IX
B a l
Ajoyib kiyimlar, shamlarning yog‘dusi,
atir-upaning nozik hidi! Yalang‘och bejirim
qo‘llar, momiq yelkalarni aytmaysizmi! Gul-
dastalar, guldastalar! Rossinining rohatbaxsh
ariyalari, Siseri chizgan tabiat manzaralari-chi!
Oh, naqadar hayajon, hatto entikib ketasan kishi!
«Uzerining sayohati».
– Siz nimadandir norozi ko‘rinasiz, – dedi unga markiza de lya Mol,
– Sizga shuni aytib qo‘yayki, balda norozi qiyofada yurish nazokatga
kirmaydi.
– Shunchaki boshim og‘riyapti xolos, – dedi javoban iltifotsizlik
bilan Matilda, – bu yer juda issiq ekan.
Xuddi shu payt, go‘yo Matildaning so‘zlarini tasdiqlagandek,
munkillab qolgan baron de Tollining mazasi qochib, yiqildi. Uni zal-
dan ko‘tarib chiqishga to‘g‘ri keldi. Atrofdagi odamlar, bu sakta bo‘lsa
kerak, deya g‘ala-g‘ovur ko‘tarishdi. Bu juda ko‘ngilsiz hodisa edi.
Matilda bu voqeaga mutlaqo e’tibor bermadi. U anchadan beri
chollarga qaramaslikni va, umuman, qayg‘uli gaplar aytadigan odam-
larga e’tibor bermaslikni o‘ziga qoida qilib olgandi.
U sakta haqidagi bu so‘zlarni eshitmaslik uchun yana raqs tusha
boshladi. Odamlarning sakta to‘g‘risidagi gapi noto‘g‘ri chiqdi, zero
ertasiga baron yana jamiyatda paydo bo‘ldi.
«Bu deyman, janob Sorel qorasini ham ko‘rsatmayapti-ku»,
– dedi
u kreslo tomon borar ekan yana o‘ziga-o‘zi.
U atrofga ko‘z yugurtirib, deyarli uni izlay boshlagan edi, daf’atan
yigitni qo‘shni zalda ko‘rib qoldi. Vo ajab, uning o‘zi uchun juda tabiiy-
dek tuyuladigan og‘ir-vazmin va sovuqqon ko‘rinishidan asar ham
qolmagandek ko‘rinardi, shu tobda u inglizlarga mutlaqo o‘xshamasdi.
«U o‘limga hukm qilingan graf Altamira bilan gaplashyapti! – deya
xitob qildi o‘zicha Matilda. – Ko‘zlari qandaydir g‘amgin yiltirayapti,
shu turishda u kiyimini o‘zgartirib olgan shahzodaga o‘xshaydi, ni-
gohini aytmaysizmi, naqadar mag‘rur qaraydi u!»
Jyulen graf Altamira bilan suhbatlashganicha qiz turgan joyga
325
yaqinlashib kelmoqda edi, Matilda uning chehrasida insonni o‘limga
hukm etilish sharafiga muyassar qiluvchi yuksak xislatlar ifodasini
izlab, unga qattiq tikilib turardi.
Ular qizning yonidan o‘tib ketishdi.
– Ha, – derdi Jyulen graf Altamiraga, – Danton inson edi!
Yo Rabbim! Uning o‘zi Danton emasmikin ishqilib? – deya xa-
yolidan o‘tkazdi Matilda. – Lekin uning yuzi juda olijanob ko‘rinadi,
Danton esa o‘lguday badburush, g‘irt qassob edi shekilli». Jyulen
hali uncha uzoqlashib ketmagan edi: Matilda sira o‘ylab o‘tirmay
uni chaqirdi-da, o‘ziga xos bo‘lgan takabburlik va dimog‘dorlik
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yigitga yosh qiz uchun g‘alati tuyuladigan
bir savol berdi.
– O‘sha Danton haqiqiy qassob edi, shunday emasmi? – dedi u.
– Ha, ba’zi odamlarning nazarida shunday edi! – deya javob qildi
Jyulen, Altamira bilan qilayotgan suhbati ta’sirida hamon ko‘zlari
yonib turar ekan. Uning yuzida pinhona bir nafrat aks etdi. – Asilzoda
odamlar uchun, baxtga qarshi, u Senadagi Meri shahrida advokat edi!
Boshqacha qilib aytganda, mademuazel, – deya kinoya bilan qo‘shim-
cha qildi u, – u o‘z martaba yo‘lini men bu yerda ko‘rib turgan ko‘pgina
perlar kabi boshlagan. Shubhasiz, go‘zallik bobida Dantonning katta
bir nuqsoni bor edi: u juda badbashara bo‘lgan.
Ana shu so‘nggi so‘zlarni u tez, qandaydir g‘alati va ma’lum qadar
iltifotsiz bir ohangda aytdi.
Jyulen kibr-havoli bir itoatgo‘ylik bilan xiyol ta’zim qilg‘anicha
bir daqiqa kutib turdi. Shu turishda u: «Sizga javob bermog‘im uchun
menga haq to‘lashadi, men shuning hisobiga kun ko‘raman», deyayot-
gandek edi. U boshini ko‘tarib, Matildaga qarashni lozim ko‘rmadi. Qiz
esa katta ochilgan shahlo ko‘zlarini undan uzmay yigit oldida xuddi
uning cho‘risidek jimgina turardi. O‘rtadagi sukut davom etavergach,
yigit nihoyat, boshini ko‘tarib qizga xo‘jayinidan farmoyish kutayot-
gan xizmatkor kabi nazar tashladi. Shunda, garchi ko‘zi unga g‘alati
bir ifoda bilan qarab turgan Matildaning ko‘zlari bilan to‘qnashgan
bo‘lsa-da, u darhol shosha-pisha nari ketdi.
«U qanday go‘zal yigit-a, – dedi o‘ziga-o‘zi Matilda nihoyat
es-hushini yig‘ishtirib olgach. – Lekin xunuklikni ko‘klarga ko‘tarib
maqtashini qarang! O‘zi haqida hech qachon eslamaydi ham. Yo‘q,
u Kaylyus va Kruaznualarga sirayam o‘xshamaydi. Otam balga kel-
gan Napoleonni juda qoyillatib tasvirlaydilar. Manovi Sorel nimasi
326
bilandir o‘sha Napoleonga o‘xshab ketadi». Qiz Danton haqida bu-
tunlay unutib qo‘ydi. «Yo‘q, bugun juda zerikyapman». U akasining
qo‘ltig‘idan tutdi-da, Norberning noroziligiga qaramay, o‘zi bilan
birga zalning narigi tomoniga o‘tishga majbur qildi. Qiz anavi o‘limga
mahkum Altamira bilan Jyulenning nimalar haqida so‘zlashayot-
ganini eshitmoqchi edi.
Zalda tumonat odam to‘planib qolgan ekan. Nihoyat, qiz ular-
ga Altamira undan ikki qadam naridagi patnisdan muzqaymoq
solingan likopchani olmoqchi bo‘lib turgan paytda yetib oldi. Graf
unga yonini o‘girib turganicha Jyulen bilan suhbatlashayotgan edi.
Shu payt u birdan o‘z qo‘li yonida likopcha tomon uzatilgan zarbof
yeng ichidagi qo‘lni ko‘rib qoldi. Zarbof yeng uning diqqatini o‘ziga
tortdi shekilli, Altamira qo‘lning egasi tomon o‘girilib qaradi. Qara-
di-yu, uning olijanob va sodda ko‘zlari sezilar-sezilmas nafratdan
chaqnadi.
– Siz anavi odamni ko‘ryapsizmi? – dedi u sekingina Jyulenga. – Bu
knyaz Aracheli, elchi*** janoblari bo‘ladi. Bugun ertalab u sizlarning
tashqi ishlar ministringiz janob de Nervaldan meni tutib berishni
talab qildi. Hu ana u, ko‘ryapsizmi, vist o‘ynayapti. Janob de Nervalga
qolsa, meni jon deb tutib berardi, zero 1816-yilda biz sizlarga ikki-uch
fitnachini ushlab berganmiz. Agar meni qirolimizga topshirishsa, u
meni yigirma to‘rt soat ichida dorga osadi. Meni qamoqqa olish uchun
esa manovi mo‘ylov qo‘ygan olifta yigitlardan biri keladi.
– Ablahlar! – deya xitob qildi Jyulen deyarli baland ovoz bilan.
Matilda bu suhbatning bironta ham so‘zini qoldirmay eshitib
turardi. Uning zerikishidan asar ham qolmagandi.
– Yo‘q, ularni judayam ablah deb bo‘lmaydi, – deya e’tiroz bildirdi
graf Altamira. – Siz aniq tasavvur hosil qilmog‘ingiz uchungina o‘zim
to‘g‘rimda so‘z boshladim. Knyaz Aracheliga bir razm soling-a: u
har besh daqiqada o‘zining Oltin Runo ordeniga qarab qo‘yadi. U
ko‘kragiga ana shu taqinchoqni osib olganidan boshi osmonda. Bu
ayanchli nusxa qandaydir sarqitning o‘zginasi. Bundan yuz yillar
muqaddam Oltin Runo ordeni buyuk bir ehtirom timsoli edi, lekin
u paytlarda bu nusxaga bunaqa ehtiromni hatto orzu qilishiga
ham yo‘l qo‘yishmagan bo‘lardi. Bugun esa mana shu asilzodalar
orasida shu ordenga sajda qilmoq uchun faqat Aracheli bo‘lmoq
kerak. U shu ordenni deb butun bir shaharni dorga osishdan ham
qaytmaydi.
327
– Ordenni u shuning evaziga olmaganmi, ishqilib? – deya so‘radi
alam bilan Jyulen.
– Yo‘q, unchalik emas, – sovuqqina javob berdi Altamira. – Ehtimol,
u o‘z vatanida liberal deb nom chiqargan yigirma-o‘ttiz boy zamin-
dorni daryoga tashlashni buyurgan bo‘lsa bordir.
– Obbo iflos-ey! – deya yana xitob qildi Jyulen. M-l de lya Mol
boshini egganicha bu gaplarni juda qiziqib tinglar ekan, yigitga shu
qadar yaqin turardiki, ajoyib sochlari uning yelkasiga tegishiga oz
qolgandi.
– Siz hali juda yoshsiz! – dedi javoban Altamira. – Men Provansda
erga tekkan bir opam borligini sizga aytgan edim. U hozir ham ko‘hlik-
kina, mehribon va dilbar ayol. U onalik burchiga sodiq, diyonatli juvon,
keyin munofiq ham emas.
«Bu gapi bilan nima demoqchi u?» – deya xayolidan o‘tkazdi m-l
de lya Mol.
– U juda baxtli hayot kechiradi, – deb so‘zida davom etdi graf Al-
tamira, – 1815-yilda ham shunday yaxshi yashardi. O‘sha kezlari men
uning Antibdagi amlokida yashirinib yotgandim. Ana o‘sha marshal
Ney qatl etilganini eshitgach, xursand bo‘lganidan o‘yinga tushib ketdi.
– Nimalar deyapsiz! – dedi qattiq hayajonlanib Jyulen.
– O‘z partiyasiga sodiqlik ruhi ana shunaqa bo‘ladi, – deya
e’tiroz bildirdi Altamira. – O‘n to‘qqizinchi asrda barcha chinakam
ehtiroslar so‘ngan. Shu boisdan ham Fransiyada odamlar shu qadar
zerikishyapti. Ular bag‘ritosh bo‘lmasa ham o‘taketgan darajada
zolimlik qilishadi.
– Battar bo‘lishsin! – dedi Jyulen. – Agar jinoyat qiladigan bo‘lsang,
undan lazzatlana bilish kerak: jinoyatning shundan bo‘lak yaxshi
tomoni yo‘q, mabodo uni sal bo‘lsa-da oqlash mumkin bo‘lsa, faqat
shu bilan oqlash mumkin.
M-l de lya Mol qilayotgan ishining o‘ziga munosib yoki munosib
emasligini mutlaqo o‘ylab o‘tirmay, oldinga suqilib kirdi-da, Jyulen
bilan Altamiraning deyarli o‘rtasiga turib oldi. Qo‘ltig‘idan tutib tur-
gan singlisiga itoat qilishga o‘rganib qolgan Norber bir chetga qarab
turar va odob saqlash uchun o‘zini xuddi tiqilinchga tushib qolgan
odamdek ko‘rsatishga harakat qilar edi.
– To‘g‘ri aytasiz, – dedi Altamira. – Hamma ish loqaydlik bilan
qilinadi, so‘ngra hech kim hech nimani eslamaydi, hatto jinoyatlar-
ni ham. Mana shu yerda, ana shu balda men sizga narigi dunyoda
328
qotil deya la’nat o‘qiladigan kamida o‘nta odamni aniq ko‘rsatishim
mumkin. Ular bu haqda unutib yuborishgan, jamiyat ham unutgan
buni
38
.
Ulardan ko‘pchiligi, agar kuchukchasi oyog‘ini sindirib qo‘ysa,
ko‘z yoshi to‘kishga tayyor. Per-Lashez qabristonida, Parijda sizlar-
ning nozik iborangiz bilan aytilganda, ularning go‘riga gulchambar-
Do'stlaringiz bilan baham: |