1 – Mavzu: Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari. Neftni qayta ishlashning asosiy usullari. Reja



Download 420,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana07.07.2022
Hajmi420,82 Kb.
#752886
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maruza 1



1 – Mavzu:
Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari. Neftni qayta ishlashning 
asosiy usullari. 
Reja: 
1.
Neftning qisqacha tavsifi, Respublikamizda neft va gaz sanoatining 
rivojlanishi. 
2.
Neft tarkibida azot, kislorod, oltingugurt va boshqa moddalarning mavjudligi. 
3.
Neftni qayta ishlashning asosiy usullari. 
4.
Neft mahsulotlarini tozalash. 
Tayanch iboralar: 
Neft, 
organik qoldiqlar, 
vodorod,
oltingugurtli birikmalar

rektifikatsiyalash kolonnasi, 
minora, 
kreking, katalitik riforming. 
Neft o‘simlik va hayvonot dunyosining organik qoldiqlari asosida paydo 
bo‘lgan. Organik qoldiqlarning parchalanishi hamda neftning paydo bo‘lishi yuqori 
harorat va bosim, radioaktiv nurlanish ta’sirida sodir bo‘lgan. Turli joylardagi va 
geologik jinslardagi organik qoldiqlarning tarkibi hamda o‘zgarish sharoitlari bir 
xil bo‘lmaganligidan har xil neftlar hosil bo‘lgan.
Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra neft o‘ziga xos hidli quyuq moysimon suyuqlik 
bo‘lib, turli tusdagi jigarrang ko‘rinishga ega. Kerosinni eslatuvchi och rangli neft 
kam uchraydi, ba’zan deyarli qora rangdagi, suvda cho‘kuvchi qovushqoq smolali 
suyuqlik ko‘rinishida ham uchraydi. Odatda, neftning zichligi 0,75 dan 1,3 g/sm
3
gacha (neftning zichligi uning tarkibidagi smolasimon-asfaltli birikmalar va qattiq 
uglevodorodlar miqdorining ko‘payishi hisobiga ortishi mumkin) bo‘ladi. Neftning 
rangi qancha och bo‘lsa, uning zichligi shuncha kam, oquvchanligi esa katta 
bo‘ladi. Neft zichligi bo‘yicha uch turga bo‘linadi: 
yengil neft 
(0,65–0,87 g/sm
3
), 
o‘rtacha neft 
(0,871–0,910 g sm
3
) va 
og‘ir neft 
(0,910–1,3 g/sm
3
). Yonish issiqligi 
43,7–46,2 MJ/kg. Neft uglerod va vodorod atomlarining turli nisbatlaridagi 
murakkab aralashmasidir. Uning elementar tarkibi quyidagicha bo‘ladi: 83–87 foiz 
uglerod; 11 - 14 foiz vodorod; 0,1 - 1,2 foiz kislorod; 0,02–1,7 foiz azot va 0,01 - 
5,5 foiz oltingugurt. Tarkibiy qismlarining (uglerod, vodorod, kislorod, azot, 
oltingugurt) o‘xshashligiga qaramay, turli joydan olingan neftlarning fizikaviy va 
kimyoviy xossalari har xil bo‘ladi. 
Neft hamda gaz yer qobig‘ining turli chuqurlikdagi qatlamlarida, turli - tuman 
g‘ovak va boshqa tog‘ jinslari orasida uglevodorod gazlari bilan birgalikda 1,2 - 2 
kilometrdan 5 - 6 kilometrgacha chuqurlikda yotadi. Yer qa’rida, asosan, qora 
rangli moysimon suyuqlik bo’gan neft uchraydi. Neft so‘zi forscha - yonib ketish, 
alangalanish ma’nosini anglatadi.
Neftning organik qoldiqlaridan hosil bo’lish mexanizmi 
ulardan kislorod bilan 
azotning yuqolib, uglerod bilan vodorodning yig‘ilishiga asoslanadi. Yer qa’rida 
neft hosil bo’lishi organik hayotning keng rivojlana boshlagan davri, ya’ni 
taxminan bundan 350 - 400 million yil oldin boshlangan. 


Neftning 4,5 - 5 kilometrdan pastda bo’lganlari tarkibida yengil fraksiyalari 
oz miqdorda bo‘lib, asosan, gazlar va gaz kondensatlari yig‘ilgan bo’ladi. Bosim, 
harorat va ichki o‘zgarishlar ta’sirida neft katta masofalarga siljishi mumkin. 
1970 yillarda butun dunyo energiya balansida neft 34%, gaz 18% ni tashkil 
etadi, ko’mir 32%, o’tin 10%, energiyaning boshqa manbalari 6% ni tashkil etadi. 
1998 yilda energiyaning manbalari quyidagicha taqsimlanadi: neft - 39%, gaz -
22%, ko’mir - 26%, gidroelektrostansiyalar - 7%, atom elektrostansiyalari - 6%. 
Ko’rinib turibdiki, neft va gaz jamiki energiya manbalarining 61% ini tashkil 
qilmoqda.
Neft qazish 1900 yilda atigi 20 million tonna atrofida bo’lgan bo’lsa, bu 
ko’rsatkich 1950 yillarda 520 million tonnaga yetgan, ya’ni, 1900 yildagi 
miqdordan 26 marta oshgan, asr oxiriga kelib esa bu ko’rsatkich deyarli 3,6 mlrd 
tonnaga yetadi yoki asr boshidagidan 180 marta oshgan. 
Dunyo miqyosida gaz chiqarishning ko’lami neftdan ortiq bo’lib, katta 
odimlar bilan rivojlanmoqda. Ma’lumki, neft va gaz faqat yoqilg’i energetika 
manbai sifatida emas, balki kimyo sanoatining xom ashyosi sifatida ham juda 
katta ahamiyatga molikdir. 
Chunonchi, tabiiy gaz va neft bilan birga chiqadigan yo’ldosh gazlardan etan, 
etilen, polietilen, etil spirti, atsetilen, propan, propilen, polipropilen, qatlamik 
massalar, butan, butilen, izobutan, butadiyen, sinetik kauchuk, benzol, atseton, 
turli 
eritmalar: 
fenol, 
fenolformaldegid 
qatronlari, 
fenolformaldegid, 
qatlamifikatorlar, sun’iy tolalar, oltinguturt, qorakuya va yana ko’plab mahsulotlar 
olinadi. Hozirgi kunda gazlardan olinayotgan mahsulotlarning turlari kundan - 
kunga ortib bormoqda. 
Gaz mahsulotlaridan olinayotgan mahsulotlar oyna va po’latning, jun va 
ipakning, yog’och va donning o’rnini bosmoqda. 1 tonna sintetik kauchuk olish 
uchun 2 tonna etil spirti yoki 9 tonna don, yoki 22 tonna kartoshka, yoki 30 tonna 
qand lavlagi kerak bo’ladi. Ushbu mahsulotlarni 5 tonna suyultirilgan gazdan ham 
olish mumkin, uning tannarxi esa boshqa mahsulotdan olinganga nisbatan ancha 
farq qiladi. Bunday qulaylik boshqa moddalar olishda ham kuzatiladi. Gaz 
kondensatlaridan ham xalq xo’jaligi uchun ko’plab foydali mahsulotlar (benzol, 
toluol, ksilol), och rangli yoqilg’ilar (benzin, ligroin), sintetik kauchuk uchun 
mahsulot (izobutan, izopropan) olinadi. 
Neftning o‘rtacha molekulyar massasi 220-300 (ba’zan 450 - 470 gacha ham 
yetadi) va neftning zichligi 770 - 920 kg/m
3
bo‘lib, 830 kg/m
3
dan past bo’lgan 
turi yengil, 831-860 kg/m
3
atrofidagisi - o‘rtacha va 860 kg/m
3
dan yuqorisi - og‘ir 
neft deb yuritiladi.
Neft tarkibida organik moddalar mavjudligi tufayli uni qaynash harorati bilan 
emas, balki suyuq uglevodorodlarning qaynash harorati bilan tavsiflanadi. Neft 
organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, ammo u bilan emulsiya hosil qilishi 


mumkin. Har qanday tabiiy boylikni, shu jumladan, neft va gaz manbalarini ham 
aniq bilish, chamalash va qanday geometrik shaklda joylashganligini o‘rganish 
muhim ahamiyatga ega bo’lgan vazifadir. Zahiralarni aniq hisoblash konda olib 
borilgan izlash va qidirish natijalari asosida tayyorlanadi. 
Neftning fizikaviy xususiyatlari va sifat ko‘rsatkichlari uning tarkibidagi 
uglevodorodlarning miqdoriga bogliq. Agar neft tarkibida og‘ir uglevodorodlar 
miqdori ustunlik qilsa, bunday neftlarda benzin va moy moddalari kamroq bo‘lib, 
qatlamdagi harakati ham biroz sustroq bo’ladi. 
Odatda, 
qatlamning 
yuqori 
qismida, 
gaz 
holatidagi 
eng 
yengil 
uglevodorodlar joylashadi, qatlamning o‘rta qismida esa gaz va kondensat 
aralashma holatda joylashadi, qatlamning pastki qismida og‘ir uglevodorodlar, 
ya’ni neft joylashadi. 
Qatlam holatidagi neft bilan yer yuziga olib chiqilgan neftning fizikaviy 
xossalari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Buning asosiy sabablari - 
qatlam holatidagi neft yuqori bosim va harorat ta’sirida bo’lib, ko‘pincha tarkibida 
ko‘p miqdorda tabiiy gaz erigan xolda bo’ladi. Yer yuziga olib chiqilgan neft
oddiy sharoitda yuqori bosim va harorat ta’siridan xalos bo’lgandan so‘ng 
tarkibidagi erigan gaz ajralib chiqishi natijasida deyarli barcha fizikaviy 
ko‘rsatkichlari o‘zgaradi. 
Respublikamizda neft va gaz sanoatining rivojlanishi ancha katta tarixga ega. 
1870 - 1872 yillarda Farg‘ona vodiysida 200 ga yaqin neft manbalari ma’lum edi. 
Respublikamizda qazib olinayotgan neftning hajmi o’z-o’zini ta’minlash uchun 
yetarli emas edi. O’tgan asrning 80 yillarida o’rtacha 6,0 mln tonnagacha neft 
tashib keltirilar edi. 
Hozirgi kunda Respublikamizda neftni qazib olish, neftni qayta ishlash va 
neft kimyo sanoatini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekistonda 
neftni qayta ishlash 1885 yildan boshlangan. Mustaqillikka erishilgandan beri 
Respublikamizda neft va gaz sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor berilib, yonilg’i 
ta’minoti mustaqilligiga erishildi. O’zbekiston xududi quyidagi 5 ta neft-gaz 
beruvchi regionlarga bo’linadi: 1. Qoraqalpog‘iston (Ust-Yurt); 2. Buxoro; 3. 
Janubiy-G’arbiy Hissor; 4. Surxondaryo vodiysi («Xovdach», «Uchqizil», 
«Kokayda», «Qoshg‘ar»); 5. Farg’ona vodiysi (Shimoliy So‘x, Janubiy 
Olamushuk, Polvontosh, Sho‘rsuv, Chimyon). Ushbu regionlarda hozircha neft va 
gazni 187 koni ochilgan. 
Ulardan 91 tasi - gaz va gaz-kondensat konlari bo’lib, qolgan 96 tasi - neft - 
gazli, neftgazokondensatli va neft konlaridir. Ochilgan konlarning 47 % ishlab 
chiqarishga joriy qilingan, 35 % - o’zlashtirish uchun tayyorlab qo’yilgan, 
qolganlarida esa razvedka ishlari davom etayapti. 
Respublikamiz hududida Oltiariq (1906 y) va Farg‘ona (1958 y) neftni qayta 
ishlash zavodlari, Muborak gazni qayta ishlash zavodi (1972 y), Sho‘rton gaz 


kompleksi (oltin-gugurtdan tozalash qurilmalari bilan birga) (1980 y) va Buxoro 
neftni qayta ishlash zavodi (1997 y) qurilib ishga tushirildi. Farg’ona va Oltiariq 
zavodlari yoqilg’i-moy yo’nalishida bo’lib, qayta ishlash quvvatlari mos holda 
yiliga 5,5 va 3,2 mln. tonnani tashkil qiladi. Ushbu zavodlarda Markaziy Osiyo 
regionida analogi yo’q neft mahsulotlarining keng assortimenti ishlab chiqariladi. 
Neft mahsulotlari xalqaro standartlarga to’la mosdir. Xususan, chiqarilayotgan 
dizel yoqilg’isi eksportga yo’naltirilgan mahsulotdir. 
Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi 2000 yilda gidrodesulfurlash qurilmasi 
ishga tushirish bilan birga rekonstruksiya qilindi, polietilen olish bo’yicha 
Markaziy Osiyo regionidagi eng yirik korxona - yangi Sho’rton gaz kimyo 
majmuasi (2001 y) qurib ishga tushirildi. Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida 
boshqa davlatlarga eksport qilinadigan transmissiya va motor moylari ishlab 
chiqarish yo’lga qo’yilgan. 
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida xalqaro standartlarga javob beruvchi 
yuqori sifatli benzin, dizel yoqilg’isi, aviakerosinlar ishlab chiqariladi. 
O’zbekiston gaz sanoati yarim asrlik tarixga ega. Qizilqum cho’lidagi 
birinchi Setalan-tepa gaz koni 1953 yilda ochilgan. 1962 yili Gazli gaz konini 
ishga tushirildi. 2001 yilda Sho’rton gaz kimyo majmuasini ishga tushirish bilan 
nafaqat O’zbekistonda, Markaziy Osiyo regionida ham yangi sohaga asos solindi. 
Bu yerda, asosiy mahsulot sifatida - etilen bilan bir qatorda, kriogen texnologiyani 
ishlab chiqarishga qo’llash hisobiga tabiiy gaz tarkibidan propan - butan fraksiyasi 
ajratib olindi. Natijada suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini Respublikada 2 
martadan ortiq ko’paytirish imkonini berdi. Gazni qayta ishlash - Muborak gazni 
qayta ishlash zavodi va «Sho’rtonneftgaz» unitar gazni qayta ishlash korxonasi 
qurilmasida, hamda Sho’rton gaz-kimyo majmuasida amalga oshiriladi. 
Respublikamizning Sho'rtan gaz konidagi xom gazning tarkibi quyidagicha: 

Download 420,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish