Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

birinchi bo‘lib (qanday dahshatli so‘z-a!) xat yozdi.


366

Bu hol, agar uning qilmishi odamlarga ma’lum bo‘lib qolsa, turgan 

gap, qizni umrbod sharmandayi sharmisor qilardi. Onasining oldiga 

kelib turadigan ayollardan birontasi ham uning yonini olishga jur’at 

etmagan bo‘lardi! Ular Matildani oqlash niyatida mehmonxonalarning 

qo‘rqinchli nafratini susaytirmoq uchun qanday bahona topishlari 

ham mumkin deysiz?

Axir bunday izhorni xatga tushirish u yoqda tursin, uni tilga 

olishning o‘zi bir dahshat-ku! Shunday narsalar borki, u haqda yoz-

maydilar! – deya qichqirgan ekan Napoleon, Baylenning dushmanga 

taslim bo‘lganini eshitgach. Axir bu gapni qizga, go‘yo oldindan saboq 

berishni istagandek, Jyulenning o‘zi aytib bergan edi-ku.

Biroq bularning bari hali hech gap emasdi: Matildaning hadiksirab 

iztirobga tushishining sababi boshqa yoqda edi. Bu gaplarning bari 

jamiyatga qanday dahshatli ta’sir qilishi, o‘zining qanchalar shar-

mandayi sharmisor bo‘lishi mumkipligiga qaramasdan, – zero u o‘z 

tabaqasini haqorat qilmoqda edi, – Matilda manovi barcha Kruaznua, 

de Lyuz, Kaylyuslar toifasidan mutlaqo boshqacha odamga sevgi 

maktubini yo‘llashga jur’at etgandi.

Jyulen tabiatining teranligi, aql bovar qilmas jihatlari hatto u bilan 

oddiy munosabatda ham insonni cho‘chitib qo‘yishi mumkin edi. Qiz 

esa uni o‘z mahbubi, ehtimol o‘z hukmdori qilishga jazm etgandi.

«Kim bilsin, agar biror kun kelib unga tobe bo‘lib qolsam, Jyu-

lenda menga nisbatan qanday da’volar paydo bo‘larkin. Nimayam 

derdim, u holda Medeyadek o‘zimga-o‘zim: «Ushbu dahshatlar 



ichra yolg‘iz «Men»im qolibdi menga», – deyishdan bo‘lak choram 

qolmasa kerak».

«Jyulen nasl-nasabni mutlaqo hurmat qilmaydi», – deya o‘ylardi 

u. Eng yomoni, ehtimol, u Matildani mutlaqo sevmasdir ham!

Dahshatli shubhalardan iztirob chekkan shu daqiqalarda qizni 

ayollik g‘ururi haqidagi mulohazalar ta’qib eta boshlardi. «Mendek 

bir qizning taqdirida hamma narsa boshqacha bo‘lishi kerak», – deya 

qichqirib yubordi Matilda bir kuni g‘azabi jo‘sh urgan paytda. Ana 

shunda go‘daklik chog‘idan qulog‘iga quyilgan g‘ururi ezgulikni yoq-

lab, unga qarshi isyon ko‘tardi. Xuddi ana shu daqiqada Jyulenning 

safarga otlanishi daf’atan voqealar oqimini tezlashtirib yubordi.

(Yaxshiyamki, bunday tabiatli insonlar juda kamdan-kam uchraydi.)

Kechqurun, allamahalda Jyulenning miyasiga quvlik qilish 

fikri  kelib  qoldi:  m-l  de  lya  Molning  oqsochi  bo‘lmish  qizning 




367

ko‘nglini ovlab yuradigan malayga safar sandiqchasini dahlizga 

olib chiqishni buyurdi. «Ehtimol bu hiylam hech qanday nati-

ja bermas, – dedi u o‘ziga-o‘zi, – lekin u muvaffaqiyatli chiqsa, 

Matilda meni jo‘nab ketibdi, deb o‘ylaydi». U o‘z nayrangidan juda 

mamnun bo‘lib uxlab qoldi. Matilda esa tuni bilan mijja qoqmay  

chiqdi.

Ertasi kuni azonlab Jyulen hech kimga sezdirmay ko‘chaga chiqib 

ketdi, biroq soat sakkiz bo‘lmasdanoq uyga qaytib keldi.

U kutubxonaga kirishi bilanoq eshikda m-l de lya Mol paydo 

bo‘ldi. Yigit unga o‘z javob maktubini uzatdi. Jyulen qizga biror gap 

aytsammikin, zero keyin bunday qulay paytning topilishi qiyin, deya 

o‘ylab turgan edi, biroq m-l de lya Mol uning gapiga quloq solishni 

istamay bir zumda g‘oyib bo‘ldi-qo‘ydi. Jyulenning quvonganidan 

boshi osmonga yetdi, chunki u qizga nima deyishni bilmay garang 

bo‘lib turgan edi.

«Agar bu gaplarning bari ularning graf Norber bilan til biriktirib 

qilayotgan hazillari bo‘lmasa, asilzoda qizning yuragida menga 

nisbatan tug‘ilgan g‘aroyib muhabbatga mening xuddi o‘sha bepar-

vo, sovuq qarashlarim sabab bo‘lgan. Mabodo bu daroz mallasoch 

qizga biron payt jiddiy ko‘ngil qo‘yganimda men g‘irt tentak bo‘lib 

chiqardim». Bu xulosa oqibatida u o‘zini shu qadar sovuqqon va ser-

mulohaza his eta boshladiki, umri bino bo‘lib o‘zini bunday xotirjam 

sezmagandi.

«Hozir tayyorgarlik ko‘rilayotgan bu jangda, – deya davom etdi 

u, – uning dvoryanlik g‘ururi o‘ziga xos tepalik – men bilan uning 

o‘rtasidagi harbiy pozitsiya bo‘ladi, Men xuddi ana shu tepalikni 

o‘qqa tutishim kerak. Parijda qolib, g‘irt ahmoqlik qildim. Safarni 

bunday orqaga surishim meni kamsitadi, menga zarar keltiradi, agar 

bu gaplarning bari komediya bo‘lmasa, albatta. Xo‘sh, agar jo‘nab ket-

ganimda nima yo‘qotardim? Mabodo ular meni kalaka qilishayotgan 

bo‘lishsa, qaytanga ularning ustidan o‘zim kulgan bo‘lardim. Agar u 

chindan ham menga xiyol qiziqayotgan bo‘lsa, u holda bu qiziqishi 

ming chandon ortgan bo‘lardi».

M-l de lya Molning maktubi Jyulenning g‘ururiga shu qadar 

xush yoqdiki, u garchi sodir bo‘lgan bu voqeaga uncha ishonqira-

may, kulib yurgan bo‘lsa-da, jo‘nab ketishi qanchalik o‘rinli bo‘lishi 

mumkinligi haqida jiddiyroq o‘ylab ko‘rish uning hatto xayoliga ham  

kelmadi.



368

U o‘z xatolaridan qattiq iztirob chekib yurardi, bu yigit tabiatining 

mash’um xususiyati edi. Bu gal u shu qadar ta’bi tirriq bo‘ldiki, ushbu 

kichkina muvaffaqiyatsizlikdan oldingi ajoyib g‘alabasini butunlay 

unutib qo‘yishiga sal qoldi. Shunda birdan, soat to‘qqizlarda kutub-

xona ostonasida m-l de lya Mol paydo bo‘lib, stol ustiga xat

 

tashladi-yu, 



qochib ketdi.

«Bu deyman, bizning ishqiy romanimiz faqat maktublardan iborat 

bo‘ladi shekilli, – dedi yigit xatni qo‘liga olar ekan. – Dushman mak-

korlik bilan hamla qilyapti, men esam bunga javoban sovuqqonlik va 

ezgulikni ishga solaman!»

Undan aniq bir javob berishni iltimos qilishmoqda, iltimos qil-

ganda ham shu qadar takabburlik bilan iltimos qilishmoqda ediki, 

yigit bundan g‘oyatda xursand bo‘lib ketdi. U o‘zini kalaka qilmoqchi 

bo‘lgan odamlar ustidan kulganicha huzur qilib ikki sahifa maktub 

yozdi va xatining oxirida ermak uchun, ertaga azonlab safarga jo‘nay-

man, deya qo‘shimcha qilib qo‘ydi.

Xatni yozib tugatgan zahoti Jyulen: «Uni qizga bog‘da beraman», 

– deya xayolidan o‘tkazdi. U boqqa chiqib, m-l de lya Mol xonasining 

derazasiga qaradi.

Qizning xonasi ikkinchi qavatda, keng-keng antresollar ustida, 

onasining apartamentlari yoniga joylashgan edi.

Birinchi qavat shu qadar baland ediki, m-l de lya Molning derazasi-

dan arg‘uvonlar saf tortib turgan xiyobonda aylanib yurgan Jyulenni 

ko‘rib bo‘lmasdi. Uni juda hafsala bilan butab qo‘yilgan arg‘uvonning 

gumbazi butunlay pana qilib turardi.

«Bu nima qilganim o‘zi, – deya birdan alam bilan o‘yladi Jyulen. 

– Qanday ehtiyotsizlik axir bu! Agar bu gaplarning bari meni kalaka 

qilish uchun ataylab o‘ylangan bo‘lsa, bu yerda, hammaning ko‘z 

o‘ngida qo‘limda xat bilan aylanib yurishim dushmanlarimga yordam 

berish demak-ku».

Graf Norberning xonasi Matilda xonasining shundoq tepasida 

joylashgan bo‘lib, Jyulen butalgan arg‘uvonlarning yashil gumbazi 

ostidan chiqqan zahoti graf bilan do‘stlari uning barcha xatti-harakat-

larini bemalol kuzatishlari mumkin edi.

M-l de lya Mol o‘z derazasi yonida paydo bo‘ldi. Yigit qizga xat-

ning bir uchini ko‘rsatgan edi, u bosh irg‘adi. Jyulen yugurganicha o‘z 

xonasiga ko‘tarilayotgan edi, katta zinapoyada birdan ofatijon Matil-

daning o‘zi bilan yuzma-yuz to‘qnashib qoldi. Qiz mutlaqo xotirjamlik 



369

bilan uning qo‘lidan xatni yulqib oldi-da, yigitga kulib turgan ko‘zlari 

bilan qarab qo‘ydi.

«Boyaqish de Renal xonimning ko‘zlari naqadar his-hayajonga 

to‘la bo‘lardi-ya, – deya xayolidan o‘tkazdi Jyulen. – Biz yaqin bo‘lgani-

mizdan so‘ng oradan yarim yil o‘tgandan keyin ham u mening qo‘lim-

dan xatni iymanibgina olardi. Nazarimda, u menga biron marta ham 

ko‘zlari kulib boqmagan edi».

U o‘z fikrini oxirigacha yetkazib, uni izohlab o‘tirmadi; ehtimol, 

o‘z  fikr-mulohazalarining  behudaligidan  xijolat  chekkan  bo‘lsa 

kerak. Lekin ular bir-biridan qanchalar farq qiladi-ya, – deb tinim 

bermasdi unga xayoli, – ertalabki ko‘ylagining nafisligi bilan ham, 

xatti-harakatidagi nafosat bilan ham u naqadar ajralib turadi. Har 

qanday didi yuksak odam, Matildani o‘ttiz qadam naridan ko‘rsa, bu 

qiz jamiyatning qaysi sinfiga mansub ekanligini darhol anglab oladi. 

Ha, bu shubhasiz uning katta fazilati, albatta».

O‘ziga-o‘zi shu yo‘sinda hazil qilar ekan, Jyulen baribir xayolidagi 

gapni oxirigacha tan olgisi kelmasdi: axir de Renal xonimning uni deb 

qurbon qiladigan markiz de Kruaznuasi yo‘q edi-da. Uning yagona 

raqibi anovi manfur prefekt yordamchisi janob Sharko edi. U odam 

o‘zini yana de Mojiron deb atardi, chunki Mojironlarning hammasi 

o‘lib ketgandi.

Kunduzi soat beshda Jyulen uchinchi marta xat oldi: m-l de lya 

Mol uni yigitga kutubxonaning shundoq ostonasidan turib uzatdi-da, 

yana qochib ketdi. «Xat yozishni buncha yaxshi ko‘rmasa! – deya 

kulib, xayolidan o‘tkazdi Jyulen. – Oddiygina qilib gaplashib olish-

dan osoni yo‘q-ku axir. Tushunarli, dushman tomon mendan iloji 

boricha ko‘proq xat olmoqchi!» U shoshmaygina maktubni ochdi. 

«Yana balandparvoz so‘zlar...» – deya o‘yladi u, biroq xatga ko‘z yugur-

tirib chiqqach, rangi oqarib ketdi. Maktub bor-yo‘g‘i sakkiz satrdan  

iborat edi:

«Mening sizga aytadigan gapim bor, shu bugunoq kechqurun siz 

bilan gaplashib olishim kerak: kechasi soat birga zang urishi bilan 

boqqa chiqing, Bog‘bonning quduq yonida turgan narvonini oling-da, 

uni derazamga qo‘yib, oldimga ko‘tariling. Hozir to‘lin oy payti, ham-

mayoq oydin bo‘ladi, lekin buning ahamiyati yo‘q».




370


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish