Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

juda xursand bo‘laman.

Jyulen shu zahoti uning oldidan chiqib ketdi. Markizning bu gapi 

uni xijolatga solib qo‘ygan edi.

«Men esam uning qizini yo‘ldan urmoqchiman! Va shu yo‘sinda 

ehtimol, qizining markiz de Kruaznua bilan turmush qurishiga xalal be-

rarman, uning esa bu nikohdan umidi katta: agar uning o‘zi gersog bo‘la 

olmasa, u holda, har qalay, qizi gersoginyalik kursisiga ega bo‘ladi-ku 

axir». Jyulenning xayolidan Matildaning xati va markiz bilan hozirgi 

suhbatiga qaramay baribir Langedokka jo‘nab ketish haqidagi fikr lip 

etib o‘tdi. Biroq bu ezgulik uchquni lip etdi-yu, darhol g‘oyib bo‘ldi.

«Bu deyman, juda ko‘ngli bo‘sh chiqib qoldim-ku, – dedi u o‘zi-

ga-o‘zi. – Men, oddiy bir plebey, shunday oqsuyak dvoryan oilasini 

ayab o‘tirishim kerakmi hali! Gersog Shonskiy malay deb ataydigan 

menday odam-a! Xo‘sh, markiz o‘zining ulkan boyligini qanday qilib 

ko‘paytiryapti? Juda oson bu: saroyda ertasi kuni hukumat inqiroziga 

o‘xshash biror nayrang ishlatilajagi mo‘ljallanayotganidan xabar top-

gan zahoti birjada renta sota boshlaydi. Taqdir tabiatan olijanob qilib 

yaratgan-u, lekin ming frank renta in’om etishni unutgan, boshqacha 

qilib aytganda, bir burda nonsiz, ha, to‘ppa-to‘g‘ri ma’noda, bir burda 

nonsiz qoldirib, jamiyat pillapoyasining eng pastki pog‘onasiga joy-

lab qo‘ygan mendek bir odam boshimga o‘zi kelib qo‘nayotgan baxt 

qushidan voz kechishim kerakmi hali? O‘zim shu qadar qiyinchilik 

bilan o‘tayotgan bu nishonsizlik sahrosida tashnaligimni qondirishi 

mumkin bo‘lgan ana shu jilolanib turgan buloqdan-a! E, yo‘q, men bu 

qadar ahmoq emasman, hayot deb atalmish bu xudbinlik sahrosida 

har kim o‘z boshiga yoqqan qorni o‘zi kuraydi».

Jyulen markiza de lya Mol va, ayniqsa, uning dugonalari bo‘lmish 

anavi xonimlar unga naqadar past nazar bilan qaraganlarini esladi.

Markiz de Kruaznua ustidan tantana qilish tuyg‘usi uning qal-

bidagi ezgulikni tamoman bo‘g‘ib qo‘ydi.

«Qani endi, uning jahli chiqsa, naqadar xursand bo‘lardim-a, – 

derdi Jyulen, – endi sira ham ayab o‘tirmay uning ko‘ksiga shamshir 




360

suqardim, – shunday deya u qilichbozlik paytidagidek keskin hamla 

qildi. – Shu paytga qadar men uning nazarida shunchaki haddidan 

oshgan oddiy bir malay edim. Manovi xatdan keyin esa biz endi  

tengmiz».

«Ha, – deya sekin davom etdi u har bir so‘z haqida qandaydir 

huzur qilib o‘ylar ekan, – bizning – markizning va mening fazilatla-

rimiz taroziga qo‘yib tortilgach, yuralik g‘arib bir duradgor g‘alaba 

qozondi».

«Juda yaxshi! – deya xitob qildi u. – O‘z xatimga xuddi shunday 

deb imzo chekaman. O‘z ijtimoiy ahvolini unutibdi, deb o‘ylamay 

qo‘ya qoling, mademuazel de lya Mol, men sizni Avliyo Lyudovik bilan 

salib yurishlariga borgan shavkatli Gilom de Kruaznuaning avlodidan 

oddiy bir duradgorning o‘g‘li deb voz kechayotganingizni yaxshilab 

tushunib olishga majbur etaman».

Jyulen dilidagi quvonchni ortiq jilovlab tura olmasdi. Uning boqqa 

chiqqisi keldi. Yigitga xonasi torlik qilib, u yerda uning nafasi qayta 

boshlagan edi.

«Men umrbod manovi qora kamzulni kiyib yurishga mahkum 

etilgan yuralik garib bir dehqonman!.. – deya tinimsiz takrorlardi u 

o‘ziga o‘zi. – Eh, yigirma yil muqaddam men ham ular kabi mundir 

kiyib yurgan bo‘lardim. U paytlarda mendek odam yo jangda halok 

bo‘lardi yoki o‘ttiz olti yoshida general bo‘lib olardi». U qo‘lida 

g‘ijimlab turgan manovi maktub yigitning bo‘yiga bo‘y qo‘shgandek 

tuyulardi va u o‘zini qahramon deb his etardi. Rost, endi manovi 

qora kamzul ham qirq yoshga borganida unga yepiskop Boveyskiy 

kabi yuz minglik maosh va zangori lentaga erishish imkoniyatnni 

berishi mumkin.

«Xo‘sh, nima qilibdi, – dedi u qandaydir iblisona iljayib, – de-

mak, men ulardan aqlliroq ekanman va zamonamiz ruhiga munosib 

mundir tanlabman». Shundan so‘ng uning balandparvoz orzulari va 

shu bilan bir qatorda ruhoniylar kiyadigan ridoga ixlosi yanada oshib 

ketdi. «Mendan ham benom-nishonroq bo‘lgan qanchadan-qancha 

kardinallar qudrat va hokimiyatga erishgan axir! Misol uchun, mana 

mening vatandoshim Granvelni olaylik».

Asta-sakin Jyulenning hayajoni bosilib, uning o‘rnini ehtiyotkor-

lik egalladi. Yigit o‘ziga-o‘zi ustozi Tartyuf kabi, – bu rolni u yoddan 

bilardi, – shunday dedi:




361

Men barchasin bir hazil deb o‘ylashim mumkin...

...………………………………………………...

Biroq minglab va’dalarda aytilgan karam, 

Men ko‘z tikkan iltifotlar bo‘lmas ekan to 

Ishonmayman har xil shirin so‘zlarga aslo.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish