Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

garita. Shu bilan bir qatorda de lya Mol gersog Alansonskiyning ar-

zandasi va o‘z ma’shuqasining eri, keyinchalik Genrix To‘rtinchi nomi 

bilan mashhur bo‘lgan Navarra qirolining yaqin do‘sti ham edi. Xuddi 

maslenitsa bayramida, seshanba kuni butun saroy ahli o‘lim to‘shagida 

yotgan badbaxt qirol Karl To‘qqizinchi bilan Sen-Jermenda edi. Lya 

Mol qirolicha Katerina Medichi saroyida asir qilib saqlab kelayotgan 

o‘z do‘stlari, shahzodalarni xalos etmoqchi bo‘ladi. U ikki yuz suvoriy 

bilan Sen-Jermen devori yoniga keladi. Gersog Alansonskiy qo‘rqoqlik 

qiladi, natijada, lya Mol jallodning qo‘liga topshiriladi.

Lekin bu o‘rinda mademuazel de lya Molga eng ta’sir qiladigan 

alohida bir joyi bor, buni menga bundan yetti yil muqaddam uning 

o‘zi aytgandi, o‘shanda uning yoshi o‘n ikkida edi, lekin o‘shanda 

ham aqli, yo tavba! – shunday deya akademik ko‘zlarini osmonga 

tikdi. – Shunday qilib deng, bu siyosiy fojiada uning qalbini larzaga 

solgan narsa – qirolicha Margarita Navarrskayaning hech kimga 

bildirmay Grev maydonidagi qandaydir uyga yashirinib, jallodning 

oldiga odam yuborgani va undan o‘z o‘ynashining o‘lik boshini talab 



337

qilib olgani bo‘libdi. Tun yarim bo‘lganda esa, u lya Molning boshini 

olib, o‘z karetasiga o‘tiribdi-da, Monmartr tepasining yonbag‘rida 

joylashgan kichik bir ibodatxonaga boribdi va uni o‘z qo‘li bilan 

dafn etibdi.

– Nahot shu gaplar rost bo‘lsa? – deya xitob qildi ta’sirlanib ketgan 

Jyulen.

– Mademuazel de lya Mol o‘z akasidan nafratlanadi, zero u ko‘rib 

turibsiz, bu voqea haqida o‘ylashni ham istamaydi va o‘ttizinchi 

aprel kuni motam libosini kiymaydi. O‘sha mashhur qatldan so‘ng 

de lya Mol bilan Kokonassoning sadoqatli do‘stligini hech qachon 

unutmaslik uchun, – o‘sha Kokonasso italyan bo‘lib, ismi Annibal 

edi, – bu avlodning barcha erkaklariga Annibal deb ism qo‘yishadi. 

Lekin o‘sha Kokonasso, – deya qo‘shimcha qildi akademik tovushini 

pasaytirib, – Karl To‘qqizinchining aytishicha, 1572-yil 24-avgust vo-

qealarida eng shafqatsiz qotillardan biri bo‘lgan ekan. Lekin qanday 

qilib, azizim Sorel, siz shu xonadonning hamdasturxoni bo‘lsangiz-u, 

bu voqealarni bilmay yursangiz?

– Shuning uchun ham bugun tushki ovqat payti mademuazel de 

lya Mol akasini Annibal deb atagan ekan-da. Men bo‘lsam noto‘g‘ri 

eshitdim, deb yuribman.

– Bu ta’na edi. Markiz qizining bu qiliqlariga chidab yurganiga 

hayronman... Bu go‘zal qizga uylangan odam zerikmaydi.

Shundan so‘ng besh-oltita zaharxanda gap aytildi. Akademikning 

ko‘zlarida chaqnab turgan badxohlik va takallufsizlikdan Jyulenning 

g‘azabi qaynadi. «Mana, biz xuddi malaylarga o‘xshab, xo‘jayinlari-

mizni g‘iybat qilyapmiz, – deya o‘yladi u. – Lekin bu janob akademik-

dan har narsani kutsa bo‘ladi».

Jyulen bir kuni uni markiza de lya Mol oldida tiz cho‘kib turganini 

ko‘rib qolgandi: u xonimdan provinsiyadagi o‘z jiyani uchun tamaki 

bo‘yicha soliq inspektori lavozimini iltimos qilmoqda edi. Kechqurun 

m-l de lya Molning bir vaqtlar Elizaga o‘xshab Jyulenga g‘amza qilib 

yuradigan yoshgina kameristkasi unga o‘z xonimining bunday kiyi-

nishida odamlarni o‘ziga qaratish niyati yo‘qligini shama qildi. Chama-

si, bu g‘alati qiliq qiz tabiatining tub mohiyatidan chiqib kelsa kerak, u 

chindan ham do‘stlarini ozod qilish uchun shahid ketgan, o‘z davrining 

eng ma’rifatli qirolichasining sevimli o‘ynashi bo‘lgan o‘sha de lya 

Molni yaxshi ko‘rardi. Bu odam ozod qilmoqchi bo‘lgan do‘stlarining 

kimligini aytmaysizmi! Valiahd shahzoda va Genrix To‘rtinchini-ya.



338

De Renal xonimning barcha xatti-harakatida yaqqol sezilib turadi-

gan tabiiylikka o‘rganib qolgan Jyulen parijlik ayollarda istig‘nodan 

bo‘lak hech qanday xislatni ko‘rmas va o‘zini xiyol bo‘lsa-da, noqulay 

sezgan paytlari ular bilan nima to‘g‘rida gapirishni bilmay qolar edi. 

Bu jihatdan m-l de lya Mol istisno bo‘lib chiqdi.

Endi yigit ajib sarvqomat bilan uyg‘unlashgan o‘ziga xos bu 

go‘zallikni qalbning sovuqligiga yo‘ymay qo‘ygandi. U musaffo bahor 

kunlari mehmonxonaning lang ochiq derazalari ostida, bog‘da birga 

sayr qilib yurar ekan, m-l de lya Mol bilan uzoq-uzoq suhbatlashardi. 

Shunday suhbatlardan birida qiz unga d’Obinye va Brantomning ta-

rixini o‘qiyotganini aytdi. «Ajib mutolaa-ku! – deya xayolidan o‘tkazdi 

Jyulen. – Markiza bo‘lsa unga Valter Skottning romanlarini o‘qishga 

ruxsat bermay yuribdi!..»

Bir kuni Matilda unga Genrix III hukmronlik qilgan paytdagi 

bir yosh ayolning qilgan ishi haqida gapirib berdi – qizning ko‘zlari 

shunday bir hayajon bilan porlab turardiki, uning samimiy gapirayot-

ganiga sira ham shubha qilmasa bo‘ladi. Bu voqea haqida u hozirgina 

Letualning memuarlarida o‘qigan ekan: o‘sha ayol erining xiyonat 

qilganini bilib qolgach, uning ko‘ksiga xanjar sanchibdi.

Bu gapni eshitib Jyulenning ko‘ngli ko‘tarildi. Shunday iz-

zat-hurmatda bo‘lgan va akademikning aytishicha, butun uyni 

yotqizib-turg‘izadigan bu qiz u bilan deyarli do‘stona ohangda 

so‘zlashmoqda edi.

«Yo‘q, yanglishganga o‘xshayman, – deya o‘yladi birozdan so‘ng 

Jyulen. – Bu sira ham do‘stona munosabat emas, men shunchaki 

tragediyalardagi ishonchli odamdek bir suhbatdoshman, uning esa 

kim bilandir so‘zlashgisi kelyapti. Axir meni bu xonadonda olim deb 

bilishadi-ku. O‘sha Brantom, d’Obinye va Letuallarning kitoblarini 

o‘qib chiqmog‘im kerak. Shunda hech bo‘lmaganda mademuazel de 

lya Mol menga hikoya qilayotgan ana shu voqealar haqida bahsla-

shishim mumkin bo‘ladi. Yo‘q, men o‘sha gungalak suhbatdosh bo‘lib 

yurishimni tashlashim lozim».

Sekin-asta Jyulenning o‘z qadrini bilib va, shu bilan birga, o‘zini 

juda tabiiy tutadigan bu qiz bilan suhbati borgan sayin qiziqarliroq 

tus ola boshladi. U o‘zini g‘azablangan plebeydek tutib yurishini 

unutayotgandi. Yigit m-l de lya Molning ko‘p mutolaa qilgani va du-

rustgina muhokama yurita olishini sezib qoldi. Uning bog‘da sayr 

qilib yurgan paytda izhor qilgan fikrlari mehmonxonada aytgan 

gaplaridan butunlay farq qilardi. Ba’zan u bilan suhbatlasha turib, qiz 




339

shu qadar ruhlanib ketardiki, bu hol uning odatdagi o‘zini kibr-havo 

va sovuqqonlik bilan tutishiga butunlay teskari edi.

– Ittifoq urushlari – Fransiyaning qahramonlik davrlari edi, – dedi 

bir kuni u Jyulenga ko‘zlari zavq va ilhom bilan chaqnar ekan. – Axir 

o‘shanda har bir odam, sizning imperatoringiz davridagidek bir salib-

chani olish uchun emas, o‘z safdoshlariga g‘alaba keltirishi lozim bo‘lgan 

ma’lum bir maqsad bilan jang qilgan-ku. O‘sha paytlarda xudbinlik va 

turli pastkashliklar kamroq bo‘lganini tan olsangiz kerak axir. O‘sha 

davrni juda yaxshi  ko‘raman.

– Bonifatsiy de lya Mol esa o‘sha davrning qahramoni bo‘lgan, – 

dedi Jyulen qizga.

– Har qalay, uni juda sevishgan, bunday sevgi hammagayam nasib 

qilavermaydi. Ayting-chi, hozir dunyoda o‘z o‘ynashining tanasidan 

judo qilingan boshiga qo‘l tegiza oladigan ayol topilarmikin?

De lya Mol xonim qizini chaqirib qoldi. Riyokorlik, agar uning 

foydali bo‘lishini istashsa, pinhon tutilmog‘i lozim, Jyulen esa ko‘rib 

turibmizki, Napoleonga sajda qilishini m-l de lya Molga deyarli aytib 

qo‘ygan edi.

«Bizga nisbatan ularning ulkan ustunligi ham ana shunda, – deya 

o‘yladi Jyulen bog‘da yolg‘iz qolgach. – Ajdodlari tarixi ularni oddiy 

his-tuyg‘ulardan yuqoriroq qo‘yadi, yana ular erta-kech tirikchilikni 

o‘ylashmaydi ham. Qanday notavonlik axir bu! – deya qo‘shimcha 

qildi u alam bilan. – Men bu yuksak predmetlarni o‘ylashga munosib 

emasman. Mening hayotim, bu – turgan-bitgani riyokorlik, zero ham-

masi faqat shuning uchunki, halol non topib yeyishim uchun ming 

frank rentam yo‘q».

– Xo‘sh, nimalarni orzu qilyapsiz, taqsir? – deya so‘radi Matilda, 

yugurganicha uning oldiga qaytib kelgach.

Jyulen o‘zidan-o‘zi nafratlanib charchagan edi. U mag‘rurligi tufayli 

bor gapni ochiqdan-ochiq gapirib berdi. Yigit sholg‘omdek qizarib 

ketdi, zero u o‘zining qashshoqligini shunday badavlat bir kimsaga 

gapirmoqda edi. U otdan tushsa ham egardan tushmay, undan hech 

narsa tama qilmayotganini qizga yotig‘i bilan uqtirishga harakat 

qildi. Matildaga u hech qachon bu qadar chiroyli ko‘rinmagan edi: 

u yigitning yuz ifodalaridan sezgirlik va sadoqatni payqadi, qizning 

nazarida, ko‘pincha unga xuddi ana shu narsa yetishmas edi.

Oradan bir oycha vaqt o‘tdi, bir kuni Jyulen de lya Mol saroyining 

bog‘ida sayr qilib yurar edi, biroq endi uning yuzida o‘zining kamsit-

ilganligini muttasil o‘ylash natijasida sezilib turadigan o‘sha qahrli va 




340

falsafiy murosasizlik ifodasi ko‘rinmay qolgandi. U hozirgina, akasi 

bilan yugurayotib, oyog‘i lat yeganini aytgan m-l de lya Molni meh-

monxona eshigiga qadar kuzatib qo‘ygandi.

«U qo‘limga qandaydir juda g‘alati suyandi! – deya mulohaza yu-

ritardi Jyulen. – Yo men o‘zimga bino qo‘ygan oliftaman, yoki chindan 

ham unga biroz yoqaman. Hatto g‘ururim qanday aziyat chekishi 

haqida hikoya qilgan paytimda ham u juda muloyim bir qiyofada 

quloq solyapti. Uning shunday yuvosh bo‘lib qolganini ko‘rishsa, 

mehmonxonadagilarning bari naqadar hayron bo‘lishlarini tasavvur 

qilaman. Imonim komilki, boshqa hech kim bilan u shunday muloyim 

va mehribonlik bilan suhbatlashmaydi». Jyulen bu g‘aroyib do‘stlikka 

ortiqcha baho berib yubormaslikka harakat qilardi. Uning o‘zi buni 

vaqtincha sulhga o‘xshash bir narsa deb hisoblardi. Ular har kuni 

bir-birlari bilan uchrashar ekan, kecha oralarida paydo bo‘lgan iliq 

va do‘stona ohangga o‘tmoqdan avval o‘zlaridan: «Xo‘sh, bugun biz 

do‘stmizmi yoki dushman?» – deya so‘rashayotgandek tuyulardi. Ular 

bir-birlariga aytgan birinchi jumlalarida suhbatning mazmuni hech 

qanday ahamiyatga ega bo‘lmasdi. Muomalaning shakli – ikkovining 

ham butun diqqat-e’tibori ana shunga qaratilgan bo‘lardi. Jyulen, agar 

bu dimog‘dor qizga bir marta bo‘lsa ham haqorat qilishga yo‘l qo‘yib 

bersa, hammasi barbod bo‘lishini yaxshi tushunardi. «Agar arazlasha-

digan bo‘lsak, yaxshisi o‘z g‘ururimni qonuniy ravishda himoya qilib 

arazlashib qo‘ya qolganim ma’qul. Mabodo biror narsada unga yon 

berib, nafsoniyatimning aziyat chekishiga yo‘l qo‘ysam, turgan gap, 

keyinchalik u menga nafratini sochib, qalbimga nish ura boshlaydi 

va bundan o‘zimni himoya qilishim qiyinroq bo‘ladi».

Bir necha marta Matilda, kayfiyati buzilib turgan paytda u bilan 

oqsuyak xonimlardek gaplashmoqchi bo‘ldi, – qiz bu urinishlarida katta 

mahorat ko‘rsatardi, – biroq har gal Jyulen darhol buning oldini olardi.

Bir kuni u qizning gapini shartta bo‘lib qo‘ydi. – Agar mademuazel 

de lya Mol o‘z otasining kotibiga biror ish buyurishni lozim ko‘rsalar, 

– dedi u qizga, – kotib u kishining buyruqlarini so‘zsiz eshitmog‘i va 

ehtirom bilan itoat etmog‘i lozim, lekin u shundan bo‘lak bir og‘iz 

ham so‘z aytishga majbur emas. Unga o‘z fikrlarini mademuazelga 

izhor qilishi uchun haq to‘lashmaydi.

Qiz bilan o‘zining o‘rtasidagi bu munosabat va Jyulenning qalbida 

tug‘ilgan ba’zi bir g‘alati shubhalar biror narsa ustidan kulish odob-

sizlik hisoblanadigan va barcha har bir narsadan gumonsiraydigan 



341

bu hashamdor mehmonxonada birinchi pallada yuragi siqilib yurgan 

yigitning dilidagi xunobgarchilikni quvib yubordi.

«Agar u meni sevib qolsa, xo‘p qiziq ish bo‘lardi-da. Lekin u meni 

sevadimi-yo‘qmi, men aqlli bir qiz bilan do‘stlashib qoldim. Ko‘rib tu-

ribman, uydagilarning bari undan bezillab turadi, ayniqsa anavi markiz 

de Kruaznua qo‘rqadi undan. Shunday muloyim, dilbar, jasur yigit-a, 

barcha ustunlik u tomonda axir: nasl-nasabi ham yuksak, davlati ham 

behisob! Agar shulardan birontasi menda bo‘lganida bormi, naqadar 

baxtli bo‘lardim-a! U Matildani jonidan sevadi, unga uylanishi kerak. 

Markiz de lya Mol bu nikoh bitimini tayyorlayotgan ikkala notariusga 

ozmuncha xat yozdirmadi menga. Shunday qilib, men ertalab qo‘liga 

qalam olib, buyurgan narsalarini yozib o‘tiradigan oddiy bir kotib, ora-

dan biror ikki soat o‘tgach, bu yerda, bog‘da, o‘sha yoqimtoy zodagon 

yigit ustidan tantana qilyapman, zero, oxir-oqibatda, qiz meni afzal 

ko‘rayotganiga sira ham shubha qolmayotir. Ehtimol, Matilda uni xuddi 

bo‘lajak er sifatida yomon ko‘rar, buning uchun unda kibr-havo juda 

yetarli. U holda, demak, menga ko‘rsatilayotgan iltifotlar – suhbatdosh 

malayga ko‘rsatiladigan ishonch bo‘lib chiqadi-ku.

Yo‘q, yo men aqldan ozganman, yoki uning chindan ham menga 

mayli bor. U bilan qancha sovuqroq va rasmiyroq gaplashsam, u 

o‘zini menga shuncha yaqinroq olishga harakat qilyapti. Bularning 

hammasi qandaydir niyatda qilinyapti, bularning bari munofiqlik, 

deya taxmin qilish ham mumkin, lekin men paydo bo‘lishim bilan 

uning ko‘zlari chaqnab ketayotganini aniq ko‘ryapman-ku. Nahot bu 

parijlik ayollar shu qadar makkora bo‘lsalar? Darvoqe, menga bari 

bir emasmi? Zohiran shunaqa, axir bu mening foydam-ku. Bo‘pti, 

ana shu zohirlikdan lazzatlanaylik bo‘lmasam. Yo Rabbim, buncha 

chiroyli bo‘lmasa u! Bu moviy shahlo ko‘zlarning yaqindan turib 

tikilishi naqadar yoqadi menga. Hozir u menga o‘qtin-o‘qtin shunday 

qaraydigan bo‘lib qolgan. Bu bahor uch yuz nafar yovuz va jirkanch 

talabalar orasida o‘zimni nihoyatda baxtsiz his etgan va irodamning 

kuchi tufayligina o‘sha hayotga bardosh berib kelgan bulturgi bahorga 

naqadar o‘xshamaydi-ya. Unday desam yovuzlik bobida o‘zim ham 

o‘sha talabalardan deyarli qolishmayman-ku axir». 

Biroq shubhaga tushgan daqiqalarida Jyulen o‘ziga-o‘zi shunday 

derdi: «Bu qiz mening ustimdan kulyapti. U akasi bilan kelishib olib, 

ikkovi meni kalaka qilishyapti. Lekin irodasi sustligi uchun u akasidan 

nafratlanadi shekilli. «Akamning bor-yo‘q fazilati jasurligi xolos», 



342

degan edi u menga. Uning butun jasorati faqat ispanlar shamshiridan 

qo‘rqmaslik, Parijda esa u hamma narsadan cho‘chiydi, doim kulgili 

ahvolga tushib qolmasam edi, deb qo‘rqib yuradi. Uning rasm-odat 

bo‘lib qolgan haqiqatlardan xiyol chetga chiqadigan bironta mustaqil 

fikri yo‘q. Men hatto doim uni himoya qilishimga to‘g‘ri keladi, de-

gandi. Matilda endigina o‘n to‘qqiz bahorni ko‘rgan qiz! Nahotki bu 

yoshda shunday muntazamlik bilan, bir lahzaga bo‘lsa-da, dilidagini 

sezdirmay munofiqlik qilish mumkin bo‘lsa?

Lekin, boshqa jihatdan olganda, mademuazel de lya Mol shahlo 

ko‘zlarini bir ifoda bilan menga tikkan zahoti graf Norber darhol nari 

ketadi. Buning qandaydir shubhali tomoni bor: u, chamasi, singlisi-

ning malaylar orasidagi allaqanday xizmatkorni ortiq ko‘rayotganidan 

g‘azablansa kerak. Axir gersog Shonskiy meni xuddi shunday deb ata-

ganini o‘z qulog‘im bilan eshitgandim-ku». Shu gapni eslagach, nafrat 

Jyulenning qalbidagi barcha bo‘lak tuyg‘ularni siqib chiqardi. «Ehtimol, 

o‘sha miyasi aynab qolgan gersog ko‘hna uslubni yaxshi ko‘rar?»

«Nimayam derdim, u go‘zal qiz, – deya o‘ylashda davom etardi 

Jyulen ko‘zlari g‘azab bilan chaqnab, – uni yo‘ldan uraman-da, keyin 

qochib ketaman. Yo‘limni to‘sgan odamning sho‘ri quriydi!»

Ana shu orzularga berilish endi Jyulenning yagona mashg‘uloti 

bo‘lib qoldi: u boshqa hech narsani o‘ylay olmasdi. Kunlar uning uchun 

soat kabi o‘tib bormoqda edi.

U biror jiddiy ish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganida xayoli birdan 

uni uzoq-uzoqlarga olib qochardi: oradan chorak soat o‘tib, u hushiga 

kelardi-yu, yuragi orziqib qotib qolardi-da, «U meni sevarmikin?» 

degan savoldan miyasi g‘ovlab ketardi.


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish