XV
Fitna emasmikin bu?
Dadil reja bilan uni amalga oshirish o‘rtasi-
dagi vaqt naqadar iztirobli bo‘ladi! Qanchadan-
qan cha ikkilanishlar! Sening hayoting hayot ham
gapmi, nomusing dov tikilgan bo‘ladi axir!
Shiller.
«Ish jiddiy tus olyapti, – deya o‘yladi Jyulen. – Bu deyman juda
ochiqchasiga ketdi-ku... – qo‘shimcha qildi u biroz xayol surib turgach.
– Qanaqasi bo‘ldi? Bu ofatijon qiz men bilan kutubxonada ham bema-
lol gaplashaverishi mumkin, Xudoga ming qatla shukrkim, bu yerda
bizga hech kim xalal bermasdi, zero hisob-kitob daftarlarini ko‘rsatib,
boshini qotirishimdan qo‘rqadigan markiz bu yerga sira kirmaydi. Bu
yerga kirishi mumkin bo‘lgan yagona odamlar – de lya Mol xonim bi-
lan graf Norber haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi, ular uzzukun uyda
bo‘lishmaydi va ularning qaytib kelish paytlarini bilib olishdan osoni
yo‘q, bironta valiahd shahzoda uylanishni o‘ziga sharaf deb biladigan
go‘zal Matilda esa meni shunday dahshatli ehtiyotsizlikka undayapti!
Hammasi tushunarli: meni halok etishmoqchi yoki kamida, masx-
ara qilishmoqchi. Avvaliga ular bu ishni mening xatlarim yordamida
amalga oshirishmoqchi bo‘lishgandi, biroq bu xatlar juda ehtiyotkorlik
bilan yozilgan bo‘lib chiqdi. Endi bo‘lsa ular meni o‘zimni butunlay
oshkor qiladigan ishga undashmoqchi. Chamamda, bu mehribon jano-
blar meni g‘irt ahmoq yoki o‘taketgan olifta deb hisoblashayotganga
o‘xshaydi. Bekorlarni aytishibdi. Hozir tunlar sutdek oydin, men esam
narvon qo‘yib, ikkinchi qavatga, besh odam bo‘yi balandlikka chiq-
ishim kerak emish! U yerga chiqib olgunimcha qo‘shni uydagilarning
hammasi ko‘rib qoladi-ku meni. Bu deyman, o‘sha narvonda juda
chiroyli ko‘rinsam kerak o‘zi!» Jyulen o‘z xonasiga kirib, hushtak
chalganicha safar sandiqcha sini tartibga sola boshladi. U qizga hatto
javob ham bermaslikka ahd qildi. Biroq bu oqilona qarordan keyin
ham uning ko‘ngli tinchimadi.
«Xo‘sh, Matilda meni chindan ham sevib qolgan bo‘lsa-chi! – dedi
birdan sandig‘ining qopqog‘ini yopib bo‘lgach, – u holda men uning
nazarida manfur qo‘rqoq bo‘lib chiqaman. Men nasl-nasabim bilan
371
maqtana olmayman, shu boisdan ham men har xil yoqimli taxmin-
larga emas, balkim amaldagi ishga asoslangan, o‘zi uchun o‘zi dalolat
beradigan chinakam, yaqqol ko‘zga tashlanadigan fazilatlarga ega
bo‘lmog‘im kerak».
U o‘z xonasida u yoqdan-bu yoqqa yura boshladi, taxminan chorak
soatcha vaqt o‘tdi. «Nimayam derdim, – dedi u nihoyat, – turgan gap,
u meni qo‘rqoq hisoblandi. Shunda men o‘zimni kiborlar jamiyatidagi
eng sohibjamol qizdangina emas, – janob gersog de Retsnikida balda
ular uni shunday deb atashdi-ku, axir, – balkim meni deb gersogning
o‘gli va bo‘lajak gersog bo‘lmish markiz de Kruaz-nuani qay yo‘sin-
da qurbon qilishlarini ko‘rishdek beqiyos lazzatdan ham mahrum
etaman. U menda yo‘q barcha imtiyozlarga ega, juda shirinsuxan,
asilzoda, badavlat yigit axir...
Keyin umrimning oxirigacha pushaymon bo‘lib yuraman; uni deb
emas, albatta, zero dunyoda nozaninlardan ko‘pi bormi! Keksa don
Diegoning ta’biri bilan antganda:
...Biroq nomus yagona bizda!
Endi bo‘lsa men yo‘limda uchragan birinchi xavf-xatardan
ochiqdan-ochiq va shubhasiz orqaga chekinyapman. Chunki janob
de Bovuazi bilan bo‘lgan duel, bu – shunchaki ermak bo‘lgan edi. Bu
yerda esa butunlay boshqa gap. Meni bironta malay chumchuqdek
otib tashlashi mumkin, bu hali eng dahshatlisi emas, meni badnom
qilishlari mumkin».
«Ha, yigitcha, bu hazilakam ish emas! – dedi u mardona ohangda,
gaskonliklarga taassub qilib. – Gap sening sha’ning ustida ketyapti.
Mash’um taqdir jamiyatning eng tubiga joylashtirib qo‘ygan sen be-
chora bolakay uchun keyin hech qachon bunday imkoniyat tug‘ilmay-
di. Ehtimol, keyinchalik ham baxt senga kulib boqar, lekin bunaqasi
bo‘lmaydi!..»
U xonasida u yoqdan-bu yoqqa tez-tez yurganicha, o‘qtin-o‘qtin
shartta to‘xtab, uzoq o‘yladi. Uning xonasiga kardinal Rishelyening
ajoyib byustini qo‘yishgan edi. Yigit unga beixtiyor qarab-qarab
qo‘yardi. Hozir lampaning yorug‘ida yaqqol ko‘rinib turgan bu
haykal unga go‘yo haqiqiy fransuzlarga xos bo‘lgan jasoratning ye-
tishmayotgani uchun ta’na qilayotgandek qahr bilan qarab turardi.
«Sening zamonangda, ey ulug‘ inson, nahot meni ikkilangan bo‘lardi
deb o‘ylasang?»
372
«Xo‘p, eng yomon oqibatni ham tasavvur qilib ko‘raylik, – dedi
nihoyat Jyulen, – aytaylik, bu tuzoq ham bo‘lsin, lekin yosh qiz
buning oqibatida badnom bo‘lishi mumkin-ku axir. Ular mening
indamay ketaveradigan odamlar sirasidan emasligimni bilishadi.
Demak, meni gumdon qilish kerak. Bu ishlarning bari 1574-yilda,
Bonifatsiy de lya Mol zamonasida juda yaxshi bo‘lishi mumkin edi,
biroq hozirgi de lya Mollar bunday ishga jur’at etishmaydi. Ma-
demuazel de lya Molga hamma hasad qiladi! Uning sharmandayi
sharmisor bo‘lgani ertagayoq to‘rt yuz mehmonxonaning barida
tillarda doston bo‘ladi! Qanday lazzatlanib g‘iybat qilishadi uni.
Xizmatkorlar hozirning o‘zidayoq uning menga alohida e’tibor
bilan muomala qilishi to‘g‘risida ivir-shivir gaplashib yurishib-
di, men buni aniq bilaman, zero bu gaplarni o‘z qulog‘im bilan
eshitganman.
Boshqa jihatdan esa – manovi xatlar masalasi!.. Ular, chamasi, bu
xatlarni doim o‘zi bilan olib yuradi, deb o‘ylashsa kerak. Shu boisdan
ham ular meni qizning xonasiga avrab chaqirishga qaror qilishgan,
u yerda esa menga tashlanishadi-da, xatlarni tortib olishadi. Ehti-
mol, u yerda meni ikki, uch, hatto to‘rt kishi poylab turar. Kim biladi
deysiz? Lekin bunday odamlarni qayerdan topishadi ular? Hozir
Parijda ishonsa bo‘ladigan xizmatkorlar topilarmidi? Ularning bari
sudga tushishdan qo‘rqadi... E, jin ursin... axir u yerda Kaylyuslar,
Kruaznualar, de Lyuzlarning o‘zlari ham bo‘lishi mumkin-ku. Agar
oldilarida ahmoqqa o‘xshab serrayib tursam, ular uchun bundan
ham gashtliroq tomosha bo‘ladimi. Abelyarning qismatiga uchrash-
dan ehtiyot bo‘ling, janob kotib!
A, hali shunaqami, janoblar! U holda sizlarga tamg‘a qo‘yishga
harakat qilaman: Farsaldagi jangda Sezarning askarlari kabi to‘g‘ri
basharangizni nishonga olaman... Xatlarni esa ishonchli joyga yashirib
qo‘yaman».
Jyulen so‘nggi ikki maktubdan nusxa ko‘chirdi-da, ularni kutub-
xonadan yashirincha olib kelgan ko‘rkam Volter jildiga yashirib qo‘ydi,
asl nusxalarni esa o‘zi pochtaga olib ketdi.
Yigit uyga qaytgach, birdan, go‘yo hozirgina hushiga kelgan
odamdek hayrat va dahshatga tushib, o‘ziga o‘zi savol berdi: «Men
nima qilyapman o‘zi, axir bu g‘irt telbalik-ku!» Shunga qadar u chorak
soat davomida bugun tunda qilishi lozim bo‘lgan ish to‘g‘risida biron
marta ham o‘ylamagan edi.
373
«Lekin uning oldiga chiqishdan bosh tortsam, keyin o‘zimdan
nafratlanaman. Butun umr yanglishmadimmi deya shubhalanib
yuraman, mening uchun esa dunyoda bunday shubha-gumondan
dahshatliroq narsa yo‘q. Axir o‘shanda anovi nozanin Amandaning
o‘ynashi deb ozmuncha iztirob chekdimmi! Nazarimda, chinakami-
ga jinoyat qilgan taqdirimda ham o‘zimni kechirgan bo‘lardim: bir
marta o‘zimga o‘zim iqror bo‘lib, keyin uni ortiq o‘ylamay qo‘yardim.
Bu qanaqasi bo‘ldi! Taqdir menga shunday ajoyib imkoniyat berayot-
gan, dong‘i butun Fransiyaga taralgan oiladan bo‘lmish bir yigitga
raqib qilmoq uchun to‘dadan meni ajratib olayotgan bo‘lsa-yu,
men o‘z xohishim bilan unga yengilib o‘tirsam! Axir qizning oldiga
chiqmaslik g‘irt qo‘rqoqlik-ku. Binobarin shunday ekan, bo‘ldi –
borganim bo‘lsin, – deya xitob qildi Jyulen sapchib o‘rnidan turar
ekan. – Buning ustiga juda ofatijon qiz axir u!
Agar bu xoinlik bo‘lmasa, meni deb u qanday telbalikka jazm
etayotganini aytmaysizmi!.. Agar bu shunchaki komediya bo‘lsa, jin
ursin, bu hazil-mazaxni fojiaga aylantirishni menga qo‘yib berasiz,
janoblar va men uni albatta fojiaga aylantiraman.
Xo‘sh, men xonada paydo bo‘lgan zahotim qo‘llarimni bog‘lab
olishsa-chi? Ustalik bilan qo‘yilgan bironta qopqonga tushib qolsam
nima qilaman?
Lekin bu ham duelga o‘xshagan gap, – dedi u birdan kulib, – qilich-
bozlik muallimining ta’biri bilan aytganda, har qanday hamlani ham
daf qilsa bo‘ladi, lekin yaratgan Parvardigor olishuvga chek qo‘ymoq
uchun doim raqiblardan birini g‘aflatda qoldiradi. Har qalay ularning
hamlasini daf qilmoq uchun mening yetarli qurolim bor», – shunday
deya u cho‘ntagidan o‘z to‘pponchalarini chiqardi-da, garchi ular ya-
qinda o‘qlangan bo‘lsa ham qaytadan o‘qlab oldi.
Hali vaqt ko‘p bo‘lib, biror ish bilan shug‘ullanish mumkin edi. Jyu-
len o‘tirib Fuksga xat yoza boshladi. «Do‘stim, bu konvertga solingan
xatni sen mening boshimga biror falokat tushgani, bironta g‘aroyib
voqea sodir bo‘lgani haqida eshitib qolgan taqdirdagina ochib o‘qiy-
san. Shundan so‘ng men yuborgan bu qo‘lyozmadagi ismlarni o‘chirib
tashlagin-da, undan sakkiz nusxa ko‘chir va ularni Marsel, Bordo, Lion,
Bryussel va hokazo shaharlardagi gazetalarga yubor, oradan o‘n kun
o‘tgach, qo‘lyozmani chop qilgin-da, birinchi nusxasini markiz de lya
Molga jo‘nat, ikki haftadan keyin esa tunda qolgan nusxalarni Verrer
ko‘chalariga sochib chiq».
374
Jyulen hikoya shaklida yozilgan va Fuke faqat biror g‘aroyib voqea
sodir bo‘lsagina ochib o‘qishi lozim bo‘lgan aybsizligini isbotlovchi
bu kichkina hujjatda m-l de lya Molning sha’niga iloji boricha dog‘
tushirmaslikka harakat qildi, lekin har qalay u o‘z ahvolini ancha aniq
bayon qilib bergan edi.
Tushlik ovqatga zang chalinganida Jyulen maktubini endigina
tugatgan edi. Hozirgina yozgan hikoyasi ta’sirida uning hayajonga
to‘la dili nihoyatda g‘ash edi. U o‘zini qanday bosib olib, qo‘l-oyog‘ini
bog‘lashlari, og‘ziga latta tiqib, yerto‘laga olib tushishlarini tasavvur
qilmoqda edi. Yerto‘lada uni bironta pastkash malayning qo‘liga top-
shirishadi, u esa bundan ko‘z-quloq bo‘lib turadi, mabodo bu zodagon
oilaning sha’ni fojiali oqibatni talab qilsa, buni iz qoldirmaydigan
bironta og‘u yordamida amalga oshirishdan osoni yo‘q, shundan so‘ng
uni falon kasaldan o‘ldi, deb e’lon qilishadi-da, jasadini o‘z xonasiga
olib kirib qo‘yishadi.
Drama insho etgan muallifdek o‘z asaridan hayajonga tushgan
Jyulen yemakxonaga chindan ham dahshatdan eti junjikib kirib bor-
di. U bashang livreya kiygan bu xizmatkorlarni diqqat bilan kuzatar,
ularning yuziga tikilar edi. «Tungi ekspedetsiya uchun ulardan qay
birini tanlashdi ekan? – deya o‘ylardi u. – Bu oilada Genrix III saroyi
haqidagi rivoyatlar og‘izdan og‘izga ko‘chib yuradi va ularni shu
qadar ko‘p eslashadiki, turgan gap, ular, mabodo o‘zlarini haqorat-
langan deb his etsalar, o‘zlari mansub bo‘lmish tabaqaning barcha
odamlariga qaraganda qat’iyroq harakat qilishlari mumkin». Yigit
bu oilaning makr-hiylaga to‘la rejalarini uqib olmoq niyatida m-l de
lya Molning yuziga tikildi. Qiz rangi oqarib o‘tirardi va shu turishda
chehrasi o‘rta asrlarda chizilgan portretni eslatardi. Yigit hali hech
qachon uning qiyofasida bunday yuksak olijanoblikni his etmagandi,
qiz shu tobda chindan ham g‘oyat go‘zal va ulug‘vor edi. Jyulen qalbi-
da qizga nisbatan sevgiga o‘xshash bir his tuygandek bo‘ldi. «Pallida
morte gutura»
42
deya ko‘nglidan kechirdi u o‘zicha. («Yuzining oqarib
turishi rejalarining yuksakligidan dalolat beradi».)
Tushki ovqatdan so‘ng u bog‘da uzoq sayr qilib behuda ov-
ora bo‘ldi, – m-l de lya Mol boqqa chiqmadi. Hozir Jyulen u bi-
lan gaplashib olganida bormi, yelkasidan tog‘ ag‘darilgandek
bo‘lardi!
42
O‘lim oldidagi bo‘zarish. (ital.).
375
Bor gapni yashirib nima qilamiz – uni vahima bosmoqda edi. U
harakat qilishga qat’iy ahd qilib qo‘ygani uchun ham endi sira uyal-
may, ana shu dahshat haqida o‘ylardi. «Ishqilib hal etuvchi daqiqa-
da qo‘rqoqlik qilmasam bo‘lgani, – derdi u o‘ziga o‘zi. – Hozir esa
qo‘rqamanmi-yo‘qmi, baribir emasmi?» U narvonning qayerdaligini
oldindan ko‘rib qo‘ymoq niyatida quduq yoniga bordi va og‘irligini
chamalab ko‘rish uchun uni ko‘tarib ham ko‘rdi.
«Bu deyman, narvon ko‘tarish mening peshonamga yozilgan
shekilli, – dedi u iljayib o‘ziga-o‘zi. – Bir vaqtlar Verrerdagi kabi mana
bu yerda ham narvon bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri kelyapti. Lekin orasi-
dagi farqni qarang! U yerda men, – deya qo‘shimcha qildi u xo‘rsinib,
– U yerda men visoliga yetmoq uchun o‘zimni bunday xavf-xatarga
qo‘ygan xonimdan gumonsiramagan edim. Keyin xavf-xatar ham bu
qadar dahshatli emasdi.
Agar o‘shanda janob de Renalning bog‘ida meni otib qo‘yish-
ganida, buning men uchun hech qanday sharmandali joyi bo‘lmasdi.
Mening o‘limimni sira o‘ylab o‘tirmay, tushunib bo‘lmaydigan bir
tasodifga yo‘yishgan bo‘lardi. Bu yerda esa men to‘g‘rimda gersog
Shonskiy, Kaylyuslar, Retslar va boshqa kiborlar mehmonxonasida
qanday dahshatli gaplarni aytishmaydi deysiz. Meni abadulabad razil
maxluqqa chiqarib qo‘yishadi».
«Ikki yil gapirishar, uch yil gapirishar, keyin esdan chiqarib yubo-
rishadi! – deya burun jiyirdi u o‘zini-o‘zi kalaka qilib. Biroq bu o‘zini
kamsitish edi. – Xo‘sh, meni nima bilan oqlash mumkin? Xo‘p, aytaylik,
Fukening o‘limimdan keyin pamfletimni chop etdi ham deylik, – bu
mening battar la’natlanishim bo‘lmaydimi axir. Buni qarang-a! Menga
bu xonadonda boshpana berishsa-yu, men ularning mehmondo‘st-
ligi, o‘zimga ko‘rsatishgan barcha xayr-saxovatlari evaziga minnat-
dorchilik tariqasida bu yerda bo‘layotgan barcha ishlarni tasvirlab,
pamflet e’lon qilib o‘tirsam! Ayol kishining sha’niga dog‘ tushirsam.
Yo‘q, undan ko‘ra ahmoq bo‘lib qolgan ming chandon yaxshi».
Jyulen uchun bu dahshatli kecha bo‘ldi.
376
Do'stlaringiz bilan baham: |