butun fikr-xayoli uni rad etgan 

Matilda bilan band edi.

U Mettsdan o‘n chaqirimcha naridagi qandaydir bir qishloqda 

to‘xtaganida pochta idorasining noziri unga otlar yo‘qligini ma’lum 

qildi. Kechqurun soat o‘nlar edi, ta’bi g‘oyatda xira bo‘lgan Jyulen kech-

ki ovqat tayyorlab berishni iltimos qildi. U darvoza oldida sayr qilib 

yurib, go‘yo bilmay qolgan odamdek hech kimga sezdirmay otxonaga 

nazar tashladi. Chindan ham u yerda otlar ko‘rinmasdi.

«Lekin, har qalay, bu odam menga ancha g‘alati ko‘rindi, – deya 

xayolidan o‘tkazdi Jyulen. – U menga juda takallufsizlik bilan tikildi».

Chamasi, u otlar yo‘q degan gapga ishonqiramay qolgandi. Ke-

chki ovqatdan so‘ng u biror evini qilib jo‘nab qolishga ahd qildi-da, 

har ehtimolga qarshi bu joylar haqida so‘rab-surishtirib olmoq va 

isinmoq niyatida oshxonaga kirdi. U yerda yigit mashhur qo‘shiq-

chi sinor Jeronimoni ko‘rib qolganida qanday xursand bo‘lganini 

bilsangiz edi!

O‘zi shundoq olovning yoniga qo‘yishni buyurgan kresloda 

o‘rnashib olgan neapolitaniyalikning bir o‘zi atrofda og‘izlarini och-

ganlaricha angrayib turgan yigirma nafar nemis mujiklaridan ko‘proq 

gapirmoqda edi.

– Bu odamlar meni kafangado qilishmoqchi, – deya qichqirdi u 

Jyulenga qarab, – axir men ertaga Mayntsda kuylashga va’da bergan 

edim. Meni tinglamoq uchun yettita mulkdor knyaz u yerga ataylab 

kelgan. Qani yuring, tashqariga chiqib, toza havoda nafas olamiz, – 

dedi u qandaydir ma’nodor ohangda.

Ular yo‘l bo‘ylab yuz qadamcha yurishdi, bu yerda endi hech kim 

ularning gapini eshita olmasdi.



432

– Bu yerdagi gaplardan xabaringiz bormi? – dedi u Jyulenga. – 

Manovi pochta noziri g‘irt muttaham ekan. Sayr qilgani chiqqanimda, 

dastyor bolaga yigirma su bergan edim, u menga bor gapni aytib berdi. 

Qishloqning narigi chetidagi otxonada o‘n ikkita ot turganmish. Ular 

allaqanday choparni qo‘lga tushirishmoqchi ekan.

– Nimalar deyapsiz?! – deya o‘zini ma’sum ko‘rsatib xitob qildi 

Jyulen.


Biroq nozirning muttaham ekanligiga ishonch hosil qilishning o‘zi 

kamlik qilardi, bu yerdan jo‘nab keta bilish kerak edi, ammo Jeronimo 

ham, uning do‘sti ham bu ishning uddasidan chiqisha olmasdi.

– Mayli, ertagacha sabr qilamiz, – deya qaror qildi nihoyat Jeroni-

mo. – Chamasi, ular bizdan shubhalanishyapti. Sizgami, mengami, bil-

mayman, lekin ikkovimizdan birimizga ishonishmayapti ular. Ertaga 

ertalab yaxshigina nonushta tayyorlab berishni buyuramiz-da, ular 

qozon-tovoq bilan ovora bo‘lib turishganida sayr qilish bahonasida 

ko‘chaga chiqib, juftakni rostlab qolamiz va biror joyda ot-arava yol-

lab, keyingi pochta stansiyasiga yetib olamiz.

– Narsalarimiz nima bo‘ladi? – deya so‘radi Jyulen. Shu payt  uning 

miyasiga, meni qo‘lga tushirish Jeronimoning o‘ziga topshirilgan 

bo‘lsa-chi, degan xayol kelib qolgandi.

Kechki ovqatni yeb, yotib uxlash payti ham kelgandi: Jyulenning 

endigina ko‘zi ilingan ham ediki, birdan allakimlarning tovushi uni 

uyg‘otib yubordi: ikki odam uning xonasida sira tortinmay so‘zlashib 

turardi.

Jyulen ulardan birini darrov tanidi: qo‘lida fonar tutib turgan bu 

odam pochta noziri edi. Fonarning yorug‘i Jyulen kolyaskadan xo-

nasiga olib kirib qo‘yishni buyurgan safar sandig‘iga tushib turardi. 

Pochta noziri yonida turgan qandaydir odam sandiqning qopqog‘ini 

ochib, uni bamaylixotir titkilamoqda edi. Jyulenga faqat uning qo‘liga 

yopishib turgan torgina qora yengi ko‘rinib turardi.

«Axir bu jubba-ku!» – deya qaror qildi u o‘zicha va sekingina 

yostig‘ining tagida yashirib qo‘yilgan to‘pponchani qo‘liga oldi.

– Qo‘rqmang, taqsirim, ular uyg‘onishmaydi, – dedi pochta noziri. 

– Biz ularni o‘zingiz hozirlab bergan vino bilan siylaganmiz.

– Hech qanday qog‘oz ko‘rmayapman, – deya javob qildi pop. – 

Hammasi kiyim-kechaklar, atir-upa, sochmoy va shunga o‘xshash 

mayda-chuyda narsalar. Bu shunchaki ko‘ngil xushi uchun sayohat 

qilib yurgan hozirgi yengiltak yoshlardan birontasiga o‘xshaydi. 



433

Ularning chopari jo‘rttaga italyancha talaffuz bilan so‘zlayotgan 

anavi boshqasi bo‘lsa kerak. Ularning ikkovi ham Jyulenning ki-

yimlari cho‘ntagini titkilash niyatida uning yoniga kelishdi. Yigit 

bir ko‘ngli ularni o‘g‘ri sifatida otib tashlamoqchi ham bo‘ldi. Axir 

buning uchun hech qanday jazo berilmasdi. U o‘zini arang to‘xtatib 

qoldi. «Ahmoqlik qilmasligim kerak, – deya o‘yladi u. – Hamma ishni 

buzib qo‘yaman». Ular Jyulenning kiyimini titkilab chiqishdi. «Yo‘q, 

bu diplomat emas», deya qaror qildi pop. U yigitdan uzoqlashib juda 

yaxshi ish qildi.

«Agar menga qo‘lini tegizgudek bo‘lsa, yaxshilik ko‘rmaydi, – deya 

o‘ylardi Jyulen. – U hali ham menga xanjar sanchishi mumkin, faqat 

men bunga yo‘l qo‘ymayman».

Ruhoniy u tomon o‘girildi. Jyulen xiyol ko‘zini ochib qaradi: shu 

tobda uning naqadar hayratga tushganini bilsangiz edi! Bu ruhoniy 

abbat Kastanedning xuddi o‘zginasi edi! Chindan ham bu ikki nusxa 

uncha qattiq gapirmaslikka harakat qilishgan bo‘lsa-da, ulardan bi-

rining tovushi yigitga boshidanoq tanish ko‘ringandi. Jyulenning dilida 

zaminni bu mal’un gazandadan xalos etish istagi tug‘ildi.

«Xo‘sh, u holda vazifam nima bo‘ladi?» – dedi u o‘ziga-o‘zi.

Pop va uning yordamchisi chiqib ketishdi. Oradan chorak soat 

o‘tgach, Jyulen o‘zini uyg‘ongandek qilib ko‘rsatdi. U qichqirib, to‘po-

lon ko‘tardi va butun uyni uyg‘otib yubordi.

– Meni zaharlashibdi! Mazam qochyapti! – deya qichqirardi u. – 

Voy, juda azob chekyapman!

Jeronimoga yordam berish uchun unga bahona kerak edi. Yigit 

uning xonasiga kirib, afyun qo‘shilgan vinodan ichgan Jeronimoni 

deyarli behush holda ko‘rdi.

Shunday nayrang ishlatilishi mumkinligini oldindan sezgan Jyulen 

o‘zi Parijdan olib kelgan shokolad bilan qanoatlangan edi. U qancha 

urinmasin, Jeronimoni butunlay uyg‘otishga va uni o‘zi bilan jo‘nashga 

ko‘ndira olmadi.

– Menga butun Neapolitaniya qirolligini hadya qilishgan taqdir-

da ham o‘rnimdan turolmayman, – deya ming‘illardi uyqu aralash 

qo‘shiqchi, – yo‘q, uyg‘onmayman, uyqu juda shirin narsa!

– Yettita mulkdor knyaz nima bo‘ladi?

– Kutib turishadi.

Jyulen bir o‘zi yo‘lga chiqib, hech qanday sarguzashtsiz oliy haz-

ratning oldiga yetib oldi. U o‘zini qabul qilishlarini iltimos qilib, yarim 



434

kun vaqtini bekorga sarfladi. Uning baxtiga, soat to‘rtlarda gersog sayr 

qilgani chiqdi. Jyulen uning piyoda ketayotganini ko‘rgach, sira o‘ylab 

o‘tirmay gersogga yaqinlashdi-da, sadaqa so‘radi. U oliy hazratdan 

ikki qadam narida to‘xtab, cho‘ntagidan markiz de lya Molning soatini 

chiqardi va qo‘lini uzatib, uni gersogga ko‘rsatdi.

– Keyinroq qolib, ortimdan yuring, – deya javob qildi gersog uning 

yuziga qaraman.  

Taxminan bir chaqirimcha yo‘l yurishgach, gersog birdan chetga 

burilib, kichkina qahvaxonaga kirdi. Xuddi ana shu yerda, jo‘ngina 

qahvaxonaning iflos hujrasida Jyulen gersogga o‘sha to‘rt sahifadan 

iborat maktubni yod aytib berish sharafiga muyassar bo‘ldi. 

– Hammasini qaytadan takrorlang, – dedi gersog unga yigit mak-

tubni oxirigacha aytib bergach, – faqat sekinroq gapiring.

U ba’zi gaplarni yozib oldi. 

– Keyingi pochta stansiyasigacha piyoda boring. Narsalaringiz 




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish