“Tasdiqlayman”
27-maktab direktori:
_______RAPIQOVA SH.YU
“___”____2021-yil
Mirzo Ulug’bek tumanidagi
27-umumiy o’rta ta’lim maktabining
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
To’layeva Mohigulning
mavzusida o’tkazgan tadbir ssenariysi
2021-2022 o’quv yili
“Konstitutsiya-erkinligimiz kafolati” mavzusida o’tkazilgan tadbir ishlanmasi
Zal sahnasi devoriga davlat ramzlari ya’ni bayroq, gerb, madhiya ilingan, shuningdek Konstitutsiya, qonun haqida shiorlar ham ilingan.
Kitob javoni O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining asarlari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlar haqidagi boshqa kitoblar bilan bezatilgan.
S huningdek turli rangdagi bayroqlar, gullar va sharlar sahnaga yanada chiroy bag’ishlagan.
1-boshlovchi:-Salom sizga azizlar,
Bir biridan lazizlar.
Mehmonu mezbon bo’ling,
Tengdosh o’g’il qizlar.
2-boshlovchi:-Bugun sizni chorladik,
Ushbu zal koshonaga.
Qomusimiz baxt bergan,
Har inson,har xonaga.
1-boshlovchi: -Assalomu-alaykum hurmatli ustozlar!
2-boshlovchi: -Assalomu-alaykum aziz o’quvchilar!
1-boshlovchi:-Bugungi ”Siz qonunni bilasizmi?’’mavzusi asosida o’tkaziladigan bellashuvga xush kelibsiz!
1-boshlovchi:-Yangraganda madhiyam,
Hayajonga to’laman.
Maghiyamiz har so’zin,
Dildan kuylab yuraman.
(Madhiya yangraydi, proyektrda Prezidentimiz, poytaxtimiz, Qomusimiz to’g’risida lavhalar, slaydlar ko’rsatilib turiladi)
2-boshlovchi: -Bugungi ”Siz qonunni bilasizmi?” bellashuvida “Zukkolar’’ guruhi hamda “Bilimdonlar’’ guruhi 5 ta shart bo’yicha bellashadilar.
1-boshlovchi:-1-shart “Tabrik qismi’’ bu shart 5 ball bilan ballanadi.
2-shart “Savol-javob’’ bu shartda, Konstitutsiyamiz haqida va 6 ta bo’lim ,
26 bob sharhlanadi, bu shart 3 ball bilan ballanadi.
Tezkor savollar:
“Umumiy ish” ma’nosini anglatuvchi so’z?
Parlamentar respublikaga kiruvchi davlat?
Suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolgan holda biron bir maqsadga erishish uchun birlashgan davlatlar ittifoqi?
Davlat hokimiyatini amalga usullari va uslublari tizimiga qanday tartibot deyiladi?
Bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo’lgan murakkab , ittifoqdosh davlat?
Kuba qanday davlat?
Yunoncha “xalq hokimiyati” degan so’z?
Davlatda butun bir mamlakat miqyosida umumiy tizimga ega bo’lgan qonunchilik?
Ikki yoki bir nechta shaxs o’rtasidagi o’zaro majbiriyatlarni belgilash, ularni o’zgartirish yoki bekor qilish to’g’risidagi bitim?
Huquqbuzarga nisbatan davlat tomonidan qo’llaniladigan ehtiyot chorasi?
Prezident O`zbekiston respublikasi Qurolli kuchlarining Oliy bosh ….. hisoblanadi.
Yunoncha so’z bo’lib, yakka hokimlik ma’nosini bildiradi
Qanday huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonun bilan himoyalanadi?
3-shart “Sahna ko’rinishi’’ bu shartda, voyaga yetmaganlar o’rtasidagi muammolar to’g’risida sahna ko’rinishi namoish etiladi va bu shart 5 ball bilan ballanadi.
4-shart “Krossvord’’ bu shartda, savollarga javob topiladi va krossvord katakchalariga yoziladi. , bu shart 3 ball bilan ballanadi.
1-shart “Tabrik qismi’’ bu shartda har bir guruh o’z guruhini nomini sharhlaydi, shiori va maqsadlarini aytadi hamda Vatan haqida Konstitutaiya va qonunlar haqida she’r va maqollar aytadilar.
1-bosh: Biz barchamiz bir orzudan tug’ilganmiz,
Yaxshilikning yog’dusiga yo’g’rilganmiz.
Biz kerilsak Vatan uchun kerilganmiz,
Kel yashaylik Vatan uchun,Vatan uchun.
2-bosh: Yaxshilarni yanogidan kulgan oyday,
Toshga umr tilab oqqan bitta soyday.
Yaratgandan keng fel so’rab xotamtoyday,
Kel yashaylik Vatan uchun ,Vatan uchun.
1-bosh: -Hurmatli ustozlar va aziz o’quvchilar! Biz bugun Konstitutsiyamizni o’rganishga bel bog’laganimizni guvohi bo’ldingiz, albatta birgina tadbir bilan Qomusimizni to’la-to’kis bilib bo’lmaydi. Qomusimizni chuqur bilish uchun unga rioya qilish har birimizni burchimiz.
5-shart: “Tushunchalar tahlili” metodi asosida guruhlar huquqiy atamalarga izoh berishadi:
Atamalar yozilgan plakatlar ko'targan o'quvchilar navbat bilan o'qituvchi savoliga javob beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |