XXII
Muzokara
Respublika! Hozirgi kunda umumning
baxt-saodati yo‘lida butun borlig‘ini qurbon qilish-
ga tayyor bo‘lgan bitta odamga faqat o‘z xursand-
chiligi va manmanligini o‘ylaydigan ming-minglab,
millionlab nusxalar to‘g‘ri keladi. Parijda insonga
uning fazilatlari bo‘yicha emas, u o‘tirgan kare-
taning hashamdorligiga qarab baho berishadi.
Napoleon. «Muqaddas Yelena memoriali».
Mehmonxonaga shitob bilan kirib kelgan malay: «Janob gersog»,
deya e’lon qildi.
– Jim bo‘l, oshna, sen tentak ekansan, – dedi gersog ichkari kirar
ekan. Gersog bu so‘zlarni shu qadar o‘rniga qo‘yib, shunday bir ulug‘vor-
lik bilan aytdiki, Jyulenning xayoliga beixtiyor, bu arkoni davlatning
418
haqiqiy iste’dodi malayga tanbeh berish san’atidan iborat bo‘lsa kerak
degan fikr keldi. Jyulen boshini ko‘tarib, unga bir nazar tashladi-yu, so‘ng
yana darhol yerga qarab oldi. Hozirgina kirib kelgan bu odam haqidagi
uning tasavvuri shu qadar to‘g‘ri chiqdiki, Jyulen, ko‘zimdan qanday
bema’ni xayolga borganim sezilib qolmasa edi, deya qo‘rqib ketdi.
Gersogning yoshi elliklarda bo‘lib, u juda olifta kiyingan edi va
so‘zlaganda xuddi murvati burab qo‘yilgan qo‘g‘irchoqqa o‘xshab
ketardi. Uning boshi uzun, burni katta bo‘lib, ruhsiz yuzi oldinga
yaqqol turtib chiqqan edi, bundan ham kiborroq va, shu bilan birga,
bundan ham nursizroq basharani tasavvur qilishning o‘zi qiyin edi.
U kelishi bilanoq majlis ochiq deb e’lon qilindi.
Janob de lya Molning tovushi daf’atan Jyulenning fiziognomik
kuzatuvlariga chek qo‘ydi.
– Sizlarga janob abbat Sorelni tanishtirishga ijozat etgaysizlar, –
dedi markiz. – Uning xotirasi juda ajoyib: men bundan atigi bir soat
muqaddam, ehtimol, yuksak bir vazifani bajarishga musharraf bo‘lishi
mumkinligini aytgan edim, u o‘z xotirasini namoyish qilmoq uchun
«Kundalik» gazetasining butun birinchi sahifasini yod oldi.
– Ha-ya! Anavi boyaqish N...ning chet el xronikasimi... – dedi uy
egasi. U shosha-pisha gazetani qo‘liga olib, o‘zini basavlat ko‘rsatishga
harakat qildi-da, basharasida qandaydir bema’ni bir ifoda paydo etib
Jyulenga qaradi. – Marhamat qiling, taqsir, – dedi u.
O‘rtaga chuqur jimlik cho‘kdi, hamma Jyulenga tikildi, u shu qadar
yaxshi javob qilmoqda ediki, yigirma satr o‘qilgach, gersog:
– Yaxshi, yetarli, – deya uni to‘xtatdi.
Ko‘zlari to‘ngiznikiga o‘xshaydigan kichkina odam stol yoniga
o‘tirdi. U rais ekan: zero o‘z joyiga o‘tirishi bilanoq bu odam Jyulenga
nariroqda turgan qarta stolini oldiga surib olishni ishora qildi.
Jyulen yozuv anjomlarini olib, o‘sha stol yoniga o‘tirdi. U yashil
stol atrofida o‘tirgan odamlarni o‘zicha sanab ularning o‘i ikki kishi
ekanini bilib oldi.
– Janob Sorel, – dedi gersog, – hozircha qo‘shni xonaga chiqib
turing, keyin sizni chaqirishadi.
Uy egasining basharasida birdan qattiq tashvish ifodasi paydo
bo‘ldi.
– Deraza qopqasi ochiq qolibdi, – dedi u sekingina yonida o‘tirgan
odamga. – Tashqariga qarashning hojati yo‘q, – deya farosatsizlik bilan
qichqirdi u Jyulenning ortidan.
419
«Mana, men ham endi fitnachilar safiga qo‘shilib qoldim, – deya
o‘yladi Jyulen. – Yaxshiyamki, bu to‘ppa-to‘g‘ri Grev maydonidagi dor
ostiga olib boradigan fitnalardan emas. Lekin hatto shunday xavf
bo‘lgan taqdirda ham men markiz uchun hatto bundan ham ortiqroq
xatardan tap tortmasligim kerak. Mening telbaligim kelajakda uni juda
ham ranjitmog‘i mumkinki, uning oldida shu yo‘l bilan o‘z albimni
yuvsam baxtiyor bo‘lardim!»
U o‘z telbaliklari va o‘z qayg‘usi haqida xayol surar va, shu bilan
birga, atrofni sinchiklab ko‘zdan kechirardiki, bu yerda ko‘zi tush-
gan barcha narsalar xotirasiga mustahkam o‘rnashib qolmoqda edi.
Faqat ana shundan keyingina yigit markizning malayga ko‘chaning
nomini aytmay fiakr yollashni buyurganini esladi. Markiz ilgari sira
ham bunday qilmasdi.
Jyulenni anchaga dovur bezovta qilishmadi. U chetlariga zarrin
hoshiyali baxmal sirilgan mehmonxonada o‘tirardi. Baland stolda
butga tortilgan Isoning fil suyagidan ishlangan katta haykali turardi,
kamin ustida esa janob de Mestrning ajoyib muqovalangan va hoshi-
yasiga zarhal yugurtirilgan «Papa haqida» kitobi ko‘zga tashlanardi.
Jyulen gap o‘g‘irlayotgan odam bo‘lib ko‘rinmaslik uchun o‘sha kitobni
varaqlay boshladi. Qo‘shni xonadagi odamlar ba’zan ovozlarini juda
baralla qo‘yib so‘zlashmoqda edi. Nihoyat, eshik ochilib, uni o‘sha
yoqqa chaqirishdi.
– Bilib qo‘ying, janoblar, – dedi rais, – biz endi shu daqiqadan
e’tiboran gersog oldida so‘zlayotirmiz. Yosh ruhoniy bo‘lmish manovi
janob, – shunday deya u Jyulen tomon ishora qildi, – bizning muqaddas
ishimizga sodiq odam. U o‘zining ajoyib xotirasi yordamida biz aytgan
hamma gaplarni unga batafsil so‘zlab bergay.
– So‘z sizga, taqsir, – dedi u so‘ngra egniga qo‘sha-qo‘sha jilet kiyib
olgan avliyosifat odamni so‘zlashga da’vat etib.
Jyulen jilet kiygan bu janobni har qalay biror nom bilan atashgani-
da tabiiyroq bo‘larmidi, deya xayolidan o‘tkazdi. U qog‘ozni oldiga
surib qunt bilan yozishga tutindi.
(Bu o‘rinda muallifning butun bir sahifaga nuqta qo‘yib chiqish
niyati bor edi.
– Bu mutlaqo o‘rinsiz bo‘ladi, – dedi shunda unga noshir, – bunday
yengiltak asar uchun esa o‘rinsiz uydirmalar mutlaqo ortiqcha.
– Siyosat, – deya e’tiroz bildirdi muallif, – bu – adabiyot bo‘yniga
bog‘langan xarsang toshdir, – oradan yarim yil o‘tmasdanoq u badiiy
420
asarni g‘arq etadi. Fantaziya to‘qimasi orasiga siyosatni suqish –
konsert paytida to‘pponchadan o‘q uzish bilan barobar. Bu yurakni
yoradigan tovush, albatta, lekin unda hech qanday ta’sirchanlik
bo‘lmaydi. U hech qanday musiqa asbobiga mos tushmaydi. Siyosat
o‘quvchilarimning yarmisini ranjitadi, qolgan yarmisiga esa juda ze-
rikarli bo‘lib ko‘rinadi, zero ular ertalab gazetada o‘qiydigan narsalar
ancha qiziqroq va o‘tkirroq bo‘ladi...
– Agar sizning qahramonlaringiz siyosat to‘g‘risida so‘zlashma-
sa, – dedi noshir, – demak, ular ming sakkiz yuz o‘ttizinchi yilning
fransuzlari emas, kitobingiz esa, bir o‘rinda o‘zingiz e’lon qilgandek,
sira ham ko‘zguning o‘zginasi bo‘lmay qoladi...)
Jyulen yozgan protokol yigirma olti sahifani tashkil etdi, garchi
zaifroq bo‘lsa-da, mana uning qisqacha mazmuni, zero, doim shunday
paytlarda qilinganidek, turli hangomalarni qisqartshiga to‘g‘ri keldi,
chunki bunday safsatalar ko‘payib ketsa, kitobxonning ko‘ngli behu-
zur bo‘lishi yoki ular haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lib tuyulishi
mumkin («Tribupal xabarchisi»ga nazar tashlang).
Egniga qo‘sha-qo‘sha jilet kiygan avliyosifat odam (ehtimol, u
yepiskop bo‘lsa kerak) tez-tez jilmayib turar, ana shunda uning xiyol
pastga qaragan kipriklari ostidagi ko‘zlari haddan tashqari chaqnab
ketardi. Bunday paytlarda esa, uning ko‘zidagi ifoda odatdagidek
jur’atsiz bo‘lib ko‘rinmasdi. Gersog oldida birinchi bo‘lib so‘zlashga
taklif etilgan mazkur zot («Bu qaysi gersog bo‘ldi ekan?» – deya o‘ylar-
di Jyulen), chamasi, barchaning fikrini bayon etib, o‘zini umumning
vakili qilib ko‘rsatish niyatida bo‘lsa kerak, Jyulenning nazarida,
qandandir qat’iyatsizlik va aniq xulosalarning yo‘qligini namoyish
etdiki, odatda sudyalar toifasiga shu aybni qo‘yishadi. Keyinchalik,
muhokama payti, gersog shu boisdan unga tanbeh berib qo‘ydi.
Savob va mehr-shafqat to‘g‘risidagi bir qancha dono gaplardan
so‘ng qo‘sha-qo‘sha jiletli odam shunday dedi:
– Buyuk inson, umrboqiy Pitt rahbarlik qilgan olijanob Angliya
revolyutsiyaga qarshi turmoq uchun qirq milliard frank sarfladi.
Agar jamoa ijozat etsa, men qayg‘uli bir fikrni ochiq bayon qilib
berishga urinib ko‘raman, menimcha, Angliya Bonapart kabi bir
odamga qarshi faqat ezgu niyatlarning ma’lum miqdori bilangina
kurashmoqchi bo‘lganida katta xatoga yo‘l qo‘ygan. Holbuki bunday
odamga qarshi faqat individual vositalar yordami bilan kurashish
mumkin edi.
421
– Ah, yana o‘sha qotillikka madhiyami, – dedi biroz tashvishga
tushib uy egasi.
– Marhamat qilib, bizni o‘sha chuchmal pand-nasihatlarin-
gizdan xalos etsangiz, – deya xitob qildi rais zardasi qaynab, uning
to‘ngiznikidek ko‘zlari g‘azab bilan yondi. – Davom etavering! – dedi
u qo‘sha-qo‘sha jilet kiygan odamga. Raisning yonoqlari bilan pesho-
nasi bo‘g‘riqib ketdi.
– Olijanob Angliya, – deya davom etdi ma’ruzachi, – hozir yakson
etilgan, har bir ingliz kundalik rizq-ro‘ziga pul sarflashdan avval ya-
kobinchilarga qarshi kurashga ketgan o‘sha qirq milliard frankning
protsentini to‘lamoqqa majbur. Angliyada Pitt yo‘q endi.
– Unda endi gersog Vellington bor! – dedi harbiy mundir kiygan
odam mahobat bilan.
– Iltimos qilaman, janoblar, og‘irroq bo‘linglar! – deya qichqirdi
rais. – Agar yana bahs boshlanadigan bo‘lsa, u holda janob Sorelni
chaqirib nima qilardik?
– Sizning buyuk g‘oyalar vasvasasida yurganingiz barchaga ayon,
afandim, – dedi achitib gersog sobiq Napoleon generali bo‘lmish
harbiyga o‘qrayib qarar ekan. Jyulen gersog bu gapi bilan gene-
ral uchun juda haqoratli bo‘lgan qandaydir shaxsiy ishga shama
qilayotganini tushundi. Hamma jilmaydi, sotqin general g‘azabdan
dag‘-dag‘ titrardi.
– Pitt endi yo‘q, janoblar, – deya yana gap boshladi ma’ruzachi o‘z
tinglovchilariga ta’sir o‘tkazishdan umidini uzgan odamga xos ma’yus
bir ovoz bilan. – Mabodo Angliyada yangi Pitt paydo bo‘lgan taqdirda
ham butun bir xalqni bir xil nayrang bilan ikki marta aldab bo‘lmaydi.
– Xuddi shuning uchun ham Bonapart kabi jahongir general Fran-
siya uchun endi sira to‘g‘ri kelmaydi! – deya xitob qildi boyagi harbiy
yana ma’ruzachining gapini bo‘lib.
Bu gal, garchi Jyulen ularning ko‘zlaridan o‘zlarini arang bosib
turishganini yaqqol ko‘rgan bo‘lsa-da, rais ham, gersog ham g‘azabla-
nishga jur’at etishmadi. Ular pastga qarab olishdi, gersog esa ham-
maga eshittirib xo‘rsinib qo‘ydi xolos.
Biroq ma’ruzachi bu gal ranjidi.
– So‘zlashimga xalal beryaptilar axir, – dedi u jahl bilan daf’atan
anavi sertabassum nazokatni bir chetga yig‘ishtirib qo‘yib; Jyulenning
nazarida, bu uning fe’l-atvorining haqiqiy in’ikosi edi. – So‘zlashimga
xalal beryaptilar axir, hech kimning izzat-nafsiga tegmaslikka harakat
422
qilayotganimni bironta ham odam tushunishni istamayapti. Xo‘p,
mayli, janoblar, gapni qisqa qilaman.
Sizga oddiygina qilib aytaman: savob ishga yordam bermoq uchun
Angliyaning hozir sariq chaqasi ham yo‘q. Hozir o‘sha Pittning o‘zi
qaytarilgan taqdirda ham, o‘zining shu qadar buyuk zakovatiga qa-
ramay, u mayda ingliz mulkdorlarini laqillata olmagan bo‘lardi, zero
ular qisqagina Vaterloo kampaniyasi, yolg‘iz o‘sha urushning o‘zigina
ularga milliard frankka tushganini juda yaxshi tushunib qolishgan.
Mendan aniqlikni talab qilishar ekan, – deya davom etdi ma’ruzachi
borgan sayin ruhlanib, – sizga to‘g‘risini aytib qo‘ya qolaman: o‘zin-
gizga o‘zingiz yordam bering, chunki sizga madad bermoq uchun
Angliyaning bir gineya ham puli yo‘q. Angliya pul to‘lashga qodir
bo‘lmagan paytda esa jasorat degani qop-qop-u, lekin sariq chaqasi
ham bo‘lmagan Avstriya, Rossiya, Prussiyalar Fransiyaga qarshi bir
yoki ikki kampaniyadan ortig‘iga dosh bera olmaydilar.
Yakobinchilar safarbar etadigan askarlar birinchi kampaniyada,
boringki, ehtimol, ikkinchi kampaniyada ham mag‘lub bo‘larlar, lekin
uchinchisi masalasiga kelsak, mayli, sizlarning ko‘zingizga revol-
yutsioner bo‘lib ko‘rinsam-ko‘rina qolay, uchinchi kampaniyada siz
1794-yil askarlariga duch kelasizki, ular endi 1792-yildagi qishloqi
rekrut bo‘lmay qoladilar.
Shu payt uch yoki to‘rt joydan yangragan xitoblar uning gapini
bo‘lib qo‘ydi.
– Taqsir, – dedi rais Jyulenga qarab, – siz qo‘shni xonaga chiqing-
da, hozir o‘zingiz yozgan protokolning bosh qismini oqqa ko‘chiring.
Jyulen xonadan chiqib ketar ekan, dilida afsuslanib qo‘ydi. Ma’ru-
zachi Jyulen anchadan buyon o‘ylab yurgan va kelajakda sodir bo‘lishi
mumkin bo‘lgan ba’zi bir ishlar haqida so‘z ochgan edi.
«Ularni kulgi qilishimdan qo‘rqishyapti», deya xayolidan o‘tkazdi
u. Uni qayta chaqirishganida, janob de lya Mol tantanavor ohangda
so‘zlamoqda edi. Jyulenga bu hol kulgili tuyuldi, zero u markizni
yaxshi bilardi.
– ...Ha, janoblar, xuddi ana shu baxtsiz xalq haqida:
Kim bo‘ladi u? Xudomi, dasturxon yoxud jomasho‘y? –
deya savol berish mumkin. «U Xudo bo‘ladi!» – deydi javoban masalchi.
Biroq bu samimiy va ulug‘ so‘zlarni, janoblar, biz sizlarning tilingizdan
423
eshitmog‘imiz darkor. Ish boshlang, ana shunda ajdodlarimiz yarat-
gan va bizning o‘zimiz ham Lyudovik O‘n oltining o‘limi oldidan o‘z
ko‘zimiz bilan ko‘rgan buyuk Fransiya yana qaddini rostlaydi.
Angliya yoki aqalli uning olijanob lordlari xuddi biz kabi manfur
yakobinchilikdan nafratlanishadi: ingliz oltini bo‘lmasa Rossiya,
Avstriya va Prussiya ikki-uch jangdan ortig‘iga dosh berisha olish-
maydi. Biroq bu 1817-yilda janob de Rishelye imkonyatni boy bergan
o‘shanday baxt keltiruvchi okkupatsiya uchun yetarli deb o‘ylaysizmi?
Men bunga ishonmayman.
Shu payt kimdir markizning gapini bo‘lishga uringan edi, chor
atrofdan «jim!» deya uning og‘ziga urishdi. gapni bo‘lishga uringan
odam yana o‘sha imperator armiyasining generali edi: u zangori len-
tani orzu qilar va maxfiy maktub mualliflari orasida ko‘zga ko‘rinarli
o‘rin egallash niyatida edi.
– Yo‘q, men bunga ishonmayman, – deya davom etdi janob de lya
Mol g‘ala-g‘ovur bosilgach, u ana shu «men» so‘zini shu qadar cher-
tib, shu qadar mardona bir ohangda aytdiki, Jyulen unga qoyil qoldi.
«Mana bu to‘g‘ri yo‘l! – deya o‘ylardi u, qalami markiz nutqi ortidan
qolmay qog‘oz ustidan yelar ekan. – Qoyillatib aytgan birgina so‘zi
bilan janob de lya Mol anavi sotqinning yigirmata kampaniyasini
chippakka chiqardi».
– Yangi harbiy okkupatsiyaga umid qilar ekanmiz, – deya davom
etdi markiz pinagini buzmay, – biz faqat xorijiy kuchgagina tayan-
masligimiz lozim. – «Globus»ga otashin maqolalar yozib yuruvchi barcha
bu yoshlardan sizlarga uch-to‘rt komandir yetishib chiqishi mumkin.
Ular orasida, ehtimol, Kleber ham, Gosh ham, Jurdan ham, Pishegryu
ham topilar, biroq endi bu gal niyati xolis yigitlar bo‘lmaydi ular.
– Biz uning shuhratini dunyoga taratmay beparvolik qildik, – dedi
rais. – Uning nomini abadiylashtirmoq lozim edi.
– Nihoyat, Fransiyada ikki partiya bo‘lishiga erishmoq kerak, –
deya davom etdi janob de lya Mol, – lekin ular faqat nomi bilangina
farq qilib turmay, balki bir-biridan keskin ajraladigan, bir-biriga
mutlaqo o‘xshamaydigan partiyalar bo‘lmog‘i lozim. Kimlarni yak-
son etishni aniq bilib olaylik. Bir tomonda jurnalistlar, saylovchilar,
qisqasini aytganda, jamoat fikri, yoshlar va ularga qoyil qoladigan
barcha bo‘lak odamlar bo‘ladi. Ular o‘zlarining safsatalariga mahliyo
bo‘lib yurishar ekan, biz, janoblar, buyuk bir ustunlikka egamiz, biz
byudjetni idora etamiz.
424
Shu payt yana uning so‘zini bo‘lishdi.
– Siz, afandim, – deya murojaat qildi janob de lya Mol so‘zini
bo‘lgan odamga qandaydir xotirjamlik va o‘ta takabburlik bilan, –
agar hozirgi so‘zlarim g‘ashingizga tegayotgan bo‘lsa, u holda siz
byudjetni idora etmayapsiz, balkim davlat byudjetidan qirq ming
frankka hukumat ajratib bergan sakson ming frankni qo‘shib yamlab
yutyapsiz.
Yaxshi, afandim, modomiki meni shunga majbur qilgan ekansiz,
men sira istihola qilib o‘tirmay o‘zingizni misol keltiraman. Avliyo
Lyudovik bilan salib yurishiga jo‘nagan shavkatli ajdodlaringiz kabi,
siz mana shu bir yuz yigirma frankka bizning ishimiz uchun hech
bo‘lmasa bitta polkni qurollantirib berishingiz kerak edi. Mayli, polk
ham demaylik, atigi bir rota, yarim rota yoki boringki, muqaddas
ishimiz uchun jonini ayamay jang qilishga tayyor bo‘lgan ellik kishi
ham bo‘la qolsin. Xo‘sh, siz nima qilyapsiz, faqat malaylaringiz bor
xolos.
Agar isyon ko‘tarilgudek bo‘lsa, o‘zing‘izga qurol ko‘taradi ular.
Toj-u taxt, cherkov, dvoryanlar – bularning bari, agar siz, janoblar,
har bir departamentda qurollangan otryadlar tashkil etmasangiz,
ertagayoq qulashi mumkin. Bu otryadlar bizga sadoqatli besh yuz
kishidan iborat bo‘lmog‘i lozim, men bu o‘rinda «sadoqatli» der
ekanman, faqat fransuzcha jasoratni emas, balki ispancha sabot va
matonatni ham nazarda tutyapman.
Bu odamlarning yarmini bizning o‘g‘illarimiz, jiyanlarimiz, xullas,
asilzoda dvoryanlar tashkil etmog‘i darkor. Ulardan har birining yoni-
da, agar 1815-yil takrorlangudek bo‘lsa, darhol uch rangli nishon taqib
oladigan mahmadona – meshchan emas, balki Katelinoga o‘xshash
samimiy va sofdil oddiy dehqon yigiti bo‘lmog‘i lozim. Bizning dvo-
ryanimiz unga ustozlik qiladi, agar bu uning emikdosh ukasi bo‘lsa,
ayni muddao. Har bir departamentda besh yuz kishidan iborat ana
shunday sadoqatli kichik bir otryad tuzmoq uchun har qaysimiz o‘z
daromadimizning beshdan birini bermog‘imiz kerak. Ana shunda
xorijdan qilinadigan okkupatsiyaning muvaffaqiyatli chiqishiga umid
qilsa bo‘ladi. Agar chet ellik askar har bir departamentda qurollangan
besh yuz nafar do‘stini uchratishga imoni komil bo‘lmasa, u hatto
Dijonga ham yetib kela olmaydi.
Siz yigirma ming dvoryanning qo‘liga qurol olib, Fransiyaning
darvozasini ochib berishga tayyor turganini e’lon qilmaguningizcha
425
chet ellik qirollar gapingizga quloq ham solishmaydi. Bu juda og‘ir
majburiyat, deyishingiz mumkin. Janoblar, biz faqat shu yo‘l bilan-
gina boshimizni qutqarib qolishimiz mumkin. Matbuot erkinligi
bilan biz, dvoryanlarning mavjudligi o‘rtasida hayot-mamot ku-
rashi ketyapti. Yo zavodchi mujik bo‘ling, yo qo‘lingizga qurol oling.
Istasangiz qo‘rqoqlik qilishingiz mumkin, lekin ahmoq bo‘lmang,
ko‘zingizni oching.
Do'stlaringiz bilan baham: |