Qizil va qora indd


XXIII Ruhoniylar, o‘rmonlar, ozodlik



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXIII

Ruhoniylar, o‘rmonlar, ozodlik

Butun hayotning asosiy qonuni, bu – o‘zini 

saqlash, omon qolish. Siz bo‘lsangiz zamburug‘ 

sochib, bug‘doy undiraman, deb umid qilyapsiz.



Makiavelli.

Muhtaram zot o‘z nutqini davom ettirdi: uning ko‘p narsalardan 

boxabar odam ekanligi yaqqol sezilib turardi, uning o‘z buyuk 

haqiqatlarini qanday sipolik va ishonch bilan bayon etishi Jyulenga 

juda ma’qul bo‘ldi:

1. Angliya biz uchun sariq chaqa ham sarflamaydi, ularda hozir 

iqtisod va Yum modaga kirgan. Hech kim, hatto ularning payg‘ambar-

lari ham bizga pul berishmaydi, janob Bruggem esa ustimizdan kuladi.

2. Yevropaning sohibqironlari ingliz oltini bo‘lmasa, ikkita kam-

paniyadan ortiqqa jur’at etishmaydi, mayda burjuaziyani tor-mor 

keltirmoq uchun esa ikki kampaniya kamlik qiladi.

3. Fransiyada qurolli partiya tashkil etmoq zarur, busiz Yevropa-

ning monarxik elementlari hatto o‘sha ikki kampaniyani o‘tkazishga 

ham botinishmaydi.

Men sizlarga mutlaqo shubhasiz bir narsa sifatida bayon etib 

bermoqchi bo‘lgan to‘rtinchi punkt esa quyidagi gapdan iborat:

Fransiyada qurolli partiyani ruhoniylar yordamisiz tashkil etib 

bo‘lmaydi. Men bu gapni ro‘y-rost aytyapman, janoblar, zero buni 

hozir sizlarga isbotlab beraman. Hamma ishni ruhoniylarga qo‘yib 

berish kerak.

1. Ruhoniylar kecha-yu kunduz o‘z burchlarini ado etadilar va 

ularga rahbarlik qiladigan munosib insonlar barcha to‘fonlardan 

chetda turadilar, zero ular chegarangizdan ming chaqirim narida 

istiqomat qilurlar...

– A-a! Rim, Rimni nazarda tutyapsiz! – deya xitob qildi uy egasi.

– Ha, hazratim, Rimni nazarda tutyapman! – deya g‘urur bilan 

takrorladi kardinal. – Sizlar yoshligingizda bu xususda qanchalik 

hazil-mazax qilgan bo‘lmang, chunki o‘sha kezlari bunday askiya rasm 

tusini olgandi, 1830-yilda Rim rahbarligidagi ruhoniylargina oddiy 

xalqning ko‘nglini topa oladi.



427

Hukmdorlari belgilangan kunda ellik ming ruhoniy qavm ahliga bir 

xil so‘zlarni aytadilar, pirovardida, sizlarga askar yetkazib beradigan 

xalq esa dunyoviy kishilarning suxandonligiga qaraganda o‘z ruhoniy-

sining xutbasiga ko‘proq quloq soladi... (Nafsoniyatga qattiqroq tega-

digan bu gap yig‘ilganlarning noroziligiga sabab bo‘ldi.)

– Ruhoniylar siznikiga qaraganda kattaroq kuchga egadurlar, – 

deya yana gap boshladi kardinal tovushini ko‘tarib, – asosiy maqsad 

yo‘lida Fransiyada qurolli partiya tashkil etmoq uchun sizlar ko‘rgan 

barcha choralarni biz amalga oshirganmiz...

Bu o‘rinda faktlar keltirildi... Vandeyada sakson ming qurolni 

xalqqa kim tarqatgan va hokazo, va hokazo.

– Ruhoniylar o‘z o‘rmonlariga ega bo‘lmagunlaricha ularning 

qo‘llaridan hech ish kelmaydi. Urush boshlangan zahoti moliya ministri 

o‘z agentlariga mablag‘ning kamligi tufayli faqat qavm ruhoniylariga-

gina maosh to‘lashni buyuradi. Axir Fransiya aslida xudosiz mamlakat, 

u urush qilishni yaxshi ko‘radi. Urushni kim boshlab bermasin, u xalq 

orasida darhol shuhrat qozonadi, zero urush qilmoq – avomning 

ta’biri bilan aytganda, iezuitlarni ochdan o‘ldirish, urush qilmoq – 

mag‘rur fransuzlarni chet el bosqinchilarining istilosidan xalos etish 

demakdir. Kardinalning nutqini xayrixohlik bilan tinglashmoqda edi...

– Yana janob de Nerval ministrlikdan ketsa yaxshi bo‘lardi, – deya 

qo‘shimcha qildi u, – zero uning nomi ortiqcha qahr-g‘azabga sabab 

bo‘lyapti.

Shundan so‘ng hamma o‘rnidan turib, g‘ala-g‘ovur boshlandi. 

«Hozir meni yana chiqarib yuborishadi», deya o‘yladi Jyulen, biroq 

hatto ehtiyotkor raisning o‘zi ham Jyulenning shu yerda ekanini va 

dunyoda shunday odam borligini unutib qo‘ygan edi. 

Barcha Jyulen darhol tanigan bir odamga tikildi. Bu bosh mipistr 

janob de Nerval bo‘lib, yigit uni gersog de Retsnikidagi balda ko‘rgan edi.

Parlament majlislari haqida axborot bergan gazetalarning tili 

bilan aytganda, sarosima avjiga chiqdi. Nihoyat, nisbatan tinchlik 

o‘rnatilguncha oradan chorak soat vaqt o‘tdi.

Ana shunda janob de Nerval o‘rnidan turdi-da, havoriy kabi voizlik 

qila boshladi:

– Men ministrlik lavozimini mutlaqo qadrlamayman, demoqchi 

emasman, – deya so‘z boshladi u qandaydir g‘alati ovoz bilan.

Bu yerda, mening nomim ko‘plab mo‘tadil odamlarni ham biz-

ga qarshi qo‘yib, yakobinchilarning kuchiga kuch qo‘shayotganini 



428

isbotlamoqchi bo‘lishdi, janoblar. Men bajonidil mansabimdan voz 

kechgan bo‘lardim, biroq Tangrining irodasini hammayam bilaver-

maydi. Men esa, – deya qo‘shimcha qildi u kardinalga qattiq tikilib, 

– peshonamga yozilganini bajarmog‘im darkor. Falak mening dilimga 

yo sen eshafotda boshingdan judo bo‘lasan, yo Fransiyada monarxi-

yani tiklab, parlamentni Lyudovik O‘n besh davridagi holiga tushirib 

qo‘yasan, degan fikrni solgan va men bu ishni bajaradurmen, janoblar.

U gapini tugatib, joyiga o‘tirdi, oraga og‘ir jimlik cho‘kdi.

«Yaxshi aktyor ekan!» – deya dilidan o‘tkazdi Jyulen, U, odatda, 

odamlarning zakovatini mubolag‘a bilan tasavvur qilar va bu gal 

ham, har doimdagidek, yanglishmoqda edi. Bu kechadagi jo‘shqin 

bahslardan va, ayniqsa, so‘zga chiqqan notiqlarning samimiyatidan 

ruhlanib ketgan janob de Nerval shu daqiqada o‘zining yuksak qis-

matiga sidqidildan ishonardi. Biroq katta matonatga ega bo‘lgan bu 

odam mulohaza bobida zaifroq edi.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish