Yer va oy, o’zaro munosabatlari Reja: Yer haqida ma’lumot



Download 349,46 Kb.
Sana17.12.2019
Hajmi349,46 Kb.
#30614
Bog'liq
Yer va oy

Yer va oy, o’zaro munosabatlari

Reja:

  1. Yer haqida ma’lumot.

  2. Oy to`g`risida umumiy ma`lumot.

  3. Oy Yerning yo’ldoshidir. Oyning ko’rinma harakati va Oy fazalari


Yer haqida ma’lumot

Yerning shakli. Yer yuzasi meridian yoyining uzunligi ekvatorda qutb doi-rasiga nisbatan qiskarokdir. Meridian yoyining bir gradus uzunligi ekvatorda 110,9 km, Parijda 111,3 km, qutb doirasida 111,9 km. Yer qutblarida bir oz qisilgan bo’lib, qutb o’qlari uzunligi 12714km, ekvator bo’yicha diametr 12756 km, radiusi 6371,221 km teng. Demak, yerning siqiqligi 12 km ni tashkil etadi. Keyingi vaqtlarda olib boradigan aniq o’lchash ishlari yerning elliksoyid shakliga yaqin ekanligini ko’rsatadi. Agar ekvatorial va qutbiy o’qlarning uzunligidagi farqning kichik ekanligini xisobga olsak, bunday ellliksoyibni sferoip deb atash mumkin. Lekin yer yuzasi bizga ma'lum bo’lgan biror geometrik shakliga tug’ri kelmaydi. Ximoloy tog’idagi Jomolungma cho’qqisining balandligi okean yuzasida 8848 m, Tinch okeaning eng chukur joyi 11521 m ekanligini va yer yuzasi relyefi o’zgarishining qariyb 20 km dan oshiqligini xisobga olsak, u o’ziga xos geoid shakliga ega ekanligini ko’ramiz. Yer yuzasi 510 mln.km2,xajmi 1,083 * 1012 km3, massasi 5,974 * 1027 gr, o’rtacha zichligi 5,52gG`sm3 ga tengdir. Yer ichki qismining tuzilishini va tarkibini tuzatish yuli bilan aniqlab bo’lmaydi, shuning uchun xam u bil vosita geofizik, seysmologik, graviymetrik va astronomik usullar yordamida aniqlanadi. Yer yuzasida tez-tez uchrab turadigan moddalarning o’rtacha zichligi 2,7 gG`sm3, bu esa yerning o’rtacha zichligidan kamroqdir.

Yer sharining tuzilishi. Yer shari asosan bir necha kontsentrik qobiqlardan iborat bo’lib, uning zichligi sirtidan markaziga qarab oshib boradi. Bu qobiqlar yig’indisi geosfera deb ataladi. Geosfera o’z navbatida atmosfera, gidrosfera, biosfera va litosfera deb ataluvchi qobiqlardan iborat. Yerning markaziy qismi yadro deb ataladi.

Atmosfera. Yer sharini o’rab turgan xavo qatlami atmosfera deb ataladi, u o’z navbatida troposfera, stratosfera va ionosfera qatlamlaridan iborat. Atmosfera-ning qalinligi taxminan 1300 km ga teng. Troposfera atmosferaning quyi termodi-namik qobigi bo’lib, qalinligi qutbda 7–10 km, ekvatorda 16–18 km. Uning tarkibida azot 75,5 %, kislorod 23,2 %, argon, karbonat kislota gazi, suv bug’lari va boshqa gazlar 1,3 % ni tashkil etadi. Troposfera atmosfera massasining 90 % ni tashkil qiladi. Traposfyera xavosining xarorati stratosfera qatlami bilan chegara-langan qismida minus 40–50o S ga teng.

Stratosfyera qatlamining qalinligi 80–85 km. Stratosferada azot, geliy va vodorod gazlarining miqdori oshsa, og’ir gazlar–kislorod, argon, karbonat kislotasi gazi va boshqalarning miqdori kamayadigaz temperatura 55–60 km balandlikda Q75oS ga yetsa, keyin asta-sekin pasayadi va atmosferaning yuqori chegarasi bo’lgan ionosfera chegarasida yana oshadi.

Ionosfyera qatlami stratosfera ustida joylashgan bo’lib, atmosferaning eng qalin (80–1000km) qatlami xisoblanadi. Ionosferada gazlar juda kam siyraklashgan bo’lib, uning tarkibida yengil gazlardan vodorod va geliy uchraydi. Yer yuzasidan uzoqlashgan sari gazlarning xarorati pasayib boradi.

Gidrosfyera. Yerning suv qatlamiga dengiz, okean, daryo, ko’l suvlari, xamda Arktika va Antarktida materiklaridagi muzliklar kiradi. Gidrosfera suvlari bilan yer osti suvlari uzviy bog’liqdir.

Gidrosferaning geosferalardan farqi u yerning tutash qobiklarini tashkil eta olmasligidadir. U yer yuzasining 70,8% ini, ya'ni 361 mln. km2 maydonni (yerning quruqlik qismi 29,2% ni, ya'ni 149 mln. km2 maydonni tashkil etadi) egallaydi. Gidrosferaning o’rtacha qalinligi 3,75km ga, eng qalin joyi 11,521km ga (Filippin cho’kmasi) teng.

Gidrosfera qatlami o’zining tarkib to vaqtidan suvlarning aylanma xarakatlanishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun xam u yer yuzasining rivojlanishida kuchli geologik faktor xisoblanadi. Gidrosfera yerda xayotning paydo bo’lishiga asosiy omildir. Shu boisdan xayotni suvsiz tassavur qilib bo’lmaydi.

Litosfyera. Yerning tashqi qattiq qismi litosfera (tosh qobik) deb ataladi (1-rasm).

1-rasm. Yerning ichki tuzilishi sxemasi.


Litosferaning qalinligi taxminan okean suvlari ostida 3-18km ga va togliklarda 50–84km ga teng. Uning eng qalin qismi Tyan-shan tog’larida deb xisoblanadi.

Yerning qattik qismi geofizika, seysmologiya va graviyametriya usullari bilan 15–20 km chuqurlikkacha o’rganilgan. Burg’ quduqlari yordamida esa faqat 15km dan oshiqroq qismdagi qatlamlar tekshirilgan.

Litosfera qobig’i turli jins va minerallardan tashkil topib, fizik xossasi va tarkibi bilan farq qiluvchi ayrim ximiyaviy birikmalardan yoki sof ximiyaviy elementlardan iborat. Litosferaning 16 km qalinligigacha bo’lgan qismi quyidagi elementlarning ko’pligi bilan xarakterlanadi (1-jadval).

Elementlar



Foiz xisobida


A.P. Vinogradov ma'lumotlariga ko’ra


Kislorod

46,8

Kremniy

27,3

Alyuminiy

8,7

Temir

5,1

Kaltsiy

3,6

Magniy

2,1

Natriy

2,6

Kaliy

2,6

Titan

0,6

Vodorod

0,15

Fosfor

0,08

Uglerod

0,1

1-jadval

Qolgan ximiyaviy elementlar birgalikda yer qobig’ining 0,5 %inigina tashkil etadi.

Litosfera tarkibidagi turli tog’ jinslarini tashkil etuvchi kislorod, kremniy, alyuminiy, temir va kaltsiy ko’p tarqalgan elementlar xisoblanadi.

Atmosfera, gidrosfera va litosfera qobiqlari o’zaro uzviy bog’lik bo’lganligi uchun yer yuzasining tarkibi va tuzilishida o’zgarishlar yuz berib turadi.

Litosferaning yuqori qismi asosan cho’kindi, magmatik va metamorfik tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lib, ximiyaviy va fizikaviy xossalariga qarab ularni granit–metamorfik va bazali qatlamlarga bo’lish mumkin.

Granit qatlamning o’rtacha qalinligi 50–70 km bo’lib, yer qobig’ida bir xil joylashmagan. Baland tog’li rayonlarda granit qatlami 60–80km, past tog’li rayonlarda esa 50–60 km. Okean suvlari ostida granit qatlami deyarli uchramaydi yoki uning qalinligi 3–18 km dan oshmaydi.

Granit qatlami tarkibi bir xil jinsli bo’lib, zichligi 2,6–2,7 gG`sm3 gacha o’zgaradi. Chuqurlik oshgan sari xarorat, bosim va zichlik tez ortadi, 2,3–3,3 km chuqurlikda tog’ jinslarining xarorati 1000S ga yetadi.

Bazalt qatlamining qalinligi tekisliklarda 20–30 km, yosh tog’li rayonlarda 15–20 km, okean suvlari tubuda 5–6 km ni tashkil etadi. Uning zichligi 2,8–2,9 gG`sm3 bo’lib, kremniy oksidi kam bo’lgan (bazalt, gabbro va x.k.) jinslardan tarkib topgan.

Granit va bazalt qatlamlari tarkibida kremniy va alyuminiy elementlari ko’p tarqalganligi sababli, birgalikda sial qatlami deb xam ataladi.

Bazalt qatlamining ostki qismida Moxorovich bo’luvchi chizig’i (chegarasi) yotadi (ushbu chegara uni birinchi bo’lib aniqlagan yugoslaviyalik geofizik S. Maxorovich nomi bilan ataladi). Uning ostida Yerning mantiya deb ataluvchi qismi bo’lib, u quyidagi qobiqlarga bo’linadi:

1. Barisfera qatlamining qalinligi 900km bo’lib, u kislorod va kremniy elementlaridan tashqari magniyga boy jinslardan tashkil topgan. Zichligi yuqori qismida 3,2-3,4 gG`sm3, pastki qismida 4–4,6 gG`sm3 ni tashkil etadi. 2. Oraliq qobik 900–2900 km chuqurlikda joylashgan bo’lib, yer yadrosining yuqori qismi bilan chegaralanadi. Uning tarkibida kislorod, temir, magniy, nikel elementlari bor deb taxmin qilinadi. Zichligi 5,3–6,6 gG`sm3.

3. Yer yadrosi (mag’zi) 2900km chuqurlikdan boshlanib, uning markaziga-cha (6371,221 km) boradi. U eng og’ir moddalar–nikel va temirdan iborat. Zichligi 7–11 gG`sm3. Yerning yadro qismida bosim 3–4 mln. atmosfera, xarorat esa 2000–50000S.

Ba'zi olimlar yerning yadro qismi 5100 km chuqurlikda (2200 km qalinlikda) suyuq massadan iborat deb qarashsa, ba'zilari yer markazigacha qattik jismdan iborat deb xisoblaydilar. Seysmologik tekshirishlar aniqlashicha yerning granit va bazalt qatlamlari qattiq jinslardan, mantiya va yadro qobiqlari esa o’zining fizik xossalariga binoan suyuq, xamirsimon, parafin ko’rinishidagi moddadan iborat.


Yer qobig’ining issiqlik rejimi. Yerning issiqlik rejimi uning ichki va tashqi tuzilishiga bog’lik. Shuning uchun xam yer qobig’ini isitadigan issiqlik tashqi–quyoshdan keladigan va ichki – yer bag’ridan ajraladigan issiqlik turlariga ajratiladi. Yer bag’ridan chiqadigan issiqlk asosan radioaktiv elementlarning parchalanishidan xosil bo’ladi va tog’ jinslarini isitadi. Shunga ko’ra issiqlik yerning turli qatlamlarida turlicha bo’ladi.

Yer qobig’ining yuqori qismi quyoshdan keladigan issiqlik xisobiga isiydi. Yer qobig’ining quyosh nurlariga perpindekulyar joylashgan 1 sm 2 maydoni quyoshdan bir minutda 1,94 kkal issiqlik oladi. Bir yilda esa yer shari quyoshdan 1021 kkal issiqlik oladi. Bu miqdor quyosh doimiyligi deb ataladi. Yer yuzasi g’adir-budur, baland-past, o’nqir-cho’nqir ko’rinishda tuzilganligi uchun uni quyosh nurlari bir tekisda isitmaydi. Shuning uchun sutka, oy, fasl, yil asrlar buyicha temperaturaning uzgarishi xisobga olinadi. Yerning turli joylarida xarorat keskin o’zgaradi, masalan: Antarktidada–900 bulsa, Afrikada Q650S. Yer qobig’i-ning eng yuqori qismi ekvatorda 1–2 m, saxrolarda 25–35 m gacha quyosh nur-lari ta'sirida isiydi. Yer yuzasida yoz faslida tog’ jinslarining xarorati Q800S gacha isiydi va u yerning ichkarisiga qarab kamayib boradi. Qishda esa aksincha– xarorat oshib boradi.



Oy to`g`risida umumiy ma`lumot.

Yerga eng yaqin osmon jimi oy bo`lib, u planetamizning tabiiy yo`ldoshidir. Oyning yer atrofidagi orbitasi, barcha planetalarning quyosh attrofida aylanish kabi orbitasi kabi ellips (cho`zinchoq aylana) dir. Shu tufayli oyning yerdan uzoqligi biroz o`zgarib turadi. Yerga eng yaqin kelganda(orbitasining perigeida) 363 400 kilometr, eng uzoqlashganda (apogeyda) esa 405 400 kilometrli masofada bo`ladi. Oyning diametri 3476 kilometr bo`lib uning hajmi yer hajmining yuzdan ikki qismini tashkil qiladi. Oy sirtida tortish kuchi yerdagidan 6 marta kam. Oy osmonda G`arbdan Sharqqa tomon aylanib 27 kun 8 soatda yer atrofini bir marta aylanib chiqadi. Oy o`z o`qi atrofida ham huddi shuncha vaqtda bir marta aylanib chiqadi. Shuning uchun ham u bizga (yani yerga) doimo bir tomoni bilan ko`rinadi. Oy o`zidan nur chiqarmaydi. Quyoshdan o`ziga tushayotgan nurlarni qaytaradi[4].

Oy sirtining yarmi quyosh bilan yoritilgan bo`ladi. Biroq yerdan qaraganda doimo oyning quyosh bilan yoritilgan yarmi sferasining hammasini ko`rishning iloji bo`lmaydi. Oyning quyosh va yerga nisbatan turishiga ko`ra, uning quyosh bilan yoritishgan yuzasidan ko`proq yoki kamrog`ini ko`rish mumkin. Agar oy quyosh tomonga o`tsa “yangi oy” , quyoshga qarama qarshi (yerga nisbatan) tomonga o`tsa, “to`lin oy” bo;lib kuzatiladi. Oyda atmosfera deyarli yo`q. oyning massasi yerning massasida 80 marta kichikdir.

Oyga tushgan kosmonavt 1-navbatda o`zini juda yengil his qiladi. Bu , esa eslatilgandek oyning tortish kuchi kamligidandir. Kosmonavt o`z skafandri bilan yerda 90 kilogramm bo`lsa oyda atigi 15 kilogramm bo`lib qoladi. Shuningdek, oyda kuzatuvchi yerda ko`ringan ko`p hodisalardan farqli ajoyibotlarning guvohi bo`ladi. Avvalo, quyosh chiqishidan oldin yerda kuzatiladigan chiroyli qizilrang shafaq oyda kuzatilmaydi. Quyosh kutilmaganda birdan ufq ostidan ko`tarila boshlaydi. Oy osmonida yulduzlar,quyosh tojining ko`rinishi va shafaqning ko`rinmasligining sababi,oy sirtida atmosferaning yo`qligidir quyosh chiqqandan so`ng to tush bo`lgunga qadar qadar 7 kun u 9 soat vaqt ketadi. Garchi bu vaqtda harorat ancha ko`trchi bu vaqtda harorat ancha ko' vaqt ketadi. yo'royli qizilrang shang hammasini ko'alari chiziqli tezligining bu qiymatini tasarilib qolgan bo`lsada, oyda salqin joyni topsih qiyin emas. Buning uchun kraterlar atrofni urovchi tog`lar tepaliklar soyasi jonga aro kiradi. Bu soyalarda etarlicha salqin bo`lishining sababi issiqni tashuvchi xavo molekulalarining yuqligidir. Shu tufayli quyosh nurlari bevosita tushmayotgan joylarda tunning sovug`i uzoq vaqtgacha etadi. Oyga birgalshib sayohatga chiqqan kishi sherigini chaqirib ovora bo`lmasligi kerak. Chunki u xech qanday ovozni eshitmaydi. Tovush to`lqinlarin tashuvchi muxit xam xavo molekulalari bo`lib oyda u molekulalar yo`q. buning uchun maxsus radioperedparatchiklardan foydalanishga to`g`ri keladi.

Oy oy osmonning chiroyli xodisalardan yana biri, planetalik. Erning ko`rinishidir. Oy osmonida yer chiroyli, ko`kimtir shar shaklida, oyning osmondagi ko`rinishi to`rt martacha katta ko`rinadi. Biroq yerning yarmidan ko`pi oq bulutlar xosil qilgan “dog`”lardan iborat bo`ladi. Yer qitalari bir oz yorishib, okeanlardan rangi bilan farq qilib turadi.

Yer ham osmonda oy kabi turli shaklllarda (fazalarda) ko`rinadi. Bu holat uning quyoshga nisbatan oyning qaysi tomonida turganiga bog`liq bo`ladi. Yer o`zining “to`la yer” fazasida bo`lganda oy sirtini, “to`lin oy” yerni yoritgandagidan 40 martacha ravshanroq yoritadi. Oy osmonida to`liq yer kuzatiladigan payt yerdan qaraganda oyning “yangi oy”bo`lgan vaqtga to`g`ri keladi. Shuningdek, osmondagi yer shari atrofida konsentrik halqalar shaklida to`q qizil, sariq, ko`k va hokazo ranglardan iborat chiroyli kamalak kuzatiladi. Agar kosmonavt oy tutilayotgan paytda oy sathida bo`lsa, u quyosh tutilishini kuzatadi va bu tutilishni fazasi yerdagidek bir necha minutgina davom etmay, rosa 1,5 soatga davom etadi[9].

Oyda olam qutbi yerdan qaraganda atrofida yulduzlar aylanma harakat qiladigan qutb yulduziga mos kelmaydi. Yerda olamning shimoliy qutbi kichik ayiq yulduz turkumining alfa yulduziga to`g`ri kelsa, oy uchun qutb-ajdaho yulduz turkumining omega yulduziga to`g`ri keladi. Va shu yulduz atrofida boshqa yulduzlar aylanma harakatlanayotgandek tuyuladi. Oyda adashgan kishining ahvoli ancha mushkul bo`ladi. Oyning magnet maydoni yo`qligi tufayli u yerda kompusdan foydalanishning iloji yo`q. faqat osmondagi yulduzlar vositasida ufqning turli yo`nalishlarini aniqlash mumkun bo`ladi.

Oyning relyefi qanday? Oy relyefida yernikiga o`xshash obyekylar ko`plab topiladi. Oyda ham past tekisliklar, tepaliklar, tog`lar bor. Bu obyektlarni birinchi marta italyan olimi G.Galiley 1610-yilda o`zi yasagan teleskopda oyni kuzatib topgan edi.

U past tekisliklarga “dengizlar” deb nom bergan. Dengizlar degan nom shartli ravishda hozirgacha qo`llansa-da, aslida u yerlarda suvdan asar ham yo`q.

Oydagi tog`lardan eng yiriklari Alp, Appenina va Kavkaz tog`lari deb nomlangan. Tog`larning balandligi bazan 9 kilometrgacha yetadi. Shuningdek, oyda halqali tog`lar ko`plab uchraydi. Sirk deb ataluvchi halqali tog`larda klavi va shikardlarning diametrlari 200 kilometrgacha yetadi. Yerdagi tog`lardan farqli o`laroq, oy tog`lari ko`proq chiqqan bo`ladi.

Oy orqa tomonining relyefi, birinchi marta , sovet ittifoqining 1959-yili uchirgan “Luna-3” avtomatik stansiyasi oyning yerdan ko`rinmaydigan orqa tomonnini olgan rasmlarda ma`lum bo`ldi va oyning to`la globusini yasashga imkon berdi.

Oydan keltirilgan tuproq namunalarining analizi, oy tuprog`I asosan 4 xil jinslardan, yani mayday donadorlikdagi g`ovak jinslardan , yirik donadorlik jinslaridan, brekchiya deyiluvchi minerallar siniqlaridan va rigolit (mayday zarrachalar va rang) dan tashkil topganini ko`rsatdi.

Bulardan birinchi uch xili kimyoviy tarkibiy jixatidan bir xil bo`lib, rigolit esa, meteor moddalar aralashmasidan iboratligi aniqlandi va u oy materiklariga harakterli jins degan hulosaga kelindi.

1969-yilning iyunida AQSH ning “Apollon-II” kosmik apparatiga 2 ostranovt Aristron va Oldrinlar oyga qo`ndilar. Oy ustida ular uzoq sayr qilib, yerga oy sirti tonlari, tuprog`i kristallardan iborat qimmatbaho “suviner” lar bilan qaytdilar.

Hozirgi davrda oyning kelib chiqishi 2 gipoteza bor: bulardan biriga ko`ra(Yuriy, Derbiger va Alven ) oy , quyosh atrofida yerga yaqin masofada aylanuvchi kichik planeta bo`lgan va vaqt o`tishi bilan yerga yaqinlashib, u bilan “ushlanib”qolgan.

Natijada yerning tabiiy yo`ldoshiga aylanib qolgan. Ikkinchi gipotezaga ko`ra(mualliflari:B.Y.Levin boshchiligidagi guruh) oy yer atrofida yig`ilgan chang zarrachalaridan, yerning massai hozirgi massasining qariyb 0,3-0,5 qismini tashkil qilgan davrlarda hosil bo`lgan. Bu gipotezaga ko`ra oyning “yoshi” yernikidan 100-200 million yilga kamroq bo`lishi va u hozirgi zamonda olingan ma`lumotlarga mos kelishi bilan diqqatga sazovordir. Bu ikki gipotezadan qay biriga ko`proq “yon berish” hozircha qiyin bo`lsada, oyning ichki strukturasini va yoshini aniq o`rganish yaqin kelajakda, bu kosmogonik muammoni hal qilishga imkon beradi deb umid qilish mumkin



Oy Yerning yo’ldoshidir

Oyning yulduzlar orasidagi ko’rinma harakati, uning yer atrofidagi harakatini aksidir. Oy bir oy davomida yulduzlar osmonida g’arbdan sharqga tomon ko’chadi. Uning trayektoriyasi yopiq emas. Oyning ko’rinma harakati davomida shakli yerdan o’zgarib turadi, bunga oy fazalari deyiladi. Oyning fazalari to’rtta yangi oy, birinchi chorak, to’lin oy va oxirgi chorak. Bu fazalar birin ketin ketma-ketligida vujudga keladi. Oy yer atrofida va yer bilan birgalikda quyosh atrofida aylanganligi tufayli yerdagi kuzatuvchi va quyosh nurlariga nisbatan turlicha vaziyatlarda bo’ladi. Shuning uchun turli ko’rinishda bo’lib ko’rinadi. Oy Quyoshdan ancha katta masofada joylashganligi tufayli unga paralel nurlar tushadi deb olish mumkin. Oy yerga hamma vaqt bir tomoni bilan qaraganligi tufayli uning yarim yorug’ va qorong’u tomoni bilan qaralgan bo’ladi. Yorug’ yarmini va qorong’u yarmini ajratuvchi chiziqga terminator deyiladi. Quyosh va oy yo’nalishi hamda oy va yer yo’nalishi orasidagi burchakni  bilan belgilaymiz,  - ga oyning fazaviy burchagi deyiladi. Oyning yangi oy fazasida bo’lganida u yer va Quyosh o’rtasida bo’ladi. =180 va oy yerga yoritilmagan tomoni bilan o’girilgan bo’ladi. Yangi oy fazasidan taxminan ikki sutka keyin, oy o’roq shaklida ko’rinadi. Yangi oy fazasidan 7 kun o’tgandan keyin u to’liq yarim doira shaklida ko’rinadi, bu birinchi chorak fazasi. Bu holda oy sharqiy kvadraturada bo’ladi =90. Oy yerga yarim qorong’u va yorug’ tomoni bilan qaralgan bo’ladi hamda tunning birinchi yarmida ko’rinadi.



Vaqt o’tishi bilan uning ko’rinuvchi sirti oshib boradi va taxminan 7 kundan keyin to’linoy fazasi vujudga keladi va oy aylana yorug’ shaklni oladi. Bu vaqtda =0 bo’lib, oy Quyoshga nisbatan qarama-qarshi holatda bo’ladi va butun kechasi davomida ko’rinuvchan bo’ladi, Quyosh botish vaqtida chiqadi, Quyosh chiqish paytida esa botadi. To’lin oy fazasidan keyin uning aylanasi g’arb tomonidan kamayib boradi va yerdan kichikroq qismi ko’rinuvchi bo’lib boradi. To’lin oy fazasidan 7 kun o’tgandan keyin oy yana yarim doira shaklida ko’rinadiki, bu oy fazasining oxirgi choragidir. Bu holda oy g’arbiy kvadraturada bo’lib =90 bo’ladi. Oy oxirgi chorak fazasidan yerdan tunning ikkinchi yarmida ko’rinuvchan bo’ladi. Oyning oxirgi chorak fazasidan keyin vaqt o’tishi bilan uning yorug’ qismini sathi kamayib borib 7 kundan keyin yana yangi oy fazasida bo’ladi va bu hodisa takrorlaniladi.

Oyning ketma – ket ikki marotiba bir xil fazadan o’tishi orasida ketgan vaqtga sinodik oy davomiyligi deyiladi. Sinodik davr 29.53 o’rtacha Quyosh sutkasiga tengdir. Oyning yer atrofida to’la aylanishi uchun ketgan vaqt oralig’iga esa siderik oy davomiyligi deyiladi. Siderik oy davomiyligi 27.32 o’rtacha Quyosh sutkasiga tengdir.

Rasm - 32 da 1-holatda Quyosh, yer va oy bir to’g’ri chiziqda, ya’ni oyning to’lin oy fazasida bo’lgandagi yerning holati ko’rsatilgandir. 27.32 sutka vaqt davomida oy quyosh atrofida bir marotiba aylanib yulduzlarga nisbatan avvalgi holatiga kelganda, ya’ni bir siderik davr o’tganda hali to’linoy fazasi vujudga kelmagan bo’ladi, chunki yer Quyosh atrofida aylanganligi sababli 2-holatga ko’chgan bo’ladi.



Oyning to’linoy fazasi yer 3-holatga kelganida yuz beradi. Shuning uchun sinodik davr davomiyligi 29.52 o’rtacha Quyosh sutkasiga tengdir. Sinodik va siderik davrlardan tashqari yana anomalistik, ajdarli va tropik oylarni ajratadilar. Anomalistik davr (27,55 sutka) deb oyning ikki marotiba ketma-ket orbitasining perigey nuqtasidan o’tishi orasidagi vaqtga aytiladi. Oyning ikki marotiba ketma-ket bir xil tugundan o’tishi orasidagi vaqtga (27k21 sutka) ajdarli davr deyiladi.

Tropik davr deb shunday vaqt davomiyligiga aytiladiki, oyning uzunlamasi 360 ga o’zgaradi. Tropik davr davomiyligi siderik davr davomiyligiga ko’ra 7 soniya kichikdir.

Oy yerga hamma vaqt bir tomoni bilan qaraydi, chunki oy o’z o’qi atrofida ham yer atrofida ham bir tomonga qarab bir xil davr bilan buriladi. Oyning yulduz sutkasi yerning 27,32 o’rtacha Quyosh sutkasiga tengdir. Oyning o’qi uning orbita tekisligiga 8320 ga og’ma bo’lib, 8310 dan 8331 gacha o’zgaradi. Demak oy ekvatori tekisligi uning orbitasi tekisligi bilan 639 burchak hosil qilsa, ekliptika tekisligi bilan 130 burchak hosil qiladi. Oy sharining sirtini yarmi ko’rinadi, lekin kattaroq vaqt kuzatish natijasida uning yuzini 60% ini kuzatish mumkin. bu librasiya (tebranish) deb ataluvchi hodisa natijasida vujudga keladi. Optik librasiya (tebranishga bog’liq bo’lmagan librasiya) uch xil bo’ladi, kenglama, uzunlama va paralaktik librasiyalar.



I. Uzunlama librasiya oyning o’z o’qi atrofida tekis yer atrofida notekis, perigeliy nuqtasi yaqinida tezroq, afeliy nuqtasi yaqinida esa sekinroq harakat qilganligi tufayli vujudga keladi. Oy perigeliy nuqtasidan o’tgandan keyin oyburilish davrini to’rtdan bir qismiga teng vaqt davomida orbitasining to’rtdan bir qismidan kattaroq uzunligini bosib o’tsa, o’z o’qi atrofida 90 ga buriladi. Oy shari yuzidagi a nuqta oy markazida ko’rinar edi. Endi bu nuqta chaproqga sharq tomonga ko’chadi, o’sha tomonga b nuqta ham ko’chadi, natijada oyning avval ko’rinmaydigan g’arbiy qismi ko’rinadigan bo’ladi. Xudi shunday ko’rsatish mumkinki, A nuqtadan o’tganidan keyin oyning sharqiy tomonidan ko’rinmaydigan qismi ko’rinuvchi bo’ladi.

Oyning uzunlama bo’yicha librasiyasi davri anomalistik davr davriga teng bo’lib, eng katta qiymati 754 ni tashkil etadi.

II. Oyning kenglama bo’yicha librasiyasi uning o’qini orbuta tekisligiga og’maligi va fazodagi yo’nalishini saqlagani uchuh hosil bo’ladi. Natijada Yerdan Oyning gohida janubiy qutbiga joylashgan ko’rinmaydigan qismi ko’rinsa, gohida shimoliy qutbi yaqinida joylashgan qismi ko’rinuvchan bo’ladi. Kenglama bo’yicha librasiya 650 ni tashkil etadi.

III. Sutkali yoki paralaktik librasiya Oyning Yerga nisbatan yaqin joylashganligi sababli hosil bo’ladi. Yer sirtini qarama-qarshi tomonlarida turgan ikki kuzatuvchi Oyning ko’rinmaydigan turli qismlarini ko’radi. Oy chiqayotgan bo’lib ko’ringan kuzatuvchi, Oyning g’arbiy qismidagi ko’rinmaydigan qismini ko’rsa, Oy botayotgan bo’lib ko’ringan kuzatuvchi esa Oyning sharqiy ko’rinmaydigan qismini kuzatadi. Paralaktik librasiya 1 ni tashkil etadi.



Oy orbitasini tebranishi tufayli hosil bo’luvchi librasiyalarga fizik librasiya deyiladi. Oy orbitasini katta yarim o’qi Yer tomonga o’tkazilgan yo’nalishga davriy ravishda og’adi, lekin Yerning tortish kuchi uning avvalgi holatiga ushlashga intiladi. Fizik librasiya kichik 2 ga yaqindir.



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Islomov O.I. “Umumiy geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.

  2. Shoraxmedov SH.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” «O’qituvchi» 1989 yil.

  3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.

  4. I.F.Polak “Umumiy astronomiya kursi” Toshkent 1965-yil.

  5. M.Mamadozimov “umumiy astronomiya” 2008-yil Toshkent.

  6. Mamadazimov “Quyosh sistemasi haqida” 1988-yil

  7. WWW.Ziyo net uz.

  8. WWW. Intuit.Ru

  9. WWW.astrolabe.ru.

  10. WWW.astronet.ru

Download 349,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish