Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

lar qo‘yilgach, bizga ularning ko‘ksida olijanob ritsarlarning barcha 

fazilatlari mujassamlanganini e’lon qilishadi va Genrix IV zamonasida 

yashagan ajdodlarining buyuk ishlari to‘g‘risida hikoya aytishadi. 

Biroq knyaz Arachelining barcha harakatiga qaramay, meni dorga 

osishmasa va biron kun kelib, men Parijda o‘z boyligimga egalik qilish 

imkoniyatiga ega bo‘lsam, men sizni ancha obro‘li va hech qanday 

vijdon azobini bilmaydigan sakkiz yoki o‘nta qotil bilan ziyofatga 

taklif qilaman.

O‘sha ziyofatda siz-u men, faqat ikkovimizninggina qo‘limiz qon-

ga bo‘yalmagan bo‘ladi. Lekin mendan qonxo‘r yakobinchi va battol 

deb, sizdan esa bama’ni odamlar orasiga suqilib kirgan avom deb 

nafratlanishadi.

– Juda to‘g‘ri! – dedi m-l de lya Mol. 

Altamira unga ajablanib qaradi, Jyulen esa unga qarashni lozim 

ko‘rmadi.

– Shu narsaga e’tibor beringki, men yo‘lboshchi bo‘lib qolgan 

revolyutsiya, – deya so‘zida davom etdi graf Altamira, – men uch 

odamning boshini tanasidan judo qilishni va kaliti o‘zimda bo‘lgan 

sakkiz million davlat pulini o‘z tarafdorlarimizga ulashib berishni 

istamaganim uchungina muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Hozir meni 

dorga tortishga oshiqayotgan va o‘sha qo‘zg‘olonga qadar men bi-

lan «sensirab» gaplashadigan mening qirolim, agar men o‘sha uch 

odamning boshini olib, o‘sha davlat pullarini odamlarga ulashib 

berganimda, meni o‘zining birinchi darajali ordeni bilan mukofot-

lagan bo‘lardi, zero o‘shanda men hech bo‘lmaganda g‘alabaning 

yarmisiga erishardim va mamlakatim qanday bo‘lmasin, ishqilib, 

biror konstitutsiyaga ega bo‘lardi. Dunyoning ishlari o‘zi shunaqa: 

shaxmat o‘yini bu.

– Lekin o‘shanda, – deya ko‘zlari yonib e’tiroz bildirdi Jyulen, – siz 

hali bu o‘yinda tajribasiz edingiz, endi bo‘lsa...

38

 Norozi odamning gapi (Molyerning «Tartyuf» asariga bergan izohi).




329

– Men o‘sha uch odamning boshini qilt etmay tanidan judo 

qilardim, – siz shunday demoqchimisiz? Yaqinda menga aytgani-

ngizdek, o‘zimni jirondist qilib ko‘rsatmasmidim?.. Bu haqda men 

siz bilan o‘zingiz duelda bironta odamni o‘ldirganingizdan so‘ng 

gaplashaman, – dedi javoban ma’yuslik bilan Altamira. – Axir bu 

insonni jallod qo‘liga topshirishga qaraganda ancha olijanobroq-ku.

– Qo‘ying-e! – dedi Jyulen. – Agar maqsad sari intilsang, bu yo‘lda 

vosita tanlab o‘tirishning hojati yo‘q! Agar men arzimas bir odam 

bo‘lmay, qandaydir hokimiyatga ega bo‘lganimda, to‘rt kishini qutqa-

rib qolish uchun uch kishini dorga jo‘natardim.

Uning ko‘zlari qat’iy ishonch hamda insonning ayanchli mulo-

hazalariga nisbatan nafrat bilan yondi-yu, xuddi shu daqiqada shun-

doq yonginasida turgan m-l de lya Molning ko‘zlari bilan to‘qnashdi, 

biroq bu nafrat muloyim bir ifoda bilan almashish o‘rniga qaytanga 

yanada kuchaygandek tuyuldi.

Qiz qattiq ranjidi, ammo endi u Jyulenni unuta olmasdi: u zardasi 

qaynab, akasining qo‘lidan tortganicha nari ketdi.

«Men punsh ichib, yiqilib qolgunimcha raqs tushmog‘im kerak, – 

dedi u o‘ziga-o‘zi. – Mana hozir eng chiroyli kavalerni tanlayman-da, 

barchaning diqqatini o‘zimga tortishga harakat qilaman. Mana 

mashhur surbet, graf de Fervakning o‘zi ham kelib qoldi». Qiz graf-

ning taklifini qabul qildi-da, ular raqs tusha boshlashdi. «Ko‘ramiz, 

andishasizlikda qay birimiz ustun kelarkanmiz, ammo obdan kala-

ka qilmoq uchun uni so‘zlashga majbur qilish kerak». Ko‘p o‘tmay 

kadrilda ishtirok etayotganlarning bari faqat odob yuzasidangina 

raqs tusha boshlashdi.

Hech kim grafning qochiriqlariga javoban Matilda aytayotgan 

achchiq so‘zlarni eshitmay qolishni istamasdi. Janob de Fervak esan-

kirab qolgandi, graf nazokatli gaplardan istagancha ayta olardi, biroq 

miyasida fikr degan narsadan asar ham yo‘q edi; u ijirg‘anib bashara-

sini bujmaytirardi. Matildaning zardasi qaynab turgan edi, u grafni 

shafqatsizlik bilan kalaka qildi va uni o‘ziga dushman qilib qo‘ydi. Qiz 

ertalabgacha raqs tushdi va, nihoyat, o‘lguday charchab uyiga jo‘nadi. 

Biroq karetada ham u xunob bo‘lib, siqilaverdi. Jyulen undan nafratla-

nishini yashirmadi, u esa yigitdan nafratlana olmasdi. Jyulenning qalbi 

zavq-shavqqa to‘la edi. U o‘zi ham sezmagan holda musiqa, gullar, barno 

ayollar, atrofidagi hashamat, eng muhimi esa – o‘z xayoloti, – o‘zi uchun 

shon-shuhrat va barcha uchun ozodlik haqidagi orzularidan mast edi.



330

– Qanday ajoyib bal! – dedi u grafga. – Odam tomosha qilib 

to‘ymaydi. Bu yerda nima yetishmaydi o‘zi!

– Fikr yetishmaydi, – deya javob qildi Altamira. Uning yuziga 

shunday bir nafrat soya tashlab o‘tdiki, odatda odob yuzasidan uni 

qanchalik yashirishga urinishsa, u shunchalik aniqroq, shunchalik 

kuchliroq seziladi.

– Lekin bu yerda siz borsiz-ku, graf! Axir bu fikr emasmi, yana 

deng, fitna uyushtirgan fikr-a.

– Men bu yerga faqat shuhratim tufayligina taklif qilinganman. 

Ammo sizning mehmonxonalaringizda fikrdan nafratlanishadi, bu 

yerda u vodevildagi qo‘shiqlarda ishlatiladigan so‘z o‘yinidan nariga 

o‘tmasligi kerak, ana shundagina uni qadrlashadi. Biroq inson o‘ylab 

so‘zlasa, uning hazillarida qandaydir kuch va yangilik bo‘lsa, sizlar 

uni hayosiz deb ataysizlar. Chamamda, sudyalaringizdan biri Kureni 

shunday deb atagan shekilli? Sizlar uni Beranje kabi qamoqqa tiqding-

lar. Umuman, sizlarda aql bobida biror narsaga arziydigan odamni 

kongregatsiya darhol axloq tuzatish politsiyasining qo‘liga topshiradi, 

bama’ni deb atalgan odamlar esa buni olqishlaydilar.

Zero sizlarning munkillab qolgan jamiyatingiz uchun eng muhimi 

odob saqlash... Sizlar hech qachon harbiy jasoratdan nariga o‘tol-

maysizlar: sizlarda myuratlar topiladi, lekin vashingtonlar paydo 

bo‘lmaydi. Men Fransiyada quruq shuhratparastlikdan bo‘lak hech 

nima ko‘rmayotirman. Suhbat chog‘i xiyol topqirlik ko‘rsatgan odam 

ehtiyotsizlik qilib bironta nomaqbul so‘z aytib yuborishi mumkin. 

Qarabsizki, mezbon o‘zini haqoratlangan deb hisoblay boshlaydi.

Shu payt Jyulenni uyi tomon olib borayotgan kolyaska de lya Mol 

saroyi yonida to‘xtadi. Jyulen o‘z fitnachisiga deyarli oshiq bo‘lib 

qolgandi. Altamira, chamasi, samimiyat bilan unga ajoyib maqtov 

gap aytdi:

– Sizda ana shu fransuzcha yengiltaklik yo‘q, siz foyda prinsipini 

yaxshi tushunasiz.

Shu gapdan ikki kun oldin Jyulen janob Kazimir Delavinning 

«Marino Falero» tragediyasini tomosha qilgan edi.

«Axir o‘sha oddiy duradgor Izrael Bertuchchioning irodasi barcha 

asilzoda venetsiyaliklarnikiga qaraganda kuchliroq emasmi? – derdi 

o‘ziga-o‘zi bizning g‘azabi qaynagan plebeyimiz. – Bo‘lmasam ularning 

bari oliy nasabli odamlar edi, ularning nasl-nasabini Buyuk Karldan 

bir asr oldingacha, yetti yuzinchi yilga qadar kuzatish mumkin. Bu-



331

gun janob de Retsnikidagi balda savlat to‘kib yurgan anavi barcha 

kiborlarning nasl-nasabi esa nari borsa o‘n uchinchi asrga borib 

taqaladi. Ana o‘sha nasl-nasabi yuksak, ammo aslida oddiy va arzimas 

kimsalar bo‘lmish barcha asilzoda venetsiyaliklar orasida faqat Izrael 

Bertuchchioning nomigina saqlanib qoldi.

Fitna u yoki bu ijtimoiy tuzum tomonidan yaratilgan barcha un-

vonlarni yo‘q qilib yuboradi. Bunda inson o‘limning yuziga tik qaray 

olish qobiliyati bilan o‘z qadrini topadi. Bu o‘rinda hatto aql ham o‘z 

qudratini yo‘qotadi...

Bu Valeno va Renallar asrida Danton kim bo‘lardi? Nari borsa biror 

prokurorga yordamchilik qilardi xolos. Ah, nimalar deyapman o‘zi! 

U iezuitlarga sotilib, ministr bo‘lib olardi, zero, oxir-oqibatda, buyuk 

Danton ham o‘g‘irlik qilgan-ku axir. Mirabo ham sotilgan. Napoleon 

ham Italiyada talonchilik qilib, million-million mablag‘ orttirgan, aks 

holda u qashshoqligi tufayli Pishegryu kabi hech qanday ish qilol-

magan bo‘lardi. Faqat Lafayetgina hech qachon o‘girlik qilgan emas. 

Xo‘sh, demak, qanday o‘girlik qilish lozim? Sotilish kerakmi?» Shu 

savolga kelganda Jyulen tutilib qoldi. Shundan so‘ng u ertalabgacha 

revolyutsiya tarixini o‘qib o‘tirdi.

Ertasi kuni yigit kutubxonada yozuv-chizuv bilan shug‘ullanar 

ekan, o‘qtin-o‘qtin graf Altamira bilan qilgan suhbatini eslab qolardi.

«Chindan ham shunday bo‘lyapti, – dedi u o‘zicha uzoq mulohaza 

qilgach, – agar o‘sha ispan liberallari xalqni jinoyat sari boshlagan-

larida, ularni shunday osongina uloqtirib tashlamagan bo‘lishardi. 

Ular g‘irt yosh bola edilar, menga o‘xshab gerdayishgan va quruq 

gap sotishgan ekan», deya qichqirib yubordi Jyulen birdan uyg‘onib 

ketgan odamdek.

«Xo‘sh, hayotlarida bir marta qat’iy harakat qilishga jur’at etgan 

o‘sha badbaxtlar haqida hukm yuritish huquqiga ega bo‘lmoq uchun 

men qaysi ishni qoyillatib qo‘ydim? Men stol yonidan turib: «Ertaga 

tushlik ovqatni yemayman, lekin bu narsa menga bugungidek kuchli 

va g‘ayratli bo‘lishga xalal bermaydi», – deya qichqiradigan odamga 

o‘xshayman. Kim bilsin, inson zoti buyuk ish qilayotganida nimalarni 

his etarkin... Axir bu to‘pponcha otish degani emas-ku...» Uning bu 

yuksak mulohazalari m-l de lya Molning daf’atan kutubxonaga kirib 

kelishi bilan bo‘lindi. U o‘zlarini mag‘lub bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymagan 

barcha bu Dantonlar, Mirabo va Karnolarning buyuk fazilatlaridan 

ruhlanib, shu qadar xayolga berilib ketgan ediki, boshini ko‘tarib, 



332

m-l de lya Molni o‘ylamay, ta’zim qilmay va deyarli uni ko‘rmay 

tikildi. So‘ngra, nihoyat, bu katta ochilgan ko‘zlar qizni ko‘rdi-yu, 

yigitning nigohi so‘ndi-qoldi. M-l de lya Mol buni dilida alam bilan 

qayd qilib qo‘ydi.

Qiz undan eng yuqoridagi tokchada turgan Velining «Fransiya 

tarixi» kitobini olib berishni iltimos qildi. Jyulen borib kutubxona-

da ishlatiladigan katta narvonni keltirdi-da, kerakli kitobni topib, 

uni Matildaga uzatdi, lekin u hamon qiz to‘g‘risida o‘ylay olmasdi. 

Narvonni olib ketar ekan, Jyulen keskin burilayotib, tirsagi bilan ku-

tubxona shkafining oynasini urib yubordi, oyna parchalari sharaqlab 

parketga to‘kildi-yu, shundan keyingina yigit, nihoyat, hushiga keldi. 

U m-l de lya Moldan kechirim so‘rashga shoshildi. Yigit nazokatli 

bo‘lishni istadi va chindan ham nazokatli bo‘ldi, vassalom. Matilda 

unga xalal berganini va yigitga, u bilan so‘zlashishdan ko‘ra, u kel-

guniga qadar o‘ylab o‘tirgan xayollari bilan bo‘lish ko‘proq yoqa-

yotganini aniq sezib turardi. U Jyulenga uzoq tikilib turdi-da, so‘ng, 

nihoyat, sekin yurib nari ketdi. Jyulen uning ortidan qarab qoldi. 

Yigit uning kechagi zeb-ziynatli kiyimlaridan farqli o‘laroq bugun 

oddiygina kiyinganini ko‘rib qoyil qolgan edi. Uning yuzidagi ifoda 

ham kechagidan butunlay farq qilib turardi. Gersog de Retsnikida 

bag‘oyat takabbur ko‘ringan bu qiz hozir unga deyarli qandaydir 

iltijo bilan qarab turardi. «Chamasi, bu qora ko‘ylak, – deya xayoli-

dan o‘tkazdi Jyulen, – uning chiroyli qomatini yanada go‘zalroq qilib 

ko‘rsatyapti. Uni chindan ham malika deysiz, lekin nega u motam li-

bosini kiyib olibdi?» «Agar bironta odamdan bu motamning sababini 

so‘rasam, yana noqulay ahvolga tushib qolishim mumkin. – Jyulen 

endi boyagi ilhombaxsh xayollardan butunlay qutulgan edi. – Bugun 

ertalab yozgan barcha xatlarni qaytadan o‘qib chiqmog‘im kerak. 

Xudo bilsin, parishonlik bilan nimalarni yozdim-u, qanday xatolar 

qildim ekan». U fikrini bir joyga to‘plashga harakat qilib, birinchi 

xatni qaytadan o‘qir ekan, birdan yonida shoyi ko‘ylakning shitir-

lashini eshitib qoldi, u darhol o‘girilib qaradi. M-l de lya Mol stoldan 

ikki qadam narida kulib turardi. Jyulenning jahli chiqayozdi: unga 

ikkinchi marta xalal berishmoqda edi.

Matildaga kelsak, qiz bu yigitning nazarida hech qanday ahami-

yatga ega emasligini yaqqol sezib turardi; uning kulgisi soxta edi, 

qiz sarosimaga tushib qolganini yashirishga harakat qilardi va uning 

uddasidan chiqdi ham.



333

– Bu deyman, juda qiziq narsalar haqida o‘ylab o‘tiribsiz shekilli, 

janob Sorel? Ehtimol... graf Altamirani Parijga qochishga majbur etgan 

o‘sha fitnaning biror qiziqarli tafsilotini eslagan bo‘lsangiz kerak-da? 

Shu xayollaringizni menga ham aytib bering; shu deng, juda qiziqib 

qoldim. Bu gaplarni hech kimga aytmayman, o‘lay agar!

O‘z gapiga o‘zi quloq solar ekan, qiz qanday qilib og‘zidan ana 

shu so‘zlar chiqqaniga ajablanardi. Bu qanaqasi bo‘ldi? U o‘ziga tobe 

odamga yalinib o‘tiribdimi? Qiz yanada ko‘proq dovdirab qoldi-da, 

qandaydir beparvo hazil ohangida qo‘shimcha qildi:

– Bu qanaqa xayollar bo‘ldiki, odatda juda sovuqqon bo‘lgan sizdek 

bir odamni Mikelanjelo payg‘ambari kabi shu qadar ilhomlantirib 

yuboribdi?

Kutilmaganda shunday takallufsizlik bilan so‘roqqa tutish Jyulen-

ning g‘azabini qaynatib yubordi. U birdan telba odamga aylangandek 

tuyuldi.


– Danton o‘g‘rilik qilib to‘g‘ri yo‘l tutganmi? – dedi u birdan lahza 

sayin oshib borayotgan qandaydir bir g‘azab bilan. – Pyemont va ispan 

revolyutsionerlari jinoyat qilib, o‘z xalqlari sha’niga dog‘ tushirishi 

kerakmidi? Odamlarga, ular bunga munosibmi, munosib emasmi, 

armiyadagi lavozimlar va turli ordenlarni bo‘lashib berish lozimmidi? 

Axir shunday mansab va mukofotlarga ega bo‘lgan odamlar qirolning 

qaytishidan qo‘rqisharmidi? Turin g‘aznasini talon-toroj qilishga yo‘l 

qo‘ymoq kerakmidi?

Qisqasini aytganda, mademuazel, – dedi u qovog‘ini solganicha 

qizning ustiga bostirib borar ekan, – yer yuzida jaholat va jinoyatni 

yo‘q qilishni istaydigan odam orqa-oldiga qirg‘inbarot qilib, dovulday 

o‘kirib o‘tishi lozimmi?

Matilda qo‘rqib ketdi, u yigitning nigohiga dosh bera olmay, beix-

tiyor orqaga chekindi. Qiz indamay Jyulenga tikilib turdi-da, so‘ngra, 

o‘z qo‘rquvidan o‘zi uyalib, yengil odimlaganicha kutubxonadan 

chiqib ketdi.




334


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish