Qizil va qora indd


XIV Yosh qizning mulohazalari



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XIV

Yosh qizning mulohazalari

Qat’iyatsizlikdan naqadar azob chekyapman! 

Qanchadan-qancha tunlarni bedor o‘tkazdim! Yo 

Rabbim! Nahot o‘zimni shunchalar xo‘rlasam! 

Endi uning o‘zi mendan nafratlanadi. Lekin u 

jo‘nab ketyapti, uzoqqa jo‘nayapti, axir.



Alfred de Myusse.

Matilda bu maktubni yozishga jazm qilguniga qadar o‘zi bilan o‘zi 

uzoq kurashdi. Uning Jyulenga ko‘ngil qo‘yishining sababi nimada 

bo‘lmasin, tez orada bu tuyg‘u uning g‘ururini shu qadar poymol 

etdiki, qiz esini taniganidan buyon bu g‘urur uning dilida yagona 

hokim bo‘lib kelardi. Bu kibr-havosi baland, sovuqqon qizning 

qalbida sevgi alangasi birinchi marta o‘t olmoqda edi. Biroq bu 

tuyg‘u uning g‘ururini tobe etgan bo‘lsa-da, u g‘ururning barcha 

xususiyatlarini o‘zida mujassam qilib olgandi. Ikki oy mobaynida 

dilida kechgan tinimsiz kurash va yangi, hech qachon tuyilmagan ke-

chinmalar, aytish mumkinki, qizning butun ruhiy tarzini o‘zgartirib  

yubordi.


Matildaga oldida baxt eshigi ochilayotgandek tuyulardi. Ayniqsa 

yuksak aql-idrok bilan uyg‘unlashib, matonatli qalb ustidan chek-

siz hukmronlik qiladigan bu xayolot uning nafsoniyati va qattiq 

o‘rnashib qolgan burch tuyg‘usi bilan uzoq kurashib keldi. Bir kuni 

u ertalab soat yettida onasining oldiga kirdi-da, undan Villekyega 

ketishi uchun ruxsat berishini iltimos qila boshladi. Markiza bu ilti-

41

 Esprit per gue il A. 30. Ehtimol, Stendal bu izohi bilan qahramonining 



xarakteristikasini ta’kidlayotgan bo‘lsa kerak: esprit persecute, predestine 

guillotine – isyonkor ruh gilotinaga mahkumdir.




364

mosga hatto javob berishni ham lozim topmay, balkim joyiga yotib, 

yaxshilab uyquga to‘yib olishini maslahat berdi. Bu oddiy hayotiy 

burch tushunchasi va hurmatning aqidalarga so‘nggi marta qarshilik  

ko‘rsatishi edi.

Xunuk ish qilib qo‘yish va Kaylyuslar, de Lyuz va Kruaznualar 

uchun muqaddas hisoblanadigan odob qoidalarini buzishdan Matilda 

unchalik cho‘chimasdi; qiz nazarida, bu toifa kishilar uni tushunishga 

qodir emasdilar, agar gap kareta yoki yer-mulk sotib olish haqida 

ketganida, Matilda ular bilan maslahatlashishi mumkin edi. U aslida 

faqat bir narsadan – Jyulen uni qoralashidan cho‘chirdi.

Agar u yigitni ajoyib inson deya hisoblab, shunchaki yanglisha-

yotgan bo‘lsa-chi?

Qiz irodasi sust odamlardan nafratlanar edi; atrofida girdikapalak 

bo‘lib yurgan anovi muloyim yigitlarni ham aslida ana shu tufayli iqi 

suymasdi. Ular Matildaning ko‘nglini topishga harakat qilib, rasm 

bo‘lmagan va modadan chetga chiqishga jur’at etgan barcha narsa-

larni qanchalik nozik askiya qilishsa, qizning ko‘z o‘ngida shunchalik 

beqadr bo‘lib borardilar.

«Ularning faqat bitta fazilatlari bor, u ham bo‘lsa jasorat. Xo‘sh, 

bu qanday jasorat bo‘ldi o‘zi? – derdi u o‘ziga o‘zi. – Duelga chiqish-

mi? Duelning o‘zi nima hozirgi kunda? Shunchaki marosim, xolos. 

Hammasi avvaldan ma’lum, hatto yiqilaturib qanday so‘z aytmog‘ing 

kerakligi ham oldindan belgilab qo‘yilgan. Maysa ustiga yiqilgach, 

qo‘lingni yuraging ustiga qo‘ymog‘ing va o‘z mahbubangni eslashni 

unutmay, raqibingni tantilik bilan kechirmog‘ing lozim. Mahbuba 

esa ko‘p o‘rinlarda yo xayoldagina mavjud bo‘ladi, yoki ehtimol, 

sizni o‘ldirishgan kuni, men haqimda biron yomon gap o‘ylash-

masa go‘rga edi, deya cho‘chiganidan balga boradigan bir xonim  

bo‘lib chiqadi.

Ular qilichlarini yalang‘ochlab, eskadron boshida xavf-xatar sari 

yelib borishlari mumkin, ammo bironta g‘ayritabiiy, kutilmagan, 

chindan ham mash’um xavf-xatarga duch kelishsa bormi!..»

«Hayhot! – derdi o‘ziga-o‘zi Matilda. – Faqat Genrix III saroyidagi-

na matonatli va nasl-nasabi jihatidan ulug‘ kishilar bo‘lgan. Ah, qani 

endi Jyulen Jarnak yoki Monkontur bo‘sag‘asida jang qilganida edi, u 

holda men sira ham ikkilanmagan bo‘lardim. U davrlarda jasorat va 

qudrat boshqacha bo‘lardi, o‘shanda fransuzlar qo‘g‘irchoq emasdilar. 

Jang-jadal kuni ular hech nima haqida bosh qotirib o‘tirmasdilar».



365

«Ularning hayoti Misr mo‘miyosi kabi hamma uchun bir xil 

bo‘lgan qandaydir doimiy pardaga o‘ralmagan edi. Ha, – deya 

qo‘shimcha qildi qiz, – u paytlarda Yekaterina Medichi istiqomat 

qilgan Suassondagi saroydan kechqurun soat o‘n birda chiqish 

uchun hozir Jazoirga borib kelishga qaraganda ko‘proq haqiqiy 

matonat talab qilinardi. Inson hayoti tasodiflarning tinimsiz o‘zga-

rishidan iborat edi. Endi bo‘lsa sivilizatsiya va prefektlar hech 

qanday tasodifga, hech qanday kutilmagan ishga yo‘l qo‘ymaydilar. 

Agar bironta kutilmagan fikr sezilib qolsa bormi, darhol unga 

qarshi epigrammalar yog‘iladi, mabodo biror voqeaning boshqa 

tomoni ko‘zga tashlansa, qo‘rqqanimizdan dunyodagi barcha 

qabohatdan qaytmaymiz. Qo‘rquv tufayli qanday bema’ni ishlar 

qilmaylik, u avvaldan oqlangan bo‘ladi. Aynigan va diqqinafas 

asr! Bonifatsiy de lya Mol tanasidan judo qilingan boshini dax-

madan ko‘tarib, 1793-yili o‘z avlodi bo‘lmish o‘n yetti kishining 

ikki kundan so‘ng qo‘ydek yuvoshlik bilan boshlarini gilotinaga 

qo‘yib berish uchun hech qarshilik ko‘rsatmay qo‘lga tushganlar-

ini ko‘rganida nima degan bo‘lardi. Ular o‘limga ketishayotganini 

aniq bilishardi, lekin o‘zini himoya qilish, hech bo‘lmasa bitta-ik-

kita yakobinchini o‘ldi rish, buni qarangki, axloqsizlik hisobla-

nardi. Ah, Fransiyaning o‘sha qahramonona davrida, Bonifatsiy 

de lya Molning asrida Jyulen eskadronga komandirlik qilardi, 

mening akaginam esa – ko‘zlari iboli, nasihatgo‘y va boadab  

ruhoniy bo‘lardi».

Bundan bir necha oy muqaddam Matilda umumiy andazadan sal 

bo‘lsa-da, farq qiladigan bironta odamni uchratishdan umidini uzib 

qo‘ygan edi. U o‘ziga ermak topib, zodagonlar jamiyatiga mansub 

bo‘lgan ba’zi yigitlar bilan xat yozishib turadigan bo‘lgandi. Bunday 

sarbastlik, bunday yengiltaklik janob de Kruaznua, uning otasi gersog 

Shonskiy va bu oilaning barcha a’zolari oldida qizning obro‘sini to‘ki-

shi mumkin ediki, ular unashib qo‘yilgan nikohning buzilayotganidan 

xabar topishgach, buning sababini surishtirishlari ehtimoldan uzoq 

emasdi. Matilda bironta yigitga xat yozishga jur’at etgan kunlari 

ba’zan hatto tuni bilan uxlamay chiqardi. Holbuki o‘sha xatlarining 

bari javob maktublari edi, xolos.

Bu o‘rinda esa uning o‘zi sevishi haqida maktub yo‘llagan edi. U 

jamiyat pillapoyasining eng pastki pog‘onasida turgan bir yigitga o‘zi 




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish