Reja: yer osti suvlari



Download 1,06 Mb.
Sana13.11.2022
Hajmi1,06 Mb.
#865352
Bog'liq
Документ (3)


Mavzu: Karst yer osti suvlari
Reja:
1.YER OSTI SUVLARI
2.Karst. Karst hodisasi
3.

YER OSTI SUVLARI — Yer poʻstining yuqori qismidagi togʻ jinslari qatlamlarining gʻovak boʻshlikdarida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bugʻsimon holatdagi suvlar. Yer osti suvlari umumiy suv resurslarinkt bir qismi boʻlib , suv taʼminoti va sugʻorish manbai sifatida xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Yer osti suvlarini gidrogeologiya fani oʻrganadi. Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan bogʻlangan hamda ogʻirlik kuchi yoki bosim farqi taʼsirida harakatda boʻladigan gravitatsion yoki erkin holatda boʻlishi mumkin. Bogʻlanmagan suv bilan toʻyingan togʻ jinslari qatlamlari suvli gorizont deyiladi, ular suvli komp-lekslarni hosil qiladi. Yer osti suvlari suv saqlovchi jinslarda tuplanish xarakteriga koʻra gʻovak (yumshoq jinslarda), dara (tomir) — qattiq jinslarda va karst (gʻor) (darz-karst-yengil eriydigan karbonat va gipsli jinslarda) suvlariga boʻlinadi. Joylashish sharoitiga koʻra Yer osti suvlari tuproq suvi (q. Tuproq suv rezkimi), mavsumiy suvlar (yuza suvlar; aeratsiya zonasidagi suv saklovchi qatlamlar ustida yogʻinlar yoki sugʻorish suvlarining shimilishidan hosil boʻladi); grunt suvlari (yer yuzasiga eng yaqin birinchi suv oʻtkazmaydigan qatlam ustida toʻplanadi) va qatlamlararo (bosimsiz, bosimli, artezian, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oʻrtasida joylashgan suvli qatlamlar) suvlarga boʻlinadi.


Suvni chiqishiga koʻra Yer osti suvlari atmosfera yogʻinlari, daryo va sugʻorish suvlarining shimilishi natijasida hosil boʻluvchi infiltratsion; togʻ jinslari qatlamlarida suv bugʻlarining quyuqlashuvidan hosil boʻluvchi kondensatsion; choʻkindi togʻ jinslari paydo boʻlish jarayonida dengiz suvlarining koʻmilib qolishi natijasida hosil boʻlgan sedimentatsion va magma soviganda yoki Yer mantiyasidan chiqadigan yuvinil suvlariga boʻlinadi. Yer osti suvlarining yer yuziga tabiiy chiqishi bulok, (chashma) deyiladi va oqib chiquvchi va qaynab chiquvchi (qaynar buloq)larga boʻlinadi.
Yer osti suvlari tabiiy eritmalar boʻlib, tarkibida deyarli barcha maʼlum kimyoviy elementlar uchraydi. Minerallashuvi (suvda erigan moddalarning umumiy miqdori, g/l) boʻyicha Yer osti suvlari chuchuk (1,0 gacha), shoʻrtam (1,0—10,0), shoʻr (10,0— 50,0) va namakob (50 dan koʻp) turlariga boʻlinadi. Harorati boʻyicha esa sovigan (4° gacha), sovuq (4—20°), iliq (20—37°), issiq (37-42°), qaynoq (42—100°) va oʻta qaynoq (100° dan yuqori) Yer osti suvlariga boʻlinadi.
Infiltratsion suv tabiatda keng tarqalgan, qolganlari sof holda juda kam uchraydi. Aholi, sanoat va yaylovlarni suv bilan taʼminlashda, yerlarni sugʻorishda, tibbiyotda (mineral suvlar), issiqlik bilan taʼminlashda (issiq suvlar), har xil tuz va kimyoviy elementlar (yod, bor, brom va b.) olishda Yer osti suvlaridan foydalaniladi. Yer osti suvlari yerlarning botqoqlanishi va shoʻrlanishiga sabab boʻladi. Bunga qarshi kurashish uchun ochiq va yopiq gorizontam drenajlar va burgʻi quduqlari kavlanadi. Choʻllarda Yer osti suvlari sdan keng foydalanildi. Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt yaylovlari asosan Yer osti suvlari bilan taʼminlangan.
O
ʻrta Osiyo hududida 150 dan ortiq yirik Yer osti suvlari konlari anikdangan. Ularning har yili tiklanib turadigan ekspluatatsion zaxirasi 1500 m3/s dan ortiq, chuchuk suvlar hissasi 1000 m3/s yaqin, qolgan qismi esa turli darajada (2—3 dan 15 g/l gacha) minerallashgan. Oʻrta Osiyoda 40 mingdan ortiq foydalaniladigan burgʻi quduqlari mavjud, ulardan 5 mingga yaqini suvi otilib chiqadigan artezian quduqlaridir;ularning koʻpchiligidan ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi (q. Artezian suvlari).
K
arst, karst hodisasi (Dinara togʻliginij shim.-gʻarbiy chekkasidagi Karst platosi nomidan) — togʻ jinslari (ohaktosh, dolomit, boʻr, gips, tuz)ning suvda erishi natijasida sodir boʻladigan hodisa. K. Hosil qiluvchi togʻ jinslari yer sharida 51 mln. Km2 ga yaqin maydonni egallaydi. K.ning rivojlanishi uchun suv harorati yuqori bulishi shart. K. Yer yuzidan chuqurlashgan sari kamayib boradi. K.lar ochiq va yopiq turlarga bulinadi. Karstlanuvchi togʻ jinslari yer ustida yotsa, K.ning karr, voronka, quduq, gʻorlar kabi shakllari o ch i q (yalangʻoch) K. Deyiladi. Bunday K.lar Oʻrta dengiz atrofi mamlakatlarida, Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoning baʼzi joylarida bor. Karstlanuvchi togʻ jinslarining usti kum, gid va b. Jinslar bilan qoplangan boʻlsa, yo p i q K. Deyiladi. K. Gʻarbiy Yevropa, Amerika, Avstraliyada, Krim yarim orolda, Kavkazda, Sharqiy Yevropa tekisligining kupgina qismida, Sibir va Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. K. Tarkalgan joylarda yer usti suvlari juda kam. Yogʻinlarning hammasi K.ga yoki togʻ jinslaridagi yoriqlarga singib ketadi. Karstlanuvchi togʻ jinslariga singigan suv vodiylarda yer yuziga buloq shaklida chiqadi. Bunday buloklar Oʻzbekiston xududida (Nurota, Tomdi, Zarafshon, Chatqol, Turkiston togʻlari etaklarida) keng tarqalgan boʻlib, aholini suv bilan taʼminlashda ahamiyatli. K. Tarqalgan joylarda gidrotexnik inshoot, koʻp qavatli imorat, temir yoʻl qurish noqulay. Gidrotexnik inshoot (Norak, Chorvoq va b. GES) lar, binolar, yullar qurishdan oldin K. Hodisasi sinchiklab oʻrganiladi. K. Turli qazilma boyliklarni qazib olishda ham ancha qiyinchiliklar (shaxtalar qazishda togʻ jinslari mustahkamligini boʻshashtiradi, shaxtalarni suv bosib ketadi) tugʻdiradi.
Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish