5 sinflar ucnun bilimlar sinovida qo`llaniladigan diktant matnlari



Download 27 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi27 Kb.
#594913
Bog'liq
5-sinf-ona-tili-va-adabiyoti-fanidan-testlar-12 (1)


5- sinflar ucnun bilimlar sinovida qo`llaniladigan diktant matnlari.

ZUMRAD VA QIMMAT


Zumrad erta bilan soy yoqalab buloq boshiga borarkan, yo`lda uchragan lola va gullar boshlarini egib , unga salom
berarkan.Zumrad maysalar ustida o’tirib dam olganida gullar uni olqishlar, bulbullar quyonib unga hikoyalar aytib berarkanlar.
Ammo xuddi shu gullar Qimmat kelayotgan bo’lsa , qovoqlarini solib, yumilib qolarkanlar. Sehrgar kampirning uyi tepasiga juda ko’p qushlar yig’ilibdi, ular qizchani maqtab sayrashibdi. Qimmatning ro’parasida faqat boyqushlar o’tirib olib, qorong’I, vahimali o’rmonlar haqida sayrarmish. Oq ko’ngil Zumrad bilan ota ikkisi, nihoyat, tinchgina yashab, murod-maqsadlariga yetibdilar.

XOTIRA

Ko’klam fasli edi.Daraxtlarga endi ko’k yugurgan, ayniqsa,
ko’cha bo’ylab terilgan adil, baland,ko’rkam teraklarning nafis yosh barglari mayin esgan shamolda shildirashi hanuz xotiramda.Hovlimiz Arpapoyada edi. U serdaraxt, sersuv, ko`rkam edi. Supada, quyuq daraxtlar soyasida yonboshlab Hamid Olimjonning ilk ijod mahsuli “Ko’klam” ni varaqladim.O’zimga ma’qul tushgan she’rlarni qayta- qayta o’qidim.Kitobni varaqlar ekanman,bu- yoshlikning xayol to’la ko’klam poeziyasi shoirning samimiy mevasi va ilk qaldirg’ochi, dedim o’z-o’zimga.Haqiqatan azamat, ulug’vor satrlar, ilhombaxsh, saqlmoqli ko’rinishlar, nafis hislar, tuyg’ular shoir she’riyatining jo’shqin mevasi edi.

Qanoat

Bir kishining Ali va Vali ismli ikki o’g’li bor edi.Ali qanoatli, Vali qanoatsiz edi. Bir kuni otasi bozordan olma olib kelib, bolalarini sinamoq uchun chaqirib:”Mana, sizga olma beraman”,-dedi. Vali tezlik bilan kelib:”Otajon, menga hammasini bering”,-dedi. Ali sekingina kelib :”Menga bitta olma bersangiz bo’ladi”,-dedi. Otasi Alining qanoatiga ofarin o’qib, quchog’iga olib, peshonasidan o’pdi va ikkita olma berdi.Ammo Valiga olma bermak qayda, balki:”Qanoatsiz bo’lma!”- deb dakki berdi.
Qanoat birla qorin to’ydirursiz,
Qanoat bo’lmasa ko’p och qolursiz.
Qanoatsiz kishi bag’rini dog’lar,
Qanoatlik kishi og’zini yog’lar.

Abu Rayhon Beruniy


Bu voqeaning bo’lganiga ming yildan oshdi. Sakkiz-o’n yoshli do’mboqqina bola har kuni ertalab Amu sohili bo’ylab aylanib yurar , har xil o’t, giyoh va gullarni, shuningdek, meva,don,mayda toshlarni yig’ishga oshiqardi.Kunlarning birida yiqqan giyohlarini ko’tarib, mahallalaridagi hamma taniydigan tabibga keltirdi-da:”Bobo,bu o’tlarning oti nedur?”-deb so’radi.Tabib bobo jilmaydi,bolaning qiziqishidan xursand bo’lib:”Barakalla,bo’tam,qanday yaxshi ish qilibsan.Qara-ya,bular dorivor o’tlar-giyohlar-ku”,-dedi.Shu tariqa tabib bobo har xil giyohlar va donlarning nomini aytib berar va bolaning tabiatga qiziqishini yanada oshirar edi.


Bu bolakay bo’lajak ulug’ olim Abu Rayhon Beruniy edi.

Konstitutsiyamiz-faxrimiz


Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning ko’pchiligi o’zining Asosiy qonuni-Konstitutsiyasiga ega.
Konstitutsiya lotincha so’z bo’lib,ko’rsatma,tuzilish ma’nolarini anglatadi.
O’zbekiston Respublikasining ham o’z Asosiy Qonuni-Konstitutsiyasi bor.Bu konstitutsiya 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi jahondagi eng ilg’or va taraqqiyparvar davlatlar konstitutsiyalari bilan har tomonlama bahslasha oladigan,mukammal tarzda ishlab chiqilgan,Xalqaro andozalarga javob bera oladigan ushbu Konstitutsiya 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.
Konstitutsiyamizning eng muhim yutuqlaridan biri-jahon konstitutsiyasi tajribasida shu vaqtgacha bo’lmagan hol-unga oila to’g’risidagi alohida bob kiritilganidir.
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish